Особенности традиционного исполнения классического музыкального произведения «Савти калом»

Аннотация

В данной статье рассматриваются особенности традиционного исполнения классического музыкального произведения «Савти калом». Показано, что его исполнение представляет собой не только проявление музыкального искусства, но и сложную форму духовно-литературных знаний и чувств. Автор подчеркивает, что исполнитель должен глубоко осознавать взаимосвязь слова и музыки, художественно передавая смысл произведения слушателю. Особое внимание уделяется необходимости высокой исполнительской культуры, профессионального мастерства и художественной интерпретации в процессе исполнения «Савти калом».

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2020
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Выпуск:
  • Заслуженный деятель искусств Узбекистана, доцент, Факультета педагогики, психологии и искусствоведения, Ферганский государственный университет, Фергана, Узбекистан
CC BY f
163-168
6

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Каримов A. (2025). Особенности традиционного исполнения классического музыкального произведения «Савти калом». Общество и инновации, 6(3), 163–168. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3-pp163-168
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассматриваются особенности традиционного исполнения классического музыкального произведения «Савти калом». Показано, что его исполнение представляет собой не только проявление музыкального искусства, но и сложную форму духовно-литературных знаний и чувств. Автор подчеркивает, что исполнитель должен глубоко осознавать взаимосвязь слова и музыки, художественно передавая смысл произведения слушателю. Особое внимание уделяется необходимости высокой исполнительской культуры, профессионального мастерства и художественной интерпретации в процессе исполнения «Савти калом».


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Characteristics of traditional performance of the classical
musical piece "Savti Kalom"

Abdulkhay KARIMOV

1


Fergana State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025

Received in revised form

15 May 2025
Accepted 15 June 2025

Available online

25 June 2025

This article explores the characteristics of the traditional

performance of the classical musical composition Savti Kalom.

It demonstrates that the performance of this piece represents

not only a form of musical artistry but also a complex

expression of spiritual-literary knowledge and emotional depth.

The study emphasizes the importance of the performer’s deep

understanding of the interaction between words and music and

the need to convey meaning to the listener through artistic

interpretation. The article highlights that performing Savti
Kalom requires a high level of musical skill, expressive delivery,

and refined artistic perception.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3-pp163-168

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

classical music,

traditional performance,
maqom,

artistic expression,

poetry.

Savti kalom

mumtoz musiqa asarining an’anaviy

ijrochilikdagi xususiyatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Savti Kalom,

mumtoz musiqa,

an’anaviy ijro,

maqom,

tavsif,

she’r.

Ushbu maqolada

Savti kalom

nomli mumtoz musiqa

asarining an’anaviy ijrochilikdagi xususiyatlari tahlil qilingan.
Unda bu asarning ijrosi nafaqat musiqiy san’at namunasi,

balki ma’naviy

-adabiy bilimlar va nozik his-

tuyg‘ularning

mushohadabop ifodasi sifa

tida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda

ijrochining so‘z va musiqaning o‘zaro ta’sirini chuqur anglab,

ma’noni tinglovchiga badiiy obraz orqali yetkazishi, shuningdek,

bu jarayon yuqori ijrochilik madaniyati va mahoratini talab
qilishi ilmiy asosda yoritilgan. Maqola

Savti kalom

ning estetik

va badiiy talqini doirasida an’anaviy musiqiy ifodaning

zamonaviy anglanishini ham ko‘rsatib beradi.

1

Associate Professor, Faculty of Pedagogy, Psychology and Art History, Honored Artist of Uzbekistan, Fergana State

University. Fergana, Uzbekistan. E-mail: a.karimov@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

164

Особенности традиционного исполнения классического

музыкального произведения «Савти калом»

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

классическая музыка,
традиционное
исполнение,

маком,

художественная
интерпретация,

поэзия.

В данной статье рассматриваются особенности

традиционного исполнения классического музыкального

произведения «Савти

калом». Показано, что его

исполнение представляет собой не только проявление

музыкального искусства, но и сложную форму духовно

-

литературных знаний и чувств. Автор подчеркивает, что

исполнитель должен глубоко осознавать взаимосвязь
слова и музыки, художественно передавая смысл
произведения слушателю. Особое внимание уделяется

необходимости высокой исполнительской культуры,

профессионального

мастерства

и

художественной

интерпретации в процессе исполнения «Савти калом».


