PEDAGOGIKALIK TA’LIM ASOSLARI VA UNING STRUKTURAVIY BO’LIMLARI

Abstract

Ushbu tadqiqotda ta’lim sistemasini modernizatsiyalash jarayonlarining huquqiy-normativ asoslari tahlil qilinadi. Shu bilan birga zamonaviy ta’lim dasturlariga asoslangan holda pedagogika va pedagogik metodlar kontekstida o‘qitish metodlarini tashkil qilish, o’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, psixologik salohiyatga ega bo’lgan o’qituvchilarni ta’lim metodlari bilan ishlashga o’rgatish, ta’lim sistemasini modernizatsiyalash orqali ta’lim modellari hamda zamonaviy o‘qitish texnikasi metodlarini tashkil qilish bo’yicha ma’lumotlar keltirib o’tiladi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Turemuratova, A., Bekmuratova , S., Baxtiyorova, S., & Gulimmatov, D. (2025). PEDAGOGIKALIK TA’LIM ASOSLARI VA UNING STRUKTURAVIY BO’LIMLARI. Modern Science and Research, 4(11), 27–31. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/138873
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu tadqiqotda ta’lim sistemasini modernizatsiyalash jarayonlarining huquqiy-normativ asoslari tahlil qilinadi. Shu bilan birga zamonaviy ta’lim dasturlariga asoslangan holda pedagogika va pedagogik metodlar kontekstida o‘qitish metodlarini tashkil qilish, o’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, psixologik salohiyatga ega bo’lgan o’qituvchilarni ta’lim metodlari bilan ishlashga o’rgatish, ta’lim sistemasini modernizatsiyalash orqali ta’lim modellari hamda zamonaviy o‘qitish texnikasi metodlarini tashkil qilish bo’yicha ma’lumotlar keltirib o’tiladi.


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

27

PEDAGOGIKALIK TA’LIM ASOSLARI VA UNING STRUKTURAVIY BO’LIMLARI

Turemuratova Aziza Begibaevna

Qoraqalpoq davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi assistenti

azizaturemuratova85@gmail.com

Bekmuratova Sevara Qoʻziboy qizi

Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi

Baxtiyorova Sarvinoz Jasurbek qizi

Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi

Gulimmatov Diyorbek Ibodulla oʻgʻli

Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.17526865

Annotatsiya.

Ushbu tadqiqotda ta’lim sistemasini modernizatsiyalash jarayonlarining

huquqiy-normativ asoslari tahlil qilinadi. Shu bilan birga zamonaviy ta’lim dasturlariga
asoslangan holda pedagogika va pedagogik metodlar kontekstida o‘qitish metodlarini tashkil
qilish, o’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, psixologik salohiyatga ega bo’lgan
o’qituvchilarni ta’lim metodlari bilan ishlashga o’rgatish, ta’lim sistemasini modernizatsiyalash
orqali ta’lim modellari hamda zamonaviy o‘qitish texnikasi metodlarini tashkil qilish bo’yicha
ma’lumotlar keltirib o’tiladi.

Kalit so’zlar:

Pedagogika, o'qitish metodi, pedagogik mahorat, ta'lim, psixologik

salohiyat, huquqiy ta'lim, ta'lim modellari, pedagogik metodlar, zamonaviy o'qitish texnikasi.


