SPELLING TEACHING METHODS AND ITS EFFECTIVENESS

Abstract

In the process of native language and literary education, the main attention should be paid to increasing students' vocabulary, feeling and understanding the subtleties of meaning, differences and similarities, forming the skills of correct pronunciation and error-free writing, correct use of words, and correct expression of thought in speech and text. Thinking and language in a person are inextricably linked, and the role and role of native language and literary education methods, as well as their tools, in raising a creative and independent-minded, spiritually mature person are incomparable. This article discusses the problems of improving the quality of spelling teaching methods and ways to solve them, as well as improving the literacy level of current students. It is also dedicated to highlighting issues such as working on students' spelling errors in native language and literary education, using traditional teaching methods, increasing vocabulary, working on sentences, and developing reading skills in fiction.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Sobirjonova, H., & Nuriddinova, N. (2025). SPELLING TEACHING METHODS AND ITS EFFECTIVENESS. Modern Science and Research, 4(11), 199–205. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/138998
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In the process of native language and literary education, the main attention should be paid to increasing students' vocabulary, feeling and understanding the subtleties of meaning, differences and similarities, forming the skills of correct pronunciation and error-free writing, correct use of words, and correct expression of thought in speech and text. Thinking and language in a person are inextricably linked, and the role and role of native language and literary education methods, as well as their tools, in raising a creative and independent-minded, spiritually mature person are incomparable. This article discusses the problems of improving the quality of spelling teaching methods and ways to solve them, as well as improving the literacy level of current students. It is also dedicated to highlighting issues such as working on students' spelling errors in native language and literary education, using traditional teaching methods, increasing vocabulary, working on sentences, and developing reading skills in fiction.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

199

IMLO O`RGATISH METODLARI VA UNING SAMARADORLIGI

Sobirjonova Husniya Obidjon qizi

Andijon shahridagi Prezident maktabi o`qituvchisi.

Nuriddinova Nozima Obidjon qizi

A. Navoiy nomidagi Toshkent davlat O`zbek tili va adabiyoti institutining 3-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17536113

Annotatsiya.

Ona tili va adabiy ta`lim jarayonida asosiy diqqat – e’tiborni o`quvchilarda

so`z boyligini oshirish, ma`no nozikliklari, farq va o`xshashlikarini his qilish hamda anglab
yetish, to`g`ri talaffuz qilish va bexato yozish, so`zlarni to`g`ri qo`llash, fikrni gap va matn
tarzida to`g`ri ifodalash ko`nikmalarini shakllantirishga qaratish zarur. Insonda tafakkur va til
o`zaro chanbarchas bog`liq bo`lib, ijodiy va mustaqil fikrli, ma`naviy yetuk shaxsni
tarbiyalashda ona tili va adabiy ta`lim usuli, shuningdek, vositalarining o`rni, ro`li beqiyos.

Ushbu maqolada imlo o`rgatish metodlari sifatini oshirishdagi muommolar va ularni hal

qilish yo`llari hamda hozirgi kundagi o`quvchilarning savodxonlik darajasini yaxshilash
yoritilgan. Shuningdek, ona tili va adabiy ta`limda o`quvchilarning imloviy xatolar ustida
ishlash, an`anaviy ta`lim metodlaridan foydalanish, so`z boyligini oshirish, gap ustida ishlash,
badiiy adabiyotlar o`qish malakasini rivojlantirish kabi masalalarni yoritishga bag`ishlangan.

Kalit so`zlar:

imlo, savodxonlik masalasi, innavatsion texnologiya.

SPELLING TEACHING METHODS AND ITS EFFECTIVENESS

Annotation.

In the process of native language and literary education, the main attention

should be paid to increasing students' vocabulary, feeling and understanding the subtleties of
meaning, differences and similarities, forming the skills of correct pronunciation and error-free
writing, correct use of words, and correct expression of thought in speech and text. Thinking and
language in a person are inextricably linked, and the role and role of native language and
literary education methods, as well as their tools, in raising a creative and independent-minded,
spiritually mature person are incomparable.

This article discusses the problems of improving the quality of spelling teaching methods

and ways to solve them, as well as improving the literacy level of current students. It is also
dedicated to highlighting issues such as working on students' spelling errors in native language
and literary education, using traditional teaching methods, increasing vocabulary, working on
sentences, and developing reading skills in fiction

.

