Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
A new look at ancient trade routes: history of railways
(by the example of the Kashkadar oasis)
Kozim POLVONOV
1
,
Asliddin SAFAROV
2
Karshi State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2022
Received in revised form
10 October 2022
Accepted 25 November 2022
Available online
25 December 2022
This article talks about ancient caravan routes in Central
Asia, their geographical location, the connection of trade routes
with railways, as well as the introduction and development of
railways into the Kashkadarya oasis.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss6-pp1-6
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Central Asia,
trade route,
Tsarist Russia,
Bukhara Emirate,
Kashkadarya,
oasis,
Soviet period,
years of independence,
railway,
infrastructure.
Qadimiy savdo
yoʻllarining yangi qiyofasi: temir yoʻllar
tarixi (Qashqadaryo vohasi misolida)
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Markaziy Osiyo,
savdo yoʻli,
сhor Rossiyasi,
Buxoro amirligi,
Qashqadaryo,
voha, shoʻrolar davri,
mustaqillik yillari,
temir yoʻl,
infratuzilma.
Ushbu maqolada Markaziy Osiyodagi qadimgi karvon
yoʻllari, ularning geografik joylashuvi, savdo yoʻllarining temir
yoʻllar bilan aloqadorligi, shuningdek, temir yoʻllarning
Qashqadaryo vohasiga kirib kelishi va rivojlantirilishi haqida
soʻz yuritilgan.
1
PhD in History, Karshi State University.
2
Master degree student, Karshi State University
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3 №
6 (2022) / ISSN 2181-1415
2
Новый взгляд на древние торговые пути: история
железных дорог
(на примере Кашкадарьского оазиса)
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Средняя Азия,
торговый путь,
царская Россия,
Бухарский эмират,
Кашкадарья,
оазис,
советский период,
годы независимости,
железная дорога,
инфраструктура.
В данной статье рассказывается о древних караванных
путях в Средней Азии, их географическом положении,
соединении торговых путей с железными дорогами, а
также о введении и развитии железных дорог в
Кашкадарьинском оазисе.
Bugungi globallashuv jarayonlari davrida hayotimizni transport vositalarisiz
tasavvur qilishning imkoni yoʻq. Zamonaviy fan
va texnika taraqqiyoti yutuqlari
hisoblangan avtomobil, temir yoʻl va havo transportlari barcha qit’alar aholisini oʻzaro
bogʻlab turadi. Davlatlarning dunyo bozorlariga chiqishi, birinchi navbatda,
iqtisodiyotni
izchil isloh etish va tarkibiy jihatdan oʻz
gartirishlarning barchasi transport
infratuzilmasining rivojlanishi bilan bogʻliqdir.
Qolaversa, ushbu sohani siyosiy va huquqiy jihatdan yanada rivojlantirish
maqsadida 1999-
yilda Oʻzbekiston Respublikasining “Temiryoʻl transporti toʻgʻrisida”
Qonuni qabul qilindi.
Ushbu Qonun 28 moddadan iborat boʻlib, amalda temir yoʻl
siyosatini har tomonlama mustahkamlash borasida ulkan qadam boʻldi [1]
.
Temir
yo‘l
transportining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, tarmoqni
monopoliyadan chiqarish hamda uning korxonalari va tashkilotlarini aksiyalashtirish
jarayonlarini chuqurlashtirish asosidatransport kommunikatsiyalarini rivojlantirishni,
harakatdagi tarkibni texnika bilan qayta jihozlashni ta’minlash, respublika aholisiga,
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari
ga temir yo‘l transporti xizmati ko‘rsatish darajasi va
sifatini oshirish maqsadida “O’zbekistonda temir yo‘l transportini monopoliyadan
chiqarish va aksiyalashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining Farmoni qabul qilindi [2].
