Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Distinctive psychological aspects of perception in foreign
language learning
Pakiza ISAMOVA
1
Uzbekistan State World Languages University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2025
Received in revised form
15 May 2025
Accepted 15 June 2025
Available online
25 June 2025
This article provides a detailed analysis of perception as a
psychological phenomenon in the process of learning foreign
languages, along with the personal characteristics, attention,
and thinking of students acquiring a foreign language. It
highlights the psychological features of learning and teaching
foreign languages, such as the perception of texts in a foreign
language and the memorization of vocabulary. The paper also
reveals the psychological aspects of expanding and developing
students’ thinking in a foreign language during the process of
acquiring other languages.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
perception,
foreign language,
communication,
student,
thinking,
memory.
Xorijiy tillarni o‘rganishda idrokning o‘ziga xos psixologik
xususiyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
idrok,
xorijiy til,
muloqot,
talaba,
tafakkur,
xotira
Ushbu maqolada xorijiy tillarni o‘rganishda idrokning o‘ziga
xos psixologik xususiyatlari, xorijiy til o‘zlashtirgan talabaning
shaxsiy xususiyatlari, diqqati va tafakkuri batafsil bayon
qilingan. Xorijiy til o‘rganishning, o‘rgatishning psixologik o‘ziga
xosligi chet tildagi matnni idrok etish, chet tilidagi so‘zlarni
xotirada saqlash bilan talabalar o‘zga tillarni o‘zlashtirish
jarayonida ularning o‘zga tildagi tafakkuri kengayib borishi
ni
ta’minlashning psixologik jihatlari ochib berilgan.
1
Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor, Uzbekistan State World Languages University.
E-mail: 00isamova@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
59
Специфические
психологические
особенности
восприятия при изучении иностранных языков
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
восприятие,
иностранный язык,
общение,
студент,
мышление,
память.
В данной статье подробно раскрываются особенности
восприятия как психологического феномена при изучении
иностранных языков, а также личностные характеристики,
внимание
и
мышление
студентов,
овладевающих
иностранным языком. Освещаются психологические
особенности обучения и преподавания иностранных
языков, такие как восприятие текста на иностранном
языке, запоминание слов, а также раскрываются
психологические аспекты расширения и развития
мышления студентов на иностранном языке в процессе
овладения другими языками.
Bugungi zamonaviy fan texnika rivojlanib borayotgan XXI asrni chet tillarisiz
tasavvur qilib bo
‘
lmaydi.
Globalizatsiya jarayoni shiddat bilan tez suratlarda o‘sib
borayotgani sari chet tilini o‘rganish zamon talabiga aylanib bormoqda. Bugun har
qand
ay kasbda malakali kadr mutaxassis bo‘lish uchun ingliz tilini bilish oddiy talabga
aylanib qoldi.
