ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
53
YOSHLAR TADBIRKORLIGI: IQTISODIY SAMARADORLIK VA EKOLOGIK
XAVSIZLIK UYG‘UNLIGI
Raxmatullayeva Feruza Azimovna
Qo‘qon universiteti Andijon filiali
Iqtisodiyot va moliya kafedrasi v.b.dotsenti.
E-mail:
raxmatullayevaferuza2310@gmail.com
Avazbekov Abdulfayz To‘xtarali o‘g‘li
Qo‘qon Universiteti Andijon Filiali Iqtisodiyot 25_06.
avazbekovabdulfayz077@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17522249
Annotatsiya.
Ushbu maqolada yoshlar tadbirkorligining iqtisodiy samaradorlikni
oshirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Unda yosh tadbirkorlarning
innovatsion g‘oyalari, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini amaliyotga joriy etishdagi faoliyati
hamda ekologik barqaror ishlab chiqarish tizimlarini shakllantirishdagi roli yoritiladi.
Shuningdek, maqolada ekologik xavfsizlikni saqlagan holda iqtisodiy foyda olishning
zamonaviy mexanizmlari, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar va qo‘llab-quvvatlash
dasturlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish orqali
iqtisodiy o‘sish va ekologik barqarorlik o‘rtasida muvozanatni ta’minlash mumkinligini
ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar:
yoshlar tadbirkorligi, ekologik xavfsizlik, yashil biznes, iqtisodiy
samaradorlik, yashil iqtisodiyot.
YOUTH ENTREPRENEURSHIP: THE HARMONY OF ECONOMIC EFFICIENCY
AND ECOLOGICAL SECURITY
Abstract.
This article analyzes the role of youth entrepreneurship in increasing economic
efficiency and ensuring environmental security. It highlights the innovative ideas of young
entrepreneurs, their activities in implementing the principles of the "green economy" in practice,
and their role in forming environmentally sustainable production systems. The article also
analyzes modern mechanisms for obtaining economic benefits while maintaining environmental
security, opportunities and support programs created by the state. The results of the study show
that it is possible to ensure a balance between economic growth and environmental sustainability
through the development of youth entrepreneurship.
Keywords:
youth entrepreneurship, environmental security, green business, economic
efficiency, green economy.
МОЛОДЕЖНОЕ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВО: ГАРМОНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ
ЭФФЕКТИВНОСТИ И ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ БЕЗОПАСНОСТИ
Аннотация.
В статье анализируется роль молодежного предпринимательства в
повышении экономической эффективности и обеспечении экологической безопасности.
Освещены инновационные идеи молодых предпринимателей, их деятельность по
внедрению принципов «зеленой экономики» на практике, а также их роль в формировании
экологически устойчивых производственных систем. Анализируются современные
механизмы получения экономической выгоды при сохранении экологической безопасности,
возможности и программы поддержки, созданные государством.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
54
Результаты исследования показывают, что обеспечить баланс между
экономическим ростом и экологической устойчивостью можно посредством развития
молодежного предпринимательства.
Ключевые слова:
молодежное предпринимательство, экологическая безопасность,
зеленый бизнес, экономическая эффективность, зеленая экономика.
Kirish
So‘nggi yillarda mustaqil O‘zbekistonimizda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat
siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Chunki
yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish-
bu bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish, innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish, mahalliy va milliy
iqtisodiyotning o‘sishiga hissa qo‘shish hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni
kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. Yoshlarning iqtisodiy faoliyatda ishtirokini kengaytirish,
ularga startaplarni amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratish orqali iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini oshirish maqsad qilinmoqda.
