Authors

  • Azizbek Bo‘riboyev
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Kechki ta’lim va Magistratura fakulteti, Makroiqtisodiyot yo‘nalishi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.63641

Keywords:

inflyatsiya

Abstract

Iqtisodiy o‘sish – bu to‘liq bandlik sharoitida iqtisodiyotning potensial ishlab chiqarish darajasining uzoq muddatli o‘sish jarayonini anglatadi. U haqiqiy va potensial yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmining oshishi bilan ifodalanadi.
Iqtisodiy o‘sishning tabiati, ayniqsa, resurslardan samarali foydalanish va ularni optimal taqsimlashni ta'minlash bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga qaratilgan.
Shuning uchun iqtisodiy o‘sish omillarini o‘rganish va ularning samaradorligini tahlil qilish jamiyat uchun juda muhim masala hisoblanadi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

366

Synapses:

Insights Across the Disciplines

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINI IJTIMOIY-IQTISODIY

RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI

Bo‘riboyev Azizbek Aliyor o‘g‘li

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,

Kechki ta’lim va Magistratura fakulteti, Makroiqtisodiyot yo‘nalishi magistranti

E-mail:

azizbekpsg10@gmail.com

Annotatsiya:

Iqtisodiy o‘sish – bu to‘liq bandlik sharoitida iqtisodiyotning

potensial ishlab chiqarish darajasining uzoq muddatli o‘sish jarayonini anglatadi. U
haqiqiy va potensial yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmining oshishi bilan ifodalanadi.
Iqtisodiy o‘sishning tabiati, ayniqsa, resurslardan samarali foydalanish va ularni
optimal taqsimlashni ta'minlash bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga qaratilgan.
Shuning uchun iqtisodiy o‘sish omillarini o‘rganish va ularning samaradorligini tahlil
qilish jamiyat uchun juda muhim masala hisoblanadi.

Iqtisodiy o‘sish mamlakatda real daromadlarning o‘sishi, shuningdek, har bir

aholi uchun to‘g‘ri keladigan real daromadning oshishi bilan bog‘liq. Shu boisdan,
iqtisodiy o‘sish ikki asosiy usulda o‘lchanadi. Birinchi usulda, iqtisodiy o‘sish real
YaIM ning o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishini ifodalaydi va bu o‘zgarish
mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlarining dinamikasini ko‘rsatadi. Har bir
mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki u birinchidan, milliy mahsulot va
daromadning ko‘payishiga, ikkinchidan, resurslardan yanada samarali foydalanishga,
uchinchidan, yangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning yuzaga kelishiga, to‘rtinchidan esa,
xalqaro bozorlarda mamlakatning obro‘ va mavqeyining oshishiga olib keladi.

Kalit so‘zlar:

inflyatsiya, byudjet taqchilligini, yalpi ichki mahsulot, iqtisodiy

o'sish, real daromad, moliyaviy barqarorlik.

KIRISH

2017-2021 yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi

doirasida, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini tubdan isloh etishga
qaratilgan 300 dan ortiq qonun va 4 mingdan ziyod Prezident qarorlari qabul qilindi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

367

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Ushbu davrda inson huquqlarini ta'minlash, davlat organlarining javobgarligini
kuchaytirish va fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyatini rivojlantirish borasida
tizimli ishlar amalga oshirildi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Milliy iqtisodiyotni isloh qilish yo'lida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini

liberallashtirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, xususiy mulk daxlsizligini
ta'minlash, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda
hududlarni jadal rivojlantirish bo'yicha samarali choralar ko'rildi. Fuqarolarning
ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag'allikni qisqartirish mamlakat siyosatining
ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib, aholi uchun yangi ish o'rinlari, malakali tibbiy va
ta'lim xizmatlari, shuningdek, munosib yashash sharoitlari yaratishga alohida e'tibor
qaratildi. So'nggi besh yillik islohotlar natijasida, Yangi O'zbekistonni barpo etish
uchun zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma'rifiy asoslar yaratildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Iqtisodiy adabiyotlarda YaIM iqtisodiy kategoriya sifatida chuqur tahlil qilingan

