ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1228
YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA TA’LIM-TARBIYA BERISH
TIZIMINI SIFAT JIHATIDAN YANGI BOCHQICHGA OLIB CHIQISH
Xudayberdiyeva Mohichehra Alisher qizi
Buxoro davlat universiteti Tarix-Yuridik fakulteti
Yurisprudensiyayo’nalishi 2-kurs 5/2 guruh talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.12598607
Annotatsiya.
Bugungi tez o’zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-
yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko’rilmagan turli yovuz xavf-
xatarlarga ham duchor qilmoqda. G’arazli kuchlar sodda, g’o’r bolalarni o’z ota- onasiga, o’z
yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo’lmoqda.
Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz, ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchillik,
mahala ko’y bu masalada hushyorlikda va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak.
Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga
qodir bo’lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani
barchamizga g’urur va iftixor bag’ishlaydi. Bu sohada olib borilayotgan keng miqyosli
ishlarimizni, xususan, ta’lim-tarbiya bo’yicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni
mantiqiy yakuniga yetkazishimiz zarur.
Kalit so’zlar:
Yoshlarga oid davlat siyosati, tolerantlilik xulqi, sport, kitob mutolaasi,
xotin-qizlar bandligi, besh tashabbus.
BRINGING THE EDUCATION SYSTEM TO A NEW LEVEL FROM THE POINT OF
VIEW OF QUALITY IN RAISING THE SPIRITUALITY OF YOUTH
Abstract.
Today's rapidly changing world is opening up new and great opportunities for
humanity and young people. At the same time, they are exposed to various evil dangers that have
not been seen before. Malicious forces are turning simple, gullible children against their parents,
their country, and are taking their lives.
In such a tense and dangerous situation, we, parents, teachers-coaches, the community, the
district should be more alert and aware of this issue.
The fact that our youth are able to rightfully take responsibility for the future of our country
and are becoming the decisive force of today and tomorrow is a source of pride for all of us. It is
necessary to bring to a logical conclusion our large-scale work in this field, in particular, our
national programs on education.
Key words:
State policy on youth, attitude of tolerance, sports, book reading, women's
employment, five initiatives.
ВЫВОД СИСТЕМЫ ОБРАЗОВАНИЯ НА НОВЫЙ УРОВЕНЬ С ТОЧКИ ЗРЕНИЯ
КАЧЕСТВА В ПОВЫШЕНИИ ДУХОВНОСТИ МОЛОДЕЖИ
Аннотация.
Современный быстро меняющийся мир открывает новые и большие
возможности для человечества и молодежи. В то же время они подвергаются различным
злым опасностям, которых раньше не видели. Злые силы настраивают простых,
доверчивых детей против своих родителей, своей страны и лишают их жизни.
В такой напряженной и опасной ситуации мы, родители, учителя-тренеры,
общественность, район должны быть более бдительными и осведомленными в этом
вопросе.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1229
Тот факт, что наша молодежь способна по праву взять на себя ответственность
за будущее нашей страны и становится решающей силой сегодняшнего и завтрашнего дня,
является источником гордости для всех нас. Необходимо довести до логического
завершения нашу масштабную работу в этой области, в частности, наши национальные
программы в сфере образования.
Ключевые слова:
Государственная политика в отношении молодежи,
толерантность, спорт, чтение книг, женская занятость, пять инициатив.
KIRISH:
Dunyo aholisining qariyb 20 foizini yoshlar tashkil qiladi. O‘zbekistonda esa bu
ko’rsatkich 60 foizdan oshadi. Yoshalar xalqimiz, davlatimizning bebaho boyligi. Ular uchun
barcha shart-sharoit yaratilgan, imkoniyatlar eshigi keng ochilgan. Davlatimiz rahbari 2022 yil 26
yanvardagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
faoliyatini qo’llab- quvvatlash to’g’risida”gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib
chiqdi.
Yoshlarga oid davlat siyosati-davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni
ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual ijodiy va boshqa yo’nalihsdagi salohiyatini
kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarada tutadigan ijtimoiy- iqtisodiy, tashkiliy
va huquqiy chora tadbirlar tizimi.
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari.
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ochiqlik va shaffoflik:
Yoshlarga oid davlat siyosatini ro ‘yobga chiqarishda yoshlarning ishtirok etishi:
Yoshlar tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish:
Ma’naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarining ustuvorligi:
Yohslarning kamsitilishiga yo’l qo’yilmasligi:
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari.
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
Yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash:
Yoshlarning hayoti va sog’ lig‘ini saqlash:
Yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga
ko’maklashish:
Yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash:
Yohslarni ishga joylahstirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish:
Yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro’yobga chiqarish sohasida faoliyatni amalga
oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab- quvvatlash, ular uchun munosib uy-
joy va ijtimoiy- maishiy sharoitlarni yaratish bo’ yicha kompleks chora- tadbirlar tizimini amalga
oshirish.
Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko’lamli ishalar amalga
oshirilmoqda. O‘tgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga
olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1230
Joylarda, avvalambor chekka hududlarda istiqomat qilayotgan ko‘p sonli yoshlarning o’ z
iqtidor va iste’dodini ro’yobga chiqarishlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishlari uchun
keng sharoitlar yaratish, ularni turli zararli illat va yot g’oyalar ta’siridan himoya qilish, yoshlar
o’rtasida huqubuzarliklarning barvaqt oldini olish kabi muhim vazifalarni hal etishda “Kamolat’’
yoshlar ijtimoiy harakati O‘zbekiston yoshlarini buyuk maqsadlar sari birlashtiradigan va safarbar
etadigan ommaviy harakatga aylana olmaganini hayotning o’zi ko‘rsatmoqda.
Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish
maqsadida hamda bu borada keng jamoatchilik, avvalo, yoshlar vakillarining taklif va
mulohazalarini e’tiborga olgan holda:
1.O‘zbekistonda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2017-yil 30-iyun kuni bo‘lib
o’tgan IV qurultoyi qaroriga muvofiq, O’bekiston yoshlar ittifoqi tashkil qilingan.
2.O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun30-iyun sanasi mamlakatimizda
“Yoshlar
kuni”
deb e’lo qilinsin.
3.O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar
belgilansin:
Birinchisidan,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqini respublikada yoshlarga oid davlat
siyostaining amalga oshirilishida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari
va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlovchi,
“Yoshlar -kelajak bunyodkori’’
shiori ostida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmaga
aylantirish:
Ikkinchidan,
yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish,
ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik
g’oyalariga sodiqlik, milliy o’zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik,
fidoyillik hissini qaror toptirish va rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan asrash:
Uchinchisidan,
demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi
islohotlarda yoshlar faoligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy
pozitsiya, krng dunyoqarsh va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati
yo’lida bor kuch-g’ayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mamlakat istiqboli uchun
mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir yoshlar safini kengaytirish:
To‘rtinchisidan,
yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib
sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash, ishbilarmonlik qobilyatini rivojlantirish, ularni kichik
biznes va xususiy tadbirlkorlikka keng jalb etish, tashabbuslarini rag’batlantirish, intellektual va
ijodiy salohiyatini ro’yobga chiqarishiga ko’maklashish:
Beshinchisidan:
Yoshlarning ilmiy va badiiy kitoblar, jumladan, elektron asarlarni
o’qishga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish, huquqiy, ekologik, tibbiy va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali ularda turli
mafkuraviy tahdidlarga, xuxusan, diniy ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” va boshqa
yot g’oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish.
ASOSIY QISM
Yoshlar tarbiyasi- jamiyatdagi muhim masala! Darhaqiqat, insonning hayoti bir necha
bosqichlarga bo’linadi. Bu bosqichlar ichida umrning yoshlik bosqichi alohida ahamiyatga egadir.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1231
Yoshlik insonning eng nozik davri hisoblanib, insonning quvvatga to’lgan va
harakatchanligi ziyoda bo’lgan vaqtidir. Shu bilan birga bu davr insonning hayot yo’llarining
chorrahasida turgan payti hamdir. Agar, o’sha chorrahada yaxshi yo’lga kirib olinsa, o’zi oilasi,
xalqi, vatani uchun judda katta yaxshilik sari yuzlangan bo’ladi. Agar Alloh taolo ko’rsatmasin,
mazkur chorrahada yomon yo’lga burilib ketsa, o’zi, oilasi, xalqi vatani uchun ko’ngilsiz hodisalar
sari qadam qo’ygan bo’ladi. Yoshlar har bir millatning kelajagidir. Bu esa yoshlarga jiddiy
ahamiyat berilishi lozimligini bildiradi. Har bir shaxsning kim bo’lishligi yoshlik paytidan bilina
boshlaydi. Yoshlik paytida shakllanib qolgan sifatlar insonga butun umri davomida hamroh
bo’ladi. Shuning uchun jamiyatda yoshlarning odobi, aqli, halol, tarbiyali inson bo’lishlari uchun
harakat qilinadi. Yoshlarning tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar ijobiy va salbiyga bo’linadi. Alloh
taoloning oxirgi va mukammal dini, qiyomatgacha boqiy qoluvchi, barcha zamonlar va
makonlarda insoniyatga ikki dunyo saodati yo’lini ko’rsatib beruvchi dini- islomda yoshlarning
tarbiyasiga oid ko’plab oyat va hadislar vorid bo’lgan.