Biroq, iqtisodiy samaradorlikni oshirish bilan bir qatorda, ekologik xavfsizlikni
ta’minlash ham dolzarb masala hisoblanadi. Chunki bugungi kunda har qanday iqtisodiy faoliyat,
ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish yoki innovatsion loyiha atrof-muhitga ma’lum darajada ta’sir
ko‘rsatadi. Shu bois, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishda iqtisodiy manfaatdorlik va ekologik
barqarorlik uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham yoshlarga ekologiyani
buzmagan holda tadbirkorlikni rivojlantirishga yordam va yo‘nalish ko‘rsatishimiz kerak.
Tahlil va natijalar
Yosh tadbirkorlarning ekologik xavfsizlikdagi o‘rni atrof-muhitni muhofaza qilish va
barqaror iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Ya’ni, tadbirkorlik faoliyati ekologiyaga zarar
yetkazmasdan, atrof-muhitni himoya qilgan holda olib borilishi shart. Shu sababli yosh
tadbirkorlar nafaqat iqtisodiy bilimlarni, balki ekologik savodxonlikni ham oshirishlari lozim. Bu
esa jamoatga ijtimoiy va iqtisodiy zarar yetkazilish xavfini kamaytiradi.
“Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi yoshlar orasida ommalashmoqda. U qayta tiklanuvchi
energiya, chiqindisiz texnologiyalar, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish kabi
yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Ekologik xavfsizlikni saqlagan holda iqtisodiy foyda olishning
zamonaviy mexanizmlari deganda har qanday iqtisodiy rivojlanish ekologik xavf tug’diradi
degan qarashlar keng ommalashayotgan bir davrda, iqtisodiy osishning ekologik jarayonlarga
ijobiy ta’sir ko‘rsatgan holda amalga oshirilishi bugungi kundagi dolzarb vazifalaridan biridir.
Ekologik barqarorlik nafaqat tabiatni mahofaza qiluvchilarning, balki butun insoniyatning
oldidagi muhim vazifadir. Shu jumladan tadbirkorlik sektoridagi har bir mutahasis bu jarayonni
hisobga olgan holda yengil sanoat, ishlab chiqarish, qurilish va bunyotkorlik masalalariga
yondashsa davlatning ham ijtimoiy, ham iqtisodiy, ham ekologik manfaatdorligi oshishi,
shubhasiz.
O‘zbekiston hukumati yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash
maqsadida bir qator muhim institutsional va moliyaviy mexanizmlarni joriy qilgan. Jumladan:
"Yoshlar daftari" tizimi doirasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlar uchun
imtiyozli kreditlar va grantlar ajratilmoqda. Bu imkoniyat yoshlarning biznes boshlashiga katta
yordam beradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
55
"Yoshlar tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi" orqali yangi biznes
boshlayotgan yoshlar uchun boshlang‘ich kapital va konsalting xizmatlari taqdim etiladi. Bu
nafaqat davlat iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shadi, balki yosh tadbirkorlarning
muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga zamin yaratadi. "Yoshlar-kelajagimiz" dasturi doirasida biznes
g‘oyalarga moliyaviy yordam, o‘quv kurslari va startap loyihalar uchun grant tanlovlari tashkil
etilmoqda. Ushbu dastur yoshlarning davlat uchun foydali bo‘lishini rag‘batlantiradi va biznes
g‘oyalarini amalga oshirishda ko‘maklashadi. Ekologik yo‘nalishdagi startaplarni qo‘llab-
quvvatlash maqsadida "yashil texnologiyalar"ga investitsiyalarni rag‘batlantirish, soliq
imtiyozlari va ekologik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari joriy etilgan. Hududiy
inkubatorlar va texnoparklar yosh tadbirkorlarga ish joylari, maslahatlar va texnik yordam
ko‘rsatadi. Shu tariqa, yoshlarning vaqtini samarali rejalashtirish va bizneslarini muvaffaqiyatli
yo‘lga qo‘yishlari uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.
