Authors

  • Allaberganov Ixtiyor Baxtiyorovich
    Xonqa tumani IIB boshliĝi podpolkovnik

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.63646

Keywords:

qiyin o‘smirlar psixologik tavsif tarbiya o‘sish davri ijtimoiy munosabatlar psixologik muammolar ota-onalar bilan muloqot ijtimoiy adaptatsiya

Abstract

Ushbu maqolada tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar va ularning psixologik 
tavsifi haqida so‘z yuritiladi. O‘smirlik davri, shaxsning rivojlanishida muhim bosqich 
bo‘lib, bu davrda o‘smirlar ko‘plab ichki va tashqi omillar ta’sirida qiyinchiliklarga 
duch keladilar. Maqolada «qiyin» o‘smirlarning xususiyatlari, ularning psixologik 
holati, ijtimoiy munosabatlari va tarbiyaviy yondashuvlar haqida tahlil qilinadi. 
Maxsus e’tibor berilishi kerak bo‘lgan masalalar orasida o‘smirlarning ishonchni 
yo‘qotishi, ota-onalar va pedagoglar bilan muloqotdagi muammolar va ijtimoiy 
adaptatsiya jarayonlari keltiriladi. Ushbu tadqiqot natijalari tarbiya jarayonini samarali 
tashkil etishda yordam berishi mumkin


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

381

Synapses:

Insights Across the Disciplines

TARBIYASI «QIYIN» O‘SMIRLAR VA ULARNING PSIXOLOGIK TAVSIFI

Xonqa tumani IIB boshliĝi podpolkovnik

Allaberganov Ixtiyor Baxtiyorovich

Annotatsiya

: Ushbu maqolada tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar va ularning psixologik

tavsifi haqida so‘z yuritiladi. O‘smirlik davri, shaxsning rivojlanishida muhim bosqich
bo‘lib, bu davrda o‘smirlar ko‘plab ichki va tashqi omillar ta’sirida qiyinchiliklarga
duch keladilar. Maqolada «qiyin» o‘smirlarning xususiyatlari, ularning psixologik
holati, ijtimoiy munosabatlari va tarbiyaviy yondashuvlar haqida tahlil qilinadi.
Maxsus e’tibor berilishi kerak bo‘lgan masalalar orasida o‘smirlarning ishonchni
yo‘qotishi, ota-onalar va pedagoglar bilan muloqotdagi muammolar va ijtimoiy
adaptatsiya jarayonlari keltiriladi. Ushbu tadqiqot natijalari tarbiya jarayonini samarali
tashkil etishda yordam berishi mumkin.

Kalit so'zlar

: qiyin o‘smirlar, psixologik tavsif, tarbiya, o‘sish davri, ijtimoiy

munosabatlar, psixologik muammolar, ota-onalar bilan muloqot, ijtimoiy adaptatsiya

Agar o‘smirlik yoshining klassik tadqiqotlariga nazar soladigan bo‘lsak, unda turli
xil nazariyalar, farazlar va fundamental izlanishlar borligini ko‘rish mumkin. O‘smirlik
yoshiga xos yorqin psixologik konsepsiyalardan biri XX asrning boshlarida L. S.
Vigotskiy tomonidan yaratilgan madaniy-tarixiy nazariya bo‘lib, unda o‘smir
psixologiyasidagi barqaror va tarixiy o‘zgaruvchanlik, uning fenomenlariga oid ilmiy
konsepsiyalarning interpretatsiyasi berilgan [ 2; 57 ].
O‘smirlik davrining yirik tadqiqotchilaridan yana biri – nemis faylasufi va psixologi
E. Shpranger o‘smirlik yoshi qizlarda 14-21, o‘g‘il bolalarda 13-19 yoshlargacha
davom etishini, uning birinchi bosqichi 14-17 yoshlarga to‘g‘ri kelib, bu yoshda
bolalikdan qutilish sodir bo‘lishini ta’kidlaydi [ 2; 59].
O‘smirlik yoshini «pubertat davr» deb atagan Sh. Byuler ishlarida ushbu davrning
biologik mohiyati ochib berilgan. Pubertat davr biologik o‘sish davri hisoblanib, jinsiy
yetilish o‘z nihoyasiga yetadi, ammo jismoniy rivojlanish davom etadi. U pubertat
davrni ikkiga: psixik va jismoniy davrlarga ajratadi. O‘smirning yetilishiga ta’sir
etuvchi tashqi va ichki qo‘zg‘atuvchilar undagi o‘zidan o‘zi qoniqish va xotirjamlikni
izdan chiqarib, uni o‘zga jinsni qidirishga undaydi. Biologik yetilish o‘smirni
izlanuvchan qilib qo‘yadi va uning «men»ida «u» bilan uchrashish istagi tug‘iladi. Sh.
Byuler psixik pubertatlikni tanadan farqlashga harakat qiladi. Uning fikricha, jismoniy


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

382

Synapses:

Insights Across the Disciplines

yetilish o‘g‘il bolalarda o‘rtacha 14–16,qiz bolalarda esa 13–15 yoshlarga to‘g‘ri keladi
[ 2; 61 ].
Albatta, bunday farqlashlarda shahar va qishloq, alohida mamlakatlar va hatto
iqlimning ta’siri ham hisobga olinadi. Pubertatlikning quyi chegarasi 10–11
yosh,yuqori chegarasi 18 yosh bo‘lishi kerak. Shu ma’noda o‘smirlik yoshi
dunyoqarash, e’tiqod, nuqtai nazar, prinsip, o‘zligini anglash, baholash va hokazolar
shakllanadigan davr hisoblanadi.
Kichik maktab yoshidagi bola kattalarning ko‘rsatmalari yoki o‘zining tasodifiy,
beixtiyor orzu-istaklari bilan harakat qilsa, o‘smir o‘z faoliyatini muayyan prinsip,
e’tiqod va shaxsiy nuqtai nazar asosida tashkil qila boshlaydi.
O‘smirlik yoshining psixologik xususiyatlari alohida namoyon bo‘lganda ular
«o‘smirlik kompleksi» va uning kechishi bilan bog‘liq tarzdagi xulq-atvor buzilishi –
«pubertat inqiroz» degan nom oladi.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar iborasi tez-tez uchrab
turadi. Biz tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar fenomenlarining ayrim jihatlarini yoritishga
harakat qilamiz.Ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, o‘smirlik davrida ular tomonidan
sodir etiladigan har qanday xatti-harakat aktlari: aksilijtimoiy xulq-atvor,pedagogik
qarovsizlik, moslasha olmaydigan xulq, axloqsiz xulq, deviant xulq, autodestruktiv
(o‘zini o‘zi fosh qilish) xulq va hokazolar o‘tish davrining o‘ziga xos odat tusiga qirib
qolgan tartib shakli sifatida tan olinadi.
Ko‘pgina adabiyotlar tahliliga ko‘ra, IQ (intellekt)ning ko‘rsatkich darajasi
qanchalik past bo‘lsa, tarbiyasi «qiyin»lik darajasi shunchalik yuqori ko‘rsatkichga
ega. Shu sababli IQ (intellekt) tarbiyasi «qiyin»lik ko‘rsatkichi sifatida ma’lum
darajada ijtimoiy ma’no kasb etuvchi psixologik jarayon bilan aloqador.
Tarbiyasi «qiyin» o‘smirlarning o‘zligini anglashda «Men» timsoli alohida o‘rin
tutadi. Tarbiyasi «qiyin»likning vujudga kelishi va uning kechishini subyekt tomonidan
anglanishi ular bilan olib boriladigan psixoprofilaktik, psixodiagnostik,
psixokorreksion ishlarning samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi [ 3; 76]. Psixolog,
psixoterapevt va, umuman, ta’limtarbiya ishlariga mas’ul xodimlarning barchasi
tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar xulq-atvorining ijtimoiy me’yorlarga moslashuvi yoki
moslasha olmaslik strategiyasi o‘smir shaxsining himoyaviy-moslashuv mexanizmini
aks ettirishini hisobga olishlari zarur.
Tarbiyasi «qiyin» o‘smirlarning ijtimoiy institutlar orqali o‘tadigan individual
yo‘li:
1. Ota-ona


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

383

Synapses:

Insights Across the Disciplines

nomaqbul ijtimoiy nufuz

yomon maishiy sharoitlarda yashash

ijtimoiy rejaning yo‘qligi

farzandlarining kelajagiga umidsizlik

ota-onalik majburiyatlariga mas’uliyatsizlik

shakllanmagan va ta’sir ko‘rsata olmaydigan muhit

2. Ular bilan yonma-yon yashovchilar (qo‘ni-qo‘shnilar, mahalla ahli)

qarovsiz uy-joy sharoiti

omadsizlik va tashkil topmagan ichki madaniyat

ko‘cha bolalari

3. Bolalar

salbiy ijtimoiy ko‘nikmalar va shakllanmagan xulq-atvor

ta’limda bilimning yetishmasligi va intellektning sustligi

ta’lim berishda bilimdonlikning yetishmasligi

ijtimoiy aloqalarning yetishmasligi

ijtimoiy umidsizlik

o‘zini o‘zi baholashning pastligi

4. Tengqurlar guruhi

delikvent ko‘nikma va munosabatni o‘rnatish

tengqurlar orasidagi nufuz

o‘zini o‘zi baholashning tiklanishi va qaytarilgan qadriyatlar

deviant xulqning yuqori tavakkalchiligi

5. Huquq tashkilotlari bilan jamoatchilik o‘rtasidagi aloqaning o‘rnatilishi

sigmatizatsiya

ijtimoiy rejalarning pasayishi

6. Mehnat bozori

ishsizlik yoki doimiy ishning yo‘qligi

kam daromad

sust ijtimoiy qiymatlilik

7. Ular ota-ona bo‘lishadi


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

384

Synapses:

Insights Across the Disciplines

ular nomaqbul ijtimoiy yo‘lni bosib o‘tishgan

yomon maishiy sharoitlarda yashashda davom etadi

Ko‘rinib turibdiki, tarbiyalanganlik va tarbiyasi «qiyin»likning ko‘rsatkich
darajalari keng ijtimoiy doirada hal qilinishi zarur.
Ichki ishlar idoralari faoliyatida esa qonunni buzishi yoki qoidaga xilof ish qilishi
darajasiga qarab tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar jinoiy qonunbuzar va oddiy qoidabuzar
(tartibbuzar) guruhlarga ajratiladi [3; 93 ].
Shaxsning

biologik

o‘sishidagi

nuqsonlar,

sezgi-irodalarining

kamchiliklari,o‘qishga salbiy ta’sir etuvchi oliy nerv faoliyati va temperamentdagi
qusurlar tarbiyasi «qiyin»larni keltirib chiqaradi.
Shaxsning ijobiy fazilatlari tarkib topishida axloqiy sifatlarning yetishmasligi,
o‘qituvchi, sinf jamoasi, oila-a’zolari bilan noto‘g‘ri muloqot, ishyoqmaslik, bo‘sh
vaqtni to‘g‘ri taqsimlamaslik va boshqalar salbiy ta’sir ko‘rsatadi [ 1; 92].
Tarbiyasi «qiyin» o‘smirlarni o‘rganishda kinolavhalar, yuridik varaqa,ishontirish,
rag‘batlantirish, bo‘ysundirish, qo‘rqitish singari usullardanfoydalaniladi.
Tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar bilan alohida-alohida suhbat o‘tkazish ularning ruhiy
kechinmalari bilan tanishishning eng samarali usulidir.
O‘tkazilgan suhbatlar o‘smirning psixik dunyosiga shunday nozik ta’sir qilish
kerakki, natijada unda vijdon azobi, o‘ng‘aysizlik tuyg‘usi vujudga kelsin. O‘smir
shaxsiyatiga tegadigan muomalada bo‘lish man etiladi.Suhbat davomida iliq
psixologik muhit, do‘stona munosabat bo‘lmog‘i shart.
Tarbiyasi «qiyin» o‘smirlarni, tipologik xususiyatlariga ko‘ra, bir nechta shartli
guruhga ajratish mumkin.
Tarbiyasi «qiyin» o‘smirlarning birinchi guruhi orsizlar yoki subutsizlar

deyiladi.

Ular bila turib qonun qoidalarni buzadilar, noma’qul ishlarni qiladilar. Ular o‘zlarining
gunohkor ekanliklarini tan olmaydilar. Bunday bolalar betga chopar, o‘jar tabiatli,
rahm-shafqatsiz, «zo‘ravon» bo‘ladilar.
Ikkinchi guruhga mansub tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar yaxshi va yomonni
tushunadilar, biroq mustaqil e’tiqodga, barqaror his-tuyg‘uga ega emasliklari sababli
«orqa»da turib qoidani buzadilar. Ular jamoa oldida katta va’da beradilar, biroq,
ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng, bergan va’dasini butunlay unutadilar.
Uchinchi guruhga mansub tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar shaxsiyatparastlik tufayli
qonunbuzarlik, tartibbuzarlik yo‘liga kirib qoladilar. Ular qilmishlari uchun afsus-
nadomat chekadilar, ruhan eziladilar. Ulardagi axloqqa xilof xatti-harakatlar achinish
hissi tarzida namoyon bo‘ladi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

385

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Injiq tabiatli o‘smirlar to‘rtinchi guruhga mansub bo‘lib, sinfda,tengqurlari orasida
o‘z o‘rnini topa olmaganidan qayg‘uradilar. Shu bois ginaxon, arazchi bo‘ladilar.
Shu ma’noda o‘smir tomonidan sodir etilgan jinoiy harakat uning xulqiga emas,
balki vujudga kelgan vaziyatga ko‘ra sodir etilganda o‘smir shaxsining ijobiy sifatlari
va jinoyatchilikning sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
berilmaydi. Shuning uchun ham vujudga kelgan vaziyatlarga bog‘liq bo‘lgan
jinoyatlarning oldini olishda o‘smir shaxsining xususiyatlarini, uning ijobiy va salbiy
sifatlari hamda xarakterini hisobga olgan holda ish tutish maqsadga muvofiqdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Umumiy psixologiya // A.V.Petrovskiy tahr. ostida 3-qayta ishlan. va to‘ldirilgan

ruscha nashr tarjimasi.-T:. O’qituvchi.1992. -512 b.

2.

G’ozev E.G’. Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi). O‘quv qo‘llanma -

T.: O‘qituvchi, 1994. -224 b.

3.

Gоziеv E.G. Tulaganоva G.K. Tarbiyasi qiyin o`smirlar . T.: «Univеrsitеt» 2005.

– 179 b

References

Umumiy psixologiya // A.V.Petrovskiy tahr. ostida 3-qayta ishlan. va to‘ldirilgan

ruscha nashr tarjimasi.-T:. O’qituvchi.1992. -512 b.

G’ozev E.G’. Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi). O‘quv qo‘llanma -

T.: O‘qituvchi, 1994. -224 b.

Gоziеv E.G. Tulaganоva G.K. Tarbiyasi qiyin o`smirlar . T.: «Univеrsitеt» 2005.

– 179