34
MADANIY MEROS OBYEKTLARINING 3D MODELINI
YARATISHNING AHAMIYATI (JIZZAX VOHASI MISOLIDA)
Saidov J.O.
o‘qituvchi,
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dunyodagi turli hududlar va mamlakatlarning integratsiyalashuvida
o‘zaro iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar muhim ahamiyatga ega.
Hozirda rivojlangan davlatlardagi yetakchi ilmiy markazlar turli mintaqalarning
ichki va tashqi aloqalari tizimida karvon yo‘llari va u bilan bog‘liq
infratuzilmalarning tarixi va o‘sha davrdagi qiyofasini tiklash borasidagi
ishlarga jiddiy e'tibor qaratmoqdalar. Jumladan, Buyuk Ipak yo‘lining
chorrahasida joylashgan Markaziy Osiyoning iqtisodiy-madaniy shakllanishi va
rivojlanishi natijasida o‘ziga xos sivilizatsiyasining vujudga kelganligi va uning
atrof mintaqalar bilan o‘zaro bog’liqligini o‘rganish xalqaro ahamiyatga ega
tadqiqotlar sirasiga kiradi [10].
O‘zbekistonning turli tarixiy o‘lkalari qatori Buyuk karvon yo‘lida
joylashgan Ustrushona mintaqasining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy
taraqqiyoti o‘ziga xos tarixga ega. Sug‘diyonadan Choch vohasiga va Farg‘ona
vodiysiga yo‘l ilk o‘rta asrlarda Ustrushona hududi orqali o‘tgan. Ustrushona bu
davrga mansub Xitoy manbalarida Sao (Suyshu) hamda Shudaydushana,
Suyduyshana (Tanshu) kabi nomlar bilan atalib [1, B. 44], bu hudud orqali
Sug‘diyonaning Xitoy bilan aloqalari ham amalga oshirilgan.
Turk xoqonligi davrida Buyuk Ipak yo‘li shimoliy tarmog‘ining
ahamiyatini oshishi natijasida Sharqiy Turkistondan Tyanshan tog‘ dovonlari
orqali Yettisuvga o‘tuvchi yo‘llardan foydalanish, tog‘ dovonlarini o‘zlashtirish
yanada rivojlanadi [2, B. 14-20]. Shimoliy yo‘lning bir tarmog‘i Zomindan
Shosh orqali Isfijob, Taroz, Uchbuloq, Qulan (hozirgi Lugovaya stansiyasi),
Chu vodiysidagi Aspara, Navket, Suyob shahri (Oq-Beshim) orqali
Issiqko‘lning janubiy-sharqiy qishlog‘ida joylashgan Yuqori Barskanga kelingan
[3, B. 39].
Ustrushona mintaqasi hozirda bir qancha hududlarni o‘z ichiga olgan yirik
tarixiy o‘lka bo‘lib, uning shimoliy-g‘arbiy qismida hozirgi Jizzax vohasi
joylashgan. Jizzax vohasi tarkibiga tarixda Feknon nomi bilan atalgan hudud
ham kirgan va voha hayotida muhim o‘rin tutgan. Haqiqatdan ham o‘zining
geografik o‘rni tufayli Feknon rustoqining bosh shahri – Dizak siyosiy,
iqtisodiy, madaniy sohalarda va ayniqsa, karvonlar savdosida bir qator qulaylik
va imtiyozlarga ega bo‘lgan. O‘rta asrlarda Movarounnahrning quruqlikdagi
“savdo bandargohi” sifatida e’tirof etilgan Dizak, Samarqand uchun
Y.G‘ulomov ta’biri bilan aytganda, tabiiy “sharqiy darvoza” vazifasini o‘tagan
[4. B. 92-93]. Chunki Samarqandni Xitoy va boshqa sharqiy mamlakatlar bilan
35
bog‘lovchi karvonlar deyarli barcha hollarda Dizak va Ilono‘tti darasi (Temir
darvoza) orqali quyidagi manzil va yo‘nalishlar – Xitoy – Sharqiy Turkiston –
Choch – Dizak; Xitoy - Farg’ona – Xovos – Dizak; Xitoy – Farg‘ona – Bunjikat
– Sabat – Zomin – Dizak bo’yicha o’tgan [5, B. 89-90].
Buyuk Ipak yo‘li tizimida joylashgan Jizzax vohasida turli sohalari qatori
me’morchilik sohasi ham o‘ziga xos rivojlanish bosqichiga ega. Vohaning
karvonlar o‘tuvchi joylarida sardoba, rabot, karvonsaroy, ko‘prik, quduqlar
kabi yo’lbo’yi inshootlari barpo etilgan. Keyingi yillarda mintaqa tarixini tiklash
borasida qadimgi manzilgohlarda taniqli arxeologlarimiz tomonidan jiddiy
izlanishlar olib borilayotganligi tahsinga sazovordir. Arxeologik tadqiqotlar
natijasida vohaning yo‘lbo‘yi inshootlari haqida qimmatli ma’lumotlar qo’lga
kiritilishi natijasida tarixiy manzilgohlar qiyofasi ochiqlanmoqda.
