Authors

  • Rajabov Xaqnazar Anvarjon o’g’li
    DTPI Pedagogika fakulteti Jismoniy madanyat talabasi : Xaqnazarrajabov734@gmail.com
  • Boyto’rayev Sirojidin
    DTPI Pedagogika fakulteti Jismoniy madanyat talabasi : Xaqnazarrajabov734@gmail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.63594

Keywords:

Demokratik jamiyat fuqarolik jamiyati siyosiy islohotlar O'zbekiston mustaqillik konstitutsiya inson huquqlari

Abstract

O'zbekistonda demokratik va fuqarolik jamiyatining asoslari 
qanday shakllanganini va amalga oshirilgan siyosiy islohotlar haqida batafsil tahlil 
etadi. Mustaqillikdan so'ngki jarayonlar, xalqaro tajribalar va mamlakat ichida olib 
borilayotgan islohotlar keltiriladi. Maqola, shuningdek, O'zbekistonning rivojlanish 
yo'lidagi qiyinchiliklar va muvaffaqiyatlarga ham e'tibor qaratadi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5

56

Synapses:

Insights Across the Disciplines

O'ZBEKISTONDA DEMOKRATIK , FUQAROLIK JAMIYATI

ASOSLARINING SHAKILLANISHI , AMALGA OSHIRILGAN SIYOSIY

ISLOHATLAR

Rajabov Xaqnazar Anvarjon o’g’li

Boyto’rayev Sirojidin

DTPI Pedagogika fakulteti

Jismoniy madanyat talabasi :

Xaqnazarrajabov734@gmail.com

ANNOTATSIYA:

O'zbekistonda demokratik va fuqarolik jamiyatining asoslari

qanday shakllanganini va amalga oshirilgan siyosiy islohotlar haqida batafsil tahlil
etadi. Mustaqillikdan so'ngki jarayonlar, xalqaro tajribalar va mamlakat ichida olib
borilayotgan islohotlar keltiriladi. Maqola, shuningdek, O'zbekistonning rivojlanish
yo'lidagi qiyinchiliklar va muvaffaqiyatlarga ham e'tibor qaratadi.

Kalit so‘zlar

: Demokratik jamiyat, fuqarolik jamiyati, siyosiy islohotlar, O'zbekiston,

mustaqillik, konstitutsiya, inson huquqlari.

АБСТРАКТНЫЙ:

Подробно анализируется, как в Узбекистане формировались основы
демократического и гражданского общества и осуществлялись политические
реформы. Представлены процессы, произошедшие после обретения
независимости, международный опыт и внутренние реформы. В статье также
уделяется внимание проблемам и успехам развития Узбекистана

.

Ключевые слова:

Демократическое общество, гражданское общество,

политические реформы, Узбекистан, независимость, конституция, права
человека.

ABSTRACT:

It analyzes in detail how the foundations of democratic and civil

society were formed in Uzbekistan and the political reforms implemented. Post-
independence processes, international experiences and domestic reforms are
presented. The article also focuses on Uzbekistan's development challenges and
successes.

Key words

: Democratic society, civil society, political reforms, Uzbekistan,

independence, constitution, human rights.



background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5

57

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Kirish

O'zbekiston Respublikasi 1991-yil 31-avgustda mustaqillikka erishgach, mamlakatda
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda yuksalish jarayonlari boshlandi.
Ushbu jarayonlar doirasida demokratik va fuqarolik jamiyatining asoslari shakllana
boshladi. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlar, inson huquqlarini
ta'minlash, fuqaro fuqaroligini rivojlantirish, shaffoflik va ishonchni oshirishga
yo'naltirilgan qadamlarni o'z ichiga oladi. Ushbu maqolada O'zbekistonda demokratik
muhitni yaratish, fuqarolik jamiyatining rivojlanishi va ular o'rtasidagi aloqalar haqida
so'z yuritamiz.
1. Mustaqillik va yangi konstitutsiya
1992-yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi demokratik
jamiyatning asoslarini belgilab berdi. Ushbu konstitutsiya, fuqarolarning qadr-
qimmati, huquqlari va erkinliklarini ta'minlashda muhim rol o'ynadi. O'zbekiston
o'zining konstitutsiyaviy asoslari bilan yurtimizni demokratik davlat sifatida
rivojlantirishda muhim qadamlarni qo'ydi.
2. Siyosiy islohotlar
O'zbekistonda amalga oshirilgan siyosiy islohotlar, xususan, partiyalar, saylov va
demokratik institutlarni rivojlantirishga qaratilgan. 2019-yildan boshlab O'zbekistonda
amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida, partiyalar va davlat idoralari o'rtasida
hamkorlik kuchaytirilmoqda. Saylov tizimini isloh qilish, saylov jarayonlarining
shaffofligini ta'minlash maqsadida yangi qonunlar qabul qilingan.
3. Fuqaro jamoalari va noqonuniy tashkilotlar
Fuqarolik jamiyatining rivojlanishi borasida fuqarolik jamoalarining roli juda
muhimdir. O'zbekistonning fuqarolik jamiyati faoliyatini yaxshilash uchun ko'plab
nodavlat tashkilotlari, ijtimoiy harakatlar va jamoatchilik uyushmalari o'z ishlarni
boshladi. Bu esa davlat va jamiyat o'rtasida mustahkam aloqalarni o'rnatishga yordam
bermoqda.
4. Inson huquqlari
O'zbekistonda inson huquqlarining ta'minlanishi mamlakatning ichki va tashqi
siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Xalqaro huquq normalariga rioya etishga
intilayotgan O'zbekiston, inson huquqlari sohasida xalqaro tashkilotlar bilan
hamkorlikni kuchaytirdi va o'z ichki siyosatini yanada demokratlashtirishga harakat
qilmoqda.
5. Tashqi muhit va xalqaro hamkorlik
O'zbekiston jahon hamjamiyati bilan o'zaro aloqalarni kengaytirishga intilmoqda.
Jahon banki, BMT, Xalqaro valyuta jamg'armasi kabi xalqaro tashkilotlar bilan


