Noyabr, 2025-Yil
9
SAʼDIY SHEROZIYNING GULISTON ASARINING SHARQ ADABIYOTIDA TUTGAN
OʻRNI
Azimova Marhabat Nizom qizi
Buxoro davlat pedagogika instituti
Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 1oʻtak 24 guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.17525884
Annotatsiya
. Ushbu tezis gʻazal janrining ustozi sifatida ulugʻlangan adib shoir olim va
buyuk mutafakkir ajdodimiz Saʼdiy Sheroziyning fors-tojik adabiyotida muhim oʻrin tutgan
"Guliston" asarining sharq adabiyotida tutgan mavqeyi va undagi hikoyatlar tahlili
Kalit soʻzlar
: klassik adabiyot, Guliston, Boʻston, fors-tojik, klassik poeziyasi, axloqiy
fazilatlar, hikoyatlar.
Аннотация.
Данная дипломная работа представляет собой анализ положения
«Гюлистана» в литературе Востока и рассказов в ней, занимающих важное место в
персидско-таджикской литературе нашего предка Саади Ширази, который почитался
как учитель жанра газели.
Ключевые слова:
классическая литература, Гулистан, Бостон, персидско-
таджикская, классическая поэзия, нравственные качества, рассказы.
Absract.
This thesis is an analysis of the position of the work "Guliston" in oriental
literature, which holds an important place in Persian-Tajik literature, by our ancestor Sa'di
Shirazi, a writer, poet, scholar and great thinker, who is revered as the master of the ghazal
genre, and the stories in it.
Keywords:
classical literature, Gulistan, Bostan, Persian-Tajik, classical poetry, moral
virtues, stories.
Sharq klassik adabiyotining buyuk namoyandalaridan biri Muslihiddin Sa’diy Sheroziy
(1184—1292) Oʻrta va Yaqin Sharq oʻlkalarida Shayx Sa’diy nomi bilan mashhur. Uning ajoyib
asarlari oʻzbeklar orasida ham keng tarqalgan. «Guliston» va «Boʻston» kabi axloqiy kitoblari eski
oʻzbek maktablarida darslik sifatida oʻqitilar edi Fors-tojik adabiyoti tarixida Sa’diyning mavqei
juda baland. U birinchi boʻlib gʻazal formasini mustaqil janr darajasiga koʻtardi. Uning
«Kulliyot»iga 4 devon (gazallar toʻplami) kiritilgan. «Kulliyot»ga kiritilgan badiiy asarlar ichida
eng mashhurlari 1257 yilda yozilgan «Boʻston» va 1258 yilda yozilgan «Guliston» asarlaridir.
«Guliston» oʻziga xos didaktik hikoyalar va she’riy aforizmlar toʻplamidir. Kitob 8 bobdan
iborat. Fors-tojik prozasining klassik namunasi boʻlmish bu asar soddalik, original goʻzallik,
voqelikni toʻgʻri yoritish bilan kitobxonni maftun etadi. Jahongashta shoir oʻz hayotida koʻrgan,
bilgan voqealarni bayon etib, ulardan axloqiy xulosalar chiqaradi. Undagi qisqa-qisqa hikoyalarda
dunyo-dunyo ma’no boʻlgani uchun ham bu kitob jahon adabiyotining oltin fondiga kirgan. Sa’diy
oʻz zamonining yetuk pedagogi, dono, insondoʻst, murabbiy shoiri, chuqur psixolog olimi
boʻlgan.Bu ulugʻ donishmandning keng va rango-rang ijodida biz yorqin misralar bilan bir qatorda
u yashagan davrning qora tamgʻasi tushgan dogʻlarni ham koʻramiz.
Sa’diy koʻp sayohat qilib, hayot tajribasi orttirgan bilim-don. U dovdirab, yoʻl topolmay
qolgan kishilarni sargardonlikdan qutqarish, ularga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatib berishni oʻzining burchi
hisoblaydi. U bir she’rida:
Noyabr, 2025-Yil
10
Chu koʻrding koʻr kishi yoʻlinda chohdir,
Indamay oʻtirsang katta gunohdir, —
der ekan, boshqalarga ham shu burchni uqtiradi. Sa’diy nazarida inson faqat oʻzi uchun
emas, boshqalar taqdiri uchun ham, butun bashariyat taqdiri uchun ham javobgar. Insonning
koʻzini ochishga, unga yashamoq yoʻllarini oʻrgatishga umrini bagʻishlagan Sa’diy hayotda
insonni pok, irodali, kuchli va magʻrur koʻrishni istaydi
Sa`diy Sheroziy umrining 20 yildan ko`prog`i sayohatda o`tgan. Bu sayohatlari davomida
ko`rgan- bilganlarini umumlashtirib, sayqallab “Bo`ston"hamda “Guliston” asarlariga ixcham
hikoyalar qilib kiritgan. Asarda insoniyatning axloqiy fazilatlari, do`stlik, sabr-toqat, adolat va
xushmuomalalik kabi mavzular muhokama qilinadi. Asarda o`z qobiliyatlari va imkoniyatlari
haqida ko`plab qo`rquv va shubhalar bilan yashab, xavfsiz bo`lsa ham talvasaga tushib behudaga
shov-shuv solib boshqalarning ham tinchligini buzgan inson obrazi “Daryo ko`rmagan qul”
hikoyatida yoritib berilgan. Ushbu hikoyada qul daryoni ko`rmagani uchun uning haqiqiy kuchi va
imkoniyatlarini anglay olmaydi, bu esa qulning bilim vatajribasining cheklanganligini anglatadi.