Hozirgi kunda biz til o‘rganishni nafaqat maktab, kollej, litsey va oliy yurtlar
miqyosida, balki bog‘cha tarbiyalanuvchilari orasida ham ko‘rishimiz mumkin
. Yurtimiz
taraqqiy etayotgan bir bosqichda, jamiyatimizning eng yosh qatlami ham chet tillarini
o‘rganishga bel bog‘ladi. Ma’lumki, ko‘plab rivojlangan davlatlarning tillarini o‘rganish
jahon ilm fani taraqqiyoti yutuqlarini o‘rganishga va egallashga vosita vazifasini o‘taydi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari jarayonida professor
-
o‘qituvchi faoliyatiga qo‘yiladigan talablarda ular ham xorijiy tillarni bilishi talabi
qo‘yilgan. Shu boisdan ta’lim jarayonida o‘qituvchi faoliyatining in
dividual-psixologik va
ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda katta yoshdagi professor-
o‘qituvchilarga xorijiy tillarni o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Xorijiy til o‘rganishning va uni o‘rgatishning psixologik o‘ziga xosligi chet tild
agi
matnni idrok etish, chet tilidagi so‘zlarni xotirada saqlash bilan talabalar o‘zga tillarni
o‘zlashtirish jarayonida ularning o‘zga tildagi tafakkuri kengayib borishini ta’minlashning
psixologik jihatlarini bilishni talab qiladi. Ta’lim muassasalarida
xorijiy tillarni
o‘zlashtirish jarayoni talaba yoshlarning psixologik xususiyatlari, aqliy taraqqiyotining
psixologik qonuniyatlaridan xabardor bo‘lishi, talabaning psixologik taraqqiyotiga faol
ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish ular bilan bo‘ladigan mun
osabatlar uchun zarur
psixologik ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Biror bir xorijiy tilni tez o‘rganish, unda tezda gapira olish siri nimada? Nima
uchun to‘rt yil davomida bosh ko‘tarmasdan bitta chet tilini o‘rganayotgan talabalarning
aksar qismi
o‘sha tilning o‘zida to‘rt besh og‘iz gapni bexato ayta olmayotganda bu tilga
aloqasi bo‘lmagan boshqa yo‘nalish bo‘yicha o‘qiyotgan talabalar haftasiga uch to‘rt soat
vaqt ajratib tilni ajoyib tarzda o‘zlashtiryapti? Bu kabi savollarga psixologik yondashu
v
asosida nazar tashlaydigan bo‘lsak har bitta til o‘rganadigan talaba yoki o‘quvchi o‘zining
psixologiyasiga ega bo‘ladi. Bu degani xorijiy tillarni o‘rganayotgan insonda
faqat bitta
tilda gapiradiganlarga nisbatan, o‘xshash so‘zlarni yaxshi aniqlay olish
qobiliyati bo‘ladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
60
Ushbu qobiliyat turli chalg‘ituvchi omillarni bloklab, bitta vazifaga diqqatni qaratishga
yordam beradi. Shuning bilan birga ularda matematik qobiliyat ham yaxshi rivojlanib
boradi. 2007-
yilda chet tillarni o‘qitish bo‘yicha Amerika kengashi tomonidan o‘tkazilgan
tadqiqot doirasida xorijiy tillarni o‘rganayotgan bolalar maktab dasturida matematikaga
ko‘proq soat ajratilgan, ammo chet tillarni umuman o‘qimaydigan o‘quvchilarga nisbatan,
matematika bo‘yicha yaxshiroq natijalarni ko‘rsatga
ni aniqlandi. Hayratlanarli tomoni
yo‘q –
boshqa til asoslarini o‘rganish mantiqiy fikrlashni ishga tushiradi. Chet tillarini
o‘rganishning yana bir yaxshi tomoni shundan iboratki, unda yangi axborotni eslab qolish
qobiliyati yaxshilanadi, bu o‘qish vaqtini kamaytiradi. Buning ustiga, ko‘p til biladiganlar
bir vaqtning o‘zida ko‘p vazifalarni bajarishga moyil bo‘ladi. Qo‘shimcha ravishda aytish
mumkinki xorijiy tilni o‘rganayotgan talabalarning psixologik faoliyati ham o‘sha tilni
o‘rganishdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Ya’ni ularning mehnat va o‘qish faoliyatlari nazarda
tutilganda aqliy jihatdan o‘rganilgan bilim bu o‘qish faoliyatiga aloqador bo‘lsa
o‘rganilgan bilimni mehnat faoliyati orqali o‘zlashtirish zarur. Aytaylik, talaba ingliz tilida
hozirgi zamon
mavzusini o‘qish faoliyati orqali amalga oshirdi. Endi uni ta’lim
muassasasidan tashqariga chiqqandan so‘ng mehnat faoliyati orqali amalga oshirib ya’ni
o‘z tengdoshlari bilan ayni paytda amalga oshayotgan ish harakatlarni ingliz tilida
so‘zlashish hamda muloqot qilish orqali o‘zlashtirsa olingan bilib mustahkamlanib
boradi. Shuning bilan bir qatorda, idrok qilish ham til o‘rganishdagi ahamiyatiga e’tibor
qaratadigan bo‘lsak o‘rganilayotgan bilim faqatgina oddiy aks ettirilmasdan balki bu
jarayonda odamning diqqati, xotirasi, tafakkuri, hayoli, hissiyoti va irodasi ishtirok etadi.