Ushbu Farmonda:
–
mononoliyadan chiqarish chora-
tadbirlarini izchil amalga oshirish va temir yo‘l
transporti xizmatlari bozorida raqobat muhitini shakllantirish;
–
yo‘lovchilar tashish, harakatdagi tarkibni, refrijerator va konteyner xo‘jaligini
ta’mirlash korxonalarini bosqichma
-bosqich aksiyalashtirish;
–
ijtimoiy infratuzilma, yuk va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini,
ta’mirlash
-
qurilish, savdo va ta’minot tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishni jadallashtirish, ular negizida mulkchilikning nodavlat shakllaridagi
korxonalar, shu jumladan, xususiy korxonalar tashkil etish;
–
boshqaruv tizimiga va tashish jarayon qatnashchilari o‘rtasidagi xo‘jalik
aloqalariga bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish;
–
temir yo‘l kompleksini rekonstruksiya qilish, yangilash va zamonaviylashtirishga
chet el investitsiyalarini keng jalb qilish bo‘yicha qulay shart
-sharoitlar yaratish;
–
mamlakat iqtisodiyotining samarali va barqaror faoliyat ko‘
rsatishini
ta’minlashda temir yo‘l transportining ahamiyatini kuchaytirish, temir yo‘l transporti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish kabilar temir yo‘l transporti sohasidagi iqtisodiy
islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanishi ta’kidlandi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3 №
6 (2022) / ISSN 2181-1415
3
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020
-yil 24-yanvardagi Oliy
Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida “Mahsulotlarimizni tashqi va ichki bozorlarga
yetkazish, ularning tannarxini tushirish uchun eng katta masala
–
transport-logistika
sohasini rivojlantirishimiz zarur” [3] deb ta’kidlagan edi.
Mamlakatni iqtisodiy rivojlanishida
muhim oʻrin tutuvchi transport vositalari orasida temir yoʻl transportining oʻziga xos oʻrni
bor. Yuqorida keltirib oʻtilgan muammolarni hal e’tish uchun
transport tizimini isloh
qilishning strategik yoʻnalishlari belgilab olindi va respublikada yagona milliy transport
tizimini yaratish ishlari boshlab yuborildi. Sohaning barcha tarmoqlari
–
temir yoʻl,
avtomobil, aviatsiya transportining rivojlanishiga as
os solindi. Oʻzbekistondagi avtomobil va
temir yoʻllarning raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha dolzarb vazifalar belgilandi.
Tarixga nazar tashlasak, temir yoʻllar oʻz
-
oʻzidan paydo boʻlib qolgan emas. Bu
yurtimiz hududida mavjud va uzoq yillar davomid
a amalda boʻlgan savdo
–
karvon
yoʻllarining yangi avlod koʻrinishidir.
Markaziy Osiyoning togʻoldi va togʻli hududlari qadimgi ajdodlarimiz tomonidan
tosh davridayoq oʻzlashtirila boshlangan. Mintaqaning yirik togʻ tizmalari turli
tarixiy-
madaniy viloyatlarning chegaralari sifatida qadimdan ma’lum. Ular ichida qadimgi
Baqtriya va Soʻgʻdiyona chegarasida joylashgan Hisor togʻ tizmalari oʻziga xos oʻrin tutadi.
Bronza davridayoq Baqtriya (hozirgi Shimoliy Afgʻoniston, Janubiy Tojikist
on va Surxon
vohalari) hududidan Soʻgʻdiyona (Qashqadaryo va Zarafshon vohalari)ga oʻtuvchi
yoʻllardan mavsumiy (ya’ni yoz oylarida) nisbatan qisqa boʻlgan togʻ dovonlaridan, qish
faslida esa dasht va tekisliklardan oʻtuvchi yoʻllardan foydalanilgan. Hisor
togʻining
janubiy bagʻrida Sarigʻju bilan Yagʻnob oʻrtasida joylashgan Mergandara (Giz, Gaz darasi
ham deyilgan) hududidan ham kichik bir yoʻl mavjud boʻlgan. Bu yoʻl orqali aholi savdo
karvonlariga nafaqat xizmat koʻrsatgan, balki oʻzi uchun karvonlarda olib oʻtiladigan
zaruriy mahsulotlarni oldi-
sotdisi bilan ham shugʻullangan. Samarqanddan Kesh orqali
Surxon vohasi va Hindistonga oʻtuvchi yoʻnalish ham oʻzining uzoq tarixiga ega.
