O‘ZBEKISTONDA MUALLIFLIK HUQUQI: NAZARIY ASOSLARI, HUQUQIY SHAKLLARI VA ILM-FAN RIVOJIDAGI AHAMIYATI

Annotasiya

Mazkur ilmiy maqolada mualliflik huquqi tushunchasi va O‘zbekistonda ilm-fan sohasidagi ahamiyati yoritib berilgan. Mualliflik huquqining nazariy asoslari, uning shaxsiy va mulkiy huquqlar shakllari va muddatari haqida ma’lumot beriladi. Mualliflik huquqini buzish oqibatlari, javobgarlik va institutning yoshlar uchun ahamiyati keng tahlil etiladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Muratbekova, S., Paluanyazova, N., & Sayfullayeva, Z. (2025). O‘ZBEKISTONDA MUALLIFLIK HUQUQI: NAZARIY ASOSLARI, HUQUQIY SHAKLLARI VA ILM-FAN RIVOJIDAGI AHAMIYATI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(11), 518–520. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/139620
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur ilmiy maqolada mualliflik huquqi tushunchasi va O‘zbekistonda ilm-fan sohasidagi ahamiyati yoritib berilgan. Mualliflik huquqining nazariy asoslari, uning shaxsiy va mulkiy huquqlar shakllari va muddatari haqida ma’lumot beriladi. Mualliflik huquqini buzish oqibatlari, javobgarlik va institutning yoshlar uchun ahamiyati keng tahlil etiladi.


background image

518

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

O‘ZBEKISTONDA MUALLIFLIK HUQUQI: NAZARIY ASOSLARI, HUQUQIY

SHAKLLARI VA ILM-FAN RIVOJIDAGI AHAMIYATI

Muratbekova Sarbinaz Sharafat qizi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti magistranti.

+998997743366,

muratbekovasarbinaz2003@gmail.com

Paluanyazova Nargiza Torenyaz qizi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti magistranti.

+998995407074,

palwaniyazovanargiza55@gmail.com

Sayfullayeva Zaynab Sunnat qizi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti katta o‘qituvchisi, PhD.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17630156

Annotatsiya.

Mazkur ilmiy maqolada mualliflik huquqi tushunchasi va O‘zbekistonda

ilm-fan sohasidagi ahamiyati yoritib berilgan. Mualliflik huquqining nazariy asoslari, uning
shaxsiy va mulkiy huquqlar shakllari va muddatari haqida ma’lumot beriladi. Mualliflik
huquqini buzish oqibatlari, javobgarlik va institutning yoshlar uchun ahamiyati keng tahlil
etiladi.

Kalit so‘zlar:

mualliflik huquqi, intellektual mulk, javobgarlik, mualliflik huquqi instituti

АВТОРСКОЕ ПРАВО В УЗБЕКИСТАНЕ: ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ,

ПРАВОВЫЕ ФОРМЫ И ЕГО ЗНАЧЕНИЕ В РАЗВИТИИ НАУКИ

Аннотация.

В данной научной статье рассматривается понятие авторского

права и его значение в сфере науки Узбекистана. В статье представлены сведения о
теоретических основах авторского права, его формах и сроках действия личных и
имущественных прав. Подробно анализируются последствия нарушения авторских прав,
ответственность за их нарушение и значение этого института для молодежи.

Ключевые слова:

ответственность, авторское право, интеллектуальная

cобственность,

институт авторского права

COPYRIGHT IN UZBEKISTAN: THEORETICAL FOUNDATIONS, LEGAL FORMS,

AND ITS SIGNIFICANCE IN THE DEVELOPMENT OF SCIENCE

Abstract.

This scientific article discusses the concept of copyright and its importance in

the field of science in Uzbekistan. It provides information about the theoretical foundations of
copyright, its forms and duration of personal and property rights. The consequences of copyright
infringement, liability and the importance of the institution for young people are widely
analyzed

.