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5

58

Synapses:

Insights Across the Disciplines

hamkorlik qilinmoqda. Ushbu tashkilotlar O'zbekistonning demokratizatsiyasi va
fuqarolik jamiyatining shakllanishida muhim yordam beradi.
Fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayonlarini tizimli monitoring qilish,
mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalashda, fuqarolarning siyosiy
madaniyati, huquqiy ongi, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda, shuningdek
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish
Konsepsiyasida belgilangan vazifalarning izchil amalga oshirilishini ta’minlashda
fuqarolik institutlarining rolini kuchaytirish maqsadida:
1. Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti ta’sischilari Kengashining:
Fuqarolik jamiyatini o‘rganish institutini — Fuqarolik jamiyati shakllanishini
monitoring qilish mustaqil instituti etib (bundan keyin — FJShMQMI);
Fuqarolik jamiyatini o‘rganish institutining mintaqaviy (viloyat, shahar) axborot-tahlil
markazlarini — FJShMQMIning hududiy bo‘linmalari etib qayta tashkil qilish
to‘g‘risidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin.
Umumiy shtat birligi 294 xodimdan iborat bo‘lgan FJShMQMIning tashkiliy tuzilmasi
hamda uning mintaqaviy bo‘linmalariga oid namunali tuzilma 1 va 2-
ilovalarga muvofiq ma’qullansin.
1 va 2 ilovalar rus tilida berilgan.
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Fuqarolik
jamiyatini o‘rganish institutining shartnomalari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy
voris ekanligi belgilab qo‘yilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-iyundagi “Fuqarolik
jamiyatini o‘rganish institutini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi F-
1796-sonli farmoyishida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda FJShMQMI
faoliyatida quyidagilar muhim o‘rin egallashi belgilab qo‘yilsin:
mamlakatda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy jarayonlarni, fuqarolarning
siyosiy madaniyati va huquqiy ongi yuksalib borishini, ochiq demokratik davlat
qurilishi, “kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili amalga
oshirilishining muhim sharti sifatida har tomonlama tahlil qilish va baholash;
mamlakatni tadrijiy, bosqichma-bosqich isloh qilish va modernizatsiyalash
istiqbollarini tizimli o‘rganish, aholining turli qatlam va guruhlari manfaatlarini ifoda
etadigan demokratik fuqarolik institutlarini yanada rivojlantirish, demokratik
o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, jamiyatda millatlararo va dinlararo totuvlikni
mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish jarayonlarida
mazkur institutlarning roli va ahamiyatini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab
chiqish;


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5

59

Synapses:

