MONOKRISTALL KREMNIYDA RUX KIRISHMA ATOMLARI ISHTIROKIDA OLINGAN KOMPENSATSIYALANGAN NAMUNALARNING ELEKTROFIZIK VA FOTOELEKTRIK XOSSALARI

Nurulla Zikrillayev, Samandar Abduraxmonov, Bobir Isakov, G‘iyosiddin Kushiyev, Shahzodbek Hamroqulov
Ushbu ishda, kirishma atomi sifatida Zn elementini n-tipli monokristall Si yarimo‘tkazgich namunasiga diffuziya usulida kiritib, n-tipli va p-tipli solishtirma qarshiligi yuqori bo‘lgan namunalar olishni ko‘rib chiqamiz. Kremniy kristall panjarasiga rux kirishma atomlari diffuziya usuli yordamida kiritilib uning elektrofizik parametrlari xoll effekti yordamida o‘rganildi. SiZn namunalarining IQ nurlarga sezgirligi past haroratda legirlangan namunalarnikiga qaraganda yuqori bo’ladi. Shunday qilib kremniyga legirlangan rux kirishma atomlari yordamida solishtirma qarshiligi (2,3*102-1,85*103 om*sm) va fotoo'tkazuvchanligi yuqori bo’lgan yangi material olish mumkin.
92

Koʻrishlar

26

Yuklashlar

hh-index

0

Iqtibos