Sharofiddin Ali Yazdiyning ma’lumot berishicha, Amir Temur Samarqanddan 7 yigʻoch
masofada, Kesh yoʻlida joylashgan togʻda bir bogʻ va qasr barpo qildirgan va unga “Taxti
Qoracha” deb nom bergan. Shu davrdan boshlab, Samarqanddan Shahrisabzga oʻtuvchi
togʻ yoʻli Taxtiqoracha dovoni nomi bilan yuritilgan. Hisor togʻi orqali Shahr
isabzdan
Surxon vohasiga oʻtuvchi yoʻllar asosan uch yoʻnalishda boʻlgan. Ular ichida Toshqoʻrgʻon
dovonidan oʻtgan yoʻl eng sharqiy yoʻnalish boʻlib, undan asosan yoz oylaridagina
foydalanilgan. Shahrisabz
–
Toshqoʻrgʻon yoʻnalishi Chimqoʻrgʻon qishlogʻi va Yakkabogʻ
qal’asi orqali oʻtgan. Chimqoʻrgʻon qishlogʻi yaqinida Chimqoʻrgʻontepa nomi bilan
ataluvchi arxeologik yodgorlik mavjud boʻlib, qazishmalar paytida karvonsaroy qoldiqlari
topib oʻrganilganligi bu yoʻnalishdan oʻrta asrlar davrida ham keng foy
dalanilganligidan
dalolat beradi. Hattoki, Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” asarida lashkarlar
Hisori Shodmon (Surxondaryo vohasi va Kofirnixon daryosining shimoliy qismini oʻz
ichiga olgan Hisor viloyatining markaziy shahri) qal’asi sultonlaridan bi
r guruhi
birgalikda daryo kechuvlaridan oʻtganligi, ikkinchi qism raqib lashkarlari esa Shahrisabz
va unga qaram boʻlgan yerlar sipohi bilan suvlikning pastki qismidan oʻtib borib, jangga
kirganligini yozib qoldiradi [4].
Chor Rossiyasining Oʻrta Osiyoda temir yoʻllar qurish siyosati ham katta oʻrin
tutadi. Oʻrta Osiyo hududlarida rus hukumati tomonidan temir yoʻllar qurish siyosati
uning Turkiston oʻlkasida oʻz mavqeyini mustahkamlash borasida olib borgan ishlari
ichida eng muhimlaridan biri edi. Turkiston
oʻlkasida temir yoʻllar qurish masalasi, eng
avvalo, siyosiy, harbiy strategik va iqtisodiy masalalar yechimi nuqtayi nazaridan kun
tartibiga olib chiqilgan edi [5].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3 №
6 (2022) / ISSN 2181-1415
4
Chor Rossiyasining oʻlkadagi olib borgan temir yoʻllar qurish borasidagi siyosati
Buxoro
amirining moddiy manfaat koʻzlashi uchun asos boʻlib xizmat qilgan.
F.
Xoʻjayevning guvohlik berishicha, “Amir million
-
million soʻmlik mablagʻlarni savdo
sohasida, temiryoʻl kompaniyalarida, rus va chet el firmalarining sanoat korxonalarida
ishga solgan”
[6].
Qashqadaryo vohasidan oʻtgan temir yoʻllarning qurilishi quyidagicha boʻlgan. Qarshi
shahrida 1885-yilning 25-iyunida rus va buxorolik diplomatlar, elchilar ishtirokida
Qashqadaryo, Surxondaryo hududlaridan temir yo‘l o‘tkazish haqida bitim imzolandi.
1913-yilda Buxoro amirligi hududidan Kogon, Qarshi-
G‘uzor, Kelif, Termiz shaharlari
oralig‘ida quriladigan temir yo‘li loyihasi ishlab chiqildi. Birinchi navbatdigisi Kogon
-Qarshi
shaharlari o‘rtasida 157 kilometrlik masofada 1914
-yilda qurib tugallanishi
lozim bo‘lgan
yo‘l edi. Loyiha bo‘yicha Kogon
-
Qarshi temir yo‘lida beshta eng yirik bekat (Amirabod,
Qarovulbozor, Muborak, Koson) va bir nechta raz’yezdlar qurilishi rejalashtirildi.
Temir yo‘l qurilishing ikkinchi navbati 1917
-yilning boshida Qarshi-Termiz-Kelif
shaharlari o‘rtasida loyiha ishlari amalga oshirildi.
