SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 2
13
Synapses:
Insights Across the Disciplines
ZAMONAVIY JAMIYATDA OILANING O‘RNI VA AHAMIYATI
Rahmonova Mahliyo Boymurodovna
Xalqaro innovatsion universiteti "Psixologiya va jismoniy madaniyat " kafedrasi
o'qituvchisi
Umarova Karina Fazliddinovna
Xalqaro innovatsion universiteti psixologiya fakulteti 1-kurs talabasi
Annotatsiya: Oila har qanday jamiyatning negizini tashkil etib, uning
barqarorligi va taraqqiyotida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Globalizatsiya, migratsiya va
raqamli transformatsiya jarayonlari oilaviy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatayotgan bir
paytda, uning jamiyatdagi ahamiyati yanada ortib bormoqda. Oila nafaqat farzand
tarbiyasida, balki shaxsiy va ijtimoiy qadriyatlarni shakllantirishda, milliy madaniyat
va an’analarni asrab-avaylashda muhim omildir. Zamonaviy sharoitda oilaning
mustahkamligi ijtimoiy barqarorlik, ma’naviy rivojlanish va milliy taraqqiyot uchun
strategik ahamiyat kasb etadi.
Kalit so‘zlar: oila, zamonaviy jamiyat, globalizatsiya, raqamli transformatsiya,
ijtimoiy barqarorlik, ma’naviy qadriyatlar, farzand tarbiyasi, milliy an’analar,
mustahkam oila, ijtimoiy taraqqiyot.
Oila deganda ko’z oldimizda ota – ona farzandlar, bobo-buvilar ya’ni bir
xonadonda istiqomat qiluvchi shaxslar keladi. Xalqimizda oilaga muqaddas dargoh,
nikoh esa buzulmas Rishta sifatida qaraladi. Oila jamiyatning ustuni deyishadi.
Shuning uchun yangi oila barpo bo’lar ekan, uni ikki yoshga, ya’ni yangi er- xotinlarga
tashlab qo’yilmaydi. Yangi oilaga ota-onalar, qarindoshlar, maxalla, turar joylardagi
xotin qizlar qo’mitalari “Oila” ilmiy amaliy markazi shuningdek mutasaddi markazlar
ham e’tibor qaratadi.
Bugungi kunda bizning mamlakatimizda oila masalasiga davlat siyosati
darajasida katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Har bir inson baxtli yashashga haqlidir.
Oilalarda bir-birini tushunib bir-biriga moslashib yashasa jamiyat mustaxkam va
manashu oilada baxt barqaror davom etadi.
Oilani mustaxkamlash nafaqat mamlakat balki dunyo miqyosidagi global
masalalardan biri hisoblanadi. Birlashgan millatlar tashkiloti bosh assambbleyasi
1993-yil 20- sentyabrda 15-may kunini “Xalqaro oila” kuni sifatida nishonlash
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 2
14
Synapses:
Insights Across the Disciplines
to’g’risida qaror qabul qildi. Mazkur xujjatning qabul qilinishidan ko’zda tutilgan
maqsadlardan biri har bir oilalarni ahilligi mustahkamligiga erishishdir. Oʼzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyunь kungi “Oʼzbekiston Respublikasida oila
institutini mustahkamlash kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi PQ-3808-son
qaroriga koʼra, 15 may "Xalqaro oila kuni" sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Inson hayoti oiladan boshlanadi. Bu yerda u shaxs sifatida shakllanadi. Oila -
bu sevgi, mehr-muhabbat hurmat va hamjihatlik manbai asosida yetuk jamiyatni barpo
etadi. Oilaning farovonligi mamlakat rivojining oʼlchovi sifatida baholanadi.
Oila deb ataluvchi mustahkam qo’rg’onning ustuni ota bo’lsa, unga fayz
baraka kirituvchi onadir. Hozirgi kunda mamlakatimizda oilaga e’tibor juda yuqori
darajada bo’lib O’zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasining bir qancha moddalari
oila xaqidadir.
2-modda. Oilaviy munosabatlarda ayol va erkakning teng huquqliligi.
Oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlanib
tuzgan ittifoqi, er va xotinning shaxsiy hamda mulkiy huquqlari tengligi, ichki oilaviy
masalalarning o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilinishi, oilada bolalar tarbiyasi, ularning
farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilish, voyaga yetmagan va
mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvorligi
tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
Oilani jamiyatning ravnaq topilishidash tutgan oʻrni va ishtirokini yanada
oshirish, oilalarning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy manfaatlarini va
farovonligini yaxshilashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish hamda
izchil taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti
„Oila yili“deb eʼlon qilingan. Bu xam o’z negizida oila muqaddas dargoh ekanligidan
dalolat beradi.
Oilaviy munosabatlar tizimining rivojlanishi nikohga kiruvchilar sonining
kamayishi va nikoq uchun sherik tanlash tartiblarining qat’iy belgilanishi yo`nalishida
ro`y bergan. Insoniyat ijtimoiy tashkil topishining eng qadimiy shakli bu urug’-qabila
bo`lib, u bir ayol urug’idan tarqagan, matriarxat zotidan kelib chiqadigan (uning
qizlari, qizlarning farzandlari va ularning avlodlari) barcha odamlarni o`zida
birlashtirgan. SHu tariqa urug’ – mohiyatan matriarxal oila bo`lib, onaning zotidan
tarqalgan barcha avlodni bir-biriga chatishtirib boravergan. Bunday urug’ shaklining
saqlanib qolgan andozalaridan biri ruslardagi “matreshka” o`yinchog’i bo`lib, u bizga
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 2
15
Synapses:
Insights Across the Disciplines
ona avlodlarining o`zaro bir-birlaridan kelib chiqishini ifodalaydi. Gruppaviy yoki
guruhiy oila – bir necha opa-singillarning boshqa bir toifa erkaklar guruhi bilan
nikohga kirishini taqozo etgan. Bunday ayollar yo o`z qavmidan bo`lgan erkakka yoki
tamoman boshqa – begona urug’ning vakili bo`lmish erkakka turmushga chiqishi
mumkin bo`lgan. Lekin avlodning kelib chiqishi onalik urug’iga bog’langan, otalikni
belgilash holatlari inobatga olinmagan. S. Golodning yozishicha (1998 y.), onadan
tarqagan avlodlar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ham ko`pgina xalqlarda saqlanib
kelgan. Juftlik oila – alohida, bir-biriga unchalik yaqin bo`lmagan yoki mutloq begona
ikki kishi o`rtasidagi nikohni nazarda tutgan bo`lib, ular o`rtasidagi munosabatlar har
doim ham mustahkam bo`lmagan va tomonlarning xohishirodasiga ko`ra u istalgan
vaqtda barbod bo`lishi ham mumkin edi. Hozirda mavjud bo`lgan oilalarda shaklan shu
model saqlab qolingan. Patriarxal oila – bir erkak kishining bir yoki bir nechta ayol
o`rtasidagi T 9 nikohiga asoslangan bo`lib, bunda erkakning huquqlari xotinnikidan
ko`proq bo`lgan, nikohning bu shakli ayni xususiy mulkchilik rivojlangan davrlarda
keng tarqalgan. Bunday oilada, tabiiy, erkak huquqlari ustivor bo`lib, uning har qanday
oila masalalarini yechish va qarorlar qabul qilishdagi mavqei yuqori hisoblangan. SHu
sababli avlodlarning kelib chiqishi, urug’ning tarqalishi kabi masalalar erkakning
avlodlari shajarasidan boshlangan, mulkka egalik va unga vorislik ham erkaklar
tabaqasi orqali yuritilgan. Monogam oila – bir erkak va bir ayol juftligi o`rtasidagi
nikoh munosabatlarini nazarda tutadi. Ularning er-xotinlik munosabatlari ham umrbod
hisoblangan (qadimgi grek so`zlaridan olingan: “monos” – bir, yagona, tanho; “gamos”
– nikoh ma’nosini bildiradi). Oilaning bunday shakli taxminan uch ming yillar avval
paydo bo`lgan. O`z mohiyatiga ko`ra bu – patriarxal oilaning bir ko`rinishi hisoblanib,
yaqin yillardan buyon oilaning bu shakli ayollar va ayollarning teng huquqliligi, bolalar
tarbiyasidagi muayyan erkinlik, ona va bolaning oila hayotidagi nufuzi ortishi shaklida
rivojlanib kelmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.Inoyatov M. Oila, ijod, tarbiya va ma’naviyat. – T.: SHarq, 2000. – 111 b. 2. Xoliqov
D.R. Huquqiy madaniyat – oila mustahkamligi asosi – T.: Fan, 2007
3.Umarova M.M. O`smirlarda oilaviy qadriyatlar to`g’risidagi tasavvurlar
shakllanishining ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlari:
4. Usmonov M., Hamidov X. Donishmandlar oila haqida. – T., 1999.
5. Safarov O., Mahmudov M. Oila ma’naviyati. – T.: “Ma’naviyat”, 1998.
