ARAB ADABIYOTI ADIBI NAJIB MAHFUZ HAYOTI VA HIKOYALARINING TAHLILI

Abstract

This article analyzes the life and literary career of the Arab writer and Nobel Prize laureate Naguib Mahfouz. It highlights his early years, his entry into the world of literature, and the artistic and philosophical essence of his works. The article also presents the opinions and evaluations of foreign writers regarding Mahfouz’s creative legacy. Through the analysis of his stories, the paper explores the socio-political situation of Egyptian society at that time, as well as the struggles and emotional experiences of ordinary people.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Yo’ldoshxo’jayev, H. ., & Botirova, M. (2025). ARAB ADABIYOTI ADIBI NAJIB MAHFUZ HAYOTI VA HIKOYALARINING TAHLILI. Modern Science and Research, 4(11), 257–261. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/139296
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article analyzes the life and literary career of the Arab writer and Nobel Prize laureate Naguib Mahfouz. It highlights his early years, his entry into the world of literature, and the artistic and philosophical essence of his works. The article also presents the opinions and evaluations of foreign writers regarding Mahfouz’s creative legacy. Through the analysis of his stories, the paper explores the socio-political situation of Egyptian society at that time, as well as the struggles and emotional experiences of ordinary people.


background image

257

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

ARAB ADABIYOTI ADIBI NAJIB MAHFUZ HAYOTI VA HIKOYALARINING

TAHLILI

Yo’ldoshxo’jayev H.H.

Yangi asr universiteti PhD, dotsent.

Botirova Madinaxon Boriy qizi

YAU Filologiya va tillarni o’qitish: Arab tili fakulteti 4-bosqich talabasi.

madinabotirovab@gmail.com

+99890 976-11-97

https://doi.org/10.5281/zenodo.17565628

Annotatsiya.

Mazkur maqolada arab adibi, “Nobel” mukofoti sovrindori Najib

Mahfuzning hayoti va ijodi tahlil qilinadi. Unda adibning yoshlik davridan boshlab ijod
dunyosiga kirib kelishi, asarlarining badiiy va falsafiy mohiyati hamda ularning mazmuniy
yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, Mahfuz ijodiga xorijiy yozuvchilarning munosabati,
ularning fikr va baholari keltiriladi. Adibning hikoyalari orqali Misr jamiyatining o‘sha
davrdagi ijtimoiy-siyosiy holati, xalq hayotidagi qiyinchiliklar va insoniy kechinmalar tahliliy
tarzda ochib beriladi.

Kalit so‘zlar

: Najib Mahfuz, arab adabiyoti, Nobel mukofoti, Misr jamiyati, hikoya,

badiiy tahlil, ijod.

Аннотация.

В данной статье анализируется жизнь и творчество арабского

писателя, лауреата Нобелевской премии Наджиба Махфуза. В нем освещается
вхождение писателя в мир творчества с юных лет, художественно-философский
характер его произведений, их содержательные направления. Также приводится
отношение зарубежных писателей к творчеству Махфуза, их мнения и оценки. В
рассказах писателя аналитически раскрывается социально-политическая ситуация в
египетском обществе того времени, трудности и человеческие переживания в жизни
народа.

Ключевые слова:

Наджиб Махфуз, арабская литература, Нобелевская премия,

египетское общество, рассказ, художественный анализ, творчество.

Annotation.

This article analyzes the life and literary career of the Arab writer and

Nobel Prize laureate Naguib Mahfouz. It highlights his early years, his entry into the world of
literature, and the artistic and philosophical essence of his works. The article also presents the
opinions and evaluations of foreign writers regarding Mahfouz’s creative legacy. Through the
analysis of his stories, the paper explores the socio-political situation of Egyptian society at that
time, as well as the struggles and emotional experiences of ordinary people.

Keywords:

Naguib Mahfouz, Arabic literature, Nobel Prize, Egyptian society, short story,

literary analysis, creativity.


Najib Mahfuz Abdulaziz Ibrohim Ahmad Al-Posho 1911-yilda Qohiradagi misrlik

musulmonlar oilasida dunyoga keladi. Adibning tug’ilish jarayoni og’ir holatda kechgani sabab,
uning ismini tug’riq jarayonini nazorat qilgan akusher Najib Posho Mahfuzning sharafiga
qo’yilgan. Najib oilaning kenja farzandi bo’lib, uning to’rt akalari va kki opalari bo’lgan.
Shunday qilib iqtidorli yettinchi farzand edi.U Qohiraning ikki mashhur tumanlarida istiqomat
qilgan. Bu joylar Mahfuzning hikoya va asarlarinda o’z aksini topgan. Gamaleyadagi al-Qodi
mahallasida va Qohira chetidagi Abbosiyada yoshlik davri o’tgan.

