From the history of Khorezm rulers' struggle against Arab invasion

Abstract

This article explores the Arab conquest of Khwarazm in the 8th century and the political and military resistance carried out by the rulers of Khwarazm. During the military expansion of the Arab Caliphate in the region of Transoxiana, Khwarazm endeavored to preserve its independence through various political, diplomatic, and military strategies. Particular attention is paid to the resistance during the reign of Khwarazmshahs such as Azkajush and Khurzad, internal conflicts, and the eventual Arab occupation of the region. The study also examines how this resistance was reflected in the consciousness of the local population and its historical significance for Khwarazm.

Source type: Journals
Years of coverage from 2020
inLibrary
Google Scholar
HAC
elibrary
doi
 
CC BY f
58-68

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Boymirzayev, I. (2025). From the history of Khorezm rulers’ struggle against Arab invasion. Society and Innovation, 6(4), 58–68. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4-pp58-68
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article explores the Arab conquest of Khwarazm in the 8th century and the political and military resistance carried out by the rulers of Khwarazm. During the military expansion of the Arab Caliphate in the region of Transoxiana, Khwarazm endeavored to preserve its independence through various political, diplomatic, and military strategies. Particular attention is paid to the resistance during the reign of Khwarazmshahs such as Azkajush and Khurzad, internal conflicts, and the eventual Arab occupation of the region. The study also examines how this resistance was reflected in the consciousness of the local population and its historical significance for Khwarazm.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

From the history of Khorezm rulers' struggle against Arab

invasion

Ismoiljon BOYMIRZAYEV

1

National Research University-Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received June 2025

Received in revised form

15 July 2025

Accepted 15 July 2025

Available online

25 August 2025

This article explores the Arab conquest of Khwarazm in the

8th century and the political and military resistance carried out

by the rulers of Khwarazm. During the military expansion of the

Arab Caliphate in the region of Transoxiana, Khwarazm

endeavored to preserve its independence through various

political, diplomatic, and military strategies. Particular attention

is paid to the resistance during the reign of Khwarazmshahs

such as Azkajush and Khurzad, internal conflicts, and the

eventual Arab occupation of the region. The study also

examines how this resistance was reflected in the

consciousness of the local population and its historical

significance for Khwarazm.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-

iss4-pp58-68

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Khwarazm,

Arab conquest,

Khwarazmshahs,

resistance movements,

Caliphate,

Transoxiana,

political struggle,

8th century,

local rulers,

military history.

Xorazm hukmdorlarining arablar istilosiga qarshi kurashi

tarixidan

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Xorazm,

Arab istilosi,

Xorazmshohlar,

qarshilik harakatlari,

xalifalik, Movarounnahr,

siyosiy kurash,

VIII asr,

mahalliy hukmdorlar,

harbiy tarix.

Mazkur maqolada milodiy VIII asrda Xorazm hududiga

bo‘

lgan arablar istilosi va unga qarshi Xorazm hukmdorlarining

olib borgan siyosiy-harbiy kurashlari yoritilgan. Arab

xalifaligining

Movarounnahrdagi

harbiy

ekspansiyasi

jarayonida Xorazm o‘z mustaqilligini saqlab qolish uchun

ko‘plab siyosiy, diplomatik va h

arbiy harakatlarga boshchilik

qilgan. Maqolada ayniqsa Xorazmshoh Azkajush, Xurzod va

boshqalar davridagi qarshiliklar, arablar bilan bo‘lgan

to‘qnashuvlar, ichki ziddiyatlar va oxir

-oqibat arablar

tomonidan Xorazmning bosib olinishi jarayonlari tahlil qilinadi.

Shuningdek, ushbu qarshiliklarning mahalliy aholi ongida

qanday aks etgani va Xorazm tarixidagi o‘rni ham o‘rganilgan.

1

Independent Researcher, National Research University-Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural

Mechanization Engineers. E-mail: ismoiljonboymirzayev@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

4 (2025) / ISSN 2181-1415

59

Из истории борьбы правителей Хорезма против

арабского нашествия

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Хорезм,

арабское завоевание,
хорезмшахи,

движения сопротивления,
халифат,

Мавераннахр,

политическая борьба,

VIII век,

местные правители,
военная история.

В данной статье освещены арабские завоевания Хорезма

в VIII веке и политико

-

военные действия правителей

Хорезма против этих нашествий. В условиях военной
экспансии Арабского халифата в Мавераннахре хорезмские

правители

стремились

сохранить

независимость,

предпринимая ряд дипломатических, политических и

военных шагов. Особое внимание в статье уделено
сопротивлению в период правления хорезмшахов
Азкажуша, Хурзада и других, а также внутренним

конфликтам и последующему захвату Хорезма арабами.