Kirish

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan modernizatsiya

jarayonlarini huquqiy-normativ jihatdan yoritish va pedagogika, psixologiya, ta’lim
texnologiyalari parametrlarini integratsiyalash orqali yangi yondashuvlarni aniqlash bu ta’limning
innovatsion imkoniyatidir. Zamonaviy ta’lim dasturlarining integratsiyalashgan me’yorlaridan
kelib chiqqan holda ta’lim sistemasida modernizatsiya tushunchasi ta’lim jarayonida faqat
mazmuniy emas, balki pedagogik, psixologik, metodologik jihatdan ham yangilanishni nazarda
tutadi. Modernizatsiyalashtirilgan ta’lim tizimining barcha bosqichlarida zamonaviy talablar
asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirgani qayd etilgan.
Pedagogikaning ta’lim sistemasida zamonaviy metodlarni tashkil qilish bu ta’lim va tarbiya
jarayonlarini nazariy va amaliy jihatdan o‘rganadigan pedagogik jarayon deb qarashimiz mumkin.
Modernizatsiya jarayonida pedagogika konsepsiyalari yangilanishi zarur bo’lgan metodik
tahlillarga asoslangan holda: didaktik hamda metodik yondashuvlar zamonaviy ijtimoiy-
texnologik muhitga moslashishi lozim. Pedagogik metodlar, ta’lim modellari hamda zamonaviy
o‘qitish texnikasi bu jarayonda muhim o‘rin tutadi. Pedagogik ta’lim sistemasining
modernizatsiyalashgan ta’lim tizimi asosida o‘qitish metodini tashkil qilish – ma’lumotni
o‘quvchilarga yetkazishga, bilim, ko‘nikma, salohiyat shakllantirishga qaratilgan usullarning
yig‘indisidir. Zamonaviy pedagogik metodika o‘quvchi markazli, faol ishtirokchilikni
rag‘batlantiruvchi bo‘lishi talab qilinadi. Shuningdek, Ta’lim sistemasida o’qituvchilarning
pedagogik mahoratini oshirishda yangi uslublardan foydalanish dasturi – bu o‘qituvchi kasbiy
faoliyatida zamonaviy metodlar, texnologiyalarni qo‘llash hamda o‘quvchi psixologiyasini