Dindor oila muhiti va qattiq islomiy tarbiyada voyaga yetdi. U oiladagi bu muhitni

keyinchalik shunday ifodaladi: “O’sha oiladan san’atkor chiqadi deb hech o’ylamagan


background image

258

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

bo’lardingiz”. 1919-yil Misrda yuzaga kelgan inqilob yosh Mahfuzga kuchli ta’sir etadi. Bu
haqida “Siz aytshingiz mumkinki, mening bolaligm xavfsizligini eng ko’p larzaga keltirgan
narsa 1919-yil inqilobidir” deb xotirladi.

U hayotga real ko’z bilan boqishni afzal deb bilardi. ba’zi adiblarning yozgan asarlari va

hikoyalaridan farqli o’laroq uning hikoyalari reallikga va siyosatga qaratilgan dolzarb mavzular,
Misr hayotining o’sha davrdagi qiyinchiliklarini yaqqol ko’rsatib beradi.

Adib o’rta maktabni bitrgach 19 yoshida Misr universitetiga (hozirgi Qohira universiteti)

o’qishga qabul qilindi va falsafa bo’yicha tahsil oldi. O’qishni tamomlab o’z mutaxasisligi
bo’yicha faoliyat olib bordi, lekin u bu kasbni butunlay tark etib adiblik hayotini tanladi. Uning
birinchi asari 1929-yil “Al-Majalla Al Jadida” jurnalida ko’rinish berdi, keyinchalik esa
gazetalarda qisqa hikoyalari ham chop etildi. 1954-yilda oila qurishga Musharraf boldi va iki qiz
otasiga aylandi. Ularning ismi Ummu Kulsum va Fotima edi. Adib ommaga oshkor bolishni va
shaxsiy hayoti haqida so’rovlarni yoqtirmasdi.

Hayoti davomida 34 ta roman, 350 dan ortiq qissa, kino ssenariylar va 5 ta pyesani nashr

ettirgan. Mahfuzning ilk asarlarining aksariyati Qohirada yozilgan. "Taqdirlar o'yini" (1939),
"Radobis" (1943) va "Fivlar kurashi" (1944) 30 romandan iborat katta nihoyasiga
yetkazilmagam loyiha doirasida yozilgan tarixiy romanlar ed. Ser Valter Skottdan (1771-1832)
1homlangan Mahfuz bir qator kitoblarda Misrning butun tarixini yoritishni rejalashtirgan. Biroq,
uchinchi jilddan keyin uning butun e'tibori quyidagi mavzularga qaratildi: o'sha davr sharoiti va
muammolari, shuningdek, ijtimoiy o'zgarishlarning oddiy odamlarga ruhiy ta'siri.

Najib Mahfuzning 1966-yilda chop etilgan "Nil ustidagi safsata" romani eng mashhur

asarlaridan biridir.

Keyinchalik Anvar Sadat davrida bu romanga asosan film suratga olingan. Hikoya Jamal

Abdunnosir davridagi Misr jamiyatining tanazzulini tanqid qiladi. Bu romanni chop etish Anvar
Sadat tomonidan sobiq prezident Nosirni haligacha yaxshi ko'radigan misrliklarni
g'azablantirmaslik uchun taqiqlangan. Taqiqlangan kitobning nusxalarini 1990-yillarning
oxirigacha topish butkul mushkul ish edi.

Mahfuz 1988-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan, bu mukofotni

qo‘lga kiritgan yagona arab yozuvchisi. Sovrinni qo'lga kiritganidan ko'p o'tmay, Mahfuz
shunday deydi: Nobel mukofoti hayotim davomida birinchi marta adabiyotimni xalqaro
miqyosda qadrlashi mumkinligini his qildim. Arab dunyosi ham men bilan birga Nobel
mukofotini qo‘lga kiritdi. Men ishonamanki, xalqaro eshiklar ochildi va bundan buyon savodli
odamlar arab adabiyotini ham ko‘rib chiqadilar. Biz bunday e'tirofga loyiqmiz.

