O‘ZBEKISTON JANUBIDA PATISSON (CUCURBITA PEPO. VAR.MELOPEPO) O‘SIMLIGINI SELEKSIYASI UCHUN BOSHLANG‘ICH MANBA YARATISH

Аннотация

Patisson muhim sabzavot va poliz ekinlari qatoriga kiradi, 
ularning mevalari va urug‘lari yuqori parhezlik, davolash va profilaktika uchun yuqori
qiymatiga ega, konserva sanoati, pazandachilik uchun xom ashyo bo'lib xizmat qiladi, 
uzoq muddat saqlash mumkin, aholining vitaminlarga bo'lgan ehtiyojini uzoq vaqt 
davomida qondirish mumkin. Ular tarkibida natriy, temir, kobalt, molibden, titan, 
alyuminiy, litiy, sink va boshqa mikroelementlar mavjud. Shuningdek, vitaminlar 
mavjud: B guruhidan bu tiamin (0,06 mg%) va riboflavin (0,1 mg%), mevalarda
karotin (0,2 mg%) va askorbin kislotasi (40 mg%).

SYNAPSES: Insights across the disciplines
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14740030
CC BY f
74-80
40

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Kenjayeva To‘lg‘onoy Rahmonovna, & N.J.Nurmatov. (2025). O‘ZBEKISTON JANUBIDA PATISSON (CUCURBITA PEPO. VAR.MELOPEPO) O‘SIMLIGINI SELEKSIYASI UCHUN BOSHLANG‘ICH MANBA YARATISH. SYNAPSES: Понимание различных дисциплин, 2(1), 74–80. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/siad/article/view/64587
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Patisson muhim sabzavot va poliz ekinlari qatoriga kiradi, 
ularning mevalari va urug‘lari yuqori parhezlik, davolash va profilaktika uchun yuqori
qiymatiga ega, konserva sanoati, pazandachilik uchun xom ashyo bo'lib xizmat qiladi, 
uzoq muddat saqlash mumkin, aholining vitaminlarga bo'lgan ehtiyojini uzoq vaqt 
davomida qondirish mumkin. Ular tarkibida natriy, temir, kobalt, molibden, titan, 
alyuminiy, litiy, sink va boshqa mikroelementlar mavjud. Shuningdek, vitaminlar 
mavjud: B guruhidan bu tiamin (0,06 mg%) va riboflavin (0,1 mg%), mevalarda
karotin (0,2 mg%) va askorbin kislotasi (40 mg%).


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 1

74

Synapses:

Insights Across the Disciplines

УДК. 63.5995.+633

O‘ZBEKISTON JANUBIDA PATISSON (CUCURBITA PEPO.

VAR.MELOPEPO) O‘SIMLIGINI SELEKSIYASI UCHUN BOSHLANG‘ICH

MANBA YARATISH

Kenjayeva To‘lg‘onoy Rahmonovna

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti

3-bosqich tayanch doktoranti

Telefon raqami: +99-899-572-91-33

Kenjayeva67@mail.ru

Ilmiy rahbar: N.J.Nurmatov

Termiz davlat pedagogika instituti, Biologiya kafedrasi mudiri

Annotatsiya.

Patisson muhim sabzavot va poliz ekinlari qatoriga kiradi,

ularning mevalari va urug‘lari yuqori parhezlik, davolash va profilaktika uchun yuqori
qiymatiga ega, konserva sanoati, pazandachilik uchun xom ashyo bo'lib xizmat qiladi,
uzoq muddat saqlash mumkin, aholining vitaminlarga bo'lgan ehtiyojini uzoq vaqt
davomida qondirish mumkin. Ular tarkibida natriy, temir, kobalt, molibden, titan,
alyuminiy, litiy, sink va boshqa mikroelementlar mavjud. Shuningdek, vitaminlar
mavjud: B guruhidan bu tiamin (0,06 mg%) va riboflavin (0,1 mg%), mevalarda
karotin (0,2 mg%) va askorbin kislotasi (40 mg%).

Абстрактный.

