PEDAGOGIKA FANINI OʻQITISH ORQALI TALABALAR KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Аннотация

Ushbu maqolada pedagogika fani, uning ahamiyati, bu fanni o‘qitish oraqali talabalar kompetensiyasini rivojlantirish yo‘nalishlari, olimlar qarashlari haqida aytib o‘tilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Rashidova , D. . (2025). PEDAGOGIKA FANINI OʻQITISH ORQALI TALABALAR KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH. Современная наука и исследования, 4(1), 4–6. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/59524
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada pedagogika fani, uning ahamiyati, bu fanni o‘qitish oraqali talabalar kompetensiyasini rivojlantirish yo‘nalishlari, olimlar qarashlari haqida aytib o‘tilgan.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

4

PEDAGOGIKA FANINI OʻQITISH ORQALI TALABALAR KOMPETENSIYASINI

RIVOJLANTIRISH

Rashidova Dildora Mansur qizi

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti maktabgacha ta’lim kafedrasi assistenti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14599627

Annotatsiya. Ushbu maqolada pedagogika fani, uning ahamiyati, bu fanni o‘qitish oraqali

talabalar kompetensiyasini rivojlantirish yo‘nalishlari, olimlar qarashlari haqida aytib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: pedagogika, talaba, kompetensiya, yo‘nalishlar, rivojlantirish, o’qitish,

pedagogik ko‘nikma, kreativlik.

Pedagogika fani — bu ta’lim va tarbiya jarayonlarini o‘rganadigan fan sifatida, insonlarni

rivojlantirish va ularga bilim berish jarayonlarini tahlil qiladi.

Pedagogika fanining asosiy maqsadi — ta’limni samarali tashkil etish va rivojlantirish,

shuningdek, shaxsning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashdir. Buyuk allomalarimizdan

bo‘lgan Abu Rayhon Beruniy ta’limotiga ko‘ra inson kamolotida 3ta narsa muhim rol o‘ynaydi.

Bular: ta’lim-tarbiya, ijtimoiy muhit va irsiyatdir. Shaxsni har tomonlama kamol topishida

muhim omil sanalgan ta’lim- tarbiya tushunchasi asosan pedagogika fanida o‘rgatiladi. Oliy ta’lim

muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir pedagog o‘z kasbini sevishi, ta’lim-tarbiya

jarayoniga mas’uliyat bilan yondashishi, yetishtirib chiqaradigan bo‘lajak o‘qituvchilarda

pedagogik mahorat, pedagogik texnika, pedagogik takt, kompetensiyalar shakllangan bo‘lishi

kerak. Albatta, bu borada talabalardan ham mehnat, mashaqqat, o‘qish ,izlanish talab qiladi.

Allomamiz Ibn Sino, bejizga “Ey birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan

qo‘rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo‘rqog‘idir” degan

fikrni aytmagan. Shu sababli pedagogika fani o‘qitishning samaradorligini oshirish, shaxsning

rivojlanishini ta’minlash, o‘quvchilarni ijtimoiylashtirish, innovatsiyalarni tadbiq etish, yangi

bilimlar yaratish kabi qator vazifalarni o‘z oldiga qo‘yadi. Pedagogika fanini o‘qitish orqali

talabalar kompetensiyasini rivojlantirish muhim vazifalardan biridir. Pedagogika — ta’lim va

tarbiya jarayonlarini o‘rganadigan fan sifatida, talabalarni nafaqat nazariy bilimlar bilan

ta’minlaydi, balki ularning amaliy kompetensiyasini rivojlantiradi. Kompetensiya esa, shaxsning

o‘z bilimlarini va ko‘nikmalarini turli vaziyatlarda samarali qo‘llay olish qobiliyati sifatida

tushuniladi. Bundan tashqari, ta’limda har bir o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarda,

shu fanning o‘ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli xususiy

kompetensiyalar ham shakllantiriladi.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

5

Kompetensiya tushunchasi nisbatan yaqindan boshlab, 1960-yillarning oxiri va 1970-

yillarning boshlaridan keng qo‘llanila boshlandi. Pedagogika fanini o‘qitish jarayonida talabalar

kompetensiyasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:

1. Nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish: Pedagogika fanini o‘qitishda talabalar

nazariy bilimlarni nafaqat yodlash, balki ularni real hayotdagi ta’lim va tarbiya jarayonlariga

tadbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirishlari lozim. Bu, o‘z navbatida, ularning pedagogik qarorlar

qabul qilish va o‘quvchilarga samarali ta’lim berish qobiliyatini shakllantiradi.