Najib Mahfuz ijodida xotira motivi markaziy o‘rin tutadi. Uning asarlarida, ayniqsa

“Qohira trilogiyasi”da, xotira inson shaxsiyatining shakllanishida, o‘tgan hayot bilan hozirgi
zamon o‘rtasidagi ichki ziddiyatni ko‘rsatishda muhim badiiy vosita sifatida ishlatiladi. Mahfuz
xotirani nafaqat shaxsiy, balki tarixiy va ijtimoiy darajada ham tasvirlaydi — u orqali o‘tgan
davrning ijtimoiy ruhiy manzarasi, Misr xalqining o‘zgaruvchan hayoti ochiladi.

Kamal obrazi misolida adib xotiraning inson ruhiyatiga ta’sirini chuqur ochib beradi: bola

ongidan yetuk ziyolilik darajasigacha bo‘lgan bosqichda u o‘tmish xotiralari bilan yashaydi,
biroq ular hozirgi hayot bilan uyg‘unlashmaydi. Shu tarzda Mahfuz xotirani ruhiy izlanish,
o‘zlikni anglash va ijtimoiy muhit bilan kelishmovchilik ramzi sifatida talqin etadi.

1

Najib Mahfuz o‘z asarlarida ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yangicha yondashuv bilan

talqin etadi.

1

https://www.academy.ac.il/SystemFiles2015/Bulletin%2024_05_Somekh.pdf


background image

259

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Unga ko‘ra, ayollar o‘z mavqeini mustahkamlash va o‘zgarishlarga erishishda bilim,

muloqot va tarbiya muhim rol o‘ynaydi. Adib ayolni — ayniqsa onani — jamiyatning eng kichik
bo‘g‘ini bo‘lgan oilaning ma’naviy markazi sifatida ko‘radi. U mehr, muhabbat, empatiya va
qadrlash tuyg‘usini avvalo ona orqali shakllanishini ta’kidlaydi.

Mahfuzning fikricha, ayollar uchun ta’lim — bu hayot zarurati, o‘z taqdirini o‘zgartirish

vositasi va jamiyat taraqqiyotining asosi hisoblanadi. U ayollarning yuqori ta’lim olishi faqat
shaxsiy yutuq emas, balki millat kelajagi uchun ham muhim omil ekanini ko‘rsatadi. Shunga
qaramay, adib Misr jamiyatidagi ayrim to‘siqlarni, ayollarning erkinlik va ta’limga teng
imkoniyatdan mahrum ekanligini ham tanqidiy yondashuv bilan yoritadi.

2

Najib Mahfuz ijodini shartli ravishda 3 davrda bo‘lish mumkin:
1. Qadimgi Misr mavzusidagi tarixiy romanlar: «Taqdirlar o‘yini» (1934), «Radobis»

(1943), «Fivlar kurashi» (1944).

2. «Xon al-Xaliliy»dan realistik roman bosqichi boshlanadi. Qohiraning 40-yillardagi

o‘rta va quyi tabaqalari. Qahramonlar - yashash uchun mashaqqatli kurash olib boradigan qo‘li
yupqa, kambag‘al, omadsiz kishilar.

3. 1952 yildan keyingi - falsafiy bosqich - «Mahallamiz bolalari», «Tilanchi» va

boshqalar.

2 - bosqichga oid asarlaridan, ayniqsa, «Qohiradagi janjal» yoki «Yangi Qohira» (1945)

ajralib turadi, unda mayda burjua oilasining inqirozi ko‘rsatiladi. Shuningdek, «Xon al-Xaliliy»
(1946), bu Qohiradagi bozor nomi bo‘lib, zargarlik buyumlari savdosi bilan mashhur, yozuvchi
bu asarida mayda amaldorning murakkab tuyg‘ularini, uning kundalik hayotini aks ettiradi.

1. «Al-Madakk tor ko‘chasi» (1947). Urush Al-Madakk tor ko‘chasida istiqomat qiluvchi

oddiy odamlarning muhabbatini barbod etishi, osoyishtaligini yo‘qotishi ko‘rsatiladi.

2. «Ibtido va intiho» (1949) romanida oddiy misrliklarning o‘z farzandlariga bilim berish,

doimiy ish va oilaviy baxt uchun kurashlari o‘z aksini topadi.