Uchinchi navbatda Qarshi-
Kitob oralig‘ida 122 kilometrlik masofa 1914–
1917-
yillarda qurib ishga tushirilishi mo‘ljallangan edi. Bu shaharlar orasida G‘uzor,
Qamashi, Yakkabog‘, Kitob
temir yo‘l stansiyalari bir qancha raz’yezdlar qurilishi
rejalashtirilgan edi. Kogon-Qarshi-Termiz, Qarshi-
Kitob temir yo‘lini qurilishini amalga
oshirishda Kogon temir yo‘l stansiyasining xizmatlari benihoya katta edi. 1914
-yil
12-
noyabrda temir yo‘l Qa
shqadaryo viloyatining Qarshi shahriga yetib keldi [7].
XX asrda O‘zbekistonda temiryo‘llar qurilishiga katta e’tibor berildi. Bu davrda
Farg‘ona
-Quvasoy (1922-yili), Qarshi-Kitob (1924-yili), Amudaryo-Termiz (1925-yili) va
boshqa temiryo‘l tarmoqlari qur
ilib, foydalanishga topshirildi. 1929
–
1931-yillarda
uzunligi 1452 km bo‘lgan Turkiston
-
Sibir temiryo‘li ham qurib bitkazildi. 30
-yillarda
O‘zbekistonda avtomobil transportining rivojlanishi natijasida qattiq qoplamali yo‘llar
qurilishi keng rivojlangan [8]. 1966-yildan boshlab Samarqand-
Qarshi temir yo‘lini
qurishga kirishildi va 1970-yilning may oyida tugatildi.
XX asrning 70-80-
yillarida Oʻzbekistonda, shuningdek, vohada ham temir
yoʻllarning ijtimoiy
-
iqtisodiy hayotdagi oʻrni ortib bordi.
Mustaqillik yillarida yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar mamalakat rivoji
uchun tom ma’noda tamal toshi vazifasini bajardi. Bunda iqtisodiyotning rivojlanishi
yoʻllarning ishga tushishi va u orqali kelayotgan daromadning yuqori darajadagi
oʻzgarishlariga asos boʻli
b xizmat qildi.
Ishlab chiqarish infratuzilmasi, avvalambor, avtomobil va temir yo‘llarning
rivojlangan tizimi, ularning samarali faoliyati ishlab chiqarishdagi umumiy xarajatlarni
kamaytirishning muhim sharti va omilidir. Bu esa, o‘z navbatida, ishlab chi
qarilayotgan
mahsulot va butun iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshiradi. O‘zbekiston
Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimovning 1992-yilning 1-yanvaridagi
farmoniga asosan Turkmaniston temir yo‘li tashkil etilishi munosabati bilan
Qashqada
ryo viloyati hududida temir yo‘l orqali yuk va yo‘lovchilarni tashishni
boshqarish samaradorligini ta’minlash maqsadida O‘rta Osiyo temir yo‘llarining Qarshi
bo‘limi tashkil etildi [9]. Uning tarkibiga Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari
hududlarida joyla
shgan temir yo‘l uchastkalari, stansiyalari, razyezdlari hamda temir yo‘l
transportining boshqa korxonalari va tashkilotlari kiritilishi O‘rta Osiyo temir yo‘li
boshqarmasiga Qashqadaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlari ijroiya komitetlari bilan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3 №
6 (2022) / ISSN 2181-1415
5
kelishib,
temir yo‘lning ana shu bo‘limi chegarasini, unga kiruvchi korxonalar va
tashkilotlar ro‘yxatini, shuningdek ularni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga oid
tadbirlarni belgilash kabi vazifalar topshirildi [10].
1994-yilning 7-
noyabrida O‘zbekiston Respublikasi hududida “O‘zbekiston temir
yo‘llari” davlat
-
aksionerlik temir yo‘l kompaniyasi tashkil topdi. Kompaniya 5 ta bo‘lim
(Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Orolbo‘yi, Qarshi va Xorazm) yo‘lovchilar va yuk tashish
direksiyasidan iborat boʻldi. 2010
-yil 25-dekabrda Toshkent-
Qarshi yo‘nalishlarida
“Nasaf” deb nomlangan va barcha qulayliklar muhayyo etilgan tezyurar ekspress poezdi
qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
2012-yil 5-
yanvar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Maroqand
–
Qarshi temir yo‘l uchastkasida elektropoezdlar harakatlanishi yo‘lga qo‘yildi, 2016
-yil
5-
sentyabrda tezyurar “Afrosiyob” yo‘lovchi poezdining Toshkent
–
Samarqand
–
Qarshi
yo‘nalishida doimiy qatnovi yo‘lga qo‘yildi[9].