Keywords:

spelling, literacy issues, innovative technology.

МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ ОРГАНИЗАЦИИ И ЕЁ ЭФФЕКТИВНОСТЬ

Аннотация.

В процессе обучения родному языку и литературе основное внимание

следует уделять расширению словарного запаса учащихся, чувствованию и пониманию
тонкостей смысла, различий и сходств, формированию навыков правильного
произношения и безошибочного письма, правильного словоупотребления и грамотного
выражения мыслей в речи и тексте. Мышление и язык в человеке неразрывно связаны, а
роль методов обучения родному языку и литературе, а также их инструментов в
воспитании творческой и самостоятельной, духовно зрелой личности несопоставима.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

200

В данной статье рассматриваются проблемы повышения качества методики

обучения орфографии и пути их решения, а также повышения уровня грамотности
нынешних учащихся. Также освещаются такие вопросы, как работа над
орфографическими ошибками учащихся в обучении родному языку и литературе,
использование традиционных методов обучения, увеличение словарного запаса, работа
над предложениями и развитие навыков чтения художественной литературы.

Ключевые слова:

орфография, проблемы грамотности, инновационные

технологии.


Kirish

Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta`lim – tarbiya tizimini rivojlantirish

davlat siyosati darajasiga ko`tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy
bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma`naviy jihatdan yetuk insonlar bo`lib voyaga
yetishlarini ta`minlash, ularning qobilyat va iste`dodi, intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarish,
yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg`ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar
amalga oshirilmoqda.

1

Mustaqillikka erishganimizdan keyin o`zbek tilining leksik qatlamida misli ko`rilmagan

o`zgarishlar bo`ldi: «eskirgan so`z» tamg`asi bosilgan ko`plab leksikonlar o`z lisoniy maqomiga ega bo`ldi,
xalq tili bisotida qolib kelayotgan minglab so`zlar adabiy til sathida faollashdi, yangi so`zlar yasaldi, fan-
texnika, tibbiyot, iqtisodiyot, huquq, sport va boshqa sohalarga oid ko`plab yangi so`zlar tilimizga kirib
keldi. Ish yuritish o`zbek tiliga ko`chdi, atamashunoslik qo`mitasi tashkil etilib, turli sohalarga doir fanniy
lug`atlar tayyorlandi.

2

1989- yil 21- oktabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdagi

sessiyasida o`zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi haqidagi Qonun qabul qilindi. Ona-
vatanimizning mustaqillikka erishuvi esa uning jahondagi ilg`or davlatlar qatoriga qo`shilish,
ular bilan ijtimoiy hayotning barcha sohalarida hamkorlikni mustahkamlashga bo`lgan ehtiyojini
yana ham kuchaytirdi.

Shular zaminida 1993- yil 2- sentabrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII

chaqiriq XIII sessiyasida “Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to`g`risida”gi
Qonun qabul qilindi va imlo qoidalarini ishlab chiquvchi ishchi guruh tuzildi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1995- yil 24- avgustdagi 339- son qarori

bilan “O`zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ni tasdiqladi.

Asosiy qoidalar “Harflar imlosi”, “Asos va qo`shimchalar imlosi”, “Qo`shib yozish”,

“Ajratib yozish”, “Chiziqcha bilan yozish”, “Bosh harflar imlosi” va “Ko`chirish qoidalari”
bo`limlaridagi 82 modda 7 bobdan tashkil topgan.

3

1

Mirziyoyev Sh. M. Ta`lim sohasini isloh qilish yuzasidan o`tkazgan yig`ilishidagi nutqidan

2

O`zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod- O`zbekiston taraqqiyotining

poydevori,- T.:Sharq NMK, 1997, 32-62- b.

3

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori: O`zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash

haqida. –T., 1995, 24-avgust, 339-son.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

201

1.

Harflar imlosi

a) unlilar imlosi.
b) undoshlar imlosi.
2.

Asos va qo`shimchalar imlosi.

3.

Qo`shib yozish.

4.

Chiziqcha bilan yozish.

5.

Ajratib yozish

6.

Bosh harflar imlosi.

7.

Ko`chirish qoidalari.