Mana shu oyat hadislarga og’ishmasdan, to‘laligicha amal qilinsa, Allohning tavfiqi bilan,
o‘sib o‘nayotgan farzandlar chiroyli xulqli, odobli, tarbiyali bo‘lib o‘sadilar va umrlarining
oxirigacha shunday yashaydilar. Ulardan barcha mamnun bo’ladi, insonlarning hurmatiga,
muhabbatiga sazovor bo’lishadi. Islom dinni hech kimni hech qachon yomonlikka chaqirmaydi
balki doimo yaxshilik qilishga, go’zal xulqlar bilan xulqlanishga, halol yashashga chaqiradi. Bu
tarbiyaning islomiy ko’rinishi. Buni ijobiy tarbiya deyiladi. Endi salbiy tomonlari qanday bo’ladi,
nimadan kelib chiqadi? Salbiy tarbiya bu ijobiy tarbiyaning aksi bo’lib, uning salbiy ekanligi
faqatgina ta’lim orqali bilinadi. Uning kelib chiqishi johillik sababidan, qaysarlik va
bo‘yinsunmaslikdan, havoi nafsga berilib ketishdan kelib chiqadi. Hozirgi kunda ommaviy axborat
vositalarida, yoshlar orasida mashhurlik darajasiga erishgan “Ommaviy madaniyniyat’’deb
ataluvchi ofat, yoshlarning orasiga chuqur singib ketgan bo’lsa-da, uning yoshlar tarbiyasiga
salbiy ta’sirlari mana endi endi muhokama qilinmoqda. “Ommaviy madaniyat’’ ni yoshlarning
yurish turishida, salomlashishida, ayniqsa kiyinishida yaqqol ko’zga tashlansa-da, ko’pchilk
bunga oddiy holdek yondoshib, “Bu moda, zamonning talabi shunday” deb bahona izlashadi.
XULOSA.
Jamiyatni taraqqiyotga yetaklash ilmli va ma’rifatli, ummuminsoniy
qadriyatlarni to’g’ri anglagan, tolerant madaniyatli insonlarga bog’liq. Ayniqsa yoshlarni ilm-
ma’rifatli qilish, ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiylash, ularda
tolerantlilik
xulqini shakllantirishda ijtimoiy sohasining zamonaviy va noan’anaviy usullarini hayotga tatbiq
qilish bugungi kunning muhim masalalaridandir.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, mehnat bozorida ishsizlarning 90% ga taqini munosib
ishga joylashishga ko’maklashish yuzasidan muhtojlik sezmoqda. Munosib ish o’rinlari- bu
ishchilarga qiziqarli va qo’lidan keladigan ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan maqbul bo’lgan ish
o’rinlaridir. Munosib ish joyiga ega bo’lish uchun mehnat bozorida ishchi kuchi ancha
raqobatbardosh bo’lishi zarur. Ishlab chiqarishning yoki tashkilotda boshqarishning rasional
tashkil etilishi vamodernizasiyalashishi natijasida kadrlarning taqchiligi yuzaga kelmoqda. O’z
vaqtida ish joyini o’zgartirish, qayta tayyorgarlik, bo’sh ish joylariga qabulning taxtatilishi,
kadrlarni ishdan bo’shatishga ijtimoiy yonaltirilgan tanlab olishning amal qilishi, personalni
qisqartirish yoki qabul qilishni rejalashtirish yo’li bilan ichki mehnat bozorini tartibga solishni
zarurat etmoqda.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1232
Aholini ish bilan ta’minlash inson ijtimoiy rivojlanishining eng muhim jihatlaridan biri
bo’lib, u mehnat masalalari bilan bog’liq muammolarni hamda mehnatga bo’lgan taklif va
talablarni qondirish yo’llarini ochib beradi.
Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, “Har bir millatning saodati,
davlatning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog’liqdir”. Yangi O’zbekiston o’g’il-
qizlarining yaxshi tarbiya topishidan yetuk kadr bo’lishiga qadar tizimli ishlar bajarilmoqda.
Quvonarlisi, mamlakatimizning yoshlar siyosatiga oid imiji tobora mustahkamlanib, o’ziga
xosligi bilan xalqaro hamjamiyat e’tirofiga sazovor bo’lmoqda. Darhaqiqat bunday kafolatlar
yangi tahrirdagi konstitutsiyamizda mustahkamlab qo’yilgan. Unga ko’ra, davlat yoshlarning
shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi.
Ularning jamiyat va davlat hayotidagi faol ishtirokini rag’batlantiradi. Yoshlarning ta’lim olishi,
ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo’lishi, ish bilan bandligi uchun shart-sharoit yaratish
davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida belgilangani esa yoshlar hayotidagi g’oyat muhim
hodisadir. “Besh tashabbus olimpiadasi” mahallalarda iqtidorli yoshlarni saralash va iste’dodini
nomoyon etishiga keng imkoniyatlar yaratdi. Birgina o’tgan yilning o’zida ushbu olimpiadaga 13
milliondan ortiq yigit- qiz qamrab olindi. Imkoniyati cheklangan yoshlarning qiziqishidan kelib
chiqib, shaxmat-shashka, stol tennisi, yengil atletika bo’yicha “Besh tashabbus paralimpiadasi”
tashkil etildi. Bularning barchasi biz yoshlarga yaratilgan chegarasi yoq imkoniyatlar deb
o’ylayman. Biz bunday sharoitlarga, ishonchga arziydigan barkamol avlod bo’la olamiz deb so’z
beraman.
REFERENCES
1.
“Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida’’gi O’zbekiston Respublikasining qonuni.
26.01.2022yil.
2.
“Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi
faoliyatini qo’llab- quvvatlash to’g’risida”gi prezidentining farmoni 06.07.2017.yil.t
3.
O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 30.04.2023.yil.
