TARIX DARSLARINI TASHKIL ETISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH VA UNI AMALIYOTGA TATBIQ ETISH

Abstract

Ushbu maqolada tarix darslarini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish va uni amaliyotga tatbiq etish haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Raqamli texnologiya, bulutli texnologiya, ta’lim tizimida raqamli texnologiyadan foydalanish, raqamli texnologiyaning afzalliklari, shaxsiy texnologiya, virtual haqiqat haqida so’z yuritiladi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Olimova, Z. (2024). TARIX DARSLARINI TASHKIL ETISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH VA UNI AMALIYOTGA TATBIQ ETISH. Modern Science and Research, 3(6). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/34872
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada tarix darslarini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish va uni amaliyotga tatbiq etish haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Raqamli texnologiya, bulutli texnologiya, ta’lim tizimida raqamli texnologiyadan foydalanish, raqamli texnologiyaning afzalliklari, shaxsiy texnologiya, virtual haqiqat haqida so’z yuritiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

787

TARIX DARSLARINI TASHKIL ETISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN

SAMARALI FOYDALANISH VA UNI AMALIYOTGA TATBIQ ETISH

Olimova Zulfiyaxon Ibrohimjon qizi

Andijon davlat pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san’at fakulteti

Tarix yo’nalishi 2-bosqich talabasi.

zulfiyaolimova98@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.12170928

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tarix darslarini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan

samarali foydalanish va uni amaliyotga tatbiq etish haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.

Raqamli texnologiya, bulutli texnologiya, ta’lim tizimida raqamli texnologiyadan

foydalanish, raqamli texnologiyaning afzalliklari, shaxsiy texnologiya, virtual haqiqat haqida so’z
yuritiladi.

Kalit so’zlar:

raqamli texnologiya, internet, ta’limda raqamli texnologiya, bulutli

texnologiya, narsalar interneti, raqamli dunyo, blokcheyn, raqamli axborot, kengaytirilgan
haqiqat, texnik jihoz, innovatsiyalar.

EFFECTIVE USE OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN ORGANIZING HISTORY

LESSONS AND ITS APPLICATION IN PRACTICE

Abstract.

This article provides detailed information about the effective use of digital

technologies and its implementation in the organization of history lessons. Digital technology,
cloud technology, use of digital technology in the educational system, advantages of digital
technology, personal technology, virtual reality are discussed.

Keywords

: digital technology, internet, digital technology in education, cloud technology,

internet of things, digital world, blockchain, digital information, augmented reality, technical
equipment, innovation.

ЭФФЕКТИВНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ ПРИ

ОРГАНИЗАЦИИ УРОКОВ ИСТОРИИ И ЕГО ПРИМЕНЕНИЕ НА ПРАКТИКЕ

Аннотация.

В данной статье представлена подробная информация об

эффективном использовании цифровых технологий и их внедрении в организацию уроков
истории. Обсуждаются цифровые технологии, облачные технологии, использование
цифровых технологий в системе образования, преимущества цифровых технологий,
персональные технологии, виртуальная реальность.

Ключевые слова

: цифровые технологии, интернет, цифровые технологии в

образовании, облачные технологии, интернет вещей, цифровой мир, блокчейн, цифровая
информация, дополненная реальность, техническое оснащение, инновации.


KIRISH

Bugungi kunda kompyuter texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib bormoqda va har bir

sohada keng miqyosda qo’llanilmoqda. Shu o’rinda raqamli texnologiyalardan tarix darslarida
foydalanishga ham alohida e’tibor berishimiz zarur Pedagoglar oldingi ta’lim dasturlarini
an’anaviy usulda ya’ni ma’ruza shaklida katta hajmli kitoblar va qo’llanmalar orqali olib borilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