Патиссон — одна из важных овощных и бахчевых культур,

его плоды и семена обладают высокой пищевой, лечебной и профилактической
ценностью, служат сырьем для консервной промышленности, кулинарии, могут
длительно храниться, удовлетворяют потребность населения в витаминах. может
быть удовлетворен в течение длительного времени. Они содержат натрий,
железо, кобальт, молибден, титан, алюминий, литий, цинк и другие
микроэлементы. Есть и витамины: из группы В это тиамин (0,06 мг%) и
рибофлавин (0,1 мг%), а в плодах — каротин (0,2 мг%) и аскорбиновая кислота
(40 мг%).

Abstract.

Patisson is one of the important vegetable and melon crops, the fruits

and seeds of which have high dietary, therapeutic and prophylactic value, serve as raw
materials for the canning industry, cooking, can be stored for a long time, and can
satisfy the population's need for vitamins for a long time. They contain sodium, iron,
cobalt, molybdenum, titanium, aluminum, lithium, zinc and other microelements.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 1

75

Synapses:

Insights Across the Disciplines

There are also vitamins: from group B, these are thiamine (0.06 mg%) and riboflavin
(0.1 mg%), in fruits - carotene (0.2 mg%) and ascorbic acid (40 mg%).

Kalit so‘zlar.

Hosildorlik. Mahsuldorlik. Qimmatli xo‘jalik belgilar. Erta pishar.

Ertangi hosildorlik. Biologik hosildorlik.

Ключевые слова

. Урожай. Производительность. Ценные экономические

качества. Раннее созревание. Ранний урожай. Биологическая урожайность.

Keywords

. Yield. Productivity. Valuable economic traits. Early maturity.

Tomorrow's yield. Biological yield.

KIRISH.

Mavzusining dolzarbligi va zarurati

. Dunyo aholisining tez sur’atda о‘sishi,

oziq-ovqat mahsulotlariga bо‘lgan ehtiyojning ortishiga sabab bо‘lmoqda va bu o‘z
navbatida olinayotgan mahsulotlarning miqdori hamda sifatini oshirishni talab qiladi.
Oxirgi yillarda sabzavot va poliz mahsulotlaridan foydalanish inson salomatligiga
ijobiy ta’sir etmoqda. Sabzavot yetishtirishning zamonaviy texnologiyalarini ishlab
chiqish dolzarb masalaga aylanib qoldi.

Shu sababli oilalarning moddiy

faravonligini,

turmush tarzini va sog‘lom ovqatlanishini yaxshilash, ularning

bo‘sh

vaqtini foydali mehnat bilan band bo‘lishini ta’minlash bilan bir

qatorda

bozorlarimizni turli xildagi sabzavot mahsulotlari bilan

to‘ldirishning muhim

manbai hisoblanadi.

Ma’lumki, har bir davlatning

barqarorligi avvalo, ko‘p jihatdan shu

mamlakatning dehqonchiligiga ziroatchiligiga, oziq-ovqat mahsulotlari bilan
nechog‘lik ta’minlanganlik

darajasiga bog‘liqdir. Mustaqil Vatanimizda yildan-

yilga sabzavot

ekinlarining maydoni rejali ravishda kengayib borishi tufayli

sabzavot mahsulotlari tobora ko‘proq yetishtirilmoqda. Shaxsiy

tomorqalar, dala

chetlari, bog‘ va tokzorlar orasida ham sabzavotlarni

ko‘plab yetishtirish odat

tusiga kirib borayotir.

Bugungi kunda yer yuzi aholisi 7 milliarddan oshib, ayrim

mamlakatlar bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlarining tanqisligi xavf

solayotgan

bir paytda, shaxsan Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev

respublika hukumatining

tarmoqni yanada rivojlantirishga oid

ko‘rsatmalari, sabzavot-poliz va kartoshka

ekinlari mahsulotini tobora

ko‘paytirish va eksport qilish masalasini asosiy vazifa

qilib qo‘ymoqda.

