Authors

  • Boyto’rayev Sirojidin
    DTPI Pedagogika fakulteti Jismoniy madanyat talabasi
  • Nurbayev xurshid Erkin o'g'li
    DTPI Pedagogika fakulteti Jismoniy madanyat talabasi
  • Nosirov Alimardon Mosajon o’g’li
    DTPI Pedagogika fakulteti Jismoniy madanyat talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.63615

Keywords:

O‘zbekiston tarixi Eng yangi tarix O‘quv fani Ta’lim tizimi Mustaqillik Ijtimoiy o‘zgarishlar

Abstract

O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘quv fani predmeti, uning maqsadi va vazifalari 
haqida batafsil ma’lumot beriladi. Maqola O‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi 
tarixiy jarayonlar, ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, iqtisodiy va madaniy rivojlanish 
haqida hamda ushbu fanning ta’lim tizimidagi o‘rni va ahamiyati haqida taqriz beraadi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

227

Synapses:

Insights Across the Disciplines

OZBEKISTONING ENG YANGI TARIX O'QUV FANING PREDNIDI

MAQSAT VA VAZIFADORI NIGORI

Boyto’rayev Sirojidin

Nurbayev xurshid Erkin o'g'li

Nosirov Alimardon Mosajon o’g’li

DTPI Pedagogika fakulteti

Jismoniy madanyat talabasi

Akhmedovdiyorbek7@gmail.com

ANNOTATSIYA:

O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘quv fani predmeti, uning maqsadi va vazifalari
haqida batafsil ma’lumot beriladi. Maqola O‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi
tarixiy jarayonlar, ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, iqtisodiy va madaniy rivojlanish
haqida hamda ushbu fanning ta’lim tizimidagi o‘rni va ahamiyati haqida taqriz beraadi.

Kalit so‘zlar:

O‘zbekiston tarixi, Eng yangi tarix, O‘quv fani, Ta’lim tizimi,

Mustaqillik, Ijtimoiy o‘zgarishlar

АБСТРАКТНЫЙ:

Подробно представлена информация о предмете новейшей истории Узбекистана,
ее целях и задачах. В статье рассматриваются исторические процессы,
общественно-политические изменения, экономическое и культурное развитие
Узбекистана в годы независимости, а также роль и значение этого предмета в
системе образования.

Ключевые слова:

История Узбекистана, Новейшая история, Образование,

Система образования, Независимость, Социальные изменения

ABSTRACT:

Detailed information is provided about the subject of the newest history of Uzbekistan,
its purpose and tasks. The article reviews the historical processes, socio-political
changes, economic and cultural development of Uzbekistan during the years of
independence, as well as the role and importance of this subject in the educational
system.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

228

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Key words:

History of Uzbekistan, Latest history, Education, Education

system, Independence, Social changes

Kirish

O‘zbekistonning eng yangi tarixi, yurtimizning mustaqillikdan so‘nggi davrini
qamrab olgani bilan ahamiyatlidir. O‘zbekistonning xalqlararo munosabatlari, siyosiy
hayoti, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi, madaniyat autonomiyalashuv jarayonlari
o‘quv fani doirasida chuqur o‘rganilishi zarur. O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘quv
fani, talabalarni mustaqil fikrlashga, tarixiy jarayonlarni tahlil qilishga va ulardan
saboq olishga undaydi. Ushbu maqola orqali O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘quv
fanining maqsadi va vazifalari batafsil bayon etiladi.

O‘zbekistonning Eng Yangi Tarixi O‘quv Fanining Maqsadlari va Vazifalari

1. Maqsadlar:

- Mamlakatimizning mustaqillik davridagi taraqqiyotini, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy
o‘zgarishlarini o‘rganish.

- O‘zbekiston tarixidagi muhim voqealar va shaxslarni tahlil qilgan holda talabalarni
tarixiy tafakkur va kritikal fikrlashga o‘rgatish.

- O‘zbekiston jamoatchiligining tarixiy xotirasini shakllantirish va mustahkamlash,
yoshlarni Vatan sevgisi ruhida tarbiyalash.

2. Vazifalar:

- O‘zbekistonning mustaqilligidan oldin va keyingi davrdagi tarixiy jarayonlarni tahlil
qilish.