va uning xususiyatlari haqida ilmiy xulosalar berilgan. P. Samuelsonning fikriga ko'ra,
"YaIM – mamlakat miqyosida tovarlar va xizmatlar yalpi ishlab chiqarish hajmini aks
ettiruvchi ko'rsatkich bo'lib, joriy yilda mamlakat miqyosidagi iste'mol, yalpi
investitsiya, davlat xaridlari va sof eksportlar yig'indisiga teng". Rossiyalik olim S.S.
Nosova YaIMni "bir yil davomida mamlakat hududida barcha iqtisodiyot tarmoqlarida
yaratilgan oxirgi tovar va xizmatlarning bozor qiymati" sifatida ta'riflaydi. V.V.
Zolotachuk esa YaIMni iqtisodiyotda yaratilgan qo'shilgan qiymatlar yig'indisi sifatida
qaraydi va bozor narxlari o'rtasidagi farqni ifodalaydi.

O'zbekistonlik olimlar A. Mamatov, A. O'lmasov va A. Vaxobovlar YaIMni

"mamlakat hududida ma'lum davrda yaratilgan barcha tovar va xizmatlarning bozor
qiymati" deb ta'riflaydilar. Ular YaIMni o'lchashda qayta ishlanadigan mahsulotlar
emas, balki iste'molga tayyor bo'lgan mahsulotlar qiymati hisobga olinadi.
Shuningdek, YaIMga xorijda yaratilgan tovarlar kirmaydi, faqat mamlakat hududida
yaratilganlar hisobga olinadi.

Professor N.To'xliyev YaIMni "mamlakat rezidentlari tomonidan ishlab

chiqarilgan pirovard mahsulotlar va xizmatlarning bozor narxidagi umumiy qiymati"
sifatida ta'riflaydi. U, shuningdek, YaIM hajmi ko'plab omillarga ta'sir qiladi deb
ta'kidlaydi. Bizning fikrimizcha, YaIM – bu ishlab chiqarish omillarining milliy


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

368

Synapses:

Insights Across the Disciplines

iqtisodiyotga tegishli bo'lishidan qat'i nazar, ma'lum bir davr mobaynida mamlakat
hududida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarilgan hamma tovar va
xizmatlarning bozor qiymatini ifodalovchi ko'rsatkichdir.

YaIM iqtisodiyotning rivojlanish yakunini ko'rsatadigan muhim ko'rsatkich

hisoblanadi. Uning mazmuni iste'mol qiymati nuqtai nazaridan jami yakuniy tovar va
xizmatlarning qiymati, qayta yaratilgan qiymat va asosiy fondlar amortizatsiyasini
ifodalaydi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Ma'lumki, jahon amaliyotida mamlakatlarning yillar bo'yicha ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanishi ularda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning o'sish sur'atlari
orqali aniqlanadi. YaIMning o'sish sur'ati odatda oldingi yilga nisbatan foizlarda
o'lchanadi. Jumladan, O'zbekistonda 2023 yilda yalpi ichki mahsulot oldingi yilga
nisbatan 6,0 foizga o'sib, uning mutlaq hajmi 1 066 569,0 mlrd. so'mga teng bo'lgan.

O'zbekistonda YaIMning o'sish sur'atlari barqaror tarzda bormoqda. Agar

o'rtacha o'sish sur'atlari 2000-2003 yillarda 4 foizdan, 2004-2006 yillarda 7,3 foizdan,
2007-2008 yillarda esa 9,2 foizdan yuqori darajada kuzatilgan bo'lsa, ushbu ko'rsatkich
2009-2016 yillar davomida 8 foizdan yuqori bo'lib, 2019 yilda esa 5,6 foizni tashkil
etgan. Faqat koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta'siri natijasida 2020
yilda YaIMning o'sish sur'ati oldingi yilga nisbatan 1,6%ni tashkil etgan.

