SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
158
Synapses:
Insights Across the Disciplines
HUQUQIY TARBIYA
Ibodov Matlab Baxodir oʻgʻli
DTPI Pedagogika fakulteti
Jismoniy madaniyat talabasi
Akhmedovdiyorbek7@gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu tezisda huquqiy tarbiya, uning mohiyati, ahamiyati va rivojlanish yo'nalishlari
haqida so'z yuritiladi. Huquqiy tarbiya insonning huquqiy ongini rivojlantirish,
huquqiy bilimlarini oshirish va fuqarolik mas'uliyatini yuksaltirishda muhim rol
o'ynaydi. Tezisdagi dalillar va misollar orqali huquqiy tarbiyaning jamoatchilik
hayotidagi o'rni ko'rsatiladi.
Kalit so‘zlar:
Huquqiy tarbiya, Fuqarolik, Huquqiy bilimlar, Ommaviy xabardorlik,
Ma'rifat
АБСТРАКТНЫЙ
В данной дипломной работе говорится о юридическом образовании, его
сущности, значении и направлениях развития. Юридическое образование играет
важную роль в развитии правового сознания человека, повышении его правовых
знаний, повышении гражданской ответственности. Роль юридического
образования в общественной жизни показана на доказательствах и примерах в
диссертации.
Ключевые слова:
Юридическое образование, гражданство, правовые знания,
общественная осведомленность, просвещение
ABSTRACT
This thesis talks about legal education, its essence, importance and directions of
development. Legal education plays an important role in developing a person's legal
consciousness, increasing their legal knowledge and increasing their civic
responsibility. The role of legal education in public life is shown through evidence and
examples in the thesis.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
159
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Key words:
Legal Education, Citizenship, Legal Knowledge, Public
Awareness, Enlightenment
Kirish
Huquqiy tarbiya zamonaviy jamiyatda har bir fuqaroning huquq va burchlarini
anglab olishiga, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishiga yordam beradigan muhim
omildir. Huquqiy tarbiyaning maqsadi, avvalo, shaxsni huquqiy jihatdan tayyorlash,
jamiyatda mulkini va huquqlarini himoya qilish, tenglik va adolatni ta'minlashga
qaratilgan. Ushbu tezisda huquqiy tarbiyaning zarurligi, asosiy prinsip va yo'nalishlari
bilan birga, uning amalga oshirilishi jarayoni, muvaffaqiyatlari va muammolari tahlil
qilinadi.
Huquqiy Tarbiyaning Asosiy Yo'nalishlari
1. Huquqiy bilimlarning oshirilishi
Fuqarolar uchun huquqiy bilimlarni oshirish choralarini ko'rish, mintaqaviy seminarlar,
treninglar va ta'lim dasturlari orqali amalga oshiriladi. Bu yo'nalishda muhim
vazifalardan biri - aholining huquqiy salohiyatini oshirishdir. Ommaviy xabardorlikni
oshirish va huquqiy bilimlarni tarqatish orqali jamiyatda huquqiy madaniyatni
shakllantirish maqsadga muvofiqdir.
2. Huquqiy ongni shakllantirish
Huquqiy ong va shaxsiy mas'uliyatni rivojlantirishda tarbiyaning roli juda muhimdir.
Yoshlar o'rtasida fuqarolik mas'uliyatini oshirish, xalqaro huquq, inson huquqlari va
milliy qonunlarning ahamiyatini anglashga yordam berish maqsadida keng miqyosli
dasturlar ishlab chiqilishi zarur.
3. Jamiyatda adolat va tenglikni ta'minlash
Huquqiy tarbiyaning muhim vazifalaridan biri - jamiyatda adolat, tenglik va inson
huquqlarini ta'minlashdir. Bunda kuchli huquqiy muhit yaratish, fuqarolar o'rtasida
hamjihatlik va ijtimoiy tenglikni ta'minlash muhimdir. Ijtimoiy muammolarni hal etish
va fuqarolarning huquqiy himoyasini kuchaytirish maqsadida turli tashabbuslarni
amalga oshirish lozim.
Huquqiy madaniyat – kishilarning huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan ongli
munosabat, huquqni hurmat qilish va unga rioya qilishni ifodalovchi atama. Huquqiy
madaniyatning jamiyat rivojida tutgan oʻrni va ahamiyati Prezidentimiz tomonidan
belgilab berilgan “Taraqqiyotning oʻzbek modeli”da aniq-ravshan koʻrsatib berilgan.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
160
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Huquqiy madaniyat mamlakatimizda ozod va obod Vatan, erkin va farovon
hayot qurish saʼy-harakatlari bilan uzviy bogʻliq boʻlib, har bir fuqaroning qonunlarga
qatʼiy rioya etishi, qonun boʻyicha yashashi va mehnat qilishini taqozo etadi. Huquqiy
madaniyatni takomillashtirish uchun barcha fuqarolarning siyosiy, huquqiy ongini
oʻstirish, dunyoqarashini kengaytirish, maʼnaviyatini yuksaltirish muhim ahamiyat
kasb etadi. Huquqiy madaniyat makon va zamonda farqlanib, hozirda va istiqbolda
amalga oshirilishi lozim boʻlgan manfaatlar koʻlami bilan oʻlchanadi. Huquqiy
madaniyat insonning bilim va tajribalari orqali narsa va hodisalarni, ijtimoiy-siyosiy
jarayonlarni, ularning mazmun-mohiyatini anglash, toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini farqlash
va shu asosida xulosa chiqarish imkonini beradi.
