Yanvar, 2025-Yil
4
IMKONIYATI CHEKLANGAN SHAXSLARDAGI STRESSLI HOLATLARINI OLDINI
OLISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Eshmurodov Nabillo Ibodullo o`g`li
Samarqand davlat universiteti
Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi o`qituvchisi.
nabilloeshmurodov31@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14594465
Annotatsiya. Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan shaxslarning stressli holatlari va
ularning ijtimoiy psixologik xususiyatlari o'rganiladi. Imkoniyati cheklangan shaxslar hayotda
turli qiyinchiliklarga duch keladilar, bu esa ularning psixologik va ijtimoiy ahvoliga ta'sir qiladi.
Kalit so’zlar: Ijtimoiylashuv, ijtimoiy-psixologik yondashuvlar, inklyuziv, nogiron,
psixologik, reabilitatsiya, shaxs, streotip, stress.
SOCIAL-PSYCHOLOGICAL FEATURES OF PREVENTING STRESS SITUATIONS IN
PEOPLE WITH DISABILITIES
Abstract. This article studies the stressful situations of people with disabilities and their
socio-psychological characteristics. People with disabilities face various difficulties in life, which
affect their psychological and social state.
Keywords: Socialization, socio-psychological approaches, inclusive, disabled,
psychological, rehabilitation, personality, stereotype, stress.
СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ПРОФИЛАКТИКИ
СТРЕССОВЫХ СИТУАЦИЙ У ЛЮДЕЙ С ИНВАЛИДНОСТЬЮ
Аннотация. В данной статье рассматриваются стрессовые ситуации лиц с
ограниченными возможностями здоровья и их социально-психологические особенности.
Инвалиды сталкиваются с различными трудностями в жизни, которые влияют на
их психологическое и социальное состояние.
Ключевые слова: Социализация, социально-психологические подходы, инклюзивный,
инвалид, психологическая, реабилитация, личность, стереотип, стресс.
Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga yaratilgan
imkoniyatlar bilan birga, imkoniyati cheklangan maktab yoshidagi bolalarni uy sharoitida yakka
tartibda o’qitish kabi amaliy ishlar yo’lga qo’yilgan. Bu kabi ishlar tahsinga sazovor albatta, ammo
shu bilan birga bu holat imkoniyati cheklangan Bolani yakkalanishi va ijtimoiylashuvining
qiyinlashuviga olib boradi.
Yanvar, 2025-Yil
5
Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan dunyo miqyosida imkoniyati cheklangan shaxslar
uchun shart-sharoit va imkoniyatlar keng yo’lga qo’yilmoqda. Dunyo hamjamiyati shu jumladan
BMT ham imkoniyati cheklangan shaxslar uchun turli qaror va qonunlar ishlab chiqmoqda. Har
qanday shaxs tug’ilibdiki erkin fikrlovchi, o’ziga ishongan, bilimli bo’lib yetishishi zarurdir.
Bunga misol qilib O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” singari qator muhim me’yoriy hujjatlarda keltirilgan. Respublikamizda
2007-yildan buyon “O’zbekistonda Inklyuziv ta’lim” loyihasi rivojlanib kelmoqda.
Ijtimoiy himoya Milliy agentligi derektorining birinchi o’ribosari Shahnoza Mirziyoyeva
imkoniyati cheklangan shaxslarni reabilitatsiya qilish, bandligi va inklyuziv ta’lim olish bo’yicha
tashabbuslar qilmoqda. “Qulay muhit yaratish imkoniyati cheklangan kishilarning jamiyat
hayotida faol ishtirok etishini ta’minlaydi” mavzusidagi g’oyalarni ilgari suradi.
Inklyuziv ta’lim usuli jamiyatda barcha bolalarning ruhiy-jismoniy holatlarining bir
meyorda boshqariluviga, jamiyatda to’laqonli shaxs bo’lib yetishishi uchun yaratilgan.
“Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim loyihasi” shu asosda tashkil etilgan. Bundan
ko’zlangan asosiy maqsad umumta’lim maktablarida tengdoshlari bilan bir sinfda, birga dars
o’tishlari va fikrlash qobiliyatlarini erkin ochib berish uchun tashkil etilgan. Lekin sog’lom bolalar
bilan nogiron bolalar orasida tafovud sezilib qolishi mumkin.
