KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA IJTIMOIY HIMOYANI KUCHAYTIRISH — BARQAROR JAMIYAT POYDEVORI

Аннотация

В данной статье рассматривается роль социальной защиты в повышении уровня жизни населения.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Кенжабоев A., & Мирзаев M. (2025). KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA IJTIMOIY HIMOYANI KUCHAYTIRISH — BARQAROR JAMIYAT POYDEVORI. Современная наука и исследования, 4(11), 529–532. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/139623
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассматривается роль социальной защиты в повышении уровня жизни населения.


background image

529

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA IJTIMOIY HIMOYANI

KUCHAYTIRISH — BARQAROR JAMIYAT POYDEVORI

Kenjaboyev Abdusalim Erkaboyevich

TerDU prof. v.b.

Mirzaev.M

TerDU. p.f.f.b.d., (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.17630488

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ijtimoiy himoyaning xalq turmush darajasini

yuksaltirishdagi o‘rni va uning amalga oshirilish jarayoni haqida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

ijtimoiy, maqsad, farovonlik, kam ta’minlanganlik, yuksalish, jamiyat.

Аннотация.

В данной статье рассматривается роль социальной защиты в

повышении уровня жизни населения.

Ключевые слова:

социальный, цель, благосостояние, малообеспеченность,

повышение, образ жизни.

Annotation.

This article discusses the role of social protection in improving the standard

of living of the population.

Keywords:

social, purpose, well-being, low-income, improvement, lifestyle.

Kirish

Mustaqillik qo‘lga kiritilgach, O‘zbekistonda ijtimoiy ish professional faoliyat turi

sifatida shakllandi va jamiyat hayotining barcha jabhalariga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy
hodisaga aylandi. Bu davr mamlakat tarixida haqiqiy o‘zgarishlar davri bo‘lib, ijtimoiy siyosat
va himoya tizimining qayta shakllanishi boshlandi.Ijtimoiy ish keng ma’noda ijtimoiy
yordamning o‘ziga xos modeli bo‘lsa, tor ma’noda kishilarga ijtimoiy va shaxsiy qiyinchiliklarni
yengishda ko‘mak berishga qaratilgan faoliyatdir. Bu faoliyat O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida belgilangan fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekistonda aholining turmush darajasini oshirish, kambag‘allikni kamaytirish va

ijtimoiy adolatni ta’minlash davlat siyosatining eng asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Kambag‘allik
masalasi nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy barqarorlik bilan ham uzviy
bog‘liqdir. Shu bois mamlakatimizda ushbu yo‘nalishda keng qamrovli islohotlar

amalga

oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan so‘nggi

yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish borasida tub
o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2020-yil 26-martda qabul qilingan “Kambag‘allikni
qisqartirish va bandlikni ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmon ushbu yo‘nalishda muhim burilish yasadi. Ushbu hujjat asosida aholining bandligini
ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikni rivojlantirish,
ijtimoiy yordam tizimini kengaytirish kabi vazifalar belgilandi.2021-yilda esa “Kambag‘allikni
qisqartirish strategiyasi” tasdiqlandi. Unda aholining ehtiyojmand qatlamlarini manzilli qo‘llab-
quvvatlash, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” orqali muhtojlarni aniq
belgilab olish, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatishning yangi tizimi joriy etildi. Shu
bilan birga, mikrokreditlar va subsidiyalar orqali oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish ham ko‘zda
tutilgan. Bu kabi islohotlar kambag‘allikka qarshi kurashishda samarali natija berdi.

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi (2022–2026-yillar)da ham kambag‘allikni

qisqartirish asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etilgan.


background image

530

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Unda aholining daromadini oshirish, qishloq joylarda infratuzilmani rivojlantirish,

yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ayollarni tadbirkorlikka keng jalb qilish choralari belgilandi.

Surxondaryo viloyati tajribasi.
Kambag‘allikka qarshi kurashish borasida Surxondaryo viloyatida amalga oshirilgan

ishlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Termiz shahrida tashkil etilgan “Yoshlar mehnat guzari” loyihasi
yoshlarni ish bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Bu yerda IT markaz, xorijiy til
kurslari, kichik biznes va savdo maskanlari tashkil etilib, ko‘plab yoshlar kasb-hunar egallash
imkoniyatiga ega bo‘ldi. 2024-yilgi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida
minglab yoshlar bandlikka jalb etildi. Ayrimlariga doimiy ish o‘rinlari yaratildi, boshqalari kasb-
hunarga o‘qitildi, subsidiyalar asosida mehnat qurollari taqdim etildi, ayrim yoshlar esa
tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit oldilar. Bundan tashqari, 6000 gektar yer maydoni
migratsiyadan qaytgan yoshlar uchun ajratildi, 5000 gektardan ortiq yer esa elektron auksion
orqali yoshlar tomonidan o‘zlashtirildi. Mahallalarda issiqxonalar tashkil etilib, aholining
tomorqadan samarali foydalanishiga keng imkoniyat yaratildi. Issiqxonalarda sabzavot
yetishtirish orqali nafaqat oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlandi, balki oilaviy daromad manbalari
ham kengaydi. “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi orqali ajratilgan kreditlar natijasida ko‘plab
tadbirkorlik loyihalari amalga oshirildi.

Yoshlarning turmush tarziga ijobiy ta’sir.
Surxondaryoda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida yoshlarning daromadi

oshdi, turmush tarzi yaxshilandi va ijtimoiy faolligi kuchaydi. Kasbiy ko‘nikmalarni egallash,
innovatsion loyihalarda qatnashish, ijtimoiy hayotda faol bo‘lish – bularning barchasi
yoshlarning raqobatbardoshligini oshirmoqda. Shu bilan birga, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali
yoshlar vatanparvarlik va huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlashmoqda.

O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining eng muhim ustuvor

yo‘nalishiga aylangan. Prezident farmon va qarorlari asosida amalga oshirilayotgan islohotlar
natijasida aholining turmush darajasi yaxshilanmoqda, ijtimoiy adolat mustahkamlanmoqda.

Surxondaryo viloyati misolida olib borilgan chora-tadbirlar boshqa hududlarda ham

tatbiq qilinsa, mamlakat miqyosida kambag‘allikni sezilarli darajada kamaytirish mumkin
bo‘ladi.

Ijtimoiy himoya xalq farovonligini ta’minlashning eng muhim omillaridan biridir.
Mustaqillik qo‘lga kiritilgach, O‘zbekistonda ijtimoiy ish professional faoliyat turi

sifatida shakllanib, jamiyat hayotining barcha jabhalarida o‘z o‘rnini topdi. Ijtimoiy himoya
tizimining qayta shakllanishi mamlakatda ro‘y berayotgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy
islohotlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning mazmuni keng qamrovli va
serqirradir.Ijtimoiy himoya keng ma’noda mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza
qilinishini ta’minlaydigan huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlar majmuini anglatadi. Tor
ma’noda esa, bu – yoshi, salomatligi yoki ijtimoiy ahvoli tufayli yordamga muhtoj bo‘lgan
fuqarolarga davlat va jamiyat tomonidan ko‘rsatiladigan g‘amxo‘rlikdir. Ijtimoiy himoyaning
asosiy maqsadi aholining farovonligini yuksaltirish, turmush darajasini doimiy ravishda
yaxshilab borish, ta’lim va madaniyat sohalaridagi tafovutlarni kamaytirish, jamiyatda inson
sha’ni va qadr-qimmatiga mos turmush tarzini shakllantirishdan iboratdir.

Bugungi kunda ijtimoiy himoya sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori muntazam oshirib borilmoqda,

aholining ehtiyojmand qatlamlari uchun manzilli yordam tizimi yo‘lga qo‘yilgan.


background image

531

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

2024-yilda kambag‘allik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga tushirildi, 7 mingdan ortiq fuqaro

qashshoqlikdan chiqarildi.

Umumiy ishsizlik darajasi 5 foiz atrofida saqlanib turibdi. Yoshlar ishsizligini

kamaytirish uchun 126 trillion so‘mlik dastur amalga oshirilmoqda. Shuningdek, “Yoshlar
banki”, kasb-hunar va til o‘rgatish markazlari orqali yoshlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha
tizimli

ishlar

olib

borilmoqda.2025-yil

17-sentabrda

Namanganda “Qashshoqlikdan

farovonlikka” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda kambag‘allikni qisqa muddatda sezilarli
darajada kamaytirish va uzoq muddatda butunlay bartaraf etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish,
yoshlar, xotin-qizlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama
qilindi. Prezident Sh.M. Mirziyoyev o‘z nutqida mamlakatda kambag‘allik darajasi
qisqarayotganini alohida ta’kidladi.2025-yil 24-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 80-
sessiyasida Prezidentimiz “O‘zbekistonda kambag‘allikdan farovonlik sari” mavzusida nutq
so‘zladi. Nutqda so‘nggi yillarda kambag‘allik darajasi 35 foizdan 6,6 foizgacha qisqartirilgani,
maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshgani, yoshlarning oliy ta’limga qamrovi
esa 9 foizdan 42 foizgacha ko‘tarilgani qayd etildi. Shuningdek, ta’lim va sog‘liqni saqlashni
rivojlantirish, kichik biznes va innovatsion sanoatni qo‘llab-quvvatlash, “yashil” iqtisodiyotga
o‘tish, gender siyosati va ijtimoiy himoyani mustahkamlash asosiy yo‘nalishlar sifatida belgilab
berildi.

Kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar orasida o‘qituvchilar

maqomini oshirish, ilm-fan va texnologiyalarni ta’lim sohasiga keng joriy etish, bolalar saratoni
va boshqa og‘ir kasalliklarga qarshi xalqaro tashabbuslar, innovatsion sanoatni rivojlantirish va
millionlab yangi ish o‘rinlarini yaratish, Orolbo‘yi hududida 2 million gektar maydonda yashil
ekinlar barpo etish, suv resurslarini tejash, “Osiyo xotin-qizlar forumi”ni muntazam platformaga
aylantirish, mintaqaviy investitsiya jamg‘armalari tashkil etish va xalqaro diplomatik
hamkorlikni kuchaytirish bor.Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu keng qamrovli va ambitsiyali
rejalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi moliyaviy resurslarni to‘g‘ri boshqarish, xalqaro
sarmoyalar va hamkorlikni kengaytirish, hududlararo tafovutlarni kamaytirish, monitoring va
nazorat tizimini kuchaytirish kabi omillarga bevosita bog‘liqdir.

Umuman olganda, O‘zbekistonda ijtimoiy himoya sohasida olib borilayotgan islohotlar

mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda. Kambag‘allikni
qisqartirish, yoshlar va ijtimoiy zaif guruhlarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va sog‘liqni saqlashni
rivojlantirish, “yashil” iqtisodiyot va barqarorlikni ta’minlash – bularning barchasi
O‘zbekistonning kelajakda farovon jamiyat sifatida rivojlanishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2023.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “O‘zbekiston 2030
strategiyasi” to‘g‘risidagi farmoni, 11-sentabr 2023-yil.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar
miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmoni, 3-iyun 2025-yil.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024–2026 yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish
infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

5.

Mirziyoyev Sh.M. “Qashshoqlikdan farovonlikka” xalqaro forumidagi nutq. Namangan,
17-sentabr 2025-yil.


background image

532

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

6.

Mirziyoyev Sh.M. BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasida so‘zlagan nutqi. Nyu-York,
24-sentabr 2025-yil.

7.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. – Toshkent, 2024–
2025.

8.

Karimov, U. va boshq. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosat va himoya tizimi. – Toshkent:
Iqtisodiyot nashriyoti, 2022.

9.

World Bank. Social Protection and Jobs in Uzbekistan: Progress and Challenges. –
Washington, 2024.

10.

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “Kambag‘allikni

qisqartirish va bandlikni ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmoni.

11.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilda tasdiqlangan “Kambag‘allikni
qisqartirish strategiyasi”.

12.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi
O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risidagi Farmoni.

13.

Sh. Mirziyoyev. “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” asari. Toshkent, 2022

14.

www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi.

15.

www.surxondaryo.uz – Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy veb-sayti.

16.

www.sariosiyo.uz

Surxondaryo

viloyati

ijtimoiy-iqtisodiy

yangiliklari.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2023.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “O‘zbekiston 2030 strategiyasi” to‘g‘risidagi farmoni, 11-sentabr 2023-yil.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmoni, 3-iyun 2025-yil.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024–2026 yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

Mirziyoyev Sh.M. “Qashshoqlikdan farovonlikka” xalqaro forumidagi nutq. Namangan, 17-sentabr 2025-yil.

Mirziyoyev Sh.M. BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasida so‘zlagan nutqi. Nyu-York, 24-sentabr 2025-yil.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. – Toshkent, 2024–2025.

Karimov, U. va boshq. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosat va himoya tizimi. – Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti, 2022.

World Bank. Social Protection and Jobs in Uzbekistan: Progress and Challenges. – Washington, 2024.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilda tasdiqlangan “Kambag‘allikni qisqartirish strategiyasi”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risidagi Farmoni.

Sh. Mirziyoyev. “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” asari. Toshkent, 2022

www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi.

www.surxondaryo.uz – Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy veb-sayti.

www.sariosiyo.uz – Surxondaryo viloyati ijtimoiy-iqtisodiy yangiliklari.