788

Bu esa ta’lim sifatini u qadar yuqori bo’lishini ta’minlamagan. Hozirda ta’lim sifatini

ko’tarish ta’limni raqamlashtirish jarayonida noan’anaviy ta’lim texnologiyalarining roli ortib
bormoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizdagi umumta’lim maktablari, kollej, akademik litseylar va

oily ta’lim muassasalarida tarix darslarini tashkil etishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Chunki bu kabi zamonaviy texnologiyalardan keng miqyosda foydalanish inson hayotini

tubdan o’zgartirib, uning faliyati sifatini oshirishiga keng yo’l ochadi. Raqamli texnologiyalrning
taraqqiyoti, jamiyatimizning turli qatlamlari, shu jumladan yoshlarning fikrlash darajasining
kengayishiga va axborot olish imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi. Shu o’rinda raqamli
texnologiyalar orqali o’quvchi va talabalarda amaliy faoliyat tajribasini tarkib toptirish, uni
rivojlantirish, tarixiy ong va tafakkurni shakllantirish, ijtimoiy hayotda o’z o’rniga ega, yetuk
yoshlarni tarbiyalash jarayonlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratimoqda. Bugungi kun ta’lim
oluvchilari yoshligidan boshlab, fan – texnika yutuqlari, raqamli texnologiyalar bilan hamohang
tarzda ulg’ayishmoqda. Shuning uchun ham bu fanga qiziquvchi talablar o’z ustozlaridan ham
fanni zamonaviy texnika yutuqlaridan, shu jumladan raqamli texnologiya vositalaridan
foydalangan holda dars mashg’ulotlarini tashkil etishlarini ma’qul ko’rishadi.

Umuman olganda hozirgi globallashuv sharoitida barcha soha mutaxassislari ta’lim

berayotgan fanini zamonaviy ilg’or texnika vositalaridan va yangiliklaridan foydalangan holda
darslarni tashkil etishlari zarur.

MATERIALLAR VA USULLAR

Bugungi zamonaviy ta’lim tizimida tarix fanini o’qitishda yuqorida aytib o’tilganidek

raqamli texnologiya vositalaridan foydalanish juda zarur. Albatta, savol tug’ilishi mumkin, tarix
fani o’tgan davrni arxeologik manbalar, tarixiy asarlar, tarixiy obida va yodgorliklar, muzey
eksponatlari, arxivlar va boshqa tarixiy faktlar yordamida o’rgansa, bu fanda raqamli texnologiya
vositalaridan foydalanishning nima keragi bordeyosh mumkin. Biz aytmoqchimizki, aynan tarix
fani ishqibozlarini ushbu fan yutuqlarini bugungi kun zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan
holda o’rganish – ya’ni tarix fanini o’qitish, o’rganishni modernizatsiya qilish – ushbu fanda juda
katta o’zgarish yasaydi. Masalan, birgina misol o’sha siz va biz tashrif buyuradigan milliy va tarix
muzeylarimizdagi eksponatlarining 3D modelini yasash orqali brinchi navbatda biz jonsiz tarixni
jonlantiramiz, ya’ni tiriltiramiz, bu tarix ishqibozlari, turistlar va ko’ngilli kishilarni jalb qilishning
bir vositasi o’laroq, ushbu muzey va eksponatlarni jahonga mashhur qilishhimiz mumkin.

1

Tarix darslarida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish quyidagilardan iborat:

“raqamli arxivlar, onlayn taqdimotlar, ma’lumotlar vizualizatsiyasi, interaktiv xaritalar, vaqt
jadvallari, audio fayllar va virtual olmlar tarixni foydalanuvchiga qulayroq qilish. So’nggi raqamli
tarix loyihalari ijodkorlik, hamkorlik va texnik innovatsiyalar, ma’lumotlarni intelektual tahlil
qlish, korpus lingvistikasi, tarmoq tahlili, 3D modellashtirish va katta ma’lumotlarni tahlil qilishga
qaratilgan”.

2

1

Shoyimov S. “Tarix fanda raqamli texnologiyalardan foydalanish yoxud raqamli texnlogiya” maqolasi

2

Mo‘minov H., Kamolov M. Raqamli texnologiyalar va raqamli tarix. Andijon. 2023.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

789

Raqamli texnologiyalar orqali ta’lim berilsa ta’lim oluvchilarga ta’lim olish usullari

osonlashadi. Bunda esa ta’lim tizimi vositalari rolini multimedialar, kompyuter, noutbuk,
internetga ulangan televizorlar, telefon liniyalari, smart doskalar, proyektorlar bajarib beradi.

