SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5
62
Synapses:
Insights Across the Disciplines
O`ZBEKISTON DEMAKIRATIYASI FUQAROLIKNI JAMIYATNI
O`SRIRISH
Rajabov Xaqnazar Anvar o`g`li
Boyto’rayev Sirojidin
DTPI Pedagogika fakulteti
Jismoniy madanyat talabasi :
ANNOTATSIYA:
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda
tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari
qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha davlat
organiga murojaat qilgan voyaga yetgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki chet
davlat fuqarosi yoxud voyaga yetgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs;
Kalit so`zlar:
Qonun, O‘zbekiston Respublika, xalqaro,shartnomasi,
milliy,baza, identifikatsiya
АБСТРАКТНЫЙ:
Если международным договором Республики
Узбекистан установлены иные правила, чем те, которые предусмотрены
законодательством о гражданстве Республики Узбекистан, применяются правила
международного договора. Совершеннолетний гражданин Республики
Узбекистан или гражданин иностранного государства либо совершеннолетнее
лицо без гражданства, обратившиеся в государственный орган по вопросам
гражданства Республики Узбекистан;
Ключевые слова
: Закон, Республика Узбекистан, международный,
договор, национальный, базовый, идентификация
ABSTRACT:
If the international agreement of the Republic of Uzbekistan
stipulates different rules than those stipulated in the legislation on citizenship of the
Republic of Uzbekistan, the rules of the international agreement shall be applied. An
adult citizen of the Republic of Uzbekistan or a citizen of a foreign country or an
adult stateless person who applied to the state div on issues of citizenship of the
Republic of Uzbekistan;
Keywords
: Law, Republic of Uzbekistan, international, agreement, national,
base, identification
Kirish
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5
63
Synapses:
Insights Across the Disciplines
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish va
tugatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va
boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar
O‘zbekiston
Respublikasining
xalqaro
shartnomasida
O‘zbekiston
Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan
boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston
Respublikasining
2021-yil
21-apreldagi
O‘RQ-683-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ariza beruvchi — O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha davlat
organiga murojaat qilgan voyaga yetgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki chet
davlat fuqarosi yoxud voyaga yetgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs;
bola — o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga (voyaga yetgunga) qadar bo‘lgan shaxs;
vatandosh — O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan yoki ilgari uning hududida
yashagan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo‘lmagan, O‘zbekiston
Respublikasi hududidan tashqarida yashaydigan shaxs va uning nasl-nasab shajarasi
bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan o‘zidan keyingi qarindoshlari, basharti, agar ularning nasl-
nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan o‘zidan oldingi qarindoshlari O‘zbekiston
Respublikasi hududida yashayotgan bo‘lsa hamda O‘zbekiston Respublikasining
fuqarolari bo‘lsa;
yolg‘iz ota yoki ona — bolani tarbiyalayotgan ota (ona), basharti bolaning tug‘ilganligi
to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlarda ota-onasidan biri haqidagi ma’lumotlar mavjud
bo‘lmasa yoxud bunday ma’lumotlar tarbiyalayotgan otaning (onaning) so‘zlariga
asosan kiritilgan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
identifikatsiyalovchi ID-kartasi (bundan buyon matnda identifikatsiyalovchi karta deb
yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasi hududida identifikatsiyalovchi karta egasining
shaxsini va fuqaroligini, shuningdek doimiy ro‘yxatga olinganligini tasdiqlaydigan,
egasining shaxsiga doir biografik va biometrik ma’lumotlar kiritilgan elektron jismga
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5
64
Synapses:
Insights Across the Disciplines
(chipga) ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga yoki chet davlat fuqarosiga
yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga beriladigan hujjat;
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyundagi O‘RQ-696-
sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 03/21/696/0553-son)
tirikchilikning qonuniy manbai — ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar,
tadbirkorlik faoliyatidan yoki mulkdan olingan foyda, pensiya, stipendiya, alimentlar,
ijtimoiy nafaqalar, moliyaviy jamg‘armalar yoki oila a’zolari va boshqa shaxslarning
moliyaviy yordami, shuningdek boshqa qonuniy daromadlar;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxs — O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab
turgan, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan va o‘zining chet davlat
fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lmagan shaxs;
fuqarolikning o‘zgarishi — O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish yoki
tugatish;
chet davlat fuqarosi — O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo‘lmagan,
boshqa davlat fuqaroligiga va o‘zining boshqa davlat fuqaroligiga mansubligiga doir
dalilga ega bo‘lgan shaxs;
O‘zbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashovchi fuqarosi — O‘zbekiston
Respublikasidagi doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqqan hamda xorijga doimiy
yashashga chiqib ketish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirgan O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosi;
yashash — shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki uning tashqarisida
qonuniy asosda turishi;
yashash guvohnomasi — fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yoki chet davlat
fuqarosining shaxsini tasdiqlaydigan, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy
yashashga ruxsat etilganligining tasdig‘i sifatida berilgan hujjat
4-modda. O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik shaxsning davlat bilan o‘zaro huquqlari,
majburiyatlari va javobgarligi yig‘indisida ifodalanadigan hamda inson qadr-qimmati,
asosiy huquqlari va erkinliklarini e’tirof etish hamda hurmat qilishga asoslanadigan
doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining butun hududi uchun
yagona fuqarolik o‘rnatiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni bir
vaqtda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, u qanday asoslarda olinganligidan qat’i
nazar, hamma uchun tengdir.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5
65
Synapses:
Insights Across the Disciplines
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi,
e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdir.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida har bir inson fuqaro bo‘lish huquqiga egadir. Hech kim
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan mahrum qilinishi, bundan ushbu Qonunda
nazarda tutilgan hollar mustasno, yoki fuqarolikni o‘zgartirish huquqidan mahrum
qilinishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z organlari va mansabdor shaxslari orqali O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolari oldida mas’uldir, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi esa
davlat oldida mas’uldir.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishni O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda uning
hududidan tashqarida amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, O‘zbekiston Respublikasi
fuqaroligini tiklash, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish yoki O‘zbekiston
Respublikasi fuqaroligini yo‘qotish to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan farmonlar tarzida qabul qilinadi va imzolangan kundan e’tiboran
kuchga kiradi.
Foydalanauvchi adabyotlar
1.
2.
Konistitutsiya
3.
Google.com
4.
Mehnat kodekisi
5.
Fuqarolik kodekisi