Ushbu dissertatsiyaning ilmiy-tadqiqot ishlari 2019-yil 23-oktabr PQ-5853-

son qarori bilan tasdiqlangan “О‘zbekiston Respublikasini 2020-2030 yillarda
rivojlantirishning harakatlar strategiyasi”da aholini oziq-ovqat xavfsizligini va tо‘g’ri
ovqatlanish

madaniyatini

ta’minlash

asosiy

vazifalardan

biri

qilib


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 1

76

Synapses:

Insights Across the Disciplines

belgilangan.

11

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 dekabrdagi

PQ-4549 sonli

«

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish,

sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar
to‘g‘risida

»

gi qarorida ham bu dolzarb vazifa ilgari surilgan. Ushbu vazifalarni

bajarishda iste’molchilarning talabiga binoan ekologik toza mahsulot yetishtirish va
ularni mavsumdan tashqari paytlarda mahsulot bilan ta’minlashda muhim rol о‘ynaydi.
Bugungi kunda yer va suv resurslari chegaralanganligi, iqlim о‘zgarishi, urbanizatsiya,
tabiiy talofatlar, aholi sonining oshib borishi butun dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi
masalasini birinchi darajadagi muammoga aylantirdi. Oziq-ovqat xavfsizligini oldini
olish, aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash, aholi ehtiyoji uchun kerak bo‘ladigan
sabzavotlarni assortimentini kengaytirish maqsadida patisson ekini o‘rganildi.
Sabzavotlar alohida ahamiyatga ega bo'lgan eng qimmatli oziq-ovqat mahsulotidir.

TADQIQOT NATIJALARINING ILMIY YANGILIGI

.

-

Qovoqdosh ekin patissonning kollektsiya navlarini o'rganish natijasida
asosiy iqtisodiy qimmatli xususiyatlarning manbalari aniqlandi;

-

o'z-o'zini changlatish asosida Fi gibrid liniyalarni yaratildi va qimmatli xo‘jalik
belgilari o‘rganildi.

-

F1-gibrid avloddagi xususiyatlari ya’ni yuqori mahsuldor, ertapishar, kasallikka
chidamli istiqbolli navlar aniqlandi.

ADABIYOTLAR TAHLILI.

Patisson qovoqdoshlar (

Cucurbita Pepo

) oilasiga mansub bir yillik o‘t o‘simlik.

Ular o‘q ildizli bo‘lib, asosiy va yon tartib ildizlardan tashkil topgan A.I.Filov [75; 263-
b.]. Patissonning o‘q ildizi 20-30 sm chuqurlikkacha kirib borishi mumkin, lekin asosiy

1

2019-yil 23-oktabr PQ-5853-son qarori bilan tasdiqlangan “О‘zbekiston Respublikasini 2020-2030

yillarda rivojlantirishning harakatlar strategiyasi”da aholini oziq-ovqat xavfsizligini va tо‘g’ri ovqatlanish
madaniyatini ta’minlash asosiy vazifalardan biri qilib belgilangan.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 1

77

Synapses:

Insights Across the Disciplines

yon ildizlar tuproqning 10-15 sm haydalma qatlamida tarqalib o‘sadi N.N. Balashev
[4; 66-77-b.]. Tuproqning 10-15 sm chuqurligida asosiy ildizdan ikkinchi va uchinchi
tartib yon ildizlar chiqadi. Patisson kechpishar navlarida erta va o‘rtapishar navlarga
nisbatan ildiz sistemasi kuchli rivojlangan bo‘ladi [21; 370-b.].Olingan ko‘pchilik
ma’lumotlarga ko‘ra, asosiy ildizlarning umumiy uzunligi bir tup patisson -30 sm
gacha etadi [22; 194-b.].