Albatta, bu o'rinda dunyodagi murakkab vaziyat – jahon moliyaviy-iqtisodiy

inqirozi, koronavirus pandemiyasining ro'y berishi, uning jahondagi barcha
mamlakatlar, jumladan, O'zbekiston iqtisodiyotiga ham salbiy ta'sirini e'tibordan
chetda qoldirmaslik kerak.

Chunki, mamlakatimizda chuqur o'ylangan holda ishlab chiqilgan hamda izchil

ravishda olib borilayotgan samarali iqtisodiy siyosat global inqirozning
iqtisodiyotimizga salbiy ta'sirini ahamiyatli darajada “yumshatib”, shunday murakkab
sharoitda ham ushbu omillarni to'g'ri aniqlab, ularni o'z vaqtida YaIMning yuqori va
barqaror o'sish sur'atlarini saqlanib qolishini ta'minladi.

Shunga ko'ra, agar jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ro'y bermaganida

O'zbekistondagi o'sish sur'atlari yanada yuksakroq bo'lardi, deyishga yetarli asos bor.
Ta'kidlash joizki, iqtisodiy o'sishga ta'sir ko'rsatuvchi, uning yuqori sur'atlarini
ta'minlovchi omillar juda ko'p. Asosiy jihat – harakatga keltirish hisoblanadi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

369

Synapses:

Insights Across the Disciplines

O'zbekistonda o'tgan 2 yilda barqaror va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlagan omillar
qatorida quyidagilarni keltirish mumkin.

XULOSA VA TAKLIFLAR

YaIM (Yalpi Ichki Mahsulot)ning to'g'ri va aniq hisoblanishi har bir

mamlakatning iqtisodiy qudratini, uning global miqyosda qanday o'rin egallashini va
jahon iqtisodiyotidagi pozitsiyasini belgilab beradi. Shu sababli, har bir davlat o'z
hududida yaratilayotgan tovarlar va xizmatlar hajmini imkon qadar to'liq va aniq
hisoblashga intiladi. YaIMni aniq hisoblash mamlakatning iqtisodiy holatini, ishlab
chiqarish quvvatlarini va resurslardan samarali foydalanish darajasini ko'rsatadi.
Shuningdek, bu ko'rsatkich mamlakatlar orasidagi iqtisodiy raqobatbardoshlikni va
ularga jahon bozoridagi savdo aloqalarini kengaytirish imkoniyatlarini aniqlashga
yordam beradi.

Bugungi kunda dunyo miqyosida barcha mamlakatlarga YaIMni hisoblashning

yangi va zamonaviy usullariga o'tish zarurati qo'yilmoqda. Bu o'zgarishlar milliy
hisoblar tizimining yangilanishi bilan bog'liq. Milliy hisoblar tizimi, o'zgarayotgan
iqtisodiy sharoitlar, texnologiyalar va ilmiy yutuqlarni hisobga olishga muhtoj bo'lib,
bu tizimda amalga oshiriladigan asosiy o'zgarishlar quyidagi jihatlarni o'z ichiga oladi:

1.

Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning oraliq iste'moldan yalpi

investitsiyalar sifatida hisobga olinishiga o'tish: Bugungi kunda ilmiy va texnologik
ishlanmalarning iqtisodiyotda o'zgaruvchan roli yuksalmoqda. Bunday tadqiqotlar va
ishlanmalarning natijalari tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda muhim o'rin tutadi.
Ularning hisobga olinishi, iqtisodiyotning innovatsion va texnologik jihatdan
rivojlanishini aks ettiradi.

2.

Uy-joy egalari tomonidan yaratiladigan va iste'mol qilinadigan shartli

rentani hisobga olish: Uy-joy bozoridagi o'zgarishlar, shu jumladan uy-joylar
qiymatining o'sishi va ularning iste'mol qilishdagi roli, YaIMni hisoblashda muhim
omil hisoblanadi. Uy-joylar va ularning iste'moli mamlakat iqtisodiyotida katta
ahamiyatga ega, shuning uchun bu jihatni hisobga olish yanada aniqroq iqtisodiy
tasavvur yaratadi.