KIRISH

O‘zbek mumtoz musiqasi milliy madaniyatimizning eng qadimiy va nozik san’at

turlaridan biri bo‘lib, uning ijrochilik an’analari asrlar davomida shakllangan va bugungi
kunda boy ma’naviy meros sifatida katta ahamiyat kasb etadi [1], [2]. Bu meros ichida

Savti Kalom

yo‘nalishi alohida o‘rin tutadi. U o‘zbek musiqa madaniyatida she’riy so‘z

va musiqaning uyg‘unligi

orqali shakllangan va mumtoz ijrochilikda o‘ziga xos badiiy

ifoda vositasi hisoblanadi [3].

Savti Kalom

asarining o‘ziga xosligi –

uning ijrosida

ma’naviy chuqurlik

, estetik

mazmun va nozik his-

tuyg‘ularni musiqiy obraz orqali ifodalash

imkoniyati bilan

belgilanadi [4]. She’r matni bilan musiqa o‘rtasidagi murakkab o‘zaro ta’sir ijrochidan

nafaqat musiqa texnikasini, balki adabiy bilim va badiiy tafakkurni ham talab qiladi [5].

Shuning uchun bu yo‘nalishdagi ijro

soddalikdan yiroq, baland estetik saviya va talqinga

asoslangan

badiiy so‘z san’ati

bilan uyg‘unlashgan holda amalga oshiriladi [6].

Ushbu maqolada

Savti Kalom

asarining qisqacha tarixi, ijrochilikdagi o‘rni,

musiqiy-adabiy kontekstdagi roli va milliy musiqa madaniyatidagi ahamiyati keng tahlil

qilinadi. Shuningdek, ijrochilikda qo‘yiladigan talablar, musiqiy ifoda vositalari va

tinglovchiga yetkaziladigan mazmunning badiiy talqini yoritiladi [7], [8].

“Savti Kalom”

va

“Talqinchai Savti Kalom”

nomli asarlar o‘rtasidagi farqlar ham

alohida e’tiborga loyiq. Har ikkisi mumtoz musiqa an’analariga oid bo‘lsa

-da, ularning

maqsadi, ijro uslubi, semantik yuklamasi va musiqiy maqomi jihatidan sezilarli farqlari

mavjud. “Savti Kalom” an’anaviyroq, musiqiy va adabiy uyg‘unlikka asoslangan ifoda vositasi
bo‘lsa, “Talqinchai Savti Kalom” esa aynan

talqin asosidagi ichki dramatizm, individual ifoda

va ruhiy chuqurlikka urg‘u beruvchi yo‘nalish sifatida shakllangan [9], [10].

Quyida ushbu ikki asarning o‘zaro taqqoslovchi tahlili va ularning o‘ziga xos

jihatlari tafsilotlari bilan yoritiladi.

METODOLOGIYA

Tadqiqot metodologiyasi quyidagi usullarga asoslangan:

Tarixiy-tanqidiy tahlil

“Savti kalom” asarlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishini

aniqlash maqsadid

a tarixiy manbalar o‘rganildi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

165

Ijrochilik tahlili

ustoz ijrochilarning audio-video manbalari orqali ijro uslublari

va musiqiy talqin xususiyatlari o‘rganildi.

Adabiy tahlil

musiqiy ijroda qo‘llanilgan she’riy matnlarning mazmuni va

tarkibiy xususiyatlari tahlil qilindi.

Kompartiv (qiyosiy) usul

turli ijrochilar va musiqa namunalari o‘rtasidagi farq

va o‘xshashliklar aniqlandi.

Ushbu usullar yordamida

Savti kalom

mumtoz musiqa ijrosining o‘ziga xos

xususiyatlari va ijrochilik san’atidagi o‘rni aniqlandi.

Talqinchai savti kalom

“Savti kalom”ni, ya’ni, ovozli she’riy nutqni muloyim va

ehtiros bilan kuylash tarzi ma’nosini anglatadi. Ijro uslubi –

ehtirosli, lirik, muloyim va

past ovozda, hissiy kuchli, asosan “talqin” uslubida, maqsadi –

she’rni qalbga ta’sir

qiluvchi hissiyot bilan yetkazish, matn mazmuni lirik, muhabbat, hayot haqidagi o‘ylar,

ruhiy holatlarni aks ettiradi.