1-jadval. O‘zbekiston viloyatlarida yoshlar tadbirkorligining iqtisodiy samaradorligi va
ekologik xavfsizlik darajasi (2024-yil ma’lumotlari asosida)
№
Hudud (viloyat)
Yoshlar
tadbirkorlik
subyektlari
soni
(mingta)
O‘rtacha
sof foyda
(mln
so‘m/yili
ga)
Foyda
lilik
daraja
si (%)
Ekologik
xavfsizlik
darajasi
(1–5 ball)
Ekologik
yo‘nalish
dagi
loyihalar
ulushi
(%)
Asosiy sohalar
1
Toshkent shahri
18,5
145
27,5
5
42
IT startaplar,
xizmatlar, eko-
markazlar
2
Toshkent viloyati
12,4
110
25,0
4
35
Qayta ishlash,
logistika,
agrobiznes
3
Farg‘ona viloyati
10,1
95
23,8
4
33
To‘qimachilik,
qishloq
xo‘jaligi, eko-
turizm
4
Andijon viloyati
9,8
90
22,0
4
30
Organik
qishloq
xo‘jaligi,
xizmatlar
5
Namangan
viloyati
8,9
87
21,5
3
28
Hunarmandchi
lik, oziq-ovqat
ishlab
chiqarish
6
Samarqand
viloyati
11,6
102
23,0
4
36
Eko-turizm,
energiya
tejovchi
startaplar
7
Buxoro viloyati
9,3
92
22,7
4
34
Turizm, qayta
tiklanuvchi
energiya
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
56
8
Navoiy viloyati
6,5
85
20,5
3
26
Sanoat servis,
chiqindi qayta
ishlash
9
Qashqadaryo
viloyati
7,8
88
21,0
3
27
Qishloq
xo‘jaligi,
kichik ishlab
chiqarish
10
Surxondaryo
viloyati
7,0
80
19,8
3
25
Agro-loyihalar,
xizmat
ko‘rsatish
11
Jizzax viloyati
6,9
82
20,0
3
24
Eko-qurilish,
agrobiznes
12
Sirdaryo viloyati
5,5
76
19,5
3
22
Oziq-ovqat
ishlab
chiqarish, IT
xizmatlar
13
Xorazm viloyati
8,0
89
21,2
4
29
Turizm,
hunarmandchil
ik
14
Qoraqalpog‘iston
R.
6,2
78
19,0
3
23
Qayta
tiklanuvchi
energiya,
agrobiznes
Tahlillar shuni ko’rsatadiki, eng yuqori iqtisodiy samaradorlik Toshkent shahri (27,5%)
va Toshkent viloyatida (25%) kuzatilgan, bu joylarda innovatsion startaplar va IT xizmatlari
rivojlangan. Ekologik xavfsizlik darajasi eng yuqori Toshkent shahri, Buxoro va Samarqand
viloyatlarida (4–5 ball), ekologik loyihalar ulushi respublika bo‘yicha o‘rtacha 30% atrofida,
lekin poytaxt va markaziy viloyatlarda bu ko‘rsatkich 40% dan yuqori. Surxondaryo, Sirdaryo,
Qashqadaryo hududlarida iqtisodiy foydalilik nisbatan past (19–21%), bu ekologik
innovatsiyalar kam qo‘llanilayotganidan dalolat beradi.
Umuman olganda, ekologik xavfsizlik darajasi bilan foydalilik o‘rtasida bevosita ijobiy
bog‘liqlik mavjud — ya’ni “yashil yondashuv” qo‘llangan hududlarda foyda barqarorroq.
Yoshlar tadbirkorligida iqtisodiy samaradorlik va ekologik xavfsizlik o‘rtasidagi
uyg‘unlikni ta’minlash quyidagi yo‘nalishlar orqali amalga oshirilishi mumkin:
1)
Ekologik innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash: davlat grantlari va soliq imtiyozlari orqali
“yashil” texnologiyalarni joriy etish rag‘batlantirilishi zarur;
2)
Ta’lim va malaka oshirish: oliy ta’lim muassasalarida ekologik menejment va barqaror
tadbirkorlik bo‘yicha kurslarni joriy etish lozim;
3)
Hamkorlik mexanizmlarini kengaytirish: yosh tadbirkorlar, ilmiy markazlar va xalqaro
tashkilotlar o‘rtasida ekologik loyiha hamkorligini kuchaytirish.
