Yanvar, 2025-Yil
9
FANLARARO ALOQADORLIK (INTEGRATSIYA) ASOSIDA TALABALARNING
KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
Rashidova Dildora Mansur qizi
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti assistenti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14594471
Annotatsiya. Mazkur maqolada oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalar ta’lim jarayoniga
oʻzgartirishlar kiritish, ya’ni yangi innovatsion ta’lim texnologiyalari, fanlararo aloqadorlik
vositalarini kiritish orqali talabalar kompetentligini rivojlantirish, ularni kasbiy jihatdan
mukammal tayyorlash haqida yoritilgan.
Kalit so’zlar: Fanlararo aloqadorlik (integratsiya), talaba, vosita, kompetentlik,
innovatsiya, ta’lim texnologiyalari, ta’lim jarayoni.
Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimida qator islohotlar amalga oshirilmoqda,
yoshlarimizni oʻqimishli boʻlib, oʻzlari qiziqqan kasb egalari boʻlishiga Oʻzbekistonda barcha
imkoniyatlar eshigi ochiqdir. Xususan, muhtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ham ta’lim
sohasini tubdan yaxshilashga, undagi oldindan qolgan eskilik sarqitlarini yoʻqotishga bor kuch,
gʻayratlari bilan harakat qilyaptilar.
Albatta, prezidentimiz Sh.Mirziyoyev fikri bilan aytadigan boʻlsak, “Mamlakatni qudratli,
millatni buyuk qiladigan kuch bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir”.
Shu sababli ta’lim sohasida farzandlarimiz zamonaviy bilim va koʻnikmalarni puxta
egallashi uchun eng qulay sharoitlar yaratish izchil davom etmoqda. Yaqin vaqtlarda ta’lim
sohasiga fanlararo aloqadorlik degan tushuncha kirib keldi.
“Fanlararo aloqadorlik” atamasi, turli fanlar oʻrtasidagi bogʻlanish yoki oʻzaro ta’sirni
ifodalaydi. Bu soha bir nechta ilmiy yoʻnalishlar va bilim sohalari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻlanishni,
bir-birini toʻldirishini yoki integratsiyasini tushuntiradi.
Misol uchun, biologiya va kimyo, fizika va matematika, iqtisodiyot va sotsiologiya kabi
fanlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlik, ular birgalikda yangi ilmiy yondashuvlarni yaratishga imkon
beradi.
Bu, zamonaviy ilmiy izlanishlarda koʻpincha muhim rol o'ynaydi, chunki murakkab
masalalar faqat bitta fan doirasida emas, balki bir nechta fanlar nuqtai nazaridan ham hal qilinishi
kerak.
Yanvar, 2025-Yil
10
Fanlararo aloqadorlik (integratsiya) asosida talabalarning kompetentligini rivojlantirish —
bu ta’lim tizimida bir nechta fanlar o’rtasidagi aloqalarni o’rnatish va talabalarni bir vaqtning
o’zida bir nechta sohalarda bilim, ko'nikma va malakalarni egallashga yo’naltirishni ifodalaydi.
Bunday yondoshuv talabalarga keng qamrovli, tizimli va amaliy bilimlar berish imkonini
yaratadi. Bu jarayonning maqsadi nafaqat fanlar bo'yicha alohida bilimlarni shakllantirish, balki
ularni bir-biri bilan bogʻlab, real hayotdagi masalalarni hal etishda qoʻllanadigan umumiy
koʻnikmalarni rivojlantirishdir. Talabalarnining kasbiy kompetentligini shakllantirish
muammolarini tahlil qilish, shuningdek, kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan kasbiy
kompetentlikning alohida komponentlarini talab qiladi. Kompetensiya, kompetentlik atmalari
nima oʻzi? “Competentia” lotincha soʻzdan olingan bo’lib, “tajribaga ega boʻlgan kishi”, “yaxshi
biladigan inson” degan ma’noni bildiradi.
Ya’ni kompetentli shaxs, pedagog, bilim, koʻnikma va malakaga ega bo’lib, undan amalda
mohirona foydalanadi. Bugungi kunda talabalarimizda fanlararo aloqadorlik kompetentligi hali
toʻlaqonli shakllanmagan. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, talabalar amaliyotga chiqqanida dars
jarayonida oʻquvchilarga fanlarni bir-biriga bogʻlab tushintirib bera olmagan. Masalan: fizika-
kimyo-matematika fanlari, yoki biologiya-geografiya-kimyo fanlari bir-biri bilan bogʻliq boʻlib,
birini bilmasangiz, fanni oʻquvchiga toʻliq yetkazib bera olmaysiz. Talabalarda esa shu fanlar
orasidan qaysisidadir oqsoq tomonlari kuzatilgan.
Shunday ekan bu sohada ilmiy ishlar olib borish, metodologiyalar shakllantirish bugungi
kunning dolzarb mavzularidandir.
Fanlararo aloqadorlikning
bir nechta muhim jihatlari:
1. Ko
ʻ
p yo
ʻ
nalishli yondashuvlar:
Biror masalani turli fanlar nuqtai
nazaridan o
ʻ
rganish.
3. Innovatsiyalar:
Fanlararo
aloqalar yangi g
ʻ
oyalar va
innovatsion yondashuvlarni
keltirib chiqarishi mumkin.
2. Integratsiya:
Fanlarning
o
ʻ
zaro ta'sirini hisobga
olgan holda yagona ilmiy
yondashuvni yaratish.
Yanvar, 2025-Yil
11
Umuman olganda, fanlararo aloqadorlik talabalarga keng qamrovli va tizimli yondashuvni
taqdim etib, ularning umumiy kompetentliklarini oshiradi. Bu, oʻz navbatida, talabalarning real
dunyoda muvaffaqiyatli boʻlishi uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam
beradi. Integratsiya oʻqituvchilar va talabalarni faol birgalikdagi ijodiy jarayonga jalb qilish
imkonini beradi. Bu juda keng oʻylangan ta’lim va tarbiya jarayoni boʻlib, axborotni tushunish va
uni tahlil qilishga oʻrgatib, talabalarda dunyodagi barcha jarayonlarning bir butun sifatida oʻzaro
ta’siri haqidagi tushuncha va gʻoyalarni shakllantiradi.
REFERENCES
1.
Raximov Z. T. Innovatsion yondashuv asosida boʻlajak kasb ta’limi oʻqituvchilarining
oʻquv-bilish kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi, avtorefeat, (DSc),2021.
2.
Yusupova, N. V. (2020). Pedagogika oliy taʼlim muassasalarida boʼlajak oʼqituvchilarni
tayyorlashda fanlararo bogʼlanishlar muammolari. Jismoniy madaniyat va boshlang‘ich
talim samaradorligini oshirish istiqbollari, 1(1), 402-407.
3.
Zokirova.D.N. Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy-innovatsion
faoliyatga tayyorlashning metodik modeli. //Ta’lim, fan va innovatsiya. Maʼnaviy-
maʼrifiy, ilmiy-uslubiy jurnal. 2-son, 2023-yil
4.
Гусарова Е.Н. “Cовременные подходы профессионального педагогического
образования, направленные на развитие творческого потенциала”, ИССН 2075-9908
Историческая и социально-образовательная мысль. 2012. № 1 (11).