Patisson ekinida dastlabki o‘suv davrida ildizlari er ustki qismlariga nisbatan

kuchli rivojlanadi. Shuning uchun, ular ko‘chirib yoki ko‘chatidan ko‘paytirilmaydi [4;
66-77-b.]. Ildizlarining o‘sishi, rivojlanishi va tarqalishi tuproq tipiga, mexanik
tarkibiga va sizot suvlarining joylashish chuqurligiga bog‘liq bo‘ladi. Taniqli olim
K.I.Pangalo [58; 298-b.] o‘zining “Poliz ekinlarining kelib chiqishi va taraqqiyot yo‘li”
asarida poliz ekinlarini eng dastlabki avlodlari liana (chirmashib) o‘suvchi ko‘p yillik
o‘simliklar bo‘lgani haqida yozadi. Hozirgi vaqtda poliz ekinlari orasida patissonga
o‘xshagan butasimon va o‘tchil shaklda o‘suvchilari ham bor. Lekin, ko‘pchilik
madaniy turlari asosan o‘tchil holda o‘sadi, yovvoyi holda uchramaydi.

Patissonda asosiy poyaning uzunligi ayrimlarida 50 smdan 1 metrgacha boradi.

Patissonda barg bandlari uzun bo‘lib, atroflari bo‘laklarga bo‘lingan, lekin unchalik
chuqur kesilmagan, tukchalar bilan qoplangan, yumaloq yoki buyraksimon,
yuraksimon shaklda bo‘ladi. Gullarining tiplari, joylanish xarakteri, changlanish va
urug‘lanish usullari navlar aro farq qiladi. Patissonning ko‘pchilik navlarida gullari
ikki jinsli bo‘ladi. Ayrim patisson navlarida alohida ham urg‘ochi, ham erkak xilda
uchraydi. [75; 263-b.]. Patisson erkak gullari bir nechtasi (5-15 dona) to‘p-to‘p bo‘lib,
urg‘ochi gullari esa alohida joylashadi.

Patisson navlarida 5 xil gul bo‘ladi: Patisson bir tupida 250-500 ta erkak gullar,

150-200 tagacha ikki jinsli gullar hosil bo‘ladi. Urg‘ochi gullari asosan yon poyalarda,
erkak gullar esa asosiy poyada hosil bo‘ladi. Patisson unib chiqqandan 20-30 kun
o‘tgach, gullay boshlaydi. Dastlab erkak gullari, 5-10 kundan so‘ng urg‘ochi gullari
ochiladi. Keyinchalik erkak va urg‘ochi gullari bir vaqtda ochilaveradi. Erkak gullari
1 kun, urg‘ochi gullari 2-3 kun ochilib turadi. Ular chumoli, trips, asalari va boshqa
hashoratlar yordamida changlanadi. Urg‘ochi gullarning ko‘pi to‘kilib ketadi va
palakda pishib etiladigan 2-5 ta meva bo‘ladi. Patisson mevasi-ko‘p urug‘li soxta
rezavor meva, ya’ni qovoqcha hisoblanadi. Patisson ekini tuproq hamda havo
haroratiga talabchandir. Uning urug‘i tuproq harorati 14-16 °C da una boshlaydi.
Harorat bundan pasayganda urug‘lar erda chirib qoladi, siyrak unib chiqadi. Shuning
uchun patisson ekinlarini juda erta-tuproq qizimasdan ekish maqsadga muvofiq emas
[16; 28-b.].


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 1

78

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Urug‘ning unib chiqishi uchun qulay harorat 20 °C hisoblanadi. Shunday

haroratda urug‘lar ekilganidan keyin 5-6 kunda o‘simlik ko‘rina boshlaydi. Patisson
o‘simligining o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay harorat 25-30°C hisoblanib, harorat
12-15°C gacha pasayganda o‘simlik gulini to‘kib yuboradi. O‘zbekiston sharoitida
olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, havo harorati juda ko‘tarilib ketsa ham poliz
ekinlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi [20; 316-b.].

METODOLOGIYA. TADQIQOT USULLARI.