3. Trilogiya: 1) «Bayn al-Qasreyn» (1956). 2) «Qasr ash-Shauq». 3) «As-Sukkariyya»

(1952). Ushbu trilogiya Mahfuzning eng mashhur asari bo‘lib, unga birinchi arab romannavisi
degan shuhrat keltirgan.«Trilogiya»da 1917 yildan 1944 yilgacha bo‘lgan Misr jamiyatining
chorak asrlik tarixiy harakati yaxlit tahlil qilinadi.

Zamonaviy adabiy tanqidda intertekstualilik badiiy matnni anglash va tahlil qilishda

muhim nazariy asoslardan biri hisoblanadi. Bu jarayon yozuvchi uchun ijodiy vosita, o‘quvchi
uchun esa ma’no qatlamlarini ochish kalitidir. Zabidin va Eldesoky (2023) ta’kidlaganidek,
intertekstualilik matnlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni kuchaytirib, asarning badiiy jonlanishini
ta’minlaydi.

Najib Mahfuzning “Cairo Modern” romanida xalq maqollari orqali ifodalangan

intertekstual unsurlar jamiyatning axloqiy, madaniy va falsafiy qatlamlarini ochib beradi. Bu
maqollar nafaqat xalq donishmandligini ifodalaydi, balki asardagi voqealar va obrazlar
mazmunini chuqurlashtiruvchi ramz sifatida ham xizmat qiladi. Shunday qilib, Mahfuz
intertekstual elementlar yordamida xalq og‘zaki ijodi va zamonaviy adabiy shakllar o‘rtasida
badiiy ko‘prik yaratadi.

3

2

Sunan Kalijaga: International Journal of Islamic CivilizationISSN 2614-5472 (p), ISSN 2614-7262 (e), Volume1,

Number2(2018), Page:235-255

3

INTERNATIONAL JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH IN BUSINESS & SOCIAL SCIENCES Vol 14,

Issue 5, (2024) E-ISSN: 2222-6990


background image

260

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Najib Mahfuzning “Afsungar tovog’imni o’g’irladi” hikoyasining tahliliga kelsak, hikoya

realizm shaklida bo’lib yengil uslubda yozilgan. Hikoyada asosiy 4ta qahramon bolib: ona,
omadsiz yigit, sotuvchi va afsungar obrazlari gavdalantirilgan.

Ona farzandiga do’kondan ful nomli mahsulotni olib kelishni buyuradi, bola esa

do’konga 3-4 marotaba borib ham olib kela olmaydi. sabab shuki har borganida sotuvchining
savoliga javob berolmaydi:

-Qanday ful kerak, o’zimi yoki o’simlik yog’i bilanmi?
-O’smlik yog’i issiq bo’lsinmi yoki zaytun yog’idan bo’lsinmi?
bu savollarga javob bera olmay har safar uyga qaytib onasidan so’rab keladi, shu vaqt

orasida insonlar toplanib, afsungarning namoyishlarini tamosha qilishayotgan bo’ladi. Bolakay
ham bu tomoshani ko’rish ilinjida boradi, lekin u yerdan pulini yo’qotib qaytadi, keyingi safar
esa tovog’ini yo’qotadi. Shu bilan ona ham sotuvchi ham boladan g’azablandi. Bola
hayolparastroq bo’lgani uchun shuncha ish bo’lib o’tsa ham tomosha qutisi oldiga kelib undagi
sur’alarni tomosha qilib, pulini ishlatib qo’yadi.

Adib mana shu qutida 3ta sur’atni bayon etadi:
1. Chavandoz sur’ati.
2. Go’zal xonim sur’ati.
3. Iblis sur’ati.
Hayotda 3 narsa insonni asosiy maqsaddan chalg’itib, uning ko’zini shamalab qo’yadi.
Chavandoz erkak bu- mansab va boylik, go’zal xonim esa – nomaxram, o’zlarini ko’z-

ko’z qiladigan ayollar, iblis esa- insonni yo’ldan uruvchi shayton nayranglaridir. Umrimiz
mobaynida shu narsalarga e’tiborli bo’lib chalg’imasak, hayotimiz davomida anchayin ko’p
maqsadlarimizga erishishimiz oson bo’ladi.

Bolaning bir qaror qabul qilolmasligi, landovurligi, hayolparastligi bu-oilada o’g’il

bolaga erkak kishining tarbiyasi qanday katta ahamiyatga egaligini ko’rsatadi. Ota o’g’il
farzandini o’zi tarbiya qilishligi unda erkaklik xususyatlarini barpo etmog’i lozim. Shunday qilib
oilada erkakning o’rni judda kattaligi ham ko’rsatib berilgan.