Maqolaning maqsadi:

Ona tili va adabiy ta`lim jarayonida

o'quvchilarning imloviy savodxonlik darajasining pastligi

sabablarini aniqlash ularni bartaraf etish omillari, vositalari, yo`llari, usullarini ko'rsatish maqsad qilib
qo'yilgan.

Maqolaning vazifasi sifatida quyidagilafr belgilab olindi:

1. Nazariy bilimlar berish asosida savodxonlikni oshirish masalasini yoritish.
2. O`quvchilarning so'z boyligini oshirish maqsadida lug'at ustida ishlash mashg`ulotlarini o'tkazish

yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.

3.O'quvchilarning gap ustida ishlash, gap hamda matn tuzishdagi nutqiy mahoratini kengaytirish va

shakllantirish yuzasidan ma'lumotlar berish.

4.O`quvchilarga imlo ko'nikmasini singdirishda yozma ishning barcha turlaridan unumli

foydalanish, xatolar ustida muntazam ishlashni tashkil etish xususida ijobiy ko`rsatmalar berish.

Maqolaning predmeti:

"Ta

`

lim to’g`risida"gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta`lim-

tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko'tarish, milliy kadrlar tayyorlashning
yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadlarini ko`zda
tutadi.

Tajriba va kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, o'quvchilarning ko'pchilik qismi matnlarni mavzuga ko'ra

farqlash, berilgan matnni yakka va jamoa bo'lib tuzilgan rejada qayta og`zaki va yozma bayon qilish, o'z
fikrini orfoepik qoidalarga mos tarzda erkin

ifodalay

olish ko'nikma va malakalariga ega emas. Aksariyat ona

tili va adabiyot o'qituvchilari bu nuqsonlarga befarqlik bilan qaraydilar. Shuning uchun ham bugungi kunda
savodxonlik masalasi oqsamoqda. Shu ma'noda ona tili va adabiy ta'limda o'quvchilarning imloviy
savodxonligini oshirish omillari, vositalari va usullari masalasi bugungi kunda ham dolzarb bo'lib
qolmoqda.

Asosiy qism
Imlo – ona tili ta’limining negizi sifatida

Komil inson tarbiyasida ona tili ta’limining ahamiyati katta bo‘lib, ona tili nafaqat barcha

fanlarni o‘zlashtirishda, balki, umuman, jamiyatda insonlarning o‘zaro aloqaga kirishuvida-
muloqotning shakllanishida ham ahamiyatlidir. Chunki fan – inson faoliyatining o‘ziga xos va
muhim sohasi, ijtimoiy ongning muhim shakli. Fanning vazifasi- borliq, olam haqidagi ob’ektiv,
xolis bilimlarni hosil qilish, ularni nazariy jihatdan to‘plash va bir tizimga keltirishdir.

4

4

Milliy g`oya: targ`ibot texnologiyalari va atamalari lug`ati.-Т.: Аkademiya, 2007, 280-b.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

202

O‘quvchilarning yozma ishlarida uchraydigan ayrim qo‘pol xatolar: uslubiy, orfografik,

punktuatsion xatolar ham amaliyot bilan nazariyaning o‘rtasida tafovut borligini ko‘rsatadi.

O‘quvchi o‘zbek tili grammatikasi, leksika va fonetikasi bo‘yicha ma’lum bilim olishi

bilan birga, muayyan amaliy malaka va ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishlari lozim. Ona tili
o`qitish to`rt maqsad asosida amalga oshiriladi. Bular amaliy maqsad, tarbiyaviy maqsad,
ta`limiy maqsad, rivojlantiruvchi maqsad.

- amaliy maqsaad: til imkoniyatlaridan mustaqil va erkin foydalanish, ko`nikma va

malakalarini xosil qilish;

-ta`limiy maqsad: mantiqiy va ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ

savodxonlikni shakllantirish;

-tarbiyavi maqsad: ma`naviy, g`oyaviy, estetik tarbiya berish;
-rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchi shaxsini amaliy jixatdan rivojlantirish.
Ona tilidan dars beruvchi o'qituvchi haqiqiy ijodkor bo'lishi, ta’lim jarayonida

o'quvchining mavzuni tinglash, anglash, erkin va mustaqil fikrlash, qiyoslash, farqlash,
alohidaliklarga ajratish va tasnif qilishga yo naltirilgan faoliyatini rag'batlantirishi, o'z fikri,
g'oyalarini o'zgalarga etkaza bilish ko`nikma va malakalarining shakllanishini nazorat qilishi,
boshqarishi darkor. O'quv mashg'ulotlarini yangi zamonaviy shakl va usullarda iashkil qilish
ayni paytda o'qituvchilik faoliyatining bosh mezoni deb qaralmoqda.