Savti kalom

kalomni odatda, falsafiy

yoki tasavvufiy mazmundagi she’rni

musiqali tarzda, muayyan maqom doirasidagi kuy ma’nosini anglatadi. Ijro uslubi –

an’anaviy maqom doirasidagi ko‘proq rasmiy uslub, ko‘pincha ravon va ta’sirli, maqsadi –

ma’naviy

-falsafiy mazmunni musiqiy ijro orqali ifoda etish, matn mazmuni

tasavvufiy,

irfoniy, axloqiy, hayot haqidagi tafakkur aks ettiradi.

Ikki asarning misolida: “Savti kalom” –

mumtoz maqom tarkibida, ya’ni

Shashmaqomdagi “Savt”:

Bu qismda ovoz va musiqa birgalikda

she’rni ravon, ta’sirli va ritmik

tarzda

yetkazadi.

Kalom mazmuni

odatda tasavvufiy, axloqiy, irfoniy

mavzularda bo‘ladi.

Ijroda

ma’lum ritm, jarayon va shakl

saqlanadi.

Talqinchai savti kalom

Shashmaqomning

Talqincha

qismlarida yoki lirik

musiqa janrida:

Bu yerda

she’rni oqish kabi

, juda shaxsiy, hissiyotli va erkin musiqa uslubida ijro

etiladi.

Ton past, muloim, ovoz faol, lekin u musiqaning hissiy ta’sirini kuchaytirishga

qaratilgan.

Bu shakl ijrochi va tinglovchi o‘rtasida

intim muloqot yaratishga xizmat qiladi.

“Savti kalom”

atamasi

nafaqat til, balki mumtoz musiqa, adabiyot va madaniyat

sohalarida ham muhim o‘rin tutadi. Quyida bu so‘zning ma’nosi va mazmunli tavsifini
berib o‘tam

an.

“Savti kalom” so‘zining ma’nosi

Savt

(

توص

)

arab tilida ovoz, sado, tovush

degan ma’noni anglatadi.

Kalom

(

ملاك

)

so‘z, nutq, gap, she’r

degan ma’noda ishlatiladi.


Xirom aylar guliston ichra u mastona-mastona,
Tabassumdin namoyon aylabon durdona-durdona.

Tamosho chog‘ida mone’durur ko‘zdin yurak qoni,

Bu hasratdin to‘kar mardumlarim marjona

-marjona.

Mayi gulrang arodur jilvagar ruxsori, ey soqiy,

Tavaqquf aylama sung‘il yana paymona

-paymona.

O‘shal sho‘xi sitamgarni bo‘lurmi oshno, deb

hech,

Raqiba iltifot aylar, manga begona-begona.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

166

Qayu bir tun aro ruxsori jonona nazar solgach,

Bu ko‘z oynasi husninggadur hayrona

-hayrona.

Uvaysiydur rafiqi dardu hijronadurur munis,

G‘ami dildor birlan doimo hamxona

-hamxona.

Ulug‘ shoira Uvaysiy qalamiga mansub ushbu g‘azal ham tariqat yo‘liga kirgan

solik, ya’ni Allohga oshiq bo‘lgan kishining dastlabki maqomlardan biridagi holati
ifodalangan. Chunki, Uvaysiy nomining o‘zi ham ruhi g‘oyibdan tarbiyat qilingan, ilohiy
ishq tarbiyatiga kirgan ma’no

sini bildiradi, jumladan Sufiy alloma Uvays Qaraniy kabi.

Uning birinchi baytidan boshlab, mavzusi Ilohiyishq ekanligi anglanadi.