Bunda bolada psixologik o’zgarish vujudga kelishi mumkin. Ijtimoiylashuv jarayonlarida
buzilishlar, o’zini orqaga tortish holatlari yuzaga kelishi mumkin. Bunda bolada stresli holatlar
vujudga kelib, “men uddalay olmayman”, “men bajara olmayman”, “qo’limdan kelmaydi” degan
tushunchalar vujudga kelishi mumkin. Bola hattoki ko’chaga chiqmaslik, do’stlari bilan
suhbatlashmaslik, maktabga bormaslik, tengdoshlari bilan qayta muloqotga kirisha olmasligi kabi
holatlarga yuzga keltirishi mumkin.
Do’stlarining bilmasdan diliga ozor berib qo’yishi, turli dil xira gaplarni aytishi sababli,
jamiyatdan uzilib qolishi, suhbatlashish doirasini kichrayishi, o’ziga bo’lgan ishonchining
kamayishi sababli bolada turli stresli holatlar vujudga keladi. Shu nuqtada, stressni boshqarish va
imkoniyati cheklangan shaxslarning ijtimoiy adaptatsiyasini yaxshilash uchun turli psixologik va
ijtimoiy yordam tizimlari, shuningdek, o'z-o'zini anglash va motivatsiya kabi psixologik resurslar
muhim ahamiyatga ega.
Ushbu ishda stressli holatlarning sabablarini aniqlash va bunday shaxslar uchun samarali
psixologik yordam usullarini taklif etish maqsadga muvofiq. Jamiyatda imkoniyati cheklangan
shaxslarning jamiyatdagi o’rni, ularning turli xil stresli holatlarda ularga ijtimoiy psixologik
yordam ko’rsatish choralarini o’ylab topish va yordam ko’rsatish zarurdir.
Yanvar, 2025-Yil
6
Jamiyatda shunday shaxslar borki ular kimningdir qaroviga yoki xizmatiga muhtoj bo’lib
tug’ilgan yoki hayotiy voqealar asosida muhtoj bo’lib qolgan va buning oqibatida turli stressli
holatlar vujudga keladi. Ularni ijtimoiylashtirish, inklyuziv markazlarga moslashtirish. Maktab
davrlaridan boshlab tengdoshlari qatori bitta sinfda va partada o’qishlarini ta’minlash zarurdir.
Bolani bu stresli holatlardan olib chiqish uchun unga hamma shaxs kabi teng huquqli
ekanligi, imkoniyatlari ular bilan sezilarli darajada bir ekanligi va tengdoshlari bilan psixologik
suhbat o’tkazib, tushunchalar berilishi, misollar keltirilishi zarur. Tengdoshlariga imkoniyati
cheklangan bolalarni kamsitish noto’g’ri ekanligini va bu ularning hayot faoliyatiga ta’sir etishini
tushuntish lozim.
Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarga nisbatan g’amxo’rlik, ularning huquq va
erkinliklarini himoya qilish, kamsitish va zo’ravonlikdan qutqarish, sog’lom jamiyatga
tenglashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini kuchaytirish eng muhim vazifalardan biriga aylangan.
Imkoniyati cheklangan shaxslardagi stressli holatlarning ijtimoiy psixologik xususiyatlari,
odatda, bir nechta omillarga bog‘liq bo‘lib, ularning psixologik va ijtimoiy farovonligini ta'sir
qiladi. Bunday shaxslar stressga nisbatan yanada sezgirroq bo‘lishi mumkin, chunki ularning
kundalik hayoti va ijtimoiy interaktsiyalari ko‘pincha murakkab va qiyin bo‘ladi. Quyidagi asosiy
ijtimoiy psixologik xususiyatlar stressli holatlar bilan bog‘liq:
O‘zini past baholash: Imkoniyati cheklangan shaxslar ko‘pincha o‘zlarini jamiyatda to‘liq
teng huquqli a'zo sifatida ko‘rmasliklari mumkin. Bu, o‘z navbatida, stress va noqulaylikni
kuchaytiradi. Ijtimoiy stigmatizatsiya va tashqi dunyodan izolyatsiya qilish hissi ularning o‘ziga
bo‘lgan ishonchiga ta'sir qiladi.
Ijtimoiy izolyatsiya va o‘zaro aloqalar: Imkoniyati cheklangan shaxslar jamiyatdan
chetlatilishi yoki ular bilan ijtimoiy aloqalar o‘rnatishdagi qiyinchiliklar stressni kuchaytirishi
mumkin. Odamlar o‘zlarini boshqalardan ajralgan va tushunilmagan his qilishlari mumkin.