Ekologik xavfsizlikni ta’minlash nafaqat atrof-muhitni himoya qilish, balki iqtisodiy
samaradorlikni uzoq muddatda mustahkamlash omilidir. Shu sababli, yosh tadbirkorlar o‘z
biznes modelini “yashil iqtisodiyot” tamoyillari asosida shakllantirishi maqsadga muvofiqdir.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
57
Xulosa
Yoshlar tadbirkorligi mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim drayverlaridan biri
bo‘lib, u nafaqat yangi ish o‘rinlarini yaratish, balki innovatsion va ekologik barqaror
yechimlarni ishlab chiqish orqali jamiyat farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot shuni
ko‘rsatadiki, iqtisodiy samaradorlik va ekologik xavfsizlik o‘rtasida muvozanatni ta’minlash
yosh tadbirkorlarning faolligi va davlat tomonidan yaratilayotgan sharoitlar orqali amalga
oshadi. O‘zbekiston hukumati tomonidan joriy etilgan “Yoshlar – kelajagimiz”, “Yoshlar daftari”
tizimi, “Yoshlar tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” kabi dasturlar yoshlarga nafaqat
moddiy, balki bilim va tajriba jihatdan ham mustahkam tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shuningdek, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini yoshlar tadbirkorligi faoliyatiga tatbiq
etish orqali ekologik xavfsizlikni ta’minlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
imkoniyatlari kengaymoqda.
Yoshlar tadbirkorligi iqtisodiyotning eng faol va innovatsion segmenti hisoblanadi. Uni
ekologik xavfsizlik bilan uyg‘unlashtirish esa nafaqat iqtisodiy foyda, balki ijtimoiy
barqarorlikni ham ta’minlaydi. Tadqiqot asosida quyidagi xulosalarga kelindi:
1.
Iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun ekologik toza texnologiyalarni keng joriy etish
lozim;
2.
Yoshlar tadbirkorligini “yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi bilan integratsiya qilish
O‘zbekistonning barqaror rivojlanish strategiyasiga xizmat qiladi;
3.
Ekologik mas’uliyatni oshirish orqali yoshlar jamiyatda yangi iqtisodiy madaniyatni
shakllantiradi.
Demak, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va ekologik ongni rivojlantirish orqali
barqaror iqtisodiy rivojlanish va ekologik muvozanatga erishish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–5044-son qarori, 2021-yil 13-aprel,
“Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”.
2.
O‘zbekiston Respublikasi “Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi, 2019-yil.
3.
Porter, M. E., & van der Linde, C. (1995).
Toward a new conception of the environment-
competitiveness relationship.
Journal of Economic Perspectives.
4.
UNDP (2022).
Youth Entrepreneurship and Green Growth.
New York: United Nations.
5.
Onabanjo, I. M., & Azeez, A. A. (2019). Green Entrepreneurship: Literature Review and
Agenda for Future Research. International Journal of Entrepreneurial Knowledge, 7(2).
ijek.org
6.
Alzate, P., Mejía-Giraldo, J. F., Jurado, I., Hernandez, S., & Novozhenina, A. (2024).
Research perspectives on youth social entrepreneurship: strategies, economy, and
innovation. Journal of Innovation and Entrepreneurship, 13:49. SpringerOpen
7.
Ortiqova, R. (2025). The Role of Uzbek Youth in Environmental Sustainability: Current
Situation and Challenges. European International Journal of Philological Sciences, 5(06),
9–11. eipublication.com
8.
Davlat statistika qo‘mitasi (2024).
Yoshlar tadbirkorligi ko‘rsatkichlari to‘plami.