Ona tili o‘qitish mazmuni

– fonetika, leksikologiya, grammatika (morfologiya va

sintaksis), uslubiyat, to‘g‘ri talaffuz, to‘g‘ri yozish, so‘z tanlash va gap tuzish; ijodiy fikrlash,
fikrni to‘g‘ri, aniq ifodalash, ifodali o‘qish (qiroat), matn ustida ishlash va matn yaratish
faoliyatlarini qamrab oladi.

Ijodiy tafakkur sohibini, ya’ni o‘sayotgan, rivojlanayotgan va taraqqiyot sari yuz

tutayotgan mamlakatimiz uchun zarur bo‘lgan,

ijodkor va mustaqil fikrlay oladigan shaxs

ni

tarbiyalab voyaga yetkazish ona tili ta’limi oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifa
hisoblanadi.

Savodxonlik masalasi va unga qo`yilayotgan talablar

Azaldan savodxonlik masalasi dolzarb vazifalardan biri bo`lib, u o`quvchining bilimi,

dunyoqarashi va intellektual saviyasini anglatib turgan. Shuning uchun o`zbek tili darslarida
o`quvchilarda nafaqat bajarilgan ishning nazoratini olib borish, balki xatolarning mohiyatini
anglash va ularni o`z vaqtida bartaraf etish ko`nikmasini shakillantirish ham maqsadga muvofiq.

5

Buning uchun o`qituvchi har bir o`quvchi bilan individual shug`ullanishi, o`z ustida

ishlashi, har bir yozma ishdan keyin o`quvchilarning xatolarini yozib borishi yaxshi samara
beradi

.

O`qituvchi har bir o`quvchining qanday xatoga yo`l qo`yayotganligini aniqlash va ularni

tasniflash uchun har bir yozma ishdan keyin uning tahliliga bag’ishlangan soatlarda
o`quvchilarning xatolarini ko’rsatib, ularni bartaraf etib borishi kerak.

O`quvchilar xatoga yo`l qo`ygan so`zlar ustida ishlash jarayonida imlo lug`atlaridan

foydalanishadi. Shu so`zlar ishtirokida matn tuzdirish esa xato yozilgan so`zlarning tog`ri vari-
antini ularning yodida saqlanib qolishiga yordam beradi. Lug`at diktantlarda o`quvchilarning
aksariyati xatoga yo`l qo`yayotgan so`zlar tanlanishiga e`tibor qaratish zarur.

5

Mo`minova O. Imlo xatolar ustida ishlash usullari. -T.,

\\

Til va adabiyot, 2015, 6- son, 15-b

.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

203

Yozma va og`zaki nutqni rivojlantirishning bu turi o`quvchilarning so`z boyligini

o`stirish hisoblanib, bunda lug`at ustida quyidagicha ishlash mumkin:

1.Rebus.

Ularni topish vaqtida o`quvchilar mustaqil yoki o`qituvchi ko`magida tovushli

tahlil o`tkazib, so`ngra o`sha so`zlarning sintezini qilishadi. Bu usul qiyin so`zlarning yozilishini
yaxshi eslab qolinishiga yordam beradi.

2.Ilyustrativ rasm.

so`z ma`nosini yaxshi tushunish uchun yordam beradi.

3.Etimologik ma`lumotnoma,

ya`ni so`z ma`nosining kelib chiqish tarixi haqida

ma`lumot berish. Masalan: Qarshi so`zi mo`g`ulcha so`z bo`lib, go`rxona degan ma`noni
bildiradi. Qarshi viloyati bo`lib, Nasaf va Naxshab ham deyiladi.

4.Asosdosh so`zlar

asosning yozilishi yoki o`zgarishini kuzatishga yordam beradi.

Masalan: gulchi, guldon, gulxona.