Patisson ekinlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar SPE va KITI Surxondaryo

ilmiy tajriba stanstiyasida olib boriladi. Tajribalar quyidagi uslub va uslubiy
ko‘rsatmalar asosida olib boriladi:

-

методические указания по экологическому испитанию овошних култур в
открытом грунте (М., ВНИИССОК, 1987. Част 1);

-

методические указания по селексии зелённих, пряно–вкусових и
многолетних овощных култур (М., ВИР-ВНИИССОК,1987);

-

руководство по апробатсии овощных култур и кормових корнеплодов (М.,
«Колос», 1982);

-

metodika Gosudarstvennogo sortoispitaniya selskoxozyaystvennix kultur (M.,
2019. Chast 1);

-

metodika polevogo opыta (Dospexov B.A.,1985).

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

Patisson o‘simligining tik o‘sishi va tup hosil qilish xususiyati F 1 duragay

navlarda saqlanib qoladi. Variantlarda namunani tik o‘suvchi namunalar bilan
chatishtirilganda F1 da yopiq shakl olinadi. F1 duragayning shakli oraliq yoki onalik
liniyaga yaqinroq bo‘ladi. Meva rangi va tipi oraliq formada bo‘ladi. Izlanishlar 2023
yildan to 2024 yilgacha Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot
instituti Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasida olib borildi. Tajriba stansiyasi
Surxondaryo viloyati Termiz tumani Namuna SIU hududida joylashgan. Tadqiqot
materiali bo‘lib, patissonning 33 ta nav namunalari xizmat qildi. Urug‘larni ochiq
maydonga ekish ishlari aprel oyining 2-chi o‘n kunligida amalga oshirildi. Har bir nav
namunalaridan 10 donadan ko‘chat 70x70 sxemada ekildi. Tajriba delyankalari orasi 5
m

2

. Tajribalar 2022 yilda qaytariqsiz, 2023 yil va 2024 yilda 3 qaytariqli tartibda

o‘tkazildi. Nazorat varianti sifatida oq rangli patissonlar uchun Oq- 13, Sariq rangli
patissonlar uchun Karapuz, Yashil rangli patissonlar uchun Arbuzinka navi olindi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 1

79

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Sun’iy changlantirish ishlari may oyining 2-3-o‘n kunligida olib borildi. Changlatilgan
erkak va urg‘ochi gullar havo o‘tkazadigan to‘r xaltachalar bilan izolyatsiya qilindi.

Changlantirish ertalab soat 8 dan to 12 gacha bo‘lgan oraliqda olib borildi.

Urug‘larni yig‘ib olish ishlari iyun oyining 3 o‘n kunligi va iyul oyining 1 o‘n kunligida
amalga oshirildi. Hosilni yig‘ish va o‘lchov ishlari haftada 2 marta olib borildi.
Patisson mevalari texnik pishganda terildi. Patisson vegetatsiya davrida fenologik
kuzatuvlar olib borildi. Ekish muddatlari belgilandi, unib chiqish foizlari (10 % va 75
%), erkak va urg‘ochi gullari ochilishi, mevaga kirishi, mevalarni terish muddatlari
belgilandi ( Методическая указания, 1988).

XULOSA VA TAKLIFLAR.

O‘rganilayotgan navlar orasida oq (Sambrero, Disk, Sun), sariq (Solnishko,

Karapuz, Delikates), yashil rangli (Marsianin, Arbuzinka, Naf-naf) mevalar kuzatildi.
F1 gibrid avlodda iqtisodiy qimmatli belgilarning namoyon bo‘lishi kuzatildi. F 1
duragaylarini yaratish bo‘yicha seleksiya ishlari ota-ona formalarini tanlab olish orqali
amalga oshirildi.

Iqtisodiy qimmatli xususiyatlarga ko‘ra, quyidagi namunalar ajratildi:

yuqori mahsuldorlikka asoslangan: Sambrero, Sun, Disk, barglarining yumshoq, mayin
tukchali turiga qarab namunalar tanlangan. Oq
13 navi NMRga chidamli. Sol’nыshko, Karapuz, Solnыshko kalchuga namunalari
o‘rtacha qarshilik balliga ega. Sariq mevali patisson Nif-Nif (0-3), yashil mevali
Marsianin (0-3) o‘rtacha qarshilikka ega. Arbuzinka va Nuf-nuf namunalari erta
yetuklikka qarab tanlangan

.