Huquqiy ong – huquqshunoslik, falsafa sohalariga oid kategoriya; huquqiy hodisalarni
aks ettiruvchi, huquqiy qadriyatlarni anglash, zarur huquqiy tartibni saqlash bilan
bogʻliq ijtimoiy guruh va individual ongga mansub tushuncha. Huquqiy ong jamiyat
hayotining ijtimoiy-iqtisodiy, uning madaniy-huquqiy, siyosiy shart-sharoitlari bilan
tavsiflanadi. Huquqiy ong – ijtimoiy va individual ongga tegishli boʻlgan, huquqiy
bilimlarni oʻz ichiga olgan gʻoyalar majmui. Huquqiy ong bilish, baholash va tartibga
solish vazifalarini bajaradi. Huquqiy ong jamiyat hayotida sodir boʻladigan voqea-
hodisa, shaxs ongida huquqiy normalarning shakllanishi va takomillashuvini ifoda
etadi. Oʻz navbatida, huquq va uning amaliyotda qoʻllanishi ijtimoiy va individual ong
mazmuniga taʼsir koʻrsatadi. Huquqiy ongning bilish, baholash va tartibga solish
vazifalarining mazmun-mohiyatida, bir tomondan, bilim va maʼrifat namoyon boʻlsa,
ikkinchi tomondan, yuksak maʼnaviyat va muayyan iroda-eʼtiqod oʻz ifodasini topadi.
Bugun jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli
islohotlar, mamlakatimizda yuz berayotgan tub oʻzgarishlarning pirovard samarasi,
oldimizda turgan ulkan maqsad-muddaolarga erishish koʻp jihatdan oʻz haq-huquqini
teran anglab yetgan, huquqiy meʼyorlarni chuqur oʻzlashtirgan va ularga qatʼiy amal
qiladigan, huquqiy ongi, bilimi va dunyoqarashi keng boʻlgan insonlarning faol
ishtirokiga bogʻliq.
Huquqiy tarbiya – jamiyat aʼzolari madaniyati va ongiga huquqiy bilimlarni turli
taʼsir vositalari orqali uzluksiz singdirib borish jarayonini ifodalovchi tushuncha.
Huquqiy tarbiya vositalariga huquqiy targʻibot, huquqiy taʼlim va amaliyot, oʻzini oʻzi
tarbiyalash kiradi. Huquqiy tarbiya keng maʼnoda, jamiyat aʼzolarining huquqiy ongi
va huquqiy madaniyatini shakllantirish, shaxs ongiga uning huquq va burchlarini
singdirish jarayonini anglatadi. Huquqiy tarbiya tor maʼnoda fuqarolarning huquqiy
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
161
Synapses:
Insights Across the Disciplines
bilim va madaniy saviyasi darajasini oshirishga xizmat qiladigan usul va
vositalarni ifoda etadi. Huquqiy tarbiyaning davlat va jamiyat taraqqiyotida hamda
fuqarolik jamiyati asoslarini qurishdagi oʻrni shaxsning, fuqarolarning huquqiy bilimi
va koʻnikmalari darajasi bilan belgilanadi. Huquqiy tarbiya mavjud tuzum, davlat va
hokimiyat organlari, mahalla, oila, tashkilotlar va ularning faoliyati orqali amalga
oshadi. Huquqiy tarbiya koʻp qirrali va murakkab jarayon hisoblanib, uning
muammolari huquqshunoslik, pedagogika va psixologiya, milliy gʻoya, maʼnaviyat
asoslari, etika va estetika kabi fanlar doirasida tadqiq etiladi. Huquqiy tarbiya
samaradorligi oila, mahalla, taʼlim-tarbiya muassasalarining maʼnaviy-maʼrifiy
sohadagi faoliyatining oʻzaro uygʻun holda amalga oshirilishi bilan belgilanadi.
Huquqiy tarbiya shakllantirishda OAV, radio, TV, huquqiy mavzulardagi kechalar,
davra suhbatlari ham muhim oʻrin tutadi. Bularning barchasi fuqarolarning birinchi
galda yoshlarning huquqiy ongi va tafakkurini oʻstirish, ularni har jihatdan barkamol
insonlar etib tarbiyalashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletovning “Jamiyatda huquqiy
tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirish
borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini eshitish haqida
“Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 10-
moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletovning “Jamiyatda huquqiy tarbiya,
huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirish borasida amalga
oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasining majlisida eshitish haqidagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish”
demokratik partiyasi fraksiyasining taklifi qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga
qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi eshituvga tayyorgarlik ko‘rilishini
hamda uning o‘tkazilishini tashkil etsin.
3. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Xulosa
Huquqiy tarbiya - jamiyatdagi barqarorlik va rivojlanish uchun zaruriy, asosiy
yo'nalishlardan biridir. U insonlar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solib, adolatni
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
162
Synapses:
Insights Across the Disciplines
ta'minlashga xizmat qiladi. Huquqiy bilimlarni oshirish, huquqiy ongni
rivojlantirish va fuqarolik mas'uliyatini yuksaltirish orqali jamiyatda huquqiy
madaniyatni shakllantirish mumkin. Buning uchun imkoniyatlardan to'liq foydalanish
zarur.
Foydalanuvchi adabyotlar;
1. "Huquqiy tarbiya: nazariya va amaliyot" - O'zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasi.
2. "Yoshlar uchun huquqiy bilimlar dasturi" - O'zbekiston yoshlar ittifoqi nashrlari.
3. "Inson huquqlari va fuqarolik jamiyati" - Ma’rifat va ta’lim.
4.
https://oyina.uz/uz/teahause/2817
5.
https://lex.uz/ru/docs/-5658549