Chunonchi, odam diqqatini qaratmasdan (yo‘naltirmasdan) birorta narsani ham,
jumladan, qabul qilinayotgan bilimni ham mutlaqo idrok eta olmaydi.
Diqqat qaratilgandagina chetdan ta’
sir qilayotgan yoki qabul qilinayotgan
axborotni ravshan idrok etamiz. Til bilimlarini idrok qilish jarayonida o‘quvchining ilgari
orttirgan bilim tajribasi ishtirok etdi, binobarin, idrok jarayoni xotira bilan uzviy ravishda
bog‘liq bo‘ladi. Til o‘rganayotganda hamisha qaysidir ma’noda tanish jarayon idrok
qilinadi. Tanish jarayon qatnashayotgani tufayli o‘rganuvchi idrok qilayotgan narsalarini
darrov anglab yetadi. Demak o‘quvchi hozirgi idrok qilayotgan bilimlari ilgarigi
idroklarida qay darajada mavjud
bo‘lgan va saqlanib qolgan bo‘lsa, bu narsa ongda
taqqoslab ko‘riladi va agarda mos kelsa, ayni chog‘da idrok qilinayotgan axborotni
taniydi. Aytaylik, talaba o‘z ona tilida yetarlicha bilimga ega. Endi u ma’lum bir xorijiy
tilni, masalan, ingliz tilini o‘rganmoqda va bunda unga oldingi o‘zlashtirilgan bilim
yordamga keladi va o‘zbek tili bilan ingliz tilini haqli ravishda solishtirib ko‘radi. Bu ham
idrok qilishning bir jarayoni hisoblanib, bunda o‘zbek tilidagi axborot bilan ingliz tilidagi
axborot bir biriga mos kelsa
ong bu narsani darrov taniydi va o‘quvchida ushbu
ma’lumotni o‘rganishda qiyinchilik tug‘ilmaydi. Aksincha, agar oldingi bilim hozirgi idrok
qilinayotgan bilimga mos kelmasa ham idrok qilish jarayoni davom etaveradi. Aynan
mana shu jarayonda
endi nutq va tafakkurning qatnashishi namoyon bo‘ladi. Chunki
bizning nutq va tafakkurimiz mos kelmagan axborot uchun chigal xulosa chiqarib
beraveradi. Ya’ni yangi ma’lumot haqida nutq va tafakkur aniq hukm va xulosa
chiqarmaguncha idrok jarayoni xayolim
iz bilan bog‘lanib ketadi. Endi idrokning faoliyati
yanada kuchayadi. Bunga misol qilib aytish mumkinki, talaba o‘zbek tili grammatikasida
“kelishik” haqida bilimga ega, ammo ingliz tilida bu narsa tarqoq tarzda o‘rganiladi. Ingliz
tilida kelishik mavjud a
mmo xuddi o‘zbek tilidagidek 6 ta emas 2 xil bo‘ladi va o‘z ichiga
faqat bosh kelishik va qaratqich kelishigini oladi. O‘zbek tilidagi qolgan kelishiklarni esa
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
61
ingliz tilidagi “predlog” turkumi orqali ekvivalent ya’ni ma’nosi teng keluvchi tarzida
o‘rganamiz. Demak idrokimiz ingliz tilida kelishiklarni o‘rganayotgan paytida oldingi
bilimlariga mos keluvchi axborotni topa olmagach, tafakkurimiz chigal hukm chiqaradi va
xayol yordamida bu narsa to‘ldirilib mos obrazga keltiriladi va mazmuni kengaytiriladi.