Keywords:

copyright, intellectual property, liability, copyright institution

Hozirgi davrda intellektual mulk huquqlarining eng muhim bo’g’inlaridan biri sifatida

mualliflik huquqi alohida ahamiyat kasb etadi. Jahon tajribasida ushbu institut nafaqat ijodkor
shaxs manfaatlarini himoya qilishga, balki jamiyatning ilmiy, madaniy va texnologik rivojiga
ham xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasida ham mualliflik huquqi sohasida mustahkam
huquqiy asoslar yaratilgan bo’lib, ular ham o’z navbatida huquqiy asoslarga ega bo’lib
hisoblanadi. B. Ruzimovning ta’kidlashicha, “mualliflik huquqi – bu ijodkor shaxsning o’z
intellektual mehnati mahsuliga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarini belgilab beruvchi
huquqiy institutdir”

1

.

1

Ruzimov B. Intellektual mulk huquqi asoslari. – Toshkent: TDYU nashriyoti, 2019. – 45-bet.


background image

519

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Bu instituti o’ziga xos xususiyatlarga ega hisoblanib, davlat va jamiyatda rivojlanishni

ta’minlashga, ilm-fanni yaxshilashga yordam beruvchi kuch hisoblanadi. Shu sababli ham, turli
hil olimlar unga turlicha fikr bildirgan holda, uni ahamiyatli institute deb hisoblaydlar.

O’zbekiston Respublikasi huquq sohasidagi barcha institutlarning rivojlanishi uchun

sharoit yaratib berib kelmoqda va ularni himoya qilish va faoliyatini kafolatlash maqsadida
huquqiy asoslar yaratib berilgan. Mualliflik huquqi sohasidagi eng asosiy manba va huquqiy
asoslarning biri–konstitutsiya hisoblansa, ikkinchisi–O’zbekiston Respublikasining “Mualliflik
huquqi va turdosh huquqlari to’g’risida”gi qonun hisoblanadi. Bu qonunda asosan, mualliflik
huquqi obyektlari, subyektlari va ularning huquqlari, mualliflik huquqining amal qilish
muddatlari haqida normalar belgilangan. Shu tariqa mualliflik huquqiga tegishli bo’lgan deyarli
barcha munosabatlar ushbu qonun va boshqa O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan
tartibga solinadi va himoya qilinadi.

Mualliflik huquqi obyektlari va subyektlari.

Mualliflik huquqi obyekti — bu shaxsning ijodiy mehnati natijasida yaratilgan ilmiy,

adabiy va badiiy asarlardir. Oʻzbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh
huquqlar to’g’risida”gi Qonunining 5-6-moddaslari

2

da mualliflik huquqi obyektlari aniq belgilab

qo’yilgan. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

adabiy asarlar (kitob, maqola, darslik, dissertatsiya va boshqalar);

ilmiy-tadqiqot ishlari va ularning natijalari;

badiiy va sahna asarlari;

musiqa asarlari va ularning notaga yozilgan shakli;

kinofilmlar, teleko’rsatuvlar, multfilmlar va boshqa audiovizual asarlar;

rasm, surat, chizma, haykaltaroshlik va meʼmorchilik asarlari;

kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazalari;

kartalar, chizmalar, texnik hujjatlar va loyihalar.
Mualliflik huquqi subyekti – bu bevosita asarni yaratgan shaxs, ya’ni muallifdir. Odatda,

muallif – jismoniy shaxs bo’lib, u asarni o’zining ijodiy mehnati bilan yaratgan bo’ladi deb
ko’pchilik adabiyotlarda ta’rif beriladi. Qonunchilikda muallifning ismi asarda ko’rsatilishi va u
bilan bog’liq barcha shaxsiy huquqlar kafolatlanishi belgilangan. Shu bilan birga, O’zbekistonda
qonunchiliga hammualliflik tushunchasi ham bor bo’lib, qonunda unga quyidagicha ta’rif
beriladi. Ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida
yaratilgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi, mazkur asar boʻlinmas bir butun yoki har biri ham
mustaqil mazmunga ega qismlardan iborat ekanligidan qatʼi nazar, hammualliflarga birgalikda
tegishli boʻladi.