O‘rta asr arab mualliflari Istahriy, Ibn Havqal asarlarida vohada
joylashgan karvonsaroylar haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Jumladan,
Dizak shahridan 1-2 farsax masofa uzoqlikda Ustrushona afshini Kovusning
o‘g‘li, valiahd Haydar al-Afshin tashabbusi bilan IX asrning birinchi choragida
bunyod etilgan Xudaysar raboti joylashgan. Al-Istahriy ta’kidlashicha “ ...
Ushbu rabot singari yog‘iylar yurtiga juda yaqin joyda qurilgan boshqa birorta
rabot yo‘qdir” [6, B. 27]. Xususan, 1975-yilda Jizzax vohasi arxeologiya
yodgorliklari majmuasini tuzish bo‘yicha qidiruv tadqiqotlari o‘tkazgan
O‘.Alimov Xudaysarni Jizzax vohasining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan
Ko‘kravat yodgorligi o‘rnida bo‘lgan, deb ta’kidlaydi [7, B. 2].
O‘rta asr mualliflari asarlarida Hasan raboti nomi bilan qayd etilgan
navbatdagi karvonsaroy X asrda Badr Qushayr ismli shaxs tomonidan Dizak
shahrida yoki shaharga ancha yaqin joyda – Abu Ahmad raboti hamda
Katvondiz, Sug‘d va Ustrushonaning chegarasida qurilgani bayon etilgan.
Jizzax vohasida joylashgan yana bir karvonsaroy Zomin tumani G‘ulbo
qishlog‘ining shimoliy qismida joylashgan To‘rtko‘ltepa karvonsaroyi (X – XII
asrlar) va uning atrofidagi mozorqo‘rg‘onlar majmuasi (II-IV asrlar) ham 2000-
yildan
buyon
o‘rganilmoqda.
Ushbu tadqiqotlar natijasida G’arbiy
Ustrushonaning Buyuk Ipak yo‘li savdosidagi o‘rni, ko‘chmanchi chorvadorlar
tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar olinmoqda [8, B. 37].
Mazkur karvonsaroylarning joylashgan o‘rni so‘nggi paytlarga qadar
aniqlanmagan edi. Holbuki, Jizzax atrofi va Zomin o‘rtasidagi hudud arxeologik
yodgorliklarini hisobga olib, o‘rganib chiqqan mutaxassislarning qayd etishicha,
o‘rta asrlarda bu mavzeda 10 ga yaqin karvonsaroylar faoliyat ko’rsatgan.
Xususan, Qoraqo‘yli qishlog‘i yaqinidagi Sarboztepa, Uchtepa janubidagi
Ko‘kravat,
Galaquduq
mavzesidagi
G‘ishttepa,
Ravot
qishlog‘idagi
Qo‘rg‘ontepa,
G‘ulbo
qishlog‘i
shimolidagi
To‘rtko‘ltepa,
Oqbuloq
qishlog‘idagi Machitlitepa, Forish tumanidagi Kaltepa shular jumlasidandir [5,
B. 92]. Vohada arxeologik ekspeditsiya va qazuv ishlari davom ettirilsa
yuqoridagi yo‘lbo‘yi inshootlari soni yanada oshishi mumkin [9].
36
Jizzax vohasidagi karvonsaroylarning qurilish loyihasi odatda bir xil
ko‘rinishda bo‘lgan, mustahkam tort devor ya’ni o‘rtasida hovlining atrofi bir,
ikki qavatli hujralar bilan o‘ralgan, harbiy minorali qal’aband ko‘rinishidagi
istehkom – inshoot bo’lgan. Ta’kidlash o‘rinliki, vaqt o‘tishi bilan rabotlar –
g‘oziylar qarorgohiga ehtiyoj qolmagan. Bunga sabab, Movarounnahrda islom
dini qat’iy qaror topgan, markazlashgan qudratli davlatlar ta’sirida, xususan
somoniylar davridan boshlab o‘troq va ko‘chmanchilar o‘rtasida stabil holat
yuzaga kelgan, shu sababli rabotlar karvonsaroylarga aylantirilgan [5, B. 88].
Odatda, karvonsaroylar qurilishi uzoq o‘tmishga borib taqalib, uning
tarkibida markaziy hovli, hovlini to‘rt tomondan o‘rab turgan ayvonlar, odamlar
yashashi uchun hujralar, yuk saqlanadigan omborxonalar, ot-ulovlar uchun oldi
yopiq sayisxonalar bo‘lgan. Ba’zi hollarda karvonsaroylarning hajmi, mamlakat
iqtisodiyoti va boshqaruv ma’muriyatida tutgan o‘rni va geografik joylashuviga
ko‘ra masjidlar ham bunyod etilgan [5, B. 92].
