SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
273
Synapses:
Insights Across the Disciplines
MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA TARIX FANI
Xaitov Dilshod
Denov Tadbirkorlik va
pedagogika instituti 4mm-24
gurux talabasi
O’qituvchi: Boyto’rayev Sirojiddin
Anotatsiya
: Mustaqillik yillarida Ozbekistonda tarix fani yangi rivojlanish
bosqichiga kirdi. Milliy mustaqillik va millat tarixiga bolgan qiziqish ortib, koplab
tadqiqotlar amalga oshirildi. Ushbu davrda tarixiy merosni organish va targib qilish
davlat siyosatining muhim qismiga aylandi.
Abstract:
During the years of independence, the field of history in Uzbekistan
entered a new stage of development. Interest in national independence and the history
of the nation increased, leading to numerous studies and research. During this period,
the study and promotion of historical heritage became a significant part of state policy.
Аннотация:
В годы независимости историческая наука в Узбекистане вошла
в новый этап развития. Увеличился интерес к национальной независимости и
истории нации, что привело к множеству исследований. В этот период изучение
и пропаганда исторического наследия стали важной частью государственной
политики.
Kalit so’zlar:
mustaqillik, millat, vatan, mustaqil davlat, O’zbekistonning yangi
tarixi
Keywords
: Independence, nation, homeland, sovereign state, the modern history
of Uzbekistan
Ключевые слова:
Независимость, нация, родина, суверенное государство,
новая история Узбекистана
Kirish
Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka
o‘rgatadi
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
274
Synapses:
Insights Across the Disciplines
O`zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligini qulga kiritish bilan
o`zbek xalqi tarixida tub burilishi sodir buldi. Milliy istiqlol goyasi o`zbek xalqining
uz huquqlari, milliy uzligini tiklashga, ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy taraqqiyot sari
yuz tutishga cheksiz imkoniyatlar yaratdi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sari yol tub
islohotlar bilan belgilangan bolsa, ma`naviy taraqqiyotga milliy ma`naviyatni tiklash
va mustaxkamlash, fan, maorif madaniyatni rivojlantirish, tafakkurga erkinlik berish
bilan asoslandi. Bu jarayonda tarix, tarixiy ong va xotira xalqqa ruxiy kuch quvvat
bagishlovchi, unga ma`naviy ozuqa beruvchi muxim omil sifatida maydonga chiqdi.
O`zbek xalqining xaqqoniy tarixini tiklash va xalqni shu tarix bilan qurollantirish
zaruriyati kun tartibidagi dolzarb vazifaga aylandi.Zero Mustaqillikka qadar, ya`ni
mustabid tuzum xukmronligi sharoitida xaqqoniy tarixni tiklash va uni xalqqa
etkazishga yul berilmadi. Chunki mustabid tuzum manfaatlariga xizmat qilgan
kommunistik mafkura va uning tazyiqi ostida bulgan sovet tarixshunosligining uslubiy,
nazariy, goyaviy asoslari xaqqoniy tarixni yoritishga imkon bermas edi. Ular xalq
tarixini emas, marksizm, leninizm ta`limotini , sinfiy kurash goyalarini va
kommunistik mafkura aqidalarini targib etishga buysundirilgan edi. Bu goyalar va
aqidalar jamiyat taraqqiyot qonunlariga, xalqning tabiatiga, real voqelikka zid bulib
ularni nafaqat xayotdan balki utmishdan xam izlash mutlaqo befoyda edi.
SHunga qaramay, mazkur ta`limot aqidalariga va tamoyillariga asoslangan sovet
tarixshunosligida nafaqat o`zbek xalqining balki jahon tarixinini xam juda kup muxim
masalalarai mutlaqo notugri buzib talqin etildi.Natijada tarixiy xaqiqat yashirilib xalq
uz utmishidan va demak, uzligidan uzoqlashtirildi.
Ozlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi.
Bu ulkaga xasad va tajovuz kuzi bilan karagan mardona xalqni kuch tabiiy
zaxiralarini uziniki kilishga jon-jaxdi bilan intilgan bosqinchilar juda kup bulgan.
Sobik Shuro saltanati yillarida eng qadimgi davrlardan to XIX asr ikkinchi
yarmiga qadar tariximiz soxtalashtirildi.