Xirom aylar / guliston ich / ra u masto / na-mastona,/
Tabassumdin namoyon aylabon durdona-durdona.
V

/ V

/ V

V

Mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun

Matndagi guliston, tabassum, soqiy, paymona, mayi gulrang, dard so‘zlari majoziy

ma’noda bo‘lib, guliston yorug‘ olam ma’nosida kelgan. Alloh o‘zi yaratgan bu olam

asosida, mohiyatida yashirin degan tasavv

ufiy ma’nodan kelib chiqilsa, shoira bu dunyoni

Alloh go‘zal qilib yaratgan va bu go‘zal gullar, bog‘lar, umuman olganda, butun borliq
ortida Yaratganing o‘zi ana shu tajallisiga o‘z san’atidan mast bo‘lgancha boqib turibdi,
degan ma’no anglanadi. Bu yerda

gi tabassum aslida Allohning tajallisiga ishora, ana shu

tajalliy yoki o‘z

-

o‘ziga muhabbat durdona aylangan, deya Alloh ijodini vasf etilgan. Shu

yerda an’anaga ko‘ra, dastlab Alloh ijodi vasf etilgan. Boshqa tomondan olganda, mashhur
so‘fiy shoirimiz Xuvaydoning “Muhabbatdan Muhammad paydo, Muhabbatsiz kishidan
qoch, Xuvaydo” degan mashhur satriga yaqin mazmun o‘z ifodasini topgan. Demak, bu
yerda Ilohiy ishq, ya’ni Yaratganning o‘z bandalariga va bandaning o‘z Yaratuvchisiga
bo‘lgan muhabbati haqida so‘z

boradi. Muhabbat aslida dard, iztirob, mashaqqat

ma’nosida kelgan. Buni ikkinchi baytdan anglash mumkin:

Tomosho chog‘ida mone’durur ko‘zdin yurak qoni,

Bu hasratdin to‘kar mardumlarim marjona

-marjona.

Tomoshodan murod bu qiyomat kuni hamma to‘planadigan

joyni anglatish bo‘lib,

o‘sha kuni Yaratgan vasliga yetishmoq uchun ko‘zdan yurak qoni oqib, seni ko‘rishga
to‘sqinlik qiladi. Bu hasratdan sening qorachiklarim marjondek ko‘zyosh to‘kadilar
deyilgan. Darhaqiqat, bu yerda chiroyli tashbih ham qo‘llangan. Ya’ni oshiqning oxirat
kunida Yaratganga bo‘lgan muhabbati marjonga aylanib oqadi, deya lutf qilinmoqda.
Yaratgan bo‘lgan muhabbat azobidan dur chiqishi mohiyatan inson ruhining kasratdan

chiqib, tavhid darajasiga yaqinlashishini anglatadi.


Mayi gulrang arodur jilvagar ruxsori, ey soqiy,

Tavaqquf aylama sung‘il yana paymona

-paymona.

Aynan mazkur baytda birinchi misradagi biz ko‘rib turgan olam mohiyatida,

asosida Yaratgan mohiyati yashirin, degan fikr ochiqroq aytilib, g‘azalning ilohiy ishq

mavz

usida ekanli ta’kidlangan. Buni tushunish uchun “mayi gulrang”, “jilvagar ruxsori”,

“ey soqiy” so‘z birikmalarini va “tavaqquf”, “paymona” so‘zlarini izohlash kerak bo‘ladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

167

“Mayi gulrang” guldek rang

-

barang tovlanib turuvchi may bo‘lib. Tasavvufda “mayi

a

hmar”, “mayi gulgun” kabi iboralar orqali ham ifodalanadi. Umuman olganda, butun

g‘azal ilohiy ishqqa talpinayotgan oshiq kechinmasi tahliliga bag‘ishlangan.

“Savti kalom” yo‘nalishi va umumiy o‘zbek mumtoz musiqasi ijrochiligi

mavzusidagi tadqiqotlar ko‘p

lab ilmiy asarlar va adabiy manbalarga tayangan holda

amalga oshirilgan. Asosiy adabiyotlar qatorida O‘zbekiston Milliy akademik katta
teatrining musiqa ilmiy tadqiqotlari, Xayriddin Qayumning musiqa tarixi bo‘yicha asarlari

hamda milliy mumtoz musiqa maktabi ustozlarining yozma va audiomanbalari bor.

Adabiyotlar tahlili jarayonida “Savti kalom”ning tarixiy rivojlanishi, ijrochilik uslublari va
mazmunan o‘zbek milliy musiqiy an’analaridan kelib chiqishi asosiy o‘rin tutadi.

Shuningdek, adabiy manbalardagi s

he’riy matnlarning musiqa bilan uyg‘unligi va

ijrochining badiiy talqini tahlil qilindi.