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

28

tushunish, individual yondashuvni ta’minlashga qodirligi bilan belgilanadi. Psixologik salohiyat
deganda o‘quvchi yoki o‘qituvchining psixologik jihatdan rivojlangan qobiliyatlari tushuniladi:
motivatsiya, e’tibor, ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalar, refleksiya, metakognitsiya va boshqa
kompetentsiyalar. Ta’limning modernizatsiyasi jarayonida psixologik salohiyatga e’tibor berish
muhim: o‘qitish jarayonida o‘quvchining psixologik xususiyatlari hisobga olinishi, uning ustida
individual ish yuritilishi, aktiv o‘rganish metodi qo‘llanilishi kutiladi.Pedagogik mahoratni
oshirish ham psixologik salohiyatga bog‘liq: o‘qituvchi o‘z pedagogik faoliyatida o‘quvchi
psixologiyasini tushunib ishlay olishi kerak — shuning uchun pedagogik tayyorgarlik, malaka
oshirish masalalari ham modernizatsiyaning muhim komponentiga aylanmoqda.Ta’lim
modellariga misollar sifatida an’anaviy modeli hisoblanib, ta’limni asosan didaktik o‘qitish
shaklida tashkil etish qoidalari, faol model o‘quvchi faoliyatini markazga qo‘yishning alohida
ahamiyati, ta’limda konstruktivistik modellarni tashkil qilish orqali o‘quvchi o‘z bilimini
konstruktsiyalashga ishtirok qiladi va zamonaviy konsepsiyalarga asoslangan holda masalan,
shaxs-yo‘naltirilgan model, muammoga yo‘naltirilgan model, raqamli ta’lim modeli orqali erkin
fikrlash qobiliyatlarini oshirish kabi jarayonlar kiradi. Modernizatsiyalash jarayonida, ayniqsa,
o‘quvchi markazli, internet-texnologiyalar asosida tashkil etiladigan, individual va guru­h bilan
interaktiv ishlashga asoslangan ta’lim modellarini joriy etish zarurligi tug‘ildi. Bu jarayonda
huquqiy normalarga asoslangan holda qaror qabul qilishni o’rganadi. Pedagogik metodlar deganda
o‘qitish-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan usullar, yo‘nalishlar, texnikalar tushuniladi: ma’ruzali
metod, suhbat, muhokama, masalalarni hal etish, loyiha asosida o‘qitish, kooperativ o‘qitish va
h.k. Modernizatsiya nuqtai nazaridan, pedagogic metodika yangilanishi, zamonaviy texnikalar —
masalan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), masofaviy ta’lim, interfaol media
vositalari — ta’lim jarayonida qo‘llanilishi lozimligi ko‘rilmoqda. Misol uchun, maktabgacha
ta’lim bosqichida normativ-huquqiy baza, litsenziyalash, sifat standartlari va akkreditatsiya
jarayonlari shakllantirilayotgani qayd etilgan. Pedagogik mahorat nuqtai nazaridan, o‘qituvchi
kasbiy tayyorgarligining tarkibiy elementi sifatida texnologiya va yangicha didaktik usullar bilan
ishlash ko‘nikmasi e’tibor markaziga chiqmoqda. Shuningdek, psixologik jihatdan ta’lim
jarayonida interaktiv, o‘quvchi ishtirokchiligi yuqori bo‘lgan metodlarni qo‘llash unga
o‘rganishga motivatsiya o‘rnatishga yordam beradi. Modernizatsiya jarayonida bir qator
muammolar ham yuzaga kelmoqda, jumladan: O‘qituvchilarning pedagogik mahorati va
zamonaviy metodlarni qo‘llashga tayyorligi yetarli emasligi; Psixologik salohiyatni
rivojlantirishga profilaktika, malaka oshirish mexanizmlari kamligi; Ta’lim muassasalari moddiy-
texnik bazasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlanishi bir xilda emasligi;
Normativ-me’yoriy hujumlarda amalda ijro etilmasligi yoki nazorat mexanizmlarining zaifligi
asosiy sabablar bo’lishi mumkin. Modernizatsiyalashtirilgan ta’lim sistemasining metodik
dasturlariga asoslangan modellarni ishlab chiqish orqali o‘qituvchilarning malakasini oshirishga,
pedagogik va psixologik tayyorgarlikni kuchaytirishga, innovativ ta’lim modellari va texnikalarini
joriy etishga, talabalar va o‘quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga oladigan
yondashuvlarni qo‘llashga, hamda normativ-me’yoriy hujjatlarga rioya qilish, monitoringni
kuchaytirishga e’tibor qaratish lozim. Modernizatsiyalash jarayoni faqat huquqiy hujjatlar bilan
cheklanishi mumkin emas — u pedagogika va psixologiya bilan sinergiyada bo‘lishi zarur.
Quyida integratsiyalashning asosiy tamoyillari keltiriladi. Huquqiy ta’lim: ta’lim jarayonida