5.Sinonimik,

antonimik

va

frazeologik

munosabatlar.

Sinonim,

antonim,

frazeologizmlar bilan ishlash o`quvchilarning ularni nutqda o`rinli qo`llay bilish ko`nikmalarini
hosil qiladi.

6.Amaliy materiallar

- nutqda so`zlarning vazifalarini kuzatishga yordam beradigan

topishmoqlar, maqol va matallar, gaplar va matnlar.

Imlo o`rgatish masalasi

Zamon bizdan faqat nazariy tushunchalar haqida ma'lumot bеrishni talab qilmaydi balki,

maktab, litsеy, kollеjlarda ona tili o`qitish o`quvchilarga ixcham, ravon, chiroyli so`zlashga va
yozishga o`rgatishni talab etmoqda.

6

Tilshunos olim N.Maxmudov aytganidеk, “Grammatik

qoidalarni yodlatishdan voz kеchish, ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish, darslikdagi mashqlarni
ijodiy fikrlash malakasini yuzaga kеltirishga qaratish maqsadga muvofiqdir”

7

. Ona tili darslarida

imlo qoidalarini o`rgatish samaradorligini oshirishda noan'anaviy darslarning axamiyati katta
bo`lib, unda o`quvchilarning bilim olishi majburiy emas, balki qiziqishlar asosida ro`y bеradi.

Bugungi kun o`qituvchisidan yangi original o`qitish uslublarini joriy qilish, o`quvchilarga

grammatik, imlo, talaffuz qoidalarini puxta singdirish, ijodiy ishlarni, yozma nutqni mazmundor,
rang-barang qilish, fikrni asosli va izchil bera olish, ijodiy yozma ishlar (matn tuzish, insho,
bayon, referat, maqola) yoza olishda ko`nikma va malakalarni yoza olishda ko`nikma hamda
malakarlani singdirish kabi vazifalar talab qilinmoqda.

8

O`quvchilarning to`g`ri, xatosiz yozishga o`rgatish va yo`l qo`yilgan xatolarni bartaraf

etish uchun bir necha gapni orfografik jihatdan to`la tahlil qilish kerak. Bu bilan o`quvchilar so`z
ma`nosi va uning imlosini puxta o`zlashtirib oladilar. Shu bilan birga quyidagilarga e`tibor
berish kerak: eng avvalo, o`quvchilarni to`g`ri talaffuz qilishga o`rgatish, ya`ni, so`z aytilganda
tovushlarni aralashtirmay, tovush tushirib yoki orttirib talaffuz etmaslik. Masalan: kitob o`rniga
kitop, ruchka o`rniga yuchka, maktab o`rniga matab deyishga yo`l qo`ymasligi joiz.

9

Har bir

darsda ko`pchilik uchun bir xil uchraydigan tipik xatolar doskada ko`rsatilishi lozim.

6

Yusupova SH. Noan`anaviy dars- davr talabi, –T.: Andijon, 2002, 22-bet.

7

Mahmudov N. Ta`lim bo`g`inlarida ona tili o`qitish mazmunini yangilash muammolari, – T.: Qarshi, 1993, 5-bet.

8

Jalolova L. Yozma nutqni o`stirish metodikasi, -Andijon., 2012.

9

Avliyoqulov N. Zamonaviy ta`lim texnologiyalari, -T., 2001, 69- bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

204

Ayrim o`quvchilar uchun tegishli xatolar o`sha o`quvchi bilan birgalikda amalga oshirish

maqsadga muvofiq, agar o`quvchilar biror qoidani bilmasligi natijasida xatoga yo`l qo`ygan
bo`lsa, ana shu qoidani takrorlash bilan tushuntirish kerak. Yana shuni aytish mumkinki,
o`quvchilar yozuvida xatolar bo`lmasligi uchun lug`at ishiga, ta`limiy harakterdagi yozma
ishlarga ko`proq o`rin berish zarur. Imlosi qiyin so`zlar jadvali tuzilib, sinf xonasiga
o`quvchilarga ko`rinarli qilib osib qo`yilishi va uni vaqti-vaqti bilan almashtirib turilishi yaxshi
natija beradi.