O‘zbek mumtoz musiqasidagi “Savti kalom” yo‘nalishining ijrochilik san’atidagi

o‘rni va uning badiiy, ma’naviy hamda adabiy xususiyatlari tahlil qilindi. Adabiyotlar
tahlili va amaliyotdagi ijrochilik namunasi asosida, “Savti kalom” musiqiy ijroda she’r va
musiqaning mukammal uyg‘unligini tashkil etishi aniqlandi. Shuningdek, “Savti kalom”
ijrosida ijrochining nafaqat texnik mahorat, balki she’riy matnning mazmunini ch

uqur

anglab, uni badiiy va ma’naviy jihatdan talqin etishi muhim ekani ma’lum bo‘ldi.

Bu yo‘nalishda ijrochilik nafaqat musiqaning o‘ziga xosliklarini namoyon etish, balki
milliy adabiy meros va ma’naviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish vositasi si

fatida

ham xizmat qiladi. Shu bilan birga “Savti kalom” ijrosi milliy musiqa madaniyatida ustoz

-

shogird an’analarini saqlash va mustahkamlashda muhim o‘rin o‘ynashi ta’kidlandi.
Ushbu yo‘nalishni o‘rganish va rivojlantirish milliy musiqiy san’atni boyitish

va uni jahon

miqyosida tanitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuni aytish joizki, “Savti kalom” yo‘nalishi o‘zbek mumtoz musiqa ijrosining eng

nozik va ma’naviy jihatdan boy qismlaridan biri bo‘lib, uning ijrochilik san’atidagi o‘rni

yuqori baholanadi, mi

lliy musiqa madaniyatini chuqurroq o‘rganishga, shuningdek,

ijrochilar malakasini oshirishga xizmat qiladi.

XULOSA

O‘zbek mumtoz musiqa san’ati –

xalqimizning eng qadimiy, ma’naviy boy va estetik

jihatdan yetuk meroslaridan biri sifatida alohida e’tirofga loyiq. Shu musiqiy an’analar

orasida

Savti kalom

yo‘nalishi o‘zining nozik badiiy ifodasi, she’r va musiqaning

uyg‘unligi, hamda ruhiy

-falsafiy mazmuni bilan ajralib turadi. Tadqiqot davomida ushbu

yo‘nalishning tarixiy ildizlari, ijrochilikdagi o‘rni, va milliy musiqa madaniyatidagi
ahamiyati chuqur o‘rganildi.

Tahlillar asosida aniqlanishicha,

Savti kalom

ning ijrosi oddiy musiqiy ifodadan

ko‘

ra,

ma’naviy

-falsafiy mazmunga ega ruhiy tajriba

sifatida qaraladi. Ijrochi so‘z va

musiqaning o‘zaro ta’sirini chuqur anglab, tinglovchiga uning estetik va ma’naviy

mazmunini badiiy talqin orqali yetkazishi zarur. Bu esa ijrochidan yuqori texnik mahorat,
badiiy sezgi va adabiy saviyani talab qiladi.

Tadqiqot davomida

Savti kalom

va

Talqinchai savti kalom

o‘rtasidagi farqlar

ham tahlil qilindi. Ularning ijro uslubi, mazmuniy yuklamasi va musiqiy maqomi jihatidan
farqlanishi ularni alohida ijro maktablar

iga mansubligini ko‘rsatdi. “

Savti kalom

an’anaviy maqom doirasida, odatda falsafiy

-

tasavvufiy mazmunga ega she’rlar orqali ijro

etilsa,

Talqinchai savti kalom

lirik, muloyim, erkin va ehtirosli ifoda orqali tinglovchi

bilan bevosita hissiy aloqani shakllantiradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

168

Adabiyotlar tahlili, ustoz-shogird ijrochilik namunalarining solishtirilishi va poetik

matnlarning musiqiy uyg‘unlikdagi roli tahlili asosida quyidagi asosiy xulosalarga kelindi:

Savti kalom

ijrosi o‘zbek musiqa san’atining yuksak badiiy namunasidir va u

orqali milliy madaniyatning ma’naviy chuqurligi ifodalanadi;

Ijrochilik jarayonida

she’r mazmuni bilan musiqiy ifoda o‘rtasidagi uyg‘unlik

muhim omil hisoblanadi;

Bu yo‘nalish milliy adabiyot

va musiqa uyg‘unligini saqlab qolish, boyitish va yosh

avlodga yetkazishda samarali vosita hisoblanadi;

Savti kalom

ustoz-

shogird an’analarini tiklash va rivojlantirishda, shuningdek,

milliy musiqani jahon sahnasiga olib chiqishda strategik ahamiyat kasb etadi.