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

29

talabalarga va o‘qituvchilarga huquqiy ongni shakllantirish, ta’lim huquqi, ta’limda tenglik, ta’lim
sifati, o‘quvchi huquqlari va majburiyatlari haqidagi bilimlarni berish muhim. Pedagogika va
psixologiya: o‘quvchi markazli metodologiyalar, faol va ijodiy o‘qitish, ijtimoiy-emotsional
ko‘nikmalarni rivojlantirish, o‘zini o‘zi boshqarish salohiyatini oshirish — bular psixologik
salohiyat rivojini ta’minlaydi. Zamonaviy ta’lim modellari va zamonaviy texnikalar bilan huquqiy
cheklovlar: misol uchun, davlat ta’lim standartlari, akkreditatsiya me’yorlari, o‘qituvchilarning
malaka oshirish talablari zamonaviy pedagogik metod va texnikalarni qo‘llashga yo‘l ochadi.
Bunday ta’lim reformalariga asoslangan ta’lim sistemasi integratsiyalash jarayonida o‘qitish
metodi markazida o‘quvchi bo‘lishi, pedagogik mahorat esa o‘qituvchining yangi rolini – bilimi,
motivator, metodik rahbar shaklida ijro etishini ta’minlaydi. Bunda psixologik salohiyatga ega
bo‘lgan o‘qituvchi o‘quvchi faoliyatini samarali boshqarib, o‘quvchilarni faol ishtirokga undaydi.
Huquqiy normativ esa ta’lim jarayonini tartibga soladi, sifatni kafolatlaydi, adolat tamoyilini
ta’minlaydi. Modernizatsiya jarayonida zamonaviy o‘qitish texnikasi ya’ni axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari, interfaol darsliklar, onlayn ta’lim platformalari, mobil o‘qitish,
masofaviy o‘qitish, loyiha va muammoga yo‘naltirilgan o‘qitishdan foydalanish kengaymoqda.
Masalan, maktabgacha ta’lim bosqichida normativ-huquqiy baza maktabgacha ta’lim
tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, sifat standartlari va litsenziyalashni tartibga solish
orqali maktabgacha ta’lim sifatini oshirishga e’tibor qaratilyapti. Shuningdek, maktab va oliy
ta’limda raqamli ta’lim muhiti shakllantirilmoqda. Zamonaviy o‘qitish texnikasi bilan pedagogik
metodlar birlashtirilishi: masalan, loyiha asosida o‘qitish, kooperativ o‘qitish, interaktiv media-
darslar, gamifikatsiya, virtual va kengaytirilgan reallik komponentlari. Bu usullar o‘quvchi
psixologik salohiyatini ochishga, pedagogik mahoratni qo‘llashga imkon beradi. Zamonaviy
o’qitish texnikasining huquqiy jihati ham muhim ahamiyatga ega: Pedagogik o’qitish ta’lim
muassasalarida AKT qo‘llanilishi bo‘yicha davlat normativlari, litsenziyalash talablari, ta’lim
standartlari, maxfiylik va ma’lumotlarni himoya qilish huquqlari kabi huquqiy jihatlar ham
e’tiborga olinishi zarur. Shu jihatdan, normativ-huquqiy hujjatlar texnologik yangilanishlarni
qo‘llab-quvvatlashi lozim. Ta’lim dasturlari yangilandi, moddiy-texnik bazani mustahkamlashga
qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ilg‘or pedagogik metodlar va
axborot texnologiyalari qo‘llanilmoqda. Ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarning pedagogik
mahoratini sistemali oshirish va zamonaviy o‘qitish texnikalarini qo‘llashga yo‘naltirilgan
dasturlarni kengaytirish; Ta’limda psixologik salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan metod va
metodikalarni ishlab chiqish o’qituvchi uchun juda muhim hisoblanadi. Ta’lim modellarini milliy
kontekstga moslashtirib, lekin global tajribalarni integratsiyalash orqali yangicha ta’lim modeli va
pedagogik metodlarni ishlab chiqish bu ta’limda ustuvor natijalarga erishishda yordam beradi
degan fikrdamiz.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda respublikamizda ta’lim sistemasini modernizatsiyalash

jarayonlarining huquqiy-normativ asoslari, pedagogik faoliyatning zamonaviy bosqichlari, o‘qitish
metodlarining innovatsion tashkil qilinganligi, pedagogik mahoratni oshirishning zamonaviy
metodologiyasi, ta’lim modellari, pedagogik metodlar va zamonaviy o‘qitish texnikasi jihatlaridan
tahlil qilindi. Ta’lim tizimi modernizatsiyasida huquqiy normalar ta’lim jarayonini tartibga
soluvchi bazaviy vosita bo‘lsa, pedagogika va psixologiyaga oid kontseptual yondashuvlar


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

30

o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatini samarali tashkil etishga imkon yaratadi. Zamonaviy o‘qitish
texnikasi va pedagogik metodlar esa ta’lim jarayonining sifatini oshirishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.

Turemuratova A., Kurbanova R., Saidboyeva B. EDUCATIONAL TRADITIONS IN
SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK PEDAGOGY //Modern
Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 318-322.

2.

Jarilkapovich M. A. Program Technology for Choosing an Effective Educational
Methodology Based on Modern Pedagogical Research in The Educational System
//CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2025. – Т. 6. – №. 02. – С.
30-33.

3.