Diskriminatsiya va stigma: Odamlar imkoniyatlari cheklangan shaxslarni ba'zan
qadrsizlantirishlari yoki ularga nisbatan salbiy stereotiplar yaratishlari mumkin. Bu, o‘z navbatida,
stressga olib keladi, chunki bu odamlar ko‘pincha jamiyatda o‘z huquqlari va erkinliklari
cheklanganligini his qilishadi.
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati: Imkoniyati cheklangan shaxslarning stress
holatlari ko‘pincha ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimining mavjudligi yoki yo‘qligiga bog‘liq.
Yaxshi ijtimoiy tarmoq (oilaviy qo‘llab-quvvatlash, do‘stlar va yordamchi tashkilotlar)
stressni yengishga yordam beradi.
Yanvar, 2025-Yil
7
O‘zgaruvchan rol va javobgarliklar: Imkoniyati cheklangan shaxslar o‘zgaruvchan hayotiy
sharoitlar bilan kurashishadi. Bular o‘zlarining yangi, ko‘pincha majburiy rollarini o‘zlashtirishni
talab qiladi (masalan, reabilitatsiya va yordam xizmatlari bilan ishlash), bu esa qo‘shimcha stress
keltirishi mumkin.
Empatiya va tushunish yetishmasligi: Imkoniyati cheklangan shaxslar ko‘pincha boshqalar
tomonidan ular bilan empatiya va tushunishni yo‘qligini sezishadi. Bu, o‘z navbatida, ijtimoiy
aloqalar va o‘zaro hamkorlikni qiyinlashtiradi, stress darajasini oshiradi.
Hayot sifatining pasayishi: Jamiyatda erkinlik va imkoniyatlarning cheklanganligi stressni
kuchaytiradi. Imkoniyati cheklangan shaxslar o‘zlarini to‘liq hayot kechirishga, ish yoki ta'lim
olishga, ijtimoiy faoliyatda qatnashishga qodir emasdek his qilishlari mumkin, bu esa ruhiy va
hissiy holatlarni yomonlashtiradi.
Xulosa
, Xulosa qilib shuni aytadigan bo’lsak jamiyatda imkoniyati cheklangan shaxslarni,
erkin shaxs, fikrlash qobilayati ochiq, tengdoshlari bilan keng fikrli bo’lib yetishishi uchun zamin
yaratish zarur. Ularni turli xil stressli holatlardan olib chiqish uchun ijtimoiy-psixologik yordam
choralari ko’rsatiladi va jamiyatga integratsiyalash natijasida tengdoshlari qatorida erkin shaxs
bo’lib yetishishi mumkin. Imkoniyati cheklangan shaxslarning bitta nuqsoni bo’lsa uni
to’ldiruvchi ikkkinchi a'zosi boshqalariga nisbatan kuchliroq ishlaydi. Bu degani ularning
imkoniyatlar bir tomondan yo’q bo’lsa, ikkinchi tomondan kuchliroq bo’ladi va bundan foydalanib
ish tutishlari zarurdir.
REFERENCES
1.
L.Mo’minova, Sh.Amirsaidova. Maxsus psixologiya – T.:Fan va texnologiyalar, 2013.
2.
Шагазатова, Б. Х., Мирхайдарова, Ф. С., Артикова, Д. М., Ахмедова, Ф. Ш., &
Кудратова, Н. А. (2019). Особенности течения сахарного диабета у вич-
инфицированных больных.
3.
Madamov.I.Y. Inklyuziv ta’lim -2024.
4.
Shagazatova, B. X., Artikova, D. M., Ahmedova, F. S., Mitxaydarova, F. S., & Ahmedova
Sh, A. (2023). ENDOKRINOLOGIYA MUTAXASSISLIGI BO'YICHA KLINIK
REZIDENTLARNI O'QITISHDA «CASE»-USULI (Doctoral dissertation, Ўзбекистон,
Тошкент).
5.
Musurmanova, A. (2018). Issues of strengthening the family institutions in Uzbekistan:
Theory and practice. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal,
8(10), 4-11.
Yanvar, 2025-Yil
8
6.
Жамолдинова, О. Р. (2010). Проблемы формирования культуры здорового образа
жизни в семье. Молодой ученый, (7), 264-266.
7.
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi.Lex.uz.