Xulosa qilib aytganda,

Savti kalom

nafaqat musiqa, balki

ma’naviy tarbiya, adabiy

tafakkur va milliy o‘zlikni ifodalovchi san’at shaklidir. Ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlar
davom ettirilishi, uning nazariy va amaliy jihatlarini chuqurroq o‘rganis

h milliy musiqa

merosini asrab-

avaylash va global miqyosda targ‘ib qilishda muhim bosqich bo‘lib xizmat

qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Rahmonov, U. (2024).

The role of culture in preserving and enriching our

spirituality

. Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research, 11(2),

February. SJIF 2023: 6.980.

2.

Otajonov, S. (2011).

Maqom san’ati nazariyasi

. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi

nashriyot.

3.

Rahmonov, U.K. (2024).

Musiqa ta’limi orqali yoshlarni milliy ruhda

tarbiyalashda integratsion asosida madaniyatni yuksaltirish

. Farg‘ona, pp. 575–

578.

4.

Zikirov, M. C., Qosimova, S. F., & Qosimov, L. M. (2021). Direction of modern

design activities.

Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR)

,

10

(2), 11-18.

5.

Rahmonov, U.K. (2024, October 5).

Musiqa fan o‘qituvchilarini tayyorlashda

ularning kasbiy kompetentligini takomillashtirishda innovatsion va integratsion
yondoshuvning ahamiyati

. Shahrisabz.

6.

Rahmonov, U.K. (2024, October 19).

Musiqa ta’limini o‘qitishda pedagogik

-

psixologik xususiyatlar

. Qo‘qon, pp. 26–

33.

7.

Ganieva, H. (2019).

She’riyat va musiqa uyg‘unligida estetik talqinlar

.

San’atshunoslik ilmiy jurnali, 3(1), 33–

40.

8.

Qayumov, H. (2000).

O‘zbek musiqa merosi va ma’naviyat

. Toshkent: Ma’naviyat.

9.

Zokirova, M. (2017).

Sharq musiqasi va poetik matn uyg‘unligi

. O‘zbekiston

san’ati jurnali, 4(2), 45–

51.

10.

Levin, T. C. (2006).

The Hundred Thousand Fools of God: Musical Travels in

Central Asia (and Queens, New York)

. Indiana University Press.

Библиографические ссылки

Rahmonov, U. (2024). The role of culture in preserving and enriching our spirituality. Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research, 11(2), February. SJIF 2023: 6.980.

Otajonov, S. (2011). Maqom san’ati nazariyasi. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot.

Rahmonov, U.K. (2024). Musiqa ta’limi orqali yoshlarni milliy ruhda tarbiyalashda integratsion asosida madaniyatni yuksaltirish. Farg‘ona, pp. 575–578.

Zikirov, M. C., Qosimova, S. F., & Qosimov, L. M. (2021). Direction of modern design activities. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(2), 11-18.

Rahmonov, U.K. (2024, October 5). Musiqa fan o‘qituvchilarini tayyorlashda ularning kasbiy kompetentligini takomillashtirishda innovatsion va integratsion yondoshuvning ahamiyati. Shahrisabz.

Rahmonov, U.K. (2024, October 19). Musiqa ta’limini o‘qitishda pedagogik-psixologik xususiyatlar. Qo‘qon, pp. 26–33.

Ganieva, H. (2019). She’riyat va musiqa uyg‘unligida estetik talqinlar. San’atshunoslik ilmiy jurnali, 3(1), 33–40.

Qayumov, H. (2000). O‘zbek musiqa merosi va ma’naviyat. Toshkent: Ma’naviyat.

Zokirova, M. (2017). Sharq musiqasi va poetik matn uyg‘unligi. O‘zbekiston san’ati jurnali, 4(2), 45–51.

Levin, T. C. (2006). The Hundred Thousand Fools of God: Musical Travels in Central Asia (and Queens, New York). Indiana University Press.