Prezidentimiz I.Karimov bu xaqida «O`zbekistonning o`zbek xalqining bugun
keng om maga etkazishga arziydigan xaqqoniy tarixi yaratildimi, yukmi?Sovet davrida
yozilgan tarixni men tarix sanamayman, uzgalar yozib bergan tarixni uqitishga mutlako
qarshiman, mustamlakachi uziga qaram bulgan xalq xaqida kachon xolis, adolatli fikr
aytgan? Ular bor kuch-gayratlarini Turkistonni kamsitishga, bizni tariximizdan judo
qilishga sarflaganlar. Tarixdan judo bulish nimaligini yaxshi bilsangiz kerak. Inson
uchun tarixdan judo bulish xayotdan judo bulish demakdir.»-deb juda urinli uqdirgan
edilar.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
275
Synapses:
Insights Across the Disciplines
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida chor Rossiya
xukmronligi davrida Turkischtonda mustamlakachilik siyosati xukm surdi.Mahalliy
axolini xorlash, qatagon etish shurolar davrida yanada kuchaydi. SHu tariqa
Turkistonda mustaqil davlatchilikni paymol etgan, til, madaniyat va urf-odatlar va
milliy qadriyatlarni oyoq osti qilgan mustabid tuzum 130 yil xukmronlik qildi.
Inson uchun tarixidan judo bolish-hayotdan judo bolish demakdir
Endilikda, O`zbekiston mustaqil davlat sifatida xalqaro maydonga qadam
qoygan damlarda kechagi kunga nazar tashlash, sunggi mustamlakachilik asoratini
urganish ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy jihatdan muxim axamiyat kasb etadi. CHunki
millatni asrash uning xaqiqiy tarixini urganish, avaylab ximoya qilish kerak buladi.
Podsho Rossiyasi shuningdek mazlum xalqlarnii ezish va xunrezlik qilishda
uning davomchisi bulgan sobiq shuro xukmronligi yillarida mustamlaka respublikalar
xususan, O`zbekiston ittifoqning xom ashyo manbaiga aylantirilgan edi.
Mustaqillikning ilk yillaridanok ulka boyliklarini ommaviy talon-taroj qilish
oqibatlariga chek quyishga kirishildi.
Respublika Prezidenti I.Karimov 1991 yildayoq SSSR ning tarqalib ketishi va
o`zbek xalqining mustaqillikni kulga kiritishi tasodifiy xodisa bulmasdan uning chuqur
tarixiy ildizga ega ekanligini asosolab berdi.
2.
O`zbekiston mustaqillikka erishgach tarixshunoslik fanida yangi saxifa
ochildi. Ayniqsa bu borada Prezident I.Karimovning 1996 yil 18 sentyabrdagi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi
akademiyasi qoshida «O`zbekistonning yangi tarixi markazini tashkil etish
tugrisida»gi farmoyishi va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1996
yil 16 dekabrdagi qaror goyat katta dastur amal ahamiyatga ega boldi. Mazkur tarixiy
xujjatlarda O`zbekistonning yangi tarixini tayyorlashdek ulkan vazifa quyildi, buni
amalga oshirishda XIX asrning urtalaridan xozirgi kungacha xalqimiz xayotida sodir
bulgan tarixiy voqealarni, bosqichlarni va ozgarishlarni tula qamrab olishga e`tibor
berish aloxida ta`kidlandi.
Tarix xalq manaviyatining asosidir
Mustaqillikning dastlabki yillari rivojlanish nuqtai nazaridan tarix fani uchun
birmuncha ogir kechdi. Mustaqil davlat qurilishida u chinakamiga asos va tayanch
bola olmadi. Buning sababi tarixchilar ortasida fikrlar mushtarakligi va haqiqiy
birlikning yoqligida edi. Yondashuvlarning turli-tumanligi, fikrlar tarqoqligi, tari-xiy
xususiyat, yani qolga kiritilgan mustaqillikni tarixan asoslay olmaslik, eskicha ish
tartibi, keksa va yosh kadrlar ortasidagi ziddiyat - bularning barchasi nafaqat zamon
talabiga javob bermas, ayni paytda, umuman tarix fani rivojini toxtatib qoygan edi.
Xuddi shu vaziyatda 1998 yilning iyun oyida mamlakat Prezidenti I.A.Karimov bir
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
276
Synapses:
Insights Across the Disciplines
guruh yetakchi tarixchi olimlar va ommaviy axborot vositalari vakillari
bilan uchrashdi.