Также рассматривается, как эти события отразились в

сознании местного населения и каково их значение в
истории Хорезма.


KIRISH

Tarixiy shaxslar faoliyatiga baho berishda ular yashagan davr, siyosiy sharoit,

ijtimoiy voqeliklarga xolis yondashish talab etiladi. Bu esa o‘s

ha shaxsga nisbatan

jamoatchilikda to‘g‘ri fikr shakllanishiga xizmat qiladi.

Tariximizda munosib iz qoldirgan

siymolarni o‘rganish boy tarixiy merosga ega xalqimizning o‘zligini anglashiga hissa
bo‘lib qo‘shiladi.

Garchi qadimidan bugunga qadar bo‘lgan vo

qeliklar ilmiy adabiyotlar,

badiiy asarlar va hattoki darsliklarda o‘z o‘rnini topayotgan bo‘lsa

-da, oldinda qilnadigan

ishlar behisobdir. Jumladan tarixiy siymolarning hayoti va faoliyatini yoritish, tarixiy

jarayonlardagi o‘rniga baho berish, yutuqlarini

o‘rganish va kamchiliklaridan xulosalar

chiqarish hozirgi kunimiz uchun muhim ahamiyat ega.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tarixiy manbalarda arablarning Xorazmga yurishi haqida turlicha ma’lumotlar

uchraydi. Ushbu ma’lumotlar asosida mustaqillik yillarida e’lon qilingan ilmiy

adabiyotlarda Qutayba tomonidan 711

712-yillarda amalga oshirilgan yurish

tafsilotlarigina uchraydi [1]. Ammo Beruniy asarida Qutayba ikkinchi marta ham
bosqinchilik yurishini amalga oshirilganligi yoziladi [2]. Bu haqida Abu Rayhon Beruniy

quyidagicha ma’lumot beradi: “Payg‘ambar alayhissalom kelgan vaqtda, Xorazm

shohlaridan Arsamux ibn Buzgor ibn Xomgariy ibn Shovush Sixr ibn Azkojvor ibn

Askajmuk ibn Saxxasak ibn Bag‘ra ibn Ofrig‘ podshoh edi. Xorazm aholisi [i

slom dinidan]

qaytgandan keyin, Qutayba ibn Muslim Xorazmni ikkinchi marta fath qilgach,
xorazmliklarga Askajmuk ibn Azkojvor ibn Sabriy ibn Sixr ibn Arsamuxni podshoh qildi

va uni podshohlikka ko‘tardi. Xisravlar nasli qo‘lidan viloyat ketib, ularda faqat

shohlik

nomi qoldi, chunki shohlik ularga merosdek edi. Tarix, musulmonlar rasmiga muvofiq,

hijriy [yilga] ko‘chirildi”

[3].

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Arablarga qarshi kurash masalasida Xorazm hukmdorlari hijriy 21-yilda (milodiy

642-yilda) tarixiy manbalarda tilga olinadilar. Ibn al-

Asirga ko‘ra hijriy 21

-yilda

Xorazmga arablarga qarshi kurashishda yordam berish maqsadida Erondan maktub

keladi. Unda: “

Eron Kisrosi ham Bobu-l-Abvob, Xorazm va Hulvondagi podshohlarga


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

4 (2025) / ISSN 2181-1415

60

xatlar yozib, holatni bayon qilgan va ular harakatga kelib, oralarida xabar almashishib,

Nihovandda yig‘ilishga kelishib, u yerda jam bo‘lgan edilar”

[4]

. Manbadagi ma’lumotlar

mazmunidan Xorazm podshohi askarlari bilan

Nihovandga so‘nggi Eron shohi

Yazdigardga yordamga yetib borgan.

Ba’zi rivoyatlarga ko‘ra shu yil ichida Ahnaf ibn Qays Xorazm ustiga bir yurish

qilgan. Boshqa bir rivoyatda esa bu yurish hijriy 18-yilda (milodiy 639/640-yilda) sodir

bo‘lgani aytilgan. Xorazmning fath etilishiga sabab sifatida quyidagi voqealar qayd

etilgan: Jalula ah

li katta mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, Yazdegird Rey shahriga borib

joylashgan va u yerda turganida uni Abon Jozuya hujum qilgan. Shunda Yazdegird unga:

“Ey Abon ! Yoki sen menga xiyonat qilmoqchimisan?” degan, u esa: “Yo‘q, biz senga

xiyonat qilmayapm

iz, lekin sen mulk va taxtingni boshqalar qo‘lida qoldirib, bu yerlarga

kelding. Men esa haqim bo‘lgan bir narsani yozdirmoqchiman”, deb javob bergan va

Yazdegirddan muhrini olib, xohlagan miqdorda hujjat yozdirib, uni muhri bilan

muhrlagan. Lekin keyincha

lik Sa’d bu yerga kelgach, u yozdirgan hujjatlarni mutlaqo

qabul qilmagan va uni qaytarib bergan.