- Tarixiy voqealar va ularning ta’sirini ko‘rsatish, talabalarni tarixiy faktlar bilan
tanishtirish.

- O‘zbekiston tarixi orqali yosh avlodga milliy qadriyatlarni va madaniyatni tanitish.

- Talabalarni turli tarixiy manbalarni o‘rganishga jalb qilish, buning natijasida ular
mustaqil ish olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish.

Tarixiy xotira - milliy o‘ziga xoslikni tarixan idrok etishda asos bo‘lib xizmat qildi.
Ma’lumki, tarixiy xotira xazinasi millat taraqqiyotiga yordam beradigan milliy
ongning samarali kuchi sifatida ona tiliga, turmush tarziga, urf-odatlari va
madaniyatiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Bu shunchaki
ma’naviy merosni saqlab qolish uchun tarixiy qadriyatlarni jalb qilish emas, balki
ma’naviy yuksalish yo‘lini boshlash uchun xalq o‘zining ko‘p asrlik tarixiga, ming


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

229

Synapses:

Insights Across the Disciplines

yillik madaniy tajribasiga, buyuk ajdodlari merosiga murojaat qilishi va

O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qanday ma’naviy-axloqiy boyliklar bilan kirishi
kerakligini anglatadi.

O‘zbekiston tarixi, shuningdek, O‘zbekistonning eng yangi tarixi jahon

tarixining ajralmas bir qismi bo‘lib, u bizning zamonamizdagi global jarayonlar bilan
chambarchas bog‘liqdir. Eng yangi tarixni o‘rganishning muhimligi va dolzarbligi
shundaki, u mamlakatimizning ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy-ma'naviy jihatdan barqaror
rivojlanishiga ta'sir qiluvchi voqea-xodisalarni tushunishga hamda teran idrok etishga
yordam berishi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, u bizga tarixiy taraqqiyot
tendensiyalarini oldindan ko‘ra bilish va bashorat etish imkoniyatini beradi.

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishish jarayoni sobiq

sovet hududidagi boshqa mamlakatlar singari murakkab siyosiy o‘zgarishlar sharoitida
yuz berdi. Davlat mustaqilligining e'lon qilinishi mamlakatning barcha siyosiy va
ijtimoiyiqtisodiy tizimini tubdan o‘zgartirishga yo‘l ochdi.

Demokratik prinsiplarga

ko‘ra milliy davlatchilik va siyosiy tizimning asoslari shakllantirildi, ularda
hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari funksiyalari va
vakolatlari taqsimlandi. Respublikaning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotini
erkinlashtirish bosqichma-bosqich, keskin inqilobiy larzalarsiz amalga oshirildi.

Tashqi siyosatning milliy strategiyasi ishlab chiqilib, O‘zbekiston zamonaviy

xalqaro munosabatlar tizimiga munosib ravishda kira oldi.

O‘zbekiston tanlagan

mustaqil taraqqiyot yo‘li xalqimizning milliy xususiyatlari, urf-odatlari va
madaniyatini har tomonlama hisobga olgan holda, to‘plangan xalqaro

tajribadan

ijodiy foydalanishga asoslangandir.

1989 yildan 1991 yilgacha. Bu bosqich - yangi rahbarning siyosat maydonida

paydo bo‘lishi, milliy istiqlol g‘oyasining pishib etilishi, SSSRning parchalanib ketishi
negizida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bilan bog‘liq sa’y-harakatlar bilan
tavsiflanadi.

1991 - 2000 yillar. Bu - ustuvor islohotlar va o‘zgarishlardan milliy davlatchilik

asoslarini shakllantirish hamda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri.
Tarixan qisqa vaqt ichida "taraqqiyotning o‘zbek modeli" ni tanlab olish natijasida
milliy davlat shakllanishi uchun ishonchli qonunchilik va huquqiy asos yaratildi.
Davlat boshqaruvining yangi tuzilmalari yuzaga keldi, jamoat va fuqarolik
institutlarining asoslari barpo etila boshlandi, bozor iqtisodiyotiga o‘tish amalga
oshirildi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

230

Synapses:

Insights Across the Disciplines

2001-2010 yillar. Bu bosqichda - mamlakatni faol demokratik yangilash va

modernizatsiya qilish boshlandi. Bu davrning asosiy vazifasi kuchli davlatdan kuchli
fuqarolik jamiyatiga bosqichmabosqich o‘tish edi. Shu negizda siyosiy va iqtisodiy
hayotning barcha jabhalarini demokratlashtirish va liberallashtirish, davlat va jamiyat
qurilishi, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qiladigan, fuqarolarning siyosiy va
iqtisodiy faolligini oshiradigan, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantiradigan
mustaqil sud tizimini mustahkamlash jarayonlari davom etdi.