10

Imlo qoidalarini o`quvchilarga yanada tushunarli bo`lishi uchun darsda yana bir

necha usullarni qo`llash yaxshi samara beradi. Masalan, “Bu bizniki” yoki “u meniki” o`yini. Bu
o`yin ma'lum mavzular o`tilgach, umumlashtirish, takrorlash, mustaxkamlash darslarida
o`tkazilsa, maqsadga muvofiq, bo`ladi. Bunda o`quvchilarni ma'lum guruxlarga ajratish asosida
ularga topshiriqlar bеriladi. Masalan, “Qo`shimchalar” mavzusi o`tib bo`lingach, o`quvchilar uch
guruhga ajratilishi va ularning har biriga mos ravishda topshiriqni bajarish tayinlanishi mumkin.
1-guruh “so`z yasovchilar”, 2-guruh “shakl xosil qiluvchilar”, 3- guruh “so`z o`zgartiruvchilar”.

Doskaga 30-40 ta qo`shimcha yoziladi yoki og`zaki o`qib bеriladi. O`quvchilar o`zlariga

tеgishli qo`shimchalarni daftarlariga yozib boradilar. So`ng o`sha qo`shimchalarga misol va izox
bеradilar. Bu o`yin boshqa mavzulardan so`ng xam o`tkazilishi mumkin. Har qanday mavzuda
o`quvchilar o`zlariga tеgishli vazifani qanday uddalashlariga qarab ularning bilimlari baxolanadi.

Fonеtika bo`limini tugatgandan so`ng quyidagicha "bu bizniki" o`yin - mashqini

o`tkazish mumkin: o`quvchilar uch guruxga bo`linadilar. 1-gurux (shartli ravishda i eshitilsa xam
e yoziladigan tovushli so`zlar, 2-gurux alifbo tartibidagi so`zlar, 3-gurux t eshitilsa xam d
yoziladigan, p eshitilsa xam b yoziladigan so`zlar qo`shimcha doskada quyidagi so`zlar
aralashtirib yozilgan bo`ladi:

Teatr, direktor, obzor, sovxoz, agronom, mikrofon, g`or, soqol, matbuot, rol, kategoriya,

investisiya, atelye, еr, kеl, еt, javob, sot, kitob, kеt, еlim, tort, xisob, zavod, davlat, tеlеfon,
baland, mubtalo, savod, daromad, xushomad, ibtido, istеxkom, zеxn, savob, dard, talab, olib,
otib, chеxra, oid, jamoa, mеxr, dud.

1-guruh o`quvchilari - "bilimdonlar" quyidagi so`zlarni, ya'ni a eshitilsa ham o

yoziladigan

so`zlarni ajratib “o`ziniki” ni yozadilar: sovxoz, agronom, mikrofon, kolxoz.

2-guruh o`quvchilari - "chaqqonlar" doskadagi so`zlarni alifbo tartibida yozadilar:

agranom, atelye, davlat, dard, dud, direktor, javob, jamoat, zavod, zеxn, ip, istеxkom, kеl, kеt,
kеch, mеxr, oid, olib, otib, savob, sof, talab, teatr, tеlеfon, tort, chеxra, xisob.

3-guruh o`quvchilari- "zukkolar" bo`lib, ular doskadagi so`zlardan faqat t eshitilsa ham d

yoziladigan, p eshitilsa ham b yoziladigan so`zlarni, ya'ni "o`ziniki"ni ajratib yozadilar:

Savob, baland, mubtalo, savod, daromad, xushomad, ibtido, javob, kitob, xisob, zavod,

dard, talab, olib, otib.

Prеzidеntimiz aytganidеk: "Agar bolalar erkin fikrlashni o`rganmasa, bеrilgan ta'lim

samarasi past bo`lishi muqarrar. Albatta, bilim kеrak, ammo bilim o`z yo`liga. Mustaqil fikrlash
ham katta boylikdir".

10

Doniyorov B. O`zbek adabiy tili orfoepiyasi va orfografiyasining ayrim dolzarb muommolari. || Til va adabiyot,

2014, 11-son,9-b


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

205

O`yin-mashqni o`tkazib bo`lgandan so`ng esa, tovushlarning qachon? qanday? aytilishi

haqidagi qoidalar eslanadi va o`yin mashqini bajarishdagi yo`l qo`yilgan xatolar aniqlanadi va u
qoidaga muvofiq izoxlanadi. G`oliblar esa rag`batlantiriladi.