Ushbu uchrashuvda Prezident tomonidan tarixchilar oldiga katta va asosiy vazifalar
qoyildi:
1. Ozbekiston tarixini organishning konsepsiyasi qanday bolishi kerak?
2. Ozbek xalqining kelib chiqishi va davlatchiligi tarixini qanday organish
kerak?
3.Zamonaviy tarixchining qiyofasi qanday bolishi kerak.?
4. Ozbek davlatchiligi tarixi qachondan boshlangan?
Qoyilgan masalalarni hal qilish uchun tarix fanining metodologik asoslarini
tubdan ozgartirish zarur edi. Prezident suhbatidan keyin elon qilingan O`zbekiston
Reslublikasi Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston Reslublikasi Fanlar akademiyasi
Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish togrisida» gi qarori (1998 yil 27 iyul)
tarix fanining vazifalarini strategik jihatdan ozgartirish uchun asos boldi ) Tabiiyki,
mamlakat Prezidenti tomonidan qoyilgan vazifalar bir institutgagina taalluqli
bolmay, faqat uning jamoasi kuchi bilan bajarilmas edi. Keyingi yillarda institut
mamlakatimizdagi barcha tarixchilarni oz atrofiga birlashtirib, hakiqatda ilmiy
tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi oziga xos markazga aylandi. Ularning say-
harakati bilan ozbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Tarixchi va arxeolog olimlarning birgalikdagi mehnati mahsuli bolmish
Ozbekiston davlatchilig'i tarixiga bagishlangan ozbek va rus tillaridagi ilk kitob
bu yonalishdagi ishlarning natijasi boldi. Bu yonalishdagi ilk qadamlar mazkur
mavzuning sovet davrida taqiqlangani va organilmagani tufayli muayyan
qiyinchiliklar bilan birga kechdi.
Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 24 iyuldagi «O`zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish tugrisida»gi qaror xam o`zbek
tarixshunosligining bundan buyon yunalishini belgilab olishda, o`zbek milliy
davlatchiligi tarixini tadqiq etishda muxim axamiyat kasb etmoqda.
I.Karimovning 1998 yil 26 iyunda bir gurux tarixchi olimlar, jurnalistlar, ijodiy
soxa xodimlari bilan bulgan uchrashuvda bildirgan fikr-goyalari, 1999 yil 2 fevralda
«Turkiston» gazetasi muxbirining savollariga bergan javoblari xam kundan-kun dasturi
amal kontseptual axamiyatga ega bulib, ular o`zbek tarixshunosligining xozirgi
taraqqiyotini va bundan keyingi asosiy ustuvor yunalishlarini belgilab bermoqda.
Mustaqillik yillarida tarixchi olimlarimiz tomonidan bir talay tarixiy asarlar
chop qilindi. Ulardan ayrimlarini kurib chiqamiz:
Axmedov B. O`zbekiston xalqlari tarixi manbalari. 1991 y.
Axmedov B. Tarixdan saboklar. 1994 y.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
277
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Saidkulov T. Orta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan
lavxalar. 1993 y.
Karimov SH., SHamsiddinov R. Turkiston Rusiya bosqini davrida. 1995 y.
Kamoliddinov S. Istoricheskaya geografiya YUjnogo Sogda i Toxaristana po
araboyazichnim istochnikam IX nachalo XIII veka. 1996 g.
CHoirov Z. Turkiston mardikorlari: safarbarlik va uning okibatlari (1916-1917
yillar) 1999 y.
Raximov J. O`zbekiston tarixini urganishda arxiv manbalaridan foydalanish. 1995
y.
Bobobekov X. Quqon tarixi. 1996 y.
O`zbekiston tarixini urganish va uqitishning dolzarb masalalari. 1993 y.
O`zbekistonning yangi tarixi(Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida)
2000y
Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan bir vaqtda uning tarkibida
Tarix institute tashkil etилди. Bu tarix oldida qisqa bir muddat bo’lishiga qaramay, tub
o’zgarishlar sodir bo’lganligi jihatidan butun bir davrga teng: bir tuzumikkinchisi bilan
almashdi va shunchaki almashib qolmadi-qadimiy ildizlariga ega bo’lgan, boyva
bebaho madaniyat yaratgan mamlakat mustaqillikga erishdi, jahon hamjamiyatiga teng
huquqli azo sifatida kirib, ozining oziga xos taraqqiyot yulini tanladi.