Jarilkapovich M. A. USE OF PEDAGOGICAL METHODS BASED ON THE MODERN
EDUCATIONAL

PROGRAM

TO

INCREASE

THE

EFFECTIVENESS

OF

EDUCATION //European International Journal of Pedagogics. – 2024. – Т. 4. – №. 06. –
С. 26-33.

4.

Jarilkapovich M. A. The Role of Modern Education and The Teacher's Pedagogical Skills
in The Application of Pedagogical Teaching Methods //International Journal of
Pedagogics. – 2025. – Т. 5. – №. 04. – С. 266-268.

5.

Turemuratova A. B. TA’LIMDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA
O’QUVCHIYOSHLARNING

KOLLOBORATIV

KO’NIKMALARINI

RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI //Inter education & global study. – 2025. – Т. 3. –
№. 4. – С. 242-250.

6.

Kurbanova, R. J., and B. E. Saidboeva. "MAKTAB VA OILADA ESTETIK TARBIYANI
SHAKLLANTIRISH

JARAYONIDA

O'QUVCHILARNING

AKSIOLOGIK

DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH." Inter education & global study 9 (2024):
114-121.

7.

Begibaevna, Turemuratova Aziza, Kujamuratova Gulnaz Jumabayevna, and Iskendarova
Shayra

Sabirovna.

"PEDAGOGICAL

MECHANISMS

OF

DEVELOPING

COLLABORATIVE SKILLS OF STUDENTS BASED ON A MULTI-VECTOR
APPROACH." International Journal of Pedagogics 4.09 (2024): 55-62.

8.

Begibaevna, Turemuratova Aziza. "APPLYING METHODS THAT IMPROVE
STUDENTS'COLLABORATIVE

SKILLS

BASED

ON

MULTI-VECTOR

PEDAGOGICAL APPROACHES." European International Journal of Pedagogics 4.11
(2024): 178-182.

9.

Begibaevna, Turemuratova Aziza, and Asamatdinova Bazargul Bakhadirovna.
"PEDAGOGICAL

FOUNDATIONS

OF

DEVELOPING

STUDENTS'COLLABORATIVE

SKILLS

BASED

ON

A

MULTI-VECTOR

APPROACH." European International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 183-187.

10.

Begibaevna, Turemuratova Aziza. "THE ROLE OF PEDAGOGICAL METHODS
BASED ON MULTI-VECTOR APPROACHES IN MODERN EDUCATION IN
IMPROVING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS." CURRENT RESEARCH
JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.11 (2024): 98-102.


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

31

11.

Begibaevna, Turemuratova Aziza. "EFFECTIVE EDUCATIONAL INDICATORS OF
MULTI-VECTOR APPROACHES IN FORMING COLLABORATIVE SKILLS OF
STUDENTS

BASED

ON

PEDAGOGICAL

METHODS

OF

INNOVATIVE

EDUCATION." International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 153-157.

12.

Begibaevna,

Turemuratova

Aziza,

and

Ayimbaeva

Aynura

Rustamovna.

"PEDAGOGICAL ANALYSIS AND ESSENCE OF MULTI-VECTOR APPROACHES
IN IMPROVING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON THE
EDUCATIONAL PROGRAM." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS
5.11 (2024): 88-92.

13.

Turemuratova, Aziza. "TRADITIONS OF FORMING THE SPIRITUAL AND MORAL
WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN PEDAGOGY." Евразийский журнал
академических исследований 3.7 (2023): 225-229.

14.

Begibaevna, Turemuratova Aziza, Kushbaeva Indira Tursinbaevna, and Dawletmuratova
Raxila

Genjemuratovna.

"THE

MAIN

ESSENCE

OF

DEVELOPING

STUDENTS'COLLABORATIVE

SKILLS

BASED

ON

MULTI-VECTOR

PEDAGOGICAL

APPROACHES

IN

MODERN

EDUCATION."

CURRENT

RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.09 (2024): 43-46.

15.

Turemuratova, Aziza, and Marhabo Kenjayeva. "KO’P VEKTORLI YONDASHUVLAR
ASOSIDA

TALABALARNING

KOLLOBORATIV

KO’NIKMALARINI

RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK TRENING USLUBI." Modern Science and
Research 4.4 (2025): 252-261.