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, Buyuk karvon yo’lida qad rostlagan
yo‘lbo‘yi inshootlari hozirda ma’lum tarixiy tepalik yoki qazuv natijasida
ochilgan madaniy meros hisoblanadi. Zamonaviy ilm-fan texnologiyalarini
tarixiy haqiqatni tiklash borasida safarbar etish ijobiy natijalar beradi. Xususan,
vohadagi arxeologik qazuv natijasida ochilgan ma’lum karvonsaroylarni
kompyuter yutuqlari asosida 3D modelini tiklash va shu asnoda tarixda binoning
qanday ko‘rinishga ega bo‘lganligi xususida ma’lum tasavvurga ega bo‘lish
mumkin.
Adabiyotlar:
1. A.Sagdullayev, O‘.Mavlonov, D.Mahkamova. O‘rta Osiyoda o‘rta
asrlar savdo sotiq tizimi. Toshkent, “Akademiya”. 2004.
2. Байпаков К.М. Великий Шелковый путь и судьбы цивилизациий.
Алматы. 2006.
3. Бартольд В.В. Очерки истории Семиречья /Соч. В 9 томах. Т. 2. Ч.
1. М.: “Наука”, 1963.
4. Гулямов Я.Г. Кладбище Кульпи-Сар..// IMKУ. Вып. 2. Taшкент,
“Фан”, 1996.
5. M.H.Pardayev, J.I.G‘ofurov Markaziy Osiyo Buyuk Ipak yo‘li tizimida
(Qadim va o‘rta asrlar). Toshkent.: “Lesson press” nashri, 2021.
6. Материалы по истории киргизов и киргизы. Вып.1. M., 1973.
7. Алимов У. Отчёт Джизакского археологического отряда по
составлению свода археологических памятников. Самарқанд, 1976.
8. M.Pardayev, J.G‘ofurov. Ustrushonaning ilk o‘rta asr qishloq
makonlari (yozma va arxeologiya manbalari asosida). T.: “Press nashriyoti”,
2016.
9. Sagdullaev, Anatoliy, et al. "Problems Of Cartography Of Ancient
EthnoCultural Processes In Central Asia."
INTERNATIONAL JOURNAL OF-
SCIENTIFIC-& TECHNOLOGY RESEARCH
9.04 (2020): 745-748.
37
10. Togaev, J. E., and U. A. Usarov. "CHARACTERISTICS OF
ARCHITECTURE OF ANCIENT BACTRIA."
IN EXAMPLE SAPALLITEPA
AND JARKUTAN. ISJ Theoretical & Applied Science
10.54 (2017): 28-31.
ИНФОРМАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В СОХРАНЕНИИ
КУЛЬТУРНОГО НАСЛЕДИЯ
Хасанова М.С.
соискатель,
Национальный университет Узбекистана
Сохранения культурного наследия во все времена относится к
наиболее актуальным и дискуссионным проблемам: что сохранять и как?
Необходимо помнить, что не вся производимая в обществе информация
социально необходима, и не все входит в активно используемую часть
инфофонда. Некоторая информация может быть вообще не используется
в человеческой практике. Но тот факт, что информация не используется
здесь и сейчас не означает, что она не потребуется в будущем. Поэтому
создание культурного фонда – задача наиважнейшая.
Научно-технический прогресс середины пошлого века привел к
бурному распространению новых технологий, изменениям в системе
культуры, к смене мировоззренческих установок, в обществе начинают
преобладать технократические тенденции. В связи с этим в 60-х- начале
70-х годов двадцатого столетия зарождается социальное движение
Counter-Culture,
которое было направлено против дальнейшей
технократизации
общества
и
на
утверждение
приоритета
гуманистических ценностей. Участники движения рассматривали
компьютер как средство борьбы за справедливость, духовный Ренессанс
в технократическом мире, средство мышления, интеллектуальной
деятельности и социальной активности. В 1980 г. Э. Тоффлер в книге
«Третья волна» сделал предположение, что однажды компьютерная сеть
сможет объединить весь мир, как ранее телевидение [1]. В 1981 г.
состоялось представление первого персонального компьютера на пресс-
конференции IBM в Нью-Йорке. И именно эта дата считается началом
эпохи мультимедиа
. Из триады «компьютеризация – медиатизация -
интернетизация» мы выделяем второй компонент, где мультимедийные
технологии, как разновидность информационных технологий, оказывают
наибольшее влияние на качество культуры и культурного пространства и
стимулируют качественные изменения в интеренетизации общества. Это
не просто технология компьютерных имиджей и звуков, идея
мультимедиа гораздо шире, поскольку она проявляется в культурном
разнообразии и в развитии тех изменений, которые происходят в
