Barcha maqolalar - Kelgusi konferentsiyalar

Maqolalar soni: 7
  • Markaziy Osiyo mintaqasining geostrategik ahamiyati uning geografik joylashuvi, tabiiy resurslarning katta zaxiraiariga ega bo'lishi hamda muhiin transport va logistika salohiyatiga ega bo'lishi bilan bog'liqdir. Bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlari mintaqadagi tashqi kuchlarning rolini kuchaytirish bilan bog'liq jiddiy transformatsiya bosqichini o'tayapti. Markaziy Osiyo mintaqasi dunyoningyetakchi davlatlari o'rtasidagi resurslar va siyosiy ta'sir uchun raqobat va geosiyosiy ziddiyatlar ob'ektiga aylanmoqda. Shu nuqtai nazardan, Markaziy Osiyo davlatlariyangi imkoniyatlar va xavflarni baholashlari, geosiyosiy muvozanatni saqlab qolish va Markaziy Osiyo mintaqasining atrofida xavfsizlik, barqarorlik va iqtisodiy rivojlanish kamarini yaratish zarurligini tushunishlari muhimdir.
    Sarbinaz Reipnazarova
    3-7
    45   17
  • This paper examines the role of herbal medicine in the complex treatment of patients with tuberculosis. Particular attention is paid to the use of medicinal plants to improve the general condition of the body, enhance immunity and reduce the side effects of drug therapy. The results of studies confirming the effectiveness of herbal medicine as an auxiliary method in the fight against tuberculosis are presented.
    Rozixon Xakimova, Abdulbokiy Khushnudbekov
    8-10
    60   31
  • Mаъмурий жазо ҳуқуқбузарлик содир этилган кундан бошлаб, давом этаётган ҳуқуқбузарликлар учун эса, ҳуқуқбузарлик аниқланган кундан бошлаб бир йилдан кечиктирмай қўлланилиши мумкин. Жиноят ишини қўзғатиш рад этилган ёки жиноят иши тугатилган бўлса-ю, лекин ҳуқуқбузарнинг ҳаракатларида маъмурий ҳуқуқбузарлик аломатлари мавжуд бўлса, маъмурий жазо чораси жиноят иши қўзғатишни рад этиш ёки жиноят ишини тугатиш тўғрисида (агар бир йиллик муддат ўтмаган бўлса) қарор қабул қилинган кундан эътиборан бир ойдан кечиктирмай қўлланилиши мумкин.
    Собиржон Темиров
    27-29
    34   15
  • Bugungi kunda yer osti suvlarini huquqiy jihatdan tartibga solish zaruratipaydo bo'lgan. Yer ostisuvlarining ifloslanishi va iste'molgayaroqsiz holga kelishi tabiiy va inson faoliyati natijasida yuz berib, ekologik xavf tug'dirmoqda. Bunday salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida yer osti suvlarining haqiqiy holati, miqdori, tarkibi va ifloslanish darajasini o'lchash hamda aniqlash jarayoni monitoring deb yuritiladi. To'liq va samarali monitoring orqali sohadagi batafsil ma'lumotlar aniqlanib, mavjud kamchiliklar ustida qo'shimcha ishlar olib borish zarurligi belgilanadi.
    Oybek Otamirzayev
    3-7
    29   7
  • Maqolada Yevropa Ittifoqi, AQSH va Yaponiyada ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqlarini himoya qilishning huquqiy va texnik mexanizmlari qiyosiy tahlil etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqlarini buzish holatlari ko'payishi va internet vositachilarining javobgarligiga oidhuquqiyyondashuvlardagifarqlar bilan belgilanadi.Asosiyg'oya shundan iboratki, qonunchilikdagi farqlarga qaramay (masalan, AQSH va Yaponiyada "xabardor qilish va o'chirish" tartibi, Yevropa Ittifoqida esa yanada faol filtrlash), global amaliyot huquqiy me’yorlar va texnik vositalarning uyg'unlashuvi orqali himoya mexanizmlarining yaqinlashishiga olib kelmoqda. Natijalar shuni ko'rsatadiki, AQSH va Yaponiya xabarnoma orqali kontentni faol o'chirish bilan cheklangan javobgarlik modelini saqlab qolmoqda, Yevropa Ittifoqi esa foydalanuvchi yuklamalarini faol filtrlash majburiyatini yuklaydigan aralash tizimga o'tgan. Me’yoriy farqlarga qaramay, global platformalar bir xil texnik yechimlarni joriy etish orqali amaliyotni birlashtirmoqda, bu esa yondashuvlarning amaldayaqinlashishiga olib kelmoqda. Xulosalar shuni tasdiqlaydiki, huquqiy himoya tartiblarining uyg'unlashuvi va faol nazorat rivojlanishning umumiy yo'nalishiga aylanmoqda. Mualliflik huquqlarini barqaror himoya qilish uchun xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, xabardor qilishning shaffof tartib-qoidalarini ishlab chiqish va ortiqcha bloklash xavfini kamaytiradigan texnologiyalarni takomillashtirish zarur.
    Diyoraxon Ochilova
    8-17
    75   38
  • Ушбу мақола иш фаолиятини баҳолаш - бу корхонани бошқариш стратегик мақсадларга эришиш даражасига, хусусан, корхонанинг бозор қийматини мустаҳкамлаш ва ўсишига қанчалик мос келишини аникугашга им кон берадиган воситалари кўриб чиқилди. KPI тизимининг мақсади корхонанинг стратегиясини ўлчов ва бошқарув тизимининг асосий параметрларини белгилайдиган ишлаш кўрсаткичларининг кенг қамровли тўпламига айлантиришдир. Кўрсаткичлар тўплами корхонанинг стратегиясини шакллантириш учун асос яратади ва ходимларни ҳозирги ва келажакдаги муваффақиятнинг асосий омиллари тўғрисида хабардор қилиш учун миқдорий хусусиятларни ўз ичига олади.
    Орифали Турсунов
    18-24
    47   32
  • Tabiiy yorug'lik me'morchilikda fazoviy idrok va hissiy munosabatni shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Yorug'lik va soya me'moriy makonning ham shakli, ham muhitini boyitadi. Holatli tadqiqotlar yorug'likni kompozitsion va ramziy dizayn vositasi sifatida namoyon etadi. Mintaqaviy tahlil shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston me'morchiligida quyosh nuridan yetarlicha foydalanilmayapti. Kunduzi yoritish dizayn sifatini oshirishi va energiyaga bog'liqlikni kamaytirishi mumkin.
    Shaxruza Uktamova, Saodat Mirdavidova
    25-30
    50   26