Bu bosqichda mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va

modernizatsiya qilish jarayoni davom etdi. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va
boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimini, axborot sohasini isloh
qilish, so‘z erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini rivojlantirish, demokratik
bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha
islohotlarning huquqiy asoslarini yaratish bilan tavsiflanadi.

O‘zbekistonning zamonaviy tarixining beshinchi bosqichi 2017 yildan

boshlandi. O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-2021
yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining yangi
konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu tarixiy hujjat mustaqillikni qo‘lga kiritilganidan
boshlab, mamlakatni demokratik yangilash va rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli
islohotlarni rivojlantirishni aks ettiradi, unda davlat va jamiyat rivojlanishining yangi
bosqichida modernizatsiyani yanada davom ettirishning strategik dasturi belgilab
berilgan.

Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada

demokratlashtirish, sud-huquq tizimini, axborot sohasini isloh qilish, so‘z erkinligini
ta’minlash, saylov qonunchiligini rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha islohotlar uchun huquqiy
asoslarni yaratishni davom ettirish bilan tavsiflanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha
jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori 2017 yil 30 iyunda
qabul qilingan.

O‘ZLIKNI ANGLASH – TARIXNI BILISHDAN BOSHLANADI

demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning «o‘zbek

modeli» mohiyati va mazmunini, jamiyatda barqarorlikni, millatlararo totuvlik va diniy
bag‘rikenglikni saqlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni, hozirgi dunyoda
O‘zbekistonning roli va o‘rnini chuqur o‘rganish va yaqqol ochib berish ushbu fanning
muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

231

Synapses:

Insights Across the Disciplines

O‘ZLIKNI ANGLASH – TARIXNI BILISHDAN BOSHLANADI

Ilmiy, o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va chop

etish ishlarini muvofiqlashtirish, ularda O‘zbekistonning eng yangi tarixini
umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan, shuningdek, hozirgi O‘zbekiston hududida
shakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-madaniy merosi bilan uzviy
bog‘liq holda ko‘rib chiqishni ta’minlash belgilab berilgan

O‘ZLIKNI ANGLASH – TARIXNI BILISHDAN BOSHLANADI

Fuqarolarda tarixiy xotira, milliy o‘zlikni anglash, yuksak ma’naviyat, xalqning

tarixiy an’analari, madaniy merosiga hurmat, mamlakatimiz mustaqillikka
erishganligining buyuk tarixiy ahamiyatini anglash kabi fazilatlarni shakllantirish
borasida ushbu jarayonlarning rivojlanish evolyutsiyasini ma’ruza va amaliyot
darslarida ochib berish muhim sanaladi.

Foydalanuvchi adabyotlar;

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “O‘zbekistonning
mustaqilligiga 30 yil” mavzusidagi nutqi.

2. “O‘zbekiston tarixi: Eng yangi davr” – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi nashri.

3. Rahmonov X. “Mustaqillik va yangilanish jarayonlari: O‘zbekistonning eng yangi
tarixi”.

4. O‘zbekiston tarixi fanidan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari.

5.

https://staff.tiiame.uz/storage/users/647/presentations/SFSEcXa1CJgJBnRGURWep
Mu0CnUKlDRp9Wsnyru8.pdf

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “O‘zbekistonning

mustaqilligiga 30 yil” mavzusidagi nutqi.

“O‘zbekiston tarixi: Eng yangi davr” – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar

akademiyasi nashri.

Rahmonov X. “Mustaqillik va yangilanish jarayonlari: O‘zbekistonning eng yangi

tarixi”.

O‘zbekiston tarixi fanidan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari.

Mu0CnUKlDRp9Wsnyru8.pd