PYTHON DASTURLASH TILIDA RO‘YXATLAR
Ushbu maqolada Python dasturlash tilidagi ro‘yxat (list) ma’lumotlar tuzilmasi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Ro‘yxatlarning asosiy xususiyatlari, ularni yaratish usullari, elementlarga indeks orqali murojaat qilish, salbiy indekslash, ro‘yxatga element qo‘shish, olib tashlash, tartiblash, ko‘paytirish, nusxa olish va boshqa amallar ko‘plab kod misollari bilan izohlangan. Maqola dasturchilarga ro‘yxatlar bilan samarali ishlash, turli real hayotdagi masalalarni Python yordamida yechish imkoniyatlarini tushuntirishga qaratilgan.