Yazdegird Reydan Isfahonga, u yerdan Kirmonga borgan va o‘z ila birga

otashkadani olib yurgan. Kirmondan Xorazmga va u yerdan Marv shahriga kelib u yerda

iqom

at qilgan, u yerda u hujumlardan omonda yashashga muvaffaq bo‘lib, katta bir

otashkada qurdirgan va o‘z ila yaqin bo‘lgan ajamlar bilan u yerda joylashgan. Yazdegird

u yerdan Hurmuzonga maktublar yozgan va shu orada Fors viloyatlari ahli ham isyon

qilib, a

hdlarini buzgan edilar. Shuningdek, tog‘li hududlar ahli va Firuzon ham bu isyonga

qo‘shilib, ahdlarini buzganliklari sababli Hazrati Umar musulmonlarga bu viloyatlarga

kirishga ruxsat bergan [5].

Shundan keyin Ahnaf Xorazmga yo‘l olgan, Xorazm viloyatlari

ga kirib, Hirotni

qilich bilan fath qilgan va u yerda Suhar ibn Fulon al-Abdiyni vali sifatida qoldirgan.

Ahnaf bu yerdan Marv ash-

Shahjon tomon yo‘l olgan, Nisoborga Mutarrif ibn Abdulloh

ibn ash-

Shixirni, Hassanning o‘g‘li Harsni esa Saraxsga yuborgan ed

i. Ahnaf Marv

ashShahjonga yaqinlashganda, Yazdegird u yerdan chiqib Marv ar-

Ruzga ko‘chgan edi.

Ahnaf esa Marv ash-Shahjonda iqomat qilgan edi. Shu orada Yazdegird Marv ar-Ruzda

turganida Turk xoqoniga, Sug‘d va Xitoy podshohlariga maktublar yozib, ularda

n yordam

so‘ragan [6].

Xorazmda iqomat qilgan musulmonlar ham u yerdan qochib, sulh tuzishni qabul

qilmaganlarni ta’qib qilgan va Nisobor bilan Tohoriston orasida ularni quvlashgan.

Shundan keyin Ahnaf Marv ar-Ruzga qaytib u yerda iqomat qilgan va Tohoristonda Robiy

ibn

mirni vali qilib qoldirgan. Ahnaf bu fathlarning barchasini Hazrati Umarga maktub

orqali xabar qilgan va bundan boxabar bo‘lgan Hazrati Umar shunday degan edi:

“Biz bilan bu hudud orasida olovli bir dengiz bo‘lishini xohlar edim”. Uni shu

nday deb

eshitgan Hazrati Ali: “Nega, ey mo‘minlarning amiri?” deb so‘raganida, Hazrati Umar:

“Bu hudud ahli uch marta o‘z joylaridan qo‘chiriladi, va uchinchisida butunlay yo‘q

qilinadilar. Lekin ularning bu ahvollari o‘sha kungi musulmonlarning holidan

menga

ko‘proq yoqadi”

, deb javob bergan. Shundan keyin Hazrati Umar Ahnafga maktub yozib,

unga Jayhun daryosidan o‘tmaslikni tavsiya qilgan. Yazdegird u yerdan mag‘lubiyat bilan

daryoni kesib o‘tganidan so‘ng Turk xoqonidan Farg‘ona va Sug‘d hududlaridan o

lgan

yordamlar bilan qaytib kelgan va Xorazmga kirgan [7].

Ammo baribir al-Ahnaf Xorazmni egallay olmagan. Bunga hali arablarning

resusrlari yetishmas hamda Eron sosoniylari to‘liq mag‘lubiyatga uchratilmagan edi.