2. Kreativ fikrlash va muammolarni hal etish: Talabalar pedagogika fanidan o‘qish orqali

kreativ fikrlashni va turli ta’lim tizimlarida yuzaga keladigan muammolarni hal qilishni

o‘rganadilar. Bu, ayniqsa, o‘quv jarayonini optimallashtirish va yangi metodlarni ishlab chiqish

uchun zarurdir.

3. Jamoa bilan ishlash: Pedagogika fanini o‘qitishda talabalarni guruh ishlarida ishtirok

etishga undash, ularga jamoa bilan samarali ishlashni o‘rgatish kerak. Bu kompetensiya ta’lim va

tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan ishlashda, hamda o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashishda

muhim ahamiyatga ega.

4. Pedagogik ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llash: Pedagogika fani talabalarga ta'’lim

tizimining asosiy metod va texnikalarini o‘rgatadi, bu esa ularning pedagogik ko‘nikmalarini

amaliyotda sinovdan o‘tkazish imkonini beradi. Masalan, sinfda dars o‘tkazish, o‘quvchilarni

rag‘batlantirish, o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish kabi ko‘nikmalarni

rivojlantirish.

5. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash: Zamonaviy pedagogika axborot-

kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni ta’lim jarayonida muhim deb biladi. Talabalar

pedagogika fanini o‘rganishda zamonaviy o‘quv texnologiyalarini (masalan, interaktiv ta'lim

platformalari, onlayn resurslar va boshqalar) samarali qo‘llashni o‘rganadilar.

6. Ijtimoiy va madaniy kompetensiyalarni rivojlantirish: Pedagogika fanini o‘rganish orqali

talabalar ijtimoiy va madaniy kompetensiyalarini ham rivojlantiradilar. Bu, ayniqsa, turli millat va

madaniyatlarni tushunish, xilma-xil guruhlar bilan ishlashda muhimdir.

Shu tariqa, pedagogika fani ta’limning nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganib, o‘qituvchi va

o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tashkil etishda muhim ahamiyatga ega. Pedagogika

fanini o‘qitish jarayonida talabalarning kompetensiyasini rivojlantirish uchun integratsiyalashgan

yondashuvlar, amaliy mashg‘ulotlar, kreativ va interaktiv metodlar qo‘llanishi zarur. Bu usullar

talabalarni nafaqat pedagogik bilimlar bilan ta’minlash, balki ularning amaliy ko‘nikmalarini,

ijtimoiy va intellektual kompetensiyalarini shakllantirishga yordam beradi.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

6

REFERENCES

1.

Mukarram Axmedova. Pedagogik kompetentlik. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent.2018.

2.

Karimova V.M., Hayitov O.E., Umarova N.SH. Boshqaruv sohasidagi professional

kompetentsiya asoslari: Monografiya. / Prof. V.M. Karimova tahriri ostida. - T.: "Fan va

texnologiya", 2008. - 120 b.

3.

Митяева А.М. Компетентностная модель многоуровневого высшего образования (на

материале формирования учебно ­ исследовательской компетентности бакалавров и

магистров). Автореферат дисс. док. пед. наук.

4.

Himmataliyev.D.O. Bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish

mexanizmi.//Современное образование(Узбекистан).2020.№7 (92).

5.

Андреев А. Знания и компетенции. //Высшее образование в России. -2005. - №2.

Библиографические ссылки

Mukarram Axmedova. Pedagogik kompetentlik. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent.2018.

Karimova V.M., Hayitov O.E., Umarova N.SH. Boshqaruv sohasidagi professional kompetentsiya asoslari: Monografiya. / Prof. V.M. Karimova tahriri ostida. - T.: "Fan va texnologiya", 2008. - 120 b.

Митяева А.М. Компетентностная модель многоуровневого высшего образования (на материале формирования учебно ­ исследовательской компетентности бакалавров и магистров). Автореферат дисс. док. пед. наук.

Himmataliyev.D.O. Bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish mexanizmi.//Современное образование(Узбекистан).2020.№7 (92).

Андреев А. Знания и компетенции. //Высшее образование в России. -2005. - №2.