-

1-jadvalda patisson nav namunalarida rivojlanish davrlarining amalga oshish
muddatlari haqida ma’lumot keltirilgan.

-

2-jadvalda patisson nav namunalarinig rivojlanish fazalari kiritilgan.

-

3-jadvalda chatishtirilgan navlarning afzallik belgilari va olingan natijalar
haqida ma’lumot keltirilgan. 1, 2, 3-rasmlarda chatishtirish natijasida olingan
natijalar haqida ma’lumot keltirilgan.

-

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.

O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik
ekinlari Davlat Reestri. T., 2016, 2017, 2018, 2024 yillar.

2.

Арасимович В.В. Биохимия дини - М., 1938. - Т. ИВ. Ашурметов О.А.,

Буриев

Х.Ч. Репродуктивная биология

представителей семи Cуcурбитаcеае Жусс.

Тошкент «ФАН» 2002. –С.159.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 1

80

Synapses:

Insights Across the Disciplines

3.

Балашов Н.Н. Бахчеводство – Ташкент

Ўқитувчи, 1976. - С. 66-77.

Бакчевые

културы - Киев: Аграрная наука.

, 2000. - 330 с.

4.

Belik V.F. Baxchevodstvo - M.: «Kolos», 1982. -164 s.

5.

Belyakova Ye.V. Xranenie din - Astraxan, 1978. - vip. 7. - S. 3-5.

6.

Boyko G.N. Vliyanie doz i sposobov vneseniya udobreniya na nakoplenie
nitratov -Kiev: Agrarna nauka, 1994. - S. 40-43.

7.

Baxchevodstvo (tikvennie rasteniya) - M.- L.:Selxozgiz, 1929. —S. 406-425.

8.

Кириллова О. А. Оптимизация факторов повыщающих эффективность
гибридного семеноводства цуккыни. 2015 год. Кириллова О. А.

9.

Xoliqova, M., Isoqov, L., Xamdamova, F., Alimuxamedova, N.Dissertatsiya
ustida ishlash bo‘yicha amaliy qo‘llanma [Matn] / Mohira Xoliqova,

Luqmonjon Isoqov, Firuza Xamdamova, Nargiza Alimuxamedova. –
Toshkent:

Akademnashr, 2023. – 256 b.

10.

X. Egamov. Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi va
aprobatsiyasi. 2019 y.11.10.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat Reestri. T., 2016, 2017, 2018, 2024 yillar.

Арасимович В.В. Биохимия дини - М., 1938. - Т. ИВ. Ашурметов О.А., Буриев Х.Ч. Репродуктивная биология представителей семи Cуcурбитаcеае Жусс. Тошкент «ФАН» 2002. –С.159.

Балашов Н.Н. Бахчеводство – Ташкент Ўқитувчи, 1976. - С. 66-77. Бакчевые културы - Киев: Аграрная наука., 2000. - 330 с.

Belik V.F. Baxchevodstvo - M.: «Kolos», 1982. -164 s.

Belyakova Ye.V. Xranenie din - Astraxan, 1978. - vip. 7. - S. 3-5.

Boyko G.N. Vliyanie doz i sposobov vneseniya udobreniya na nakoplenie nitratov -Kiev: Agrarna nauka, 1994. - S. 40-43.

Baxchevodstvo (tikvennie rasteniya) - M.- L.:Selxozgiz, 1929. —S. 406-425.

Кириллова О. А. Оптимизация факторов повыщающих эффективность гибридного семеноводства цуккыни. 2015 год. Кириллова О. А.

Xoliqova, M., Isoqov, L., Xamdamova, F., Alimuxamedova, N.Dissertatsiya ustida ishlash bo‘yicha amaliy qo‘llanma [Matn] / Mohira Xoliqova,

Luqmonjon Isoqov, Firuza Xamdamova, Nargiza Alimuxamedova. – Toshkent:

Akademnashr, 2023. – 256 b.

X. Egamov. Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi va aprobatsiyasi. 2019 y.11.10.