Shuningdek, manbalarda arablar

tomonidan Xorazm egallanishiga mone’lik qiluvchi

jihatlar ham aniq ma’lum qilingan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

4 (2025) / ISSN 2181-1415

61

Tabariy bergan ma’lumotga ko‘ra, Xorazm boshqa Markaziy Osiyo davlatlari bilan

arablarga qarshi ittofoqqa qo‘shiladi. Hijriy 61

-yilda / 680

681-yillarda Xazorasp

qal’asida

arablar bilan bitim tuzmaslik va ular bilan boshqa Markaziy Osiyo davlatlariga

qarshi harbiy yurishlarda qatnashmaslik to‘g‘risida shartnoma imzolanadi

[8]. Ammo bu

shartnomani imzolagan mahalliy hukmdorlar amalda o‘zlarining

hech bir maqsadlariga

erisha olmadilar. Ayni shu, shartnoma imzolangan yilida arablarning Xorazmga dastlabki
yurishi haqida Ibn Qutayba va Ibn al-

Asir asarlarida ayrim ma’lumotlar uchraydi.

Yuqoridagi ma’lumotlarga ishonilsa, Yazid ibn Muoviya (milodiy 681–

683) davrida

Xuroson hokimi b

o‘lgan Ziyod

[9] Xazoraspga hujum qilib, xorazmliklarni arablar bilan

shartnoma majbur qildi, Balozuriyga ko‘ra, ular arablarga 400 000 dirham to‘ladilar

[10].

Tabariy asarida esa o‘lpon miqdori 1

000 000 ekanligi keltirilgan [11]. Xorazmliklarga

hech kim yordamga kelmadi. Bu aslida arablarning Xorazm yerlariga amalga oshirilgan
birinchi bosqinchilik yurishi hisoblanadi.

Hijriy 85-yil milodiy 704

705-yilda, xalifalikning barcha sharqiy viloyatlari voliysi

Hajjoj binni Yusuf Xuroson hokimi Yazid ibn Muxallabga Xorazmga harbiy yurish tashkil

etishni buyuradi. Ammo bu yurish, Xorazmda boy harbiy o‘lja yo‘qligi, qishning sovuq va

erta kelishi tashkillanadigan harbiy yurish harajatlarini qoplamasligi sababli amalga

oshmaydi. Shundan keyin, Hajjoj Yazidni Bag‘dodg

a chaqiradi. Bundan havotirga tushgan

Yazid Hojajga maktub yo‘llab, Xorazmga qarshi hujum boshlash niyatida ekanligini
ma’lum qiladi. Hajjoj o‘z javobida agar Xorazm haqiqatan ham Yazid ta’riflaganidek
bo‘lsa, balki harbiy yurishdan voz kechish kerak, deb yozadi [12]. Masalan, “Hajjoj
Yazidga: “Xorazmga g‘azot qil”, deb maktub yozgan, Yazid esa unga: “U yerda g‘animat oz,
bizga qarshi turadiganlar esa ko‘p”, deb javob bergan. Shunda Hajjoj: “O‘rningga bir vakil
tayinla va mening huzurimga kel”, deb aytdi. Keyinroq Yazid: “Men Xorazmga g‘azot
qilmoqchiman”, deb yozgach, Hajjoj: “Yo‘q, u yerga g‘azot qilma, u sen aytgandek joydir”,
deb javob berdi. Ammo Yazid Hajjojga itoat qilmay, g‘azot qildi. U yerliklar bilan sulh
tuzdi va bir necha kishini asirga oldi” [1

3].

Tabariyga ko‘ra, Yazid mazkur javobga

qaramay, Xorazmga yurish qiladi va uning hukmdorini arablar bilan tinchlik
shartnomasini imzolashga majburlaydi. Shundan keyin Yazid katta o'lja va bir necha yuz
harbiy asirlar bilan Xazoraspga qaytib keldi [14].

Dastlab, birinchi yurish tafsilotlariga to

xtalsak. Xorazm (

مزراخ

)

Amudaryoning

quyi oqimi havzasida Orol dengizi yonida joylashgan viloyat. Boshqa manbalarda uning
nomi Xvorazm (

مزراوخ

) shaklida keltirilgan. Ibn A

sam keltirgan ma

lumotga ko

ra,

Xvorazm podshohining ismi Jang

on (

ناغنج

) bo

lib, uning qo

l ostida 400 ming otliq askar

bor edi [15]. Arablar istilosi davrida Xorazmni idora etgan hukmdor xitoy manbalarida
Shao-fen (Shavushfar), al-Beruniy asarida Askayamuk, Xalifa bin Hayyot, Tabariy,
Balozuriy va boshqa arab tili manbalarida

Chag‘on, Xamjird nomi bilan tilga olingan

[16].

Xurrazod (

دازرخ

)

Xvorazm hukmdori xvorazmshohning ukasi. Uning ismi qadimgi

eroniy

xwr va zad so‘zlaridