Termiz va Winchester shaharlari toponimlarining leksiko-semantik xususiyatlari
Ushbu maqolada Termiz va Winchester shaharlari toponimlarining leksiko-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqolada, avvalo, har ikki shahar nomining kelib chiqishi, ma'nosi va tarixiy konteksti o'rganilgan. Termiz toponimi O'zbekistonning janubiy qismidagi tabiiy va geografik sharoitlar bilan bog'liq bo'lib, "issiq"yoki “quyoshli" degan ma'nolarni anglatadi. Winchester toponimi esa, Angliyaning tarixiy va siyosiy markazi sifatida, “fort"yoki "qurilish" ma"nolarini o’z ichiga oladi, bu esa shaharning mudofaa va xavfsizlik maqsadida qurilganligini ko'rsatadi. Maqolada shuningdek, har ikki shahar toponimlarining madaniy va tarixiy rivojlanishdagi o’rni va ularning semantik xususiyatlari ta'kidlangan. Tahlil natijasida, Termiz va Winchester shaharlari o'rtasidagifarqlar va ularning nomlaridagi ma'nolarni aks ettiruvchi tarixiy, madaniy va geografik faktorlar haqida chuqur tushuncha berilgan.