Xulosa

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o`quvchilar bilimidagi bo`shliqlarni to`ldirish uchun

tashkil etilgan qo`shimcha darslar o`quvchi bilan o`qituvchi o`rtasida hamkorlikni yanada
oshiradi. O`quvchilar mustaqil ishlashni o`rganadilar, o`z fikrini erkin bayon qila olish
ko`nikmasiga ega bo`ladilar. O`quvchilarni

faollashtirish uchun ularni doimo turli usullar bilan

rag`batlantirib turish lozim. Xatolarni tahlil qilib bo`lgandan keyin o`quvchilarga natijalarining
yaxshilanganligini aytib, qaysi mavzular ustida ko`proq ishlashlari kerakligi ta`kidlanib borilishi
maqsadga muofiq.

Biz yoshlar bugungi kundagi ta`limga berilgan alohida e`tibor va imkoniyatlardan

foydalanib bilim salohiyatimizni kuchaytirishmiz kerak. Bugungi kun talabiga har jihatdan
o`z bilim salohiyatimiz, yuksak tafakkurimiz, iqtidorimiz bilan labbay deb javob
bermog`imiz lozim. Qaysi millat vakili bo`lishidan qattiy nazar har bir inson o`z ona
tilisiga chuqur hurmatda bo`lishi ham farz ham qarzdir. Shunday ekan o`z ona tilimizni
chuqur o`rganishimiz, uni takomillashishida o`z hissamizni qo`shishimiz kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Mirziyoyev Sh. M. Ta`lim sohasini isloh qilish yuzasidan o`tkazgan yig`ilishidagi nutqidan

2.

O`zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod-
O`zbekiston taraqqiyotining poydevori,- T.:Sharq NMK, 1997, 32-62- b.

3.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori: O`zbek tilining asosiy imlo
qoidalarini tasdiqlash haqida. –T., 1995, 24-avgust, 339-son.

4.

Milliy g`oya: targ`ibot texnologiyalari va atamalari lug`ati.-Т.: Аkademiya, 2007, 280-b.

5.

Mo`minova O. Imlo xatolar ustida ishlash usullari. -T.

\\

Til va adabiyot, 2015, 6-son, 15-b.

6.

Yusupova SH. Noan`anaviy dars- davr talabi, –T.: Andijon, 2002, 22-bet.

7.

Mahmudov N. Ta`lim bo`g`inlarida ona tili o`qitish mazmunini yangilash muammolari, –
T.: Qarshi, 1993, 5-bet.

8.

Jalolova L. Yozma nutqni o`stirish metodikasi, -Andijon., 2012.

9.

Avliyoqulov N. Zamonaviy ta`lim texnologiyalari, -T., 2001, 69- bet.

10.

Doniyorov B. O`zbek adabiy tili orfoepiyasi va orfografiyasining ayrim dolzarb
muommolari. || Til va adabiyot, 2014, 11-son,9-b.

References

Mirziyoyev Sh. M. Ta`lim sohasini isloh qilish yuzasidan o`tkazgan yig`ilishidagi nutqidan

O`zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod- O`zbekiston taraqqiyotining poydevori,- T.:Sharq NMK, 1997, 32-62- b.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori: O`zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida. –T., 1995, 24-avgust, 339-son.

Milliy g`oya: targ`ibot texnologiyalari va atamalari lug`ati.-Т.: Аkademiya, 2007, 280-b.

Mo`minova O. Imlo xatolar ustida ishlash usullari. -T. Til va adabiyot, 2015, 6-son, 15-b.

Yusupova SH. Noan`anaviy dars- davr talabi, –T.: Andijon, 2002, 22-bet.

Mahmudov N. Ta`lim bo`g`inlarida ona tili o`qitish mazmunini yangilash muammolari, – T.: Qarshi, 1993, 5-bet.

Jalolova L. Yozma nutqni o`stirish metodikasi, -Andijon., 2012.

Avliyoqulov N. Zamonaviy ta`lim texnologiyalari, -T., 2001, 69- bet.

Doniyorov B. O`zbek adabiy tili orfoepiyasi va orfografiyasining ayrim dolzarb muommolari. || Til va adabiyot, 2014, 11-son,9-b.