Vol. 2 No. 2 (2025)
Articles
DAVLAT BYUDJETI MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Mazkur maqolada davlat byudjeti mablag‘laridan samarali foydalanishni takomillashtirish va moliyaviy nazoratni kuchaytirish yo‘llari keng tahlil qilinadi. Asosiy e'tibor daromadlarning maqsadli ravishda xarajatlarga yo‘naltirilishi, shuningdek, moliyaviy nazorat orqali ushbu jarayonlarning samarali amalga oshirilishi yoki aksincha, teskari holatda bo‘lishi bilan bog‘liq masalalarga qaratilgan.
TARAXACUM OFFICINALE O’SIMLIGI ILDIZINING SIFAT NATIJALARI TAHLILI
Qora andiz– Inula helenium L., efir moyi, inulin, uglevodlar, saponinlar, alkaloidlar, smola, bo’yoq
GLOBALLASHUV JARAYONIDA ISHCHI KUCHI BOZORI VA MIGRATSIYA MUAMMOLARI
Maqolada globallashuv jarayonida ishchi kuchi bozori va migratsiya muammolarining dolzarb masalalari tahlil qilinadi. Globallashuv tufayli ishchi kuchi harakatchanligi oshib, migratsiya jarayonlari jahon miqyosida keng tarqaldi. Bu jarayonlar iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy oqibatlarga olib kelmoqda. Maqolada migratsiyaning ijobiy va salbiy jihatlari, ishchi kuchi bozoridagi oʻzgarishlar va davlatlar tomonidan migratsiyani tartibga solish choralari koʻrib chiqiladi. Tadqiqot natijalari asosida globallashuv sharoitida ishchi kuchi bozori va migratsiya muammolarini hal qilish boʻyicha tavsiyalar keltirilgan.
MAKTABGACHA VA KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING ENERGIYA TAQSIMOTI. BILISH JARAYONLARI
Ushbu maqola maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarning energiya taqsimoti va bilish jarayonlarining o'zaro aloqasi haqida. Maqolada, bolalarning miya rivojlanishi va ta'lim jarayonida energiyaning qanday taqsimlanishi tahlil qilinadi. Maktabgacha va boshlang'ich sinfdagi bolalarning energiya taqsimoti nafaqat ularning jismoniy faolligi, balki intelektual va emotsional holati bilan ham chambarchas bog'liq.
TERI SARATONI: EPIDEMIOLOGIYA, XAVF OMILLARI, DIAGNOSTIKA VA DAVOLASHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Teri saratoni dunyo bo‘ylab eng keng tarqalgan onkologik kasalliklardan biri bo‘lib, har yili millionlab yangi holatlar qayd etiladi. Ushbu maqolada kasallikning dolzarbligi, asosiy xavf omillari, diagnostika va davolash usullari, shuningdek, zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari teri saratonini erta bosqichda aniqlash, oldini olish choralari va innovatsion terapiya usullarining samaradorligi haqida ma’lumot beradi
O’ZBEKISTONDAGI TA’LIM YO’NALISHI
Maqolada O’zbekistondagi ta’lim tizimini tahlil qilingan, shuningdek, mamlakatimizda demokratik islohotlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish hamda jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuvda siyosatning asosiy elementlaridan biri uzluksiz ta’lim tizimi ekani ta’kidlangan.
QОRАQАLPОG‘ISTОN RESPUBLIKАSIDА MАDАNIYАT VА SАN’АT SОHАSIDА АMАLGА ОSHIRILАYОTGАN ISLОHОTLАRDАN
Ushbu mаqоlаdа Qоrаqаlpоg‘istоn Respublikаsidа mаdаniyаt vа sаn’аt sоhаsidа аmаlgа оshirilаyоtgаn islоhоtlаr vа ulаrning ijtimоiy аhаmiyаti hаqidа sо‘z yuritilаdi. Shu bilаn birgа, qаbul qilingаn qаrоrlаr vа аmаlgа оshirilgаn dаsturlаrni tаhlil qilib, mаdаniyаt vа sаn’аtni rivоjlаntirish mаqsаdidа аmаlgа оshirilаyоtgаn keng kо‘lаmli ishlаrni bаyоn etаdi. Аyniqsа, milliy mаdаniyаtimizni rivоjlаntirish bо‘yichа qilingаn chоrа-tаdbirlаr, shuningdek, bu jаrаyоnlаrning yоshlаr uchun nаqаdаr аhаmiyаtli ekаnligi hаqidа hаm qisqаchа mа’lumоt berilаdi.