Xuddi shunga oid manbaalar haqida yana
ma’lumot beradigan boʻ
lsak, Markaziy Osiyo hududida Toshkentdan Samarqandgacha ilk
tezyurar yoʻlovchi harakatni tashkil
qilish maqsadida 2008-yil
“Oʻzbekiston
temir
yoʻllari”
AJ va
“Talgo”
(Ispaniya) kompaniyasi oʻrtasida 2 ta tezyurar yoʻlovchi
elektropoezdlarini sotib olish toʻgʻrisida bitim imzolandi. 2010
-yilda umumiy uzunligi
344 kilometr bo‘lgan “Toshkent –Samarqand” liniyasida keng ko‘lamli modernizatsiya va
ta’mirlash ishlari olib borildi. Natijada 2011
-yildan boshlab,
mazkur yo‘nalishda
“Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy poyezd mamlakatimiz aholisi va
mehmonlariga xalqaro talab darajasida xizmat
ko‘rsatishni
boshladi. Tarmoqda amalga
oshirilgan elektrlashtirish ishlari natijasida 2015-yil Toshkentdan Qarshiga zamonaviy
p
oyezdlarning muntazam qatnovi yo‘lga qo‘yildi [11].
“2017–
2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar
strategiyasi” asosida
Temir
yoʻllar
faoliyatini yanada
rivojlantirish maqsadida Qarshi-Termi
z temir yo‘l liniyasini elektrlashtirildi [12].
Soʻnggi yillarda transport infratuzilmasi, jumladan temiryo‘llar tizimini
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi islohatlarning zamirida yurt
ravnaqi, inson manfaati yotadi, albatta.
Xul
osa oʻrnida shuni ta’kidlash joizki, qadimgi savdo yoʻllarining yangi qiyofasi
hisoblangan temir yoʻllarning Qashqadaryo vohasiga kirib kelishi va rivojlantirilishi
oʻziga xos tarixiy yoʻlni bosib oʻtgan edi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi 1999
-yil
15-apreldagi 766-I-
sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 118-modda.
2.
Temir yo‘l transportini monopoliyadan chiqarish va aksiyalashtir
ish chora-
tadbirlari to‘g‘risida 2001
-yil 2-
martdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
PF
–
2815-son Farmoni.
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi //
“Xalq soʻzi”
, 2020-yil 25-
yanvar, № 19 (7521).
4.
Bahriddinov
A. Hisor togʻ dovonlari, Science and innovation international
scientific journal. 2022.
–
№ 3. –
B. 294.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3 №
6 (2022) / ISSN 2181-1415
6
5.
Joʻramurodov
I., Shavqatulloyev D., Toshboltayev Z. Buxoro iqtisodiyotiga chor
Rossiyasi kapitalining kirib kelishi, oqibatlari. Journal of innovations in social sciences.
2022.
–
B. 224.
6.
Tojiyev B. Amir Sayid Olimxonning Rossiyaga kiritgan kapitallari. Scientific
progress scientific Journal. 2022.
–
Б. 686.
7.
https://telegra.ph/Qashqadaryo-viloyatiga-temir-yolni-kirib-kelishi-tarixi-02-
21 /2022.10.11./.
8.
Eshov
B. O‘zbekstonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. –
Т.: Yangi asr avlodi,
2014.
–
B. 167.
9.
https://telegra.ph/Qashqadaryo-viloyatiga-temir-yolni-kirib-kelishi-tarixi-02-
21 /2022.10.11./.
10.
O‘zbekiston temir yo‘llari davlat
-aksionerlik kompani
yasini tuzish to‘g‘risida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994
-yil 7-noyabrdagi PF-982-son Farmoni,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994
-y., 11-12-son,
288-modda.
11.
Gulmatov U.
Temir yoʻllarda Oʻzbekiston milliy
transport tizimining siyosiy-
huquqiy asoslari.
Loyihalar. Yosh tadqiqotchi jurnali, № 4, –
2022,
–
B. 117.
12.
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining zayomidan foydalangan holda
Qarshi-
Termiz temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish investitsiya loyihasini
amalga
oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012
-yil
21-fevraldagi PQ
–
1712-sonli Qarori.