3

Mutlaq mualliflik huquqlari egasi oʻz huquqlaridan xabardor qilish uchun mualliflik

huquqining muhofaza belgisidan foydalanishi mumkin boʻlib, bu belgi asarning har bir
nusxasida aks ettiriladi va quyidagi uch unsurdan iborat boʻladi:

aylana ichidagi lotincha “C” harfi;
mutlaq mualliflik huquqlari egasining ismi-sharifi (nomi);
asar birinchi marta chop etilgan yil.
Bu belgilar muallifni har qanday nizolardan himoya qilish va buzilgan huquqlarini qayta

tiklashda yordam berish maqsadida o’ylab topilgan bo’lib, davlatimizdagi ko’pchilik bu
huquqdan foydalanadi.

2

https://lex.uz/ru/docs/-1022944

3

https://lex.uz/ru/docs/-1022944


background image

520

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

So’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasida intellektual mulk huquqlarini, jumladan

mualliflik huquqini himoya qilish sohasida qator tub o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu
islohotlar mamlakatda ijodiy muhitni qo’llab-quvvatlash, huquq egalarining manfaatlarini
himoyalash hamda xalqaro standartlarga mos huquqiy mexanizmlarni shakllantirishga qaratilgan.

Shuningdek, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzganlik holatlariga nisbatan

yangi tartibda kompensatsiya tizimi joriy qilindi. Endilikda huquqbuzarlik sodir etilganda, aniq
moddiy zarar isbotlanmasa ham, huquqbuzar tegishli kompensatsiyani to’lashga majbur bo’ladi.

Bu esa huquq egalarining manfaatlarini yanada samarali himoya qilish imkonini beradi

4

.

Yangi qonunlarga ko’ra, intellektual mulk obyektlarini ro’yxatdan o’tkazish jarayonida

ariza topshirishning elektron shakllari keng joriy etildi. Patentlar, kompyuter dasturlari va
ma’lumotlar bazalarini ro’yxatdan o’tkazish muddati qisqartirildi, sertifikatlar yagona QR-kod
bilan ta’minlanadigan bo’ldi. Bu islohotlar zamonaviy boshqaruv tamoyillariga asoslanib,
tadbirkorlar va ijodkorlar uchun qulaylik yaratadi.

Mazkur islohotlar O’zbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zo bo’lish

jarayonida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni
himoya qilish masalasi JSTning TRIPS bitimi (Intellektual mulk huquqlari savdo jihatlari
bo’yicha kelishuv) talablari bilan chambarchas bog’liqdir

5

. Shu orqali mamlakatda xorijiy

investitsiyalarni jalb etish, innovatsion muhitni rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini
qo’llab-quvvatlash imkoniyati kengaymoqda.

Xulosa qilib aytganda, mualliflik huquqi ilm-fan, texnika va sanoat sohasidagi eng

muhim institutlarning biri hisoblanadi. Mualliflik huquqini ta’minlash maqsadida hozirgi kunda
juda ko’p islohatlar amalga oshirilmoqda va yangidan qonunlar qabul qilinmoqda. Ushbu
maqolada mualliflik huquqi haqida umumiy tushunchalar berildi va amaliy ahamiyati tahlil
qilindi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ruzimov B. Intellektual mulk huquqi asoslari. – Toshkent: TDYU nashriyoti, 2019.

2.

S.O. IPR Law Firm, “Uzbekistan introduces new compensation law for intellectual

property infringement”, 2024.

3.

TRIPS Agreement, World Trade Organization, 1994

4.

Lex.uz


4

S.O. IPR Law Firm, “Uzbekistan introduces new compensation law for intellectual property infringement”, 2024.

5

TRIPS Agreement, World Trade Organization, 1994.

Bibliografik manbalar

Ruzimov B. Intellektual mulk huquqi asoslari. – Toshkent: TDYU nashriyoti, 2019.

S.O. IPR Law Firm, “Uzbekistan introduces new compensation law for intellectual property infringement”, 2024.

TRIPS Agreement, World Trade Organization, 1994

Lex.uz