References

Turemuratova A., Kurbanova R., Saidboyeva B. EDUCATIONAL TRADITIONS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK PEDAGOGY //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 318-322.

Jarilkapovich M. A. Program Technology for Choosing an Effective Educational Methodology Based on Modern Pedagogical Research in The Educational System //CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2025. – Т. 6. – №. 02. – С. 30-33.

Jarilkapovich M. A. USE OF PEDAGOGICAL METHODS BASED ON THE MODERN EDUCATIONAL PROGRAM TO INCREASE THE EFFECTIVENESS OF EDUCATION //European International Journal of Pedagogics. – 2024. – Т. 4. – №. 06. – С. 26-33.

Jarilkapovich M. A. The Role of Modern Education and The Teacher's Pedagogical Skills in The Application of Pedagogical Teaching Methods //International Journal of Pedagogics. – 2025. – Т. 5. – №. 04. – С. 266-268.

Turemuratova A. B. TA’LIMDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA O’QUVCHIYOSHLARNING KOLLOBORATIV KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI //Inter education & global study. – 2025. – Т. 3. – №. 4. – С. 242-250.

Kurbanova, R. J., and B. E. Saidboeva. "MAKTAB VA OILADA ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH JARAYONIDA O'QUVCHILARNING AKSIOLOGIK DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH." Inter education & global study 9 (2024): 114-121.

Begibaevna, Turemuratova Aziza, Kujamuratova Gulnaz Jumabayevna, and Iskendarova Shayra Sabirovna. "PEDAGOGICAL MECHANISMS OF DEVELOPING COLLABORATIVE SKILLS OF STUDENTS BASED ON A MULTI-VECTOR APPROACH." International Journal of Pedagogics 4.09 (2024): 55-62.

Begibaevna, Turemuratova Aziza. "APPLYING METHODS THAT IMPROVE STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON MULTI-VECTOR PEDAGOGICAL APPROACHES." European International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 178-182.

Begibaevna, Turemuratova Aziza, and Asamatdinova Bazargul Bakhadirovna. "PEDAGOGICAL FOUNDATIONS OF DEVELOPING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON A MULTI-VECTOR APPROACH." European International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 183-187.

Begibaevna, Turemuratova Aziza. "THE ROLE OF PEDAGOGICAL METHODS BASED ON MULTI-VECTOR APPROACHES IN MODERN EDUCATION IN IMPROVING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.11 (2024): 98-102.

Begibaevna, Turemuratova Aziza. "EFFECTIVE EDUCATIONAL INDICATORS OF MULTI-VECTOR APPROACHES IN FORMING COLLABORATIVE SKILLS OF STUDENTS BASED ON PEDAGOGICAL METHODS OF INNOVATIVE EDUCATION." International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 153-157.

Begibaevna, Turemuratova Aziza, and Ayimbaeva Aynura Rustamovna. "PEDAGOGICAL ANALYSIS AND ESSENCE OF MULTI-VECTOR APPROACHES IN IMPROVING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON THE EDUCATIONAL PROGRAM." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.11 (2024): 88-92.

Turemuratova, Aziza. "TRADITIONS OF FORMING THE SPIRITUAL AND MORAL WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN PEDAGOGY." Евразийский журнал академических исследований 3.7 (2023): 225-229.

Begibaevna, Turemuratova Aziza, Kushbaeva Indira Tursinbaevna, and Dawletmuratova Raxila Genjemuratovna. "THE MAIN ESSENCE OF DEVELOPING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON MULTI-VECTOR PEDAGOGICAL APPROACHES IN MODERN EDUCATION." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.09 (2024): 43-46.

Turemuratova, Aziza, and Marhabo Kenjayeva. "KO’P VEKTORLI YONDASHUVLAR ASOSIDA TALABALARNING KOLLOBORATIV KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK TRENING USLUBI." Modern Science and Research 4.4 (2025): 252-261.