Ta’limda bunday texnologiyalar bilan dars mashg’ulotlarini olib boorish ta’lim sifatini

yaxshilash uchun xizmat qiladi. Misol uchun, televideniya orqali berib boriladigan onlayn
darslarni ta’lim olishning bir turi desak bo’ladi. Raqamli ta’lim zonasi rivojlanishiga Wi-Fi lar,IT
parklar ochilishi ham katta xizmat qiladi. Raqamli texnologiyalarni o’zlashtirish insoniyat
tarxixidagi boshqa boshqa innovatsiyalarga nisbatan tez sodir bo’lmoqda. Bor yo’g’i yigirma uch
yil ichida axborot texnologiyalaridan foydalanayotgan odamlar qariyb 50% ga oshgan.

NATIJALAR

Tarix

fanida

raqamli

texnologiyalardan

samarali

foydalanishning

afzalliklari

quyidagilardan iborat:

Birinchidan fanning modernizatsiya qilisnishi orqali fanning yana ham rivojlanishiga,

bugungi kun talablariga javob berish hamda eng asosiysi, fanga qiziquvchilarning soni oshishiga,
tarix o’qitish va o’rganishning sifati yanada oshishiga;

Ikkinchidan, tarix fanida raqamli texnologiya vositalarini qo’llash natijasida fanga oid

o’quv materiallar hajmining ortishi hamda ulardan tarix darslarida bemalol foydalana olish
mumkinligi va boshqalarni misol qilib keltirishimiz mumkin.

O’zbekistonda ham raqamli avlodning yetti ekranli avlodi - televizor, kompyuter, planshet,

tablet, fablet, smartfon va smartsoatlari paydo bo’lmoqda. Bunday zich raqamli muhitga ega
bo’lish va u bilan doimiy o’zaro munosabat o’rnatish natijasida bugungi kun talabalarining
fikrlashi va axborotlarga ishlov berish jarayonlari oldingi fikr yuritish va axborot jarayonlaridan
tubdan farq qilmoqda. Raqamli texnologiyalarni o’qitish sifatini saqlab qolgan holda ularni
samarali qo’llash uchun nimalar qilish kerak?

Birinchidan,

albatta mamlakatimizda Internet infratuzilmasini yaxshilashimiz, mobil

operatorlar tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishimiz va eng muhimi aholining,
ayniqsa talaba yoshlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining so’nggi
yutuqlarini o’zlashtirishga shart-sharoitlar hamda imtiyozlar yaratib berishimiz karak.

Ikkinchidan

, o’quv jarayonini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan foydalanish

ko’lamini kengaytirish va axborot resurslari, o’qitish vositalari va masofaviy ta’lim berish
texnologiyalarini rivojlantirish, ijodkor talabalarni universitetni raqamlashtirish loyihalariga jalb
qilish bilan oliy ta‟lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga
o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha vakolatli organlarga takliflar berish, yuqori
samaradorlikka ega raqamli qurilmalar bilan jihozlangan tuzilmalar, o’quv xonalari,
laboratoriyalar, mediastudiyalar va boshqalarni o’zida jamlay olgan markazlarni tashkil etish
hamda unda orttirilgan tajribani O’zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalarida amalda
qo’llash.

Uchinchidan

,

zamonaviy

axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari va ta‟lim

texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta‟minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy
mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo’shimcha shart- sharoitlar yaratish.

To‘rtinchidan,

interfaol taqdimot tizimlaridan foydalanish, ma’ruza va seminar darslari

uchun internet bilan bog’liq holda interfaol va multimediali taqdimotlarni ishlab chiqish kabi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

790

mavzular yuzasidan o’qituvchilarning malakasini oshirish uchun kurslarni tashkil qilish va
o’tkazish.

Beshinchidan

, real vaqt rejimida interfaol taqdimot tizimlari, videokonferensaloqa

tizimlari, virtual zallar, elektron resurslardan foydalanib istalgan vaqtda masofaviy o’qitish
jarayonini amalga oshirish.