Afsungar o’braziga kelsak u – xalq yolg’on, fisqu fasodga berilganini ko’rsak bo’ladi.
Sotuvchi esa juda ham badjaxl inson bo’ladi, uning obrazida beshavqat tuzumni

gavdalantirilgan. 1 qirshga onaning jaxli chiqishi esa xalqning o’sha davrda moliyaviy qiyin
holatdaligi ochib berilgan.

Adibning yana bir “Bolalar jannati” hikoyasi esa yuqoridagi hikoyadan ancha farq qiladi.
U bu hikoyada ota qizi bilan bo’lgan suhbatni olib chiqadi. Oila bir dastuxon ustida

o’tirgan holatda farzandining cheki yo’q savollariga ota sabr bilan bola tilidan bolalarcha uning
savollariga javob berishga harakat qiladi.

Bu qizchaning Nodiya ismli dugonasi bo’lib, ular juda ham qadrdon, bir-birlaridan

ajrashni istamaydigan do’st bo’lishadi. Ammo ular maktabda birgina fanda alohida-alohida
xonalarga ajrashadi. Bu fan “Ilohiyot” darsi edi. Nodiya dugonasi musulmon esa nasroniy
bo’ladi. Shu sabab ular bu darsda ajralishadi. Qizaloqning savollari mana shu mavzuda ochiladi.

Ota birin ketin unga tushuntiradi.
Bu hikoyada Najib Mahfuz 2 dinni bir-biridan ajratmay, yomonlamay ota tilidan

so’zlaydi. Diniy tenglikni ko’rsatib beradi, va muslima bo’lish so’nggi moda deb ataydi.

Chunkiislom

dini

eng

oxirgi

din

hisoblanadi.

Hikoyada

adib

insonlarni

xushmuomalilikka, diniy tenglikka, farzandlarni yoshlik chog’laridan to’g’ri tarbiya berishga,
oilada bir-birlariga nehrli bo’lishlariga chorlaydi.


background image

261

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Xulosa:

Xulosa o’rnida shuni aytamanki adibning hikoyalarida, asar va qissalarida sevgi-

muabbatni ko’rmasligimiz mumkin, lekin siyosatni albatta uchratamiz. Asarlari orqali Misr
jamiyatining ruhiy, siyosiy va ijtimoiy hayotini chuqur tahlil qilgan adibdir. Yozuvchi ko’proq
hoyu-havasdan ko’ra reallikka e’tibor qaratkan. Xalqning qiyin ahvoli, tuzumning beshafqatligi
yanada ochib bergan. Nobel mukofoti 1-arab adibi bo’lishi ham bejizga emas. Adibning
asarlarida oddiy insonlarning ichki dunyosi, ularning hayotdagi kurashi va orzulari falsafiy
teranlik bilan tasvirlanadi. Mahfuz arab adabiyotini yangi bosqichga olib chiqib, uni jahon
adabiyoti darajasiga ko‘tardi. Uning ijodi o‘quvchini hayot, jamiyat va inson mohiyati haqida
o‘ylashga undaydi.

Shunday qilib, Najib Mahfuz — o‘z xalqining og‘riqlarini, orzularini va umidlarini badiiy

so‘z qudrati orqali ifoda eta olgan, insoniyat dardini umuminsoniy darajada yoritgan ulkan
yozuvchidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

https://ziyouz.uz/jahon-nasri/

2.

Jahon nasri online anatalogiyasi.

3.

Sunan Kalijaga: International Journal of Islamic CivilizationISSN 2614-5472 (p), ISSN
2614-7262 (e), Volume1, Number2(2018), Page:235-255.

4.

https://www.academy.ac.il/SystemFiles2015/Bulletin%2024_05_Somekh.pdf

5.

international journal of academic research in business & social sciences vol 14, issue 5,
(2024) e-issn: 2222-6990

References

https://ziyouz.uz/jahon-nasri/

Jahon nasri online anatalogiyasi.

Sunan Kalijaga: International Journal of Islamic CivilizationISSN 2614-5472 (p), ISSN 2614-7262 (e), Volume1, Number2(2018), Page:235-255.

https://www.academy.ac.il/SystemFiles2015/Bulletin%2024_05_Somekh.pdf

international journal of academic research in business & social sciences vol 14, issue 5, (2024) e-issn: 2222-6990