SURXANDARYO VILOYATI UZUN TUMANIDA BOLALARNI BO`SH VAQTLARINI QAMRAB OLISH UCHUN SPORT TURLARIDAN FOYDALANISH SHAROITLARINI YARATISH.
ushbu maqola mahalla sport zali va maydonlarini tashkil etishning yutuq va kamchiliklari, maktabdan bo`sh vaqtlarini band etishda tutgan o`rni haqida yozilgan.
YURAKNI DAVOLASHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR USULIDA DAVOLASH GISTOLOGIYASI
Yurak kasalliklari bugungi kunda butun dunyo bo'ylab keng tarqalgan va eng jiddiy salomatlik muammolaridan biri hisoblanadi. Yurak-qon tomir kasalliklari, jumladan, yurak xastaligi, infarkt, aritmiyalar va hipertoniya kabi kasalliklar, har yili millionlab insonlarning hayotini oladi. Ushbu kasalliklarni samarali davolash va oldini olishda zamonaviy texnologiyalar muhim rol o‘ynaydi.
ZAMONAVIY IMPLANTATSIYA USULLARI VA ULARNING MUVAFFAQIYAT DARAJASINI BAHOLASH
Ushbu maqolada zamonaviy implantatsiya usullari, ularning qo‘llanilish sohalari va muvaffaqiyat darajasini baholash mezonlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Stomatologik, ortopedik, yurak-qon tomir va neyroimplantlar bugungi kunda keng qo‘llanilib, bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashga xizmat qilmoqda. Implantatsiyaning muvaffaqiyati uning materiali, organizm bilan moslashuvi, jarrohlik texnikasi va bemorning umumiy sog‘lig‘iga bog‘liq.
JIGARNING TUZILISHI VA FUNKSIONAL BIRLIKLARINI GISTOMORFOLOGIK O'RGANISHNI BAHOLASH
Ushbu maqolada jigarning tuzilishi va funksiyalari haqida ma'lumotlarga ega bo'lishimiz mumkin.Hozirgi kunda tibbiyotni rivojlantirish bo'yicha qator ishlar olib borilmoqda.Jigarning tuzilishi va funksional birligi gistomorfologiyasini o'rganish haqida bir qancha olimlarning fikirlarini va ilmiy ishlarini ham ko'rib chiqamiz
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ГОСУДАРСТВЕННОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ ПРИВЛЕЧЕНИЯ ПРЯМЫХ ИНОСТРАННЫХ ИНВЕСТИЦИЙ В ЭКОНОМИКУ
Статья посвящена анализу государственного регулирования в сфере привлечения прямых иностранных инвестиций (ПИИ) в экономику Узбекистана.
В последние годы республика проводит активные реформы, направленные на улучшение инвестиционного климата, что привело к росту притока ПИИ. Однако несмотря на положительные изменения, страна сталкивается с рядом проблем, включая бюрократию, инфраструктурные ограничения и недостаточную правовую защиту инвесторов. В статье рассматриваются основные достижения в правовом регулировании, а также выделяются существующие вызовы и недостатки, с которыми сталкиваются иностранные инвесторы. В результате исследования вырабатываются конкретные рекомендации по совершенствованию государственного регулирования, направленные на увеличение объемов ПИИ, улучшение правового климата и развитие инфраструктуры. Ожидается, что внедрение предложенных мер может привести к росту притока иностранных инвестиций в Узбекистан в ближайшие 5 лет на 15- 20%.
УЛУЧШЕНИЕ ФИЗИОЛОГИЧЕСКОГО СОСТОЯНИЯ КЛЕТОК ПЕЧЕНИ, ИНФИЦИРОВАННЫХ ВИРУСОМ ГЕПАТИТА В, ПУТЕМ ОБОГАЩЕНИЯ СОСТАВА ПИЩИ БИОЛОГИЧЕСКИ АКТИВНЫМИ ВЕЩЕСТВАМИ
В последнее время в медицинской практике интенсивно развивается направление, связанное с применением биологически активных веществ (БАВ), их комплексов, в производстве биологически активных добавок (БАД) к пище или для обогащения пищевых продуктов лечебного и профилактического питания.
ЭЛЕМЕНТНЫЙ СОСТАВ РАСТЕНИЯ Taraxacum officinale WIGG
Taraxacum officinale WIGG – Одуванчик лекарственный из семейства Asteraceae (сложноцветные) является фармокопейным лекарственным растением, которое используемое традиционном и народном медицине. В мировой флоре представлено более 2470 видов растений рода Taraxacum, а во флоре Узбекистана произрастают более 58 дикорастущих вида одуванчика
AQLLI BINOLAR: ENERGIYA SAMARADORLIGI VA TEXNOLOGIK YECHIMLAR
Zamonaviy arxitektura va qurilish sanoati jadal rivojlanmoqda va bu jarayonda aqlli binolar tushunchasi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. XXI asrda texnologik taraqqiyot va ekologik muammolar energiya samaradorligi hamda aqlli boshqaruv tizimlariga asoslangan binolarni yaratishga undadi. Aqlli binolar atrof-muhitga minimal ta’sir ko‘rsatish bilan birga, qulay yashash va ish sharoitlarini ta’minlashga yordam beradi. Ushbu maqolada aqlli binolarning asosiy xususiyatlari, texnologik yechimlari va energiya samaradorligi tamoyillari haqida batafsil so‘z yuritamiz.
MINIMALIZM ARXITEKTURASI: QULAYLIK VA ESTETIKANING YANGI KO‘RINISHI
Minimalizm arxitekturasi zamonaviy dunyoda keng tarqalgan va mashhurlik kasb etgan uslublardan biridir. Uning asosiy tamoyillari soddalik, funksionallik va fazoviy samaradorlikdan iborat. Bu uslub XX asrning o‘rtalarida shakllanib, bugungi kunda nafaqat turar-joy binolarida, balki jamoat binolari, ofislar va san’at muassasalarida ham keng qo‘llanilmoqda. Minimalistik arxitekturaning rivojlanishi, ayniqsa, shaharsozlik, ekologiya va zamonaviy texnologiyalar bilan bog‘liq holda tez sur’atda davom etmoqda. Minimalizm faqatgina arxitektura yondashuvi emas, balki butun hayot tarzi falsafasi hisoblanadi. U ortiqcha bezaklardan voz kechish, zaruratga qarab fazoviy yechimlarni yaratish va tabiiy yorug‘likdan maksimal darajada foydalanishga asoslanadi. Bu uslubdagi binolar odatda neytral rang gammasida bo‘lib, oq, kulrang va bej ranglar keng qo‘llaniladi. Ushbu ranglar makonning keng va ochiq ko‘rinishiga hissa qo‘shadi.
XXI ASR ARXITEKTURASI: INNOVATSIYALAR VA YANGI TENDENSIYALAR
Zamonaviy arxitektura XXI asrda ulkan o‘zgarishlarga duch keldi. Yangi texnologiyalar, ekologik talablar va ijtimoiy ehtiyojlar natijasida arxitektura yanada funksional, energiya samarador va estetik jihatdan rivojlangan yo‘nalishga ega bo‘ldi. Bugungi kunda innovatsiyalar, texnologiyalar va ekologik barqarorlik arxitekturaning asosiy tamoyillariga aylangan. Zamonaviy arxitekturaning asosiy jihatlaridan biri – aqlli texnologiyalarni qo‘llashdir. Aqlli binolar sun’iy intellekt, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va sensorli tizimlar orqali boshqariladi. Yorug‘lik, isitish, sovutish va xavfsizlik tizimlarini avtomatlashtirish natijasida energiya samaradorligi oshib, qulay yashash sharoitlari yaratiladi. Shuningdek, ushbu texnologiyalar inson hayotini soddalashtirish bilan birga, ekologik ta’sirni kamaytirishga yordam beradi.
BIONICS IN ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION
In conclusion, architecture and everything around us and events have something to do with nature. The harmonization of architecture with nature, on the other hand, reflects the pros and cons of buildings. Man has long intelligently and intuitively addressed the living nature in his architectural and construction activities, and nature has helped solve his various problems. The term "bionics" comes from the Greek word bios, which means "life." The word "nica" is derived from electronics and has opened up a direction
in science as a new term. The main content of the article is to provide information on what bionics means for the origin and application of this science nowadays.
РRАЕSTОL SЕRIYАSINING KUKUNLI АKRIL RЕАGЕNTLАRINI KОMРОZIT RЕАGЕNTLАRNI TАDQIQ QILISH VА ISHLАB CHIQISH
"Mоskvа-Stоkxаuzеn-Реrm" ZАО kоmраniyаsi tоmоnidаn ishlаb chiqаrilgаn Рrаеstоl роlimеrlаri dаstlаb оqаvа suvlаrni tоzаlаsh vа lоyni suvsizlаntirish uchun mо'ljаllаngаn (аsоsiy istе'mоlchilаr suv tа'minоti kоrxоnаlаri, shu jumlаdаn MGUР Mоsvоdоkаnаl vа nеftni qаytа ishlаsh, sеllyulоzа-qоg'оz vа tоg'-kоn sаnоаti kоrxоnаlаri).
GREEN INFRASTRUCTURE AND ECO-FRIENDLY TRANSPORT SYSTEMS
As the global climate crisis intensifies, green infrastructure and eco-friendly transport systems are emerging as critical components of sustainable urban development. These systems aim not only to reduce carbon emissions but also to enhance public health, improve energy efficiency, and foster economic resilience.
ВЛИЯНИЕ СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЕЙ НА МОРФОЛОГИЮ И СИНТАКСИС СОВРЕМЕННОГО РУССКОГО ЯЗЫКА
В данной статье исследуется влияние социальных сетей на морфологию и синтаксис современного русского языка. Рассматриваются особенности формирования новых языковых структур, тенденции упрощения грамматических конструкций, влияние интернет-сленга, а также изменения в стилистических и коммуникативных нормах
OZIQ-OVQAT SANOATINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI USULLARI.
Ushbu maqolada Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda xorijiy mamlakatlarning tajribalari turli model va yondashuvlarga asoslanadi. Bu mamlakatlarning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohalaridagi rivojlanish dasturlari mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, hududiy sharoitlar va ijtimoiy-siyosiy omillarga bog‘liq bo‘ladi. Quyida ayrim mamlakatlarning oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishdagi asosiy xususiyatlari bilan tanishib chiqishni maqsadga muvofiq deb xisoblanadi.
ZAMONAVIY JAMIYATDA OILANING O‘RNI VA AHAMIYATI
Oila har qanday jamiyatning negizini tashkil etib, uning barqarorligi va taraqqiyotida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Globalizatsiya, migratsiya va raqamli transformatsiya jarayonlari oilaviy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatayotgan bir paytda, uning jamiyatdagi ahamiyati yanada ortib bormoqda. Oila nafaqat farzand tarbiyasida, balki shaxsiy va ijtimoiy qadriyatlarni shakllantirishda, milliy madaniyat va an’analarni asrab-avaylashda muhim omildir. Zamonaviy sharoitda oilaning mustahkamligi ijtimoiy barqarorlik, ma’naviy rivojlanish va milliy taraqqiyot uchun strategik ahamiyat kasb etadi.
TIRIK ORGANIZMDA ENERGIYANING ALMASHINUVI: TERMODINAMIKA QONUNLARINING TIBBIYOTDA AHAMIYATI
Ushbu maqolada tirik organizmlar termodinamikasi va ularning energiya almashinuvi jarayonlari tahlil qilinadi. Biologik sistemalardagi issiqlik va energiya almashinuvi asoslari, termodinamik qonunlar va tirik organizmlarda entropiya tushunchasi ko‘rib chiqiladi. Tirik sistemalar o‘z-o‘zini saqlab qolish va energiya samaradorligini oshirish uchun qanday mexanizmlarga ega ekanligi ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi.
СУРУНКАЛИ ҚАЙТАЛАНУВЧИ АФТОЗ СТОМАТИТНИ ДАВОЛАШ ВА ОЛДИНИ ОЛИШ
Ушбу мақолада сурункали қайталанувчи афтоз стоматитни даволаш ва унинг олдини олиш бўйича замонавий усуллар кўриб чиқилган. Тадқиқотда касаллик патогенези, асосий клиник белгилари, даволаш усуллари ва профилактика чоралари таҳлил қилинди. Физиотерапия, доривор воситалар, иммуномодуляторлар ва халқ табобати усулларининг самарадорлиги баҳоланди. Натижаларга кўра, комплекс ёндашув касалликни бартараф этишда ва рецидивларни камайтиришда муҳим аҳамиятга эга.
ФИЗИОТЕРАПИЯ ЁРДАМИДА СУРУНКАЛИ УМУМИЙ ПЕРИОДОНТИТНИ КОМПЛЕКС ДАВОЛАШ
Ушбу мақолада сурункали умумий периодонтитни физиотерапия усуллари ёрдамида комплекс даволаш самарадорлиги ўрганилган. Тадқиқотда 50 нафар бемор иштирок этди, улар икки гуруҳга бўлинди:
“TASHABBUSLI BUDJET” ORQALI LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH YO‘LLARI
Ushbu ilmiy maqola 2024-yil holatidagi "Tashabbusli budjet" tizimi orqali loyihalarni moliyalashtirishning samaradorligi va mavjud muammolarini o‘rganadi. 2024-yilda O‘zbekiston davlat budjetidan tashabbusli loyihalarni moliyalashtirish uchun 15 trln. so‘m ajratilgan bo‘lib, ushbu mablag‘larning 25% i kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
INTERFERON VA SITOKINLARNING SINTEZLANISHI, TA’SIR MEXANIZMI
Ushbu maqola interferonlar va sitokinlar sintezlanishi va ularning ta’sir mexanizmlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Interferonlar va sitokinlar immun tizimining muhim regulatorlari bo‘lib, ular organizmning infektsiyalarga qarshi kurashishida va yallig‘lanish jarayonlarida asosiy rol o‘ynaydi
KAMAZ 740 DVIGATELINING YARATILISH TARIXI VA UNING XUSUSIYATLARI
Barcha jismlar ichki energiyaga ega - yer, toshlar, bulutlar. Biroq, ularning ichki energiyasini olish juda qiyin va ba’zan imkonsizdir. Inson ehtiyojlari uchun eng oson ishlatiladigan faqat ba’zi, majoziy ma’noda “yonuvchi” va “issiq” jismlarning ichki energiyasidir. Bularga quyidagilar kiradi: neft, ko‘mir, vulqonlar yaqinidagi issiq buloqlar, iliq dengiz oqimlari va boshqalar. Ushbu jismlarning ichki energiyasini mexanik energiyaga aylantirishdan foydalanish misollaridan birini ko‘rib chiqishingiz mumkin.
YURAK QON-TOMIR KASSALIKLARINI OLDINI OLISH VA ULARNI ASORATLARINI OLDINDAN BASHORAT QILISH UCHUN CHORA TADBIRLAR
Yurak qon-tomir kasalliklari hozirgi kunda inosniyat uchun juda katta havf tug’dirayotgan kasalliklardan biri bo’lib kelmoqda. Yurak qon-tomir kasalliklarining statistikasi ham hozirgi kunda o’sib borayotganligi sababli quyidagi maqolamizda yurak qon-tomir kasalliklari xususan erterioskleroz kasalligining kelib chiqish sabablari kasallikni davolash chora tadbirlari hamda kasallikni oldini olish usullari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
IMMUNITET TIZIMI VA UNING ORGANIZMNI KASALLIKLARDAN HIMOYA QILISHDAGI ROLI
Ushbu maqolada inson immunitet tizimining tuzilishi, uning asosiy funksiyalari va organizmni kasalliklardan himoya qilishdagi roli haqida batafsil ma’lumot beriladi. Immunitetning turlari, uning qanday ishlashi va uni mustahkamlash yo‘llari ham yoritiladi. Shuningdek, immunitetning zaiflashish sabablari va unga salbiy ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi.
MIOPIYA KASALLIGI EPIDEMIOLOGIYASI VA UNING OLDINI OLISHNING ZAMONAVIY USULLARI
Ushbu maqolada miopiya kasalligi, uning kelib chiqish sabablari, rivojlanish omillari va davolash usullari haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, kasallikning oldini olish choralari, zamonaviy muolaja usullari va ko‘z salomatligini saqlash bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Tadqiqotlar asosida miopiyaning turmush tarziga bog‘liq jihatlari ham tahlil qilinadi.
TEACHING ELEMENTARY MATHEMATICS IN ELEMENTARY GRADES
This article analyzes technologies for teaching elementary mathematics in elementary grades. Modern pedagogical approaches, innovative methods and interactive methods used in primary education are discussed. During the study, effective technologies are analyzed aimed at developing the mathematical thinking of students, forming an independent and creative approach.