Insights Across the Disciplines

inson huquqlarini himoya qilish, saylash erkinligi, so‘z va axborot erkinligi,
mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning ochiqligini ta’minlashda fuqarolik
institutlari rolini oshirish, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari hamda davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlarining ta’lim va sog‘liqni saqlash, himoyaga muhtoj
aholi qatlamini ijtimoiy muhofaza qilish, atrof-muhitni asrash va boshqa shu kabilar
sohalardagi muhim davlat dasturlarini amalga oshirishdagi samarali ijtimoiy
hamkorligini, o‘zaro aloqalarini mustahkamlash;
o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol rivojlanishiga, mustaqil fikrlaydigan,
jamiyatimiz hayotida munosib o‘rin egallaydigan, mamlakatni yangilash va isloh
qilishda haqiqiy hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘ladigan, o‘z hayotiy pozitsiyasi va
mustahkam e’tiqodiga ega yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan davlat va jamoat
tashkilotlarining faoliyati samaradorligini tizimli tahlil qilib borish;
mamlakatda raqobatdosh ko‘p partiyali tizimni yanada rivojlantirish, fuqarolik
jamiyati institutlari, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat
boshqaruvidagi rolini bosqichma bosqich kuchaytirib borish, ijtimoiy, bozor, sud-
huquq islohotlarini amalga oshirish, davlat va hokimiyat tuzilmalarining faoliyati
ustidan jamoat nazoratini olib borish, mahallani aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga
aylantirish jarayonlarida faol ishtirok etish;
fuqarolik jamiyati shakllanishi, uning institutlari mustahkamlanishi va rivojlanishi,
huquqiy demokratik davlat qurilishi sohasida taraqqiy etgan demokratik
mamlakatlarning tajribasini chuqur o‘rganish, umumlashtirish va ulardan foydalanish
bo‘yicha takliflar tayyorlash.
Belgilab qo‘yilsinki, FJShMQMIning hududiy bo‘linmalari Institut oldida turgan
umumiy maqsad va vazifalardan kelib chiqib, tegishli hududlarda ijtimoiy-siyosiy
vaziyatning rivojlanishiga oid monitoring materiallarini tizimli ravishda
umumlashtiradi, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini
shakllantirish jarayonlariga to‘siq bo‘layotgan, shu jumladan byurokratizm,
korrupsiya, rasmiyatchilik, davlat va jamiyat tomonidan olib borilayotgan islohotlar
mohiyati va mazmunini tushunmaslik kabi aniqlangan muammolarni tahlil qiladi va
ushbu materiallarni Institutga taqdim etadi.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari:
FJShMQMIning hududiy bo‘limlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali
bajarishi uchun zarur bo‘lgan tashkiliy, moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratishni
eng muhim vazifa deb hisoblasin;


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5

60

Synapses:

Insights Across the Disciplines

bir oy muddat ichida FJShMQMIning hududiy bo‘limlari zarur tashkiliy texnika,
mebellar, aloqa vositalari bilan jihozlangan alohida shinam binoga muddatsiz bepul
ijaraga berish sharti bilan joylashtirilishini ta’minlasin, ajratilgan binolar va xonalarda
kapital, joriy ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida amalga oshirilishini tashkil etsin.
FJShMQMI va uning hududiy bo‘limlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
bo‘yicha birinchi galdagi tadbirlar ro‘yxati 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3-ilova rus tilida berilgan.
4. FJShMQMI majburiy jo‘natmalar reyestriga kiritilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, moliya, iqtisodiyot, mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari hamda boshqa vazirliklar va idoralarning
statistik ma’lumotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining
ommaviy kommunikatsiya sohasini monitoring qilish markazining byulletenlari va
kundalik ma’lumotlari to‘plami;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil
30-oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 584-
modda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni
muvofiqlashtirish xizmati huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar markazining xorijiy
matbuot sharhlari va tahliliy ma’lumotnomalari.
5. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi ikki nusxadan “O‘zbekiston Respublikasi qonunlari to‘plami” va davriy
nashrlar bilan hamda Institutning samarali faoliyati uchun zarur kitob mahsulotlari
(huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy adabiyotlar)ni FJShMQMIga bepul taqdim
etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-
oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 584-
modda)
FJShMQMI zamonaviy aloqa vositalari, shu jumladan hukumat telefoni hamda Institut
va uning hududiy bo‘limlari keng qamrovli Internet tarmog‘i bilan jihozlanishini;


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5

61

Synapses:

Insights Across the Disciplines

FJShMQMIning axborot-kommunikatsiya tizimi modernizatsiya qilinishini,
Institutning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatiga zamonaviy axborot vositalari va
texnologiyalari joriy etilishini, uning hududiy bo‘limlari zarur kompyuter texnikalari
bilan jihozlanishini ta’minlasin.
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri
Sh. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi M.
Rahmonqulov zimmasiga yuklansin.

Foydalanuvchi adabyotlar;

1. O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasi. (2023). Ijtimoiy va iqtisodiy
ko'rsatkichlar.
2. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi. (2022). Konstitutsiya va qonunlar.
3. O'zbekiston Respublikasi Inson Huquqlari bo'yicha Milliy Markaz. (2023). Inson
huquqlari hisobotlari.
4. Jahon banki. (2023). O'zbekistonda iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar.
5. O'zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi. (2023). Xalqaro aloqalarimiz.

References

O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasi. (2023). Ijtimoiy va iqtisodiy

ko'rsatkichlar.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi. (2022). Konstitutsiya va qonunlar.

O'zbekiston Respublikasi Inson Huquqlari bo'yicha Milliy Markaz. (2023). Inson

huquqlari hisobotlari.

Jahon banki. (2023). O'zbekistonda iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar.

O'zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi. (2023). Xalqaro aloqalarimiz