3.
Mustaqillikning 20 yili davomida barcha sohalarda, shu jumladan, fan va
uning yetakchi yunalishlaridan biri bolgantarix fanida ham katta va tub ozgarishlar
yuz berdi. Bu ozgarishlar va yutuqlar birinchi navbatda butun yil davomida tarix
fanining bayroqdori bolib kelgan OzR FA Tarix institute faoliyati bilan bogliq.
Bu mashaqqatli yulda tarixchilarning ozlari ham, ularning ilmiy tadqiqotlari ham
sovet hukumati mafkurachilarning tazyiqlarini boshdan kechirishlariga togri keldi.
Bu orinda Amir Temurning tarixda tutgan ornini xolis baholash va uni buyuk
sarkarda hamda davlat arbobi sifatida korsatishga uringani uchun taniqli olim,
akademik Ibrohim Mominovning kuchli tazyiqlarga duchor bolganligi yaqqol
misol bula oladi. Shunga qaramay, ayni shu davrda tarix fanida,ayniqsa qadimgi va
orta asrlar tarixi hamda arxeologiyada katta yutuqlar qulga kiritildi.
Institute olimlari tomonidan Ozbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti
bilan bogliq ilgari malum bolmagan va oqilmagan juda katta miqdordagi
kolyozmalar ilmiy muomilaga kiritildi, arxeologoya sohasida Ozbekiston zaminida
eng qadimgi madaniyat avtoxton tarzda taraqqiy etgani va u rivojlangan
sivilizatsiyaning mahsuli ekanligini kursatishga imkon beradigan muhim kashviyotlar
amalgam oshirildi. Bunda Ozbekiston arxeologiya va umuman tarix fanining
shakillanishiga raxbarlik qilgan akademik Yahyo Gulomovning hissasi beqiyos.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
278
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Bugina emas. Uning qattiyati, har qanday vaziyatda ham oz-oziga va
fanga sodiq qodirligi tufayli koplab arxeologik, tarixiy yodgorliklar hamda obyektlar
saqlab qolindi.
Otgan yillar mobaynida tarix instituti ozbek xalqi etnografiyasini
organish markaziga aylandi. Bu ishga M.S.Andreev, O.A.Suxareva,
K.Sh.Shoniyozov kabi taniqli olimlar ozlarining katta hissalarini qoshdilar. Mazkur
dargohda faoliyat kursatayotgan ularning shogirtlari oz ustozlarini hali-hanuz alohida
hayajon bilan esga oladi. Aynan shu yillarda ozbeklarining oilasi va turmush tarzi,
kasb-hunari, urf-odatlarini organish boshlandi. Albatta, bu soha ham komunistik-
atiestik qoliblar doirasidan tashqariga chiqolmadi. Bunday qiyinchiliklarga qaramay,
tariximizning mustamlaka va sovetdavrini tadqiq etishda muayyan yutuqlarga erishildi.
Bu borada nomlari Ozbekistondan tashqarida ham mashhur bolgan H.Z.Ziyoev va
R.H.Aminova kabi olimlarning hizmatlari katta boldi.
OzR FA Tarix institute kadrlar tayyorlash buyicha Orta Osiyoda hamisha
birinchi orinni egallab kelganligini alohida takidlab otish joiz. Tarix fanining
koolab yunalishlari boshqa respublikalarda rivojlanmagan edi, shuning uchun institut
yitakchi olimlarining shogirtlari orasida qozoqlar, qirgizlar, turkmanlar va boshqa
millat tarixchilari ham bolib ular hozirda oz mamlakatlarining fan sohasida
qizgin faoliyat korsatmoqdalar.
Bu, xususan, B.V.Lunin rahbarlik qilgan tarixnavislik yunalishi ga tegishli. U
biobibliografiya va tarixnavislikka oid koplab tadqiqotlar muallifi.
Mavzuga oid adabiyotlar
:
-
Karimov I . O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. T 1992 yil.
-
Karimov I.Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. T. 1998 yil
-
Karimov I.O'zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yili. T. 2007 yil.
-
Karimov I. Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch. T 2008 yil.
-
Karimov I. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror
rivojlantirish yoli. T . 2009 . 16 jild.
-
Karimov I. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T . 2010
-
«Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatini
takomillashtirish tugrisida» Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining
qarori. «Xalq so zi» 1998 yil 25 iyul .