Oltinchidan,

bulutli texnologiyalar, virtual voqelik, kengaytirilgan voqelikdan

foydalanish hamda didaktik materiallar va tajriba dizaynlarini ishlab chiqishda 3D printerindan
foydalanish, raqamli didaktika va raqamli ta’lim modellarini qo’llash, o’qituvchilar va talabalar
uchun loyihalar, diplom ishlari, ilmiy izlanishlar va boshqalarini muhokama qilish uchun ilmiy
veb-saytlar ishlab chiqish kerak. Shundagina, biz raqamli texnologiyalardan foydalanib ta’lim
sifatini tushirmagan holda talaba-yoshlarga bugungi kun talabi darajasida bilim bera olishimiz
mumkin

XULOSA

Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, bugungi kun auditoriyalari o’n yil avvalgilaridan

juda katta farq qiladi va sinf xonalari kompyuterlar, iPad, planshetlar, smart-doskalar va boshqa
turdagi ta‟lim texnologiyalari bilan jihozlangan. Bu kabi texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy
qilish mamlakatda ta’lim tizimini yuqori darajada modernizatsiya qilishda katta ro’l o’ynaydi.

Tarix darslarini tashkil etishda shu va shu kabi turli xil zamonaviy texnologiyalardan

foydalanish orqali o’quvchilar yangi mavzuni yanada oson tushunish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Zamonaviy ta’limni tashkil etish va ta’lim tizimini yaxshilanishida muhim ahamiyatga ega

hisoblanadi.


REFERENCES

1.

https://koptelov.info/publikatsi/digital_technology.

2.

Bakiyeva, FR, Primqulova, AA, & Mirzahmedova, ND (2020) Zamonaviy ta’limning aqli
va rivojlanishi.

3.

Abdurahmanova. Shahnoza Abduhakimovna. (2022), RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
ASOSIDA KASBIY TA’LIM JARAYONINI INDIVIDUALLASHTIRISH.

4.

Abdurahmonova, S.A. (2018). O’zbekiston Respublikasi pedagogika oily o’quv yurtlarida
multimedia

texnologiyalari

asosida

talabalarning

intelektual

qobiliyatlarini

rivojlantirish.www.aurisverlag.de.

5.

Mamarajabov Adil Ekmurzaevich (2022). Axborot ta’lim muhitida bulutli
texnologiyalardan foydalanish bo’yicha talabalarning kompotentini shakllantirish. Jahon
ijtimoiy fanlar xabarnomasi.

6.

Bagbekova Laylo Kadirberganovna. (2022). ADDIE MODEL KOMPONENTLARIDAN
ISHLAB CHIQISH OCHIQ ONLAYN KURS RAQAMLI TA’LIM RESURSLARNI
O’RNI VA AHAMIYATI. Konferensiya zonasi,

7.

Shoyimov S. “Tarix fanda raqamli texnologiyalardan foydalanish yoxud raqamli
texnlogiya” maqolasi

8.

Mo‘minov H., Kamolov M. Raqamli texnologiyalar va raqamli tarix. Andijon. 2023.

References

https://koptelov.info/publikatsi/digital_technology.

Bakiyeva, FR, Primqulova, AA, & Mirzahmedova, ND (2020) Zamonaviy ta’limning aqli va rivojlanishi.

Abdurahmanova. Shahnoza Abduhakimovna. (2022), RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA KASBIY TA’LIM JARAYONINI INDIVIDUALLASHTIRISH.

Abdurahmonova, S.A. (2018). O’zbekiston Respublikasi pedagogika oily o’quv yurtlarida multimedia texnologiyalari asosida talabalarning intelektual qobiliyatlarini rivojlantirish.www.aurisverlag.de.

Mamarajabov Adil Ekmurzaevich (2022). Axborot ta’lim muhitida bulutli texnologiyalardan foydalanish bo’yicha talabalarning kompotentini shakllantirish. Jahon ijtimoiy fanlar xabarnomasi.

Bagbekova Laylo Kadirberganovna. (2022). ADDIE MODEL KOMPONENTLARIDAN ISHLAB CHIQISH OCHIQ ONLAYN KURS RAQAMLI TA’LIM RESURSLARNI O’RNI VA AHAMIYATI. Konferensiya zonasi,

Shoyimov S. “Tarix fanda raqamli texnologiyalardan foydalanish yoxud raqamli texnlogiya” maqolasi

Mo‘minov H., Kamolov M. Raqamli texnologiyalar va raqamli tarix. Andijon. 2023.