Xorijiy tillarni o‘rganishda, albatta, diqqatning ham ahamiyati katta. Chet tilini
o‘rganishda diqqat talabaning aqliy va harakatlantiruvchi faolligi darajasining
oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning xorijiy tilni, masalan, ingliz tilini o‘rganishg
a
qaratilganligi va yo‘naltirilganligidadir. Ingliz tilini o‘rganayotganda talabada ixtiyoriy,
ixtiyorsiz va ixtiyordan keyingi diqqat jarayonlarini amalga oshadi. Ixtiyoriy diqqat
jarayonida talaba oldindan o‘z oldiga qat’iy maqsad qo‘yib so‘ngra ongli ra
vishda
diqqatimizni faqatgina o‘sha tilni o‘rganishga qaratadi.
Aynan shuning uchun ham o‘qish
faoliyatida ixtiyoriy diqqatning roli juda kattadir. O‘z navbatida ixtiyorsiz diqqat bilan
almashinib turadi va farqli ravishda ixtiyoriy diqqatga nisbatan ortiqcha iroda va kuch
talab etmaydi. Shu jihatdan olganda ta’lim jarayonida ixtiyoriy diqqatning vaqti
-vaqti
bilan ixtiyorsiz diqqatga o‘tib turishi yaxshi bo‘ladi. Ana endi ingliz tilini ixtiyoriy
ravishda diqqat qilib o‘rganayotgan talaba o‘zi bilmagan holda
qiziqib o‘qishni boshlaydi
va g‘uni hech narsa tilni o‘rganishga majbur qilishi ham shart bo‘lmay qoladi. Demak, tilni
o‘rganishda diqqatning bu 3 xil ko‘rinishi bilan bir qatorda uning ko‘lami ham muhim.
Ya’ni tilni o‘rganish idrok qilinayotgan jarayonda
diqqatimiz qaratilgan narsalardan
qanchasini ongimizga sig‘dira olishimiz diqqatning ko‘lamini tashkil etadi.
Xorijiy tillarni o‘rganish xususida gapirilganda xotiraning ham tutgan o‘rniga
ahamiyat qaratish lozim. Xotira biz idrok qilgan bilimlarimizni yodda saqlash, keyinchalik
ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Til o‘rganish jarayonida har kuni yangi bilimlarni
qabul qilamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. Bilamizki, ingliz tilini quyidagi
bosqichlarda o‘rganib boramiz:
A)
eshitish;
B)
yozish;
C)
o‘qish;
D)
gapirish.
Mana shu yo‘llar orqali xotirada o‘zlashtirilgan bilimni saqlab qolish mumkin.
Bu jarayonlar bir biri bilan uzviy ravishda bog‘liq bo‘lib har qanday xorijiy tilni
o‘rganishda o‘rganuvchida yuzaga keladigan faoliyat hisoblanadi. D
emak, xorijiy tillarni
o‘rganishda yuqoridagi psixologik jarayonlar har bir o‘rganuvchi talaba va o‘quvchilar
faoliyatida muhim rol o‘ynaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
А
.
Маслоу
.
Мотивация
и
личность
.
Изд. пер. с англ. –
Спб.: Питер, 2008.
2.
Аверьянов
А.И.,
Рассказова
А.Л.
Методические
рекомендации
для
студентов
МГПИ.
Протокол№9
от
12апреля
2010г.
-
С.4
-7.
3.
Милиева Муаттар Гаффаровна О психолингвистике и нейролингвистике
билингвизма // Вопросы науки и образования. 2018. №8 (20). URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/o-psiholingvistike-i-neyrolingvistike-bilingvizma
(дата обращения: 21.05.2024)
4.
Miliyeva Muattar Gaffarovna. (2023). Influence of Bilinguism on Socio-Cognitive
Personal Development. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 19, 61
–
64.
Retrieved from https://www.zienjournals.com/index.php/zjssh/article/view/3765