Sa`diy bu hikoya orqali o`quvchilarni o`z qo`rquvlarini yengib, hayotni to`liq kashf etishga
chaqiradi. Bundan tashqari asarda yovuzlikka qarshi turish va o`z axloqiy qadriyatlarini himoya
qilish mavzulari yoritilgan hikoya ham mavjud. “Yovuz bahor va toza kishi” hikoyasi aynan shu
mavzuda bo`lib, unda yovuz bahor inson ustiga qanchadan qancha yomonliklar va yovuzliklar
qilsa ham toza kishi o`z ahdida sodiq turib, yozuvlikka qarshi kurashadi. Guliston“ning ko`p
hikoyatlarida lo`nda qilib ko`rsatib berilgan.
“Guliston” asari ko`plab boshqa sharq adabiy asarlariga ilhom manbayi bo`lib xizmat
qilgan. Masalan, Abdurahmon Jomiyning “Salomon va Abdurahmon”, Nizomiy Ganjaviyning
qissalari, Kaykovusning “Qobusnoma” va she`riyat sultoni bo`lgan Alisher Navoiyning “Mahbub
ul- qulb” asarlari ham aynan“Guliston’ asarining ta`sirida yozilgan bo`lib, ularda asar mazmuniga
yaqin bo`lgan hikoyalar uchraydi.Shundan ham bilib olishimiz mumkinkiushbu asar sharq
adabiyotining eng nodir asari bo`lishi bilan bir qatorda, yana ko`plab shunga o`xshash noyob va
mashhurasarlarning
yozilishiga
turtki
bo`lgan
desak
mubolag`a
bo`lmaydi.
Ushbu
asarningahamiyati bugungi kunda ham saqlanib qolmoqda, chunki uning g`oyalari va badiiy
mazmuni zamonaviy hayotda ham juda muhimdir.
Sa’diy Sheroziy “Guliston”da o‘ziga xos ixcham, latif va hikmatli uslub yaratgan. U
hayotiy misollar, qisqa hikoyatlar orqali chuqur ma’noni ifodalagan. Asardagi she’riy parchalar
nasriy matnga uyg‘unlashib, o‘quvchiga estetik zavq bag‘ishlaydi.Bu asar faqat Sharq xalqlari
uchun emas, balki butun insoniyat uchun ibrat manbai hisoblanadi. Uning ko‘plab tillarga tarjima
qilinishi va butun dunyo kutubxonalarida ehtirom bilan saqlanishi buning isbotidir.
Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asari — bu Sharq adabiyotining durdonasi, ma’naviyat va
hikmat xazinasi, insonni ezgulikka, odobga, ilmga va haqiqatga chorlovchi bitmas-tuganmas
manba. Uning ta’siri asrlar osha davom etib, Sharq adabiy maktablari va ma’naviy tafakkurida
o‘chmas iz qoldirgan.
Noyabr, 2025-Yil
11
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
:
1.
Baxshilloyevna, S. M. (2022). BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA
TARBIYACHI
NUTQI
NAMUNA-O’RNAK
VOSITASI SIFATIDA.
Scientific
Impulse
,
1
(4), 1288-1292.
2.
Baxshilloyevna, S. M. (2022). MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR MA’NAVIY
DUNYOSINI BOYITISHDA “ALPOMISH” DOSTONING O’RNI.
BOSHQARUV VA
ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI
,
2
(2), 146-152.
3.
Sharipova, M. B. (2021). Laylo Mirzo Qizi Muslimova XALQ DOSTONLARINI
O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH”
DOSTONI MISOLIDA).
Scientific progress
, (7).
4.
Sharipova, M. B., & Muslimova, L. M. Q. (2021). XALQ DOSTONLARINI
O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH”
DOSTONI MISOLIDA).
Scientific progress
,
2
(7), 1130-1134.
5.
Sharipova,
M.
B.
(2021).
Xursand
Nuriddinovna
Mirzayeva
XALQIMIZ
MADANIYATINING HAYOTBAXSH SARCHASHMASI.
Scientific progress
, (7).
6.
Baxshilloyevna, S. M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ
O ‘STIRISHNING ILMIY-NAZARIY AHAMIYATI.
PEDAGOGS jurnali
,
1
(1), 168-168.
7.
Baxshulloyevna, S. M. (2022). «ALPOMISH» DOSTONI-VATANPARVARLIK
FAZILATLARIDAN SABOQ BERUVCHI MAʼNAVIY DURDONA.
Scientific
Impulse
,
1
(4), 1426-1430.
8.
Sharipova,
M.
B.,
&
Ravshanova,
G.
F.
Q.
(2021).
QAHRAMONLIK
DOSTONLARINING O’ZIGA XOSLIGI: MILLIY RUH VA AN’ANALAR.
Scientific
progress
,
2
(7), 1139-1144.
9.
Шарипова, М. Б., & Саьдуллаева, М. Б. К. (2020). РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ
СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ.
Проблемы
педагогики
, (6 (51)), 58-60.
10.
Sharipova, M. (2020). O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning
ahamiyati.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
11.
Sharipova, M. B., & Nozirova, M. J. Q. (2021). O’ZBEK XALQ DOSTONLARINI
O’QITISHDA KOMPYUTER IMKONIYATLARI.
Scientific progress
,
2
(7), 1102-1108.