3.

Harbiy xarajatlarni yalpi kapital qo'yilmalar sifatida hisobga olish: Harbiy

xarajatlar, ayniqsa zamonaviy davrda, nafaqat milliy xavfsizlikni ta'minlash, balki
iqtisodiy taraqqiyotga ham ta'sir ko'rsatadi. Harbiy xarajatlar to'g'risidagi


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

370

Synapses:

Insights Across the Disciplines

ma'lumotlarni kapital qo'yilmalar sifatida hisoblash, ularning iqtisodiy va moliyaviy
ahamiyatini to'liq aks ettiradi.

4.

Moliyaviy xizmatlarni hisobga olishni takomillashtirish: Moliyaviy

xizmatlar, jumladan banklar, sug'urta kompaniyalari va boshqa moliyaviy institutlar
tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar iqtisodiyotda muhim rol o'ynaydi. Bu
xizmatlarni YaIM hisobida to'liq va aniq aks ettirish, mamlakat iqtisodiyotining
raqobatbardoshligini va barqarorligini ta'minlash uchun zarur.

Yuqorida keltirilgan o‘zgarishlar milliy hisoblar tizimining yanada aniqroq va

mukammal bo'lishiga xizmat qiladi. Bu esa o'z navbatida, mamlakatning iqtisodiy
o'sish sur'atlarini yuqori darajada baholashga yordam beradi. YaIMni hisoblashda
amalga oshirilgan yangilanishlar nafaqat iqtisodiy ko'rsatkichlarni yaxshilash, balki
xalqaro miqyosda davlatlarning iqtisodiy holatini yanada aniqroq tasavvur qilish
imkonini beradi.

Shu sababli, mamlakatimizda ham YaIM hisoblashning zamonaviy

metodologiyalarini joriy etish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi o'zgarishlarni
hisobga olish va yangilangan tizimlarni amaliyotga tadbiq etish zarur. Bu nafaqat
iqtisodiy tahlilni yanada to'liq va aniq qilish, balki mamlakatimizning jahon
iqtisodiyotidagi o'rnini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Samuelson, P. A., & Nordhaus, W. D. (2010). Economics (19th ed.). McGraw-

Hill Education.

2.

Nosova, S. S. (2014). The national income and the economy. Moscow:

Economics Publishing House.

3.

Zolotachuk, V. V. (2009). Theory of national economy and national income

accounting. Kyiv: Kyiv University Press.

4.

Mamatov, A. (2015). National income and its role in economic analysis.

Tashkent: Uzbekistan Publishing House.

5.

O'lmasov, A., & Vahobov, A. (2013). Economic growth and national income:

theoretical aspects. Tashkent: Finance and Economics Publishing House.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

371

Synapses:

Insights Across the Disciplines

6.

To'xtiyev, N. (2011). National income and its indicators. Tashkent: Academic

Publishing House.

7.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot

Strategiyasi" (2022). 28-yanvar PF-60-son Farmoni.

8.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2019). Iqtisodiy tahlil va milliy

hisoblar tizimi. Tashkent: Moliya va Iqtisodiyot Vazirligi.

References

Samuelson, P. A., & Nordhaus, W. D. (2010). Economics (19th ed.). McGraw- Hill Education.

Nosova, S. S. (2014). The national income and the economy. Moscow: Economics Publishing House.

Zolotachuk, V. V. (2009). Theory of national economy and national income accounting. Kyiv: Kyiv University Press.

Mamatov, A. (2015). National income and its role in economic analysis. Tashkent: Uzbekistan Publishing House.

O'lmasov, A., & Vahobov, A. (2013). Economic growth and national income: theoretical aspects. Tashkent: Finance and Economics Publishing House

To'xtiyev, N. (2011). National income and its indicators. Tashkent: Academic Publishing House.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi" (2022). 28-yanvar PF-60-son Farmoni.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2019). Iqtisodiy tahlil va milliy hisoblar tizimi. Tashkent: Moliya va Iqtisodiyot Vazirligi.