YURAKNING ORTTIRILGAN VA TUG‘MA NUQSONLARIDA ELEKTROKARDIOGRAFIYADA KO‘ZATILADIGAN O‘ZGARISHLAR
Tug‘ma yurak nuqsonlari yurak-qon tomir kasalliklari tarkibiga kirib, yurak yoki yirik tomirlarning tuzilishidagi anomaliyalar hisoblanadi. Ushbu maqolada tug‘ma va orttirilgan yurak nuqsonlarining elektrokardiografik (EKG) belgilari tahlil qilinadi. Tug‘ma yurak nuqsonlari chaqaloqlarning taxminan 0,8-1,2 foizida uchrab, ularning diagnostikasi va klinik belgilari muhim ahamiyatga ega. Orttirilgan yurak nuqsonlari esa EKGda ko‘krak tarmoqlari va yurak elektr o‘qidagi o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi. Maqolada ushbu patologiyalarning asosiy elektrokardiografik ko‘rsatkichlari va klinik belgilari keltirilgan
INSULTDAN KEYINGI REABILITATSIYADA NEYROSENSOR MASHG‘ULOTLARNING TA’SIRI
Ushbu maqolada insultdan keyingi reabilitatsiyada neyrosensor mashg‘ulotlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida 60 nafar bemor o‘rganildi va ular ikki guruhga ajratildi: neyrosensor mashg‘ulotlar qo‘llangan eksperimental guruh va an’anaviy reabilitatsiya olgan nazorat guruhi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, neyrosensor mashg‘ulotlar harakat, sensor va kognitiv funksiyalar tiklanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu metod insultdan keyingi reabilitatsiya samaradorligini oshirishga xizmat qiladi
ОҒИЗ БЎШЛИҒИДА КЎП ШАКЛЛИ ЭКССУДАТИВ ЭРИТЕМА БИЛАН ОҒРИГАН БЕМОРЛАРНИ ДАВОЛАШНИНГ ИЛМИЙ АСОСЛАРИ
Ушбу мақолада кўп шаклли экссудатив эритема (КШЕЕ) билан оғриган беморларни даволашнинг самарали усуллари таҳлил қилинади. Тадқиқот доирасида 50 нафар бемор текширилиб, турли лаборатор ва клиник таҳлиллар асосида диагностика ўтказилди. Маҳаллий ва тизимли терапия комбинatsiяси симптоматик енгиллашишни тезлаштиргани ҳамда касалликнинг қайталаш эҳтимолини камайтиргани аниқланди. Олинган натижалар клиник амалиёт учун муҳим тавсиялар беради.
КАРИЕСНИ ЗАМОНАВИЙ СТОМАТОЛОГИЯДА ДАВОЛАШ УСУЛИ ВА ИККИЛЛАМЧИ РИВОЖЛАНИШИНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ
Ушбу мақолада кариесни замонавий стоматологияда даволаш усуллари ва иккилламчи ривожланишининг олдини олиш борасидаги илмий тадқиқотлар таҳлил қилинади. Тадқиқот натижаларига кўра, замонавий усуллар анъанавий даволаш усулларига нисбатан самарадорлиги юқори эканлиги аниқланди. Замонавий технологиялар, жумладан, лазер терапияси, инфильтрatsiя усуллари ва адгезив материаллардан фойдаланиш орқали тикланиш жараёни сезиларли даражада тезлашади.
BOSHLANGʻICH SINF O‘QITUVCHISI VA O‘QUVCHISINING OCHIQ QO‘SHMA FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINING NAZARIY ASOSLARI
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘rtasida ochiq qo‘shma faoliyatini rivojlantirishning nazariy asoslari haqida fikr yuritiladi. Ijtimoiy madaniy nazariya, konstruktivistik va hamkorlikda o‘rganish bo‘yicha empirik tadqiqotlarga tayangan holda, boshlang‘ich ta’lim muassasalarida hamkorlikda ta’lim muhitini rivojlantirish bilan bog‘liq tamoyillar, amaliyotlar va natijalarni o‘rganish boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘rtasida ochiq qo‘shma faoliyatni takomillashtirishda, shuningdek, dars samaradorligini oshirishda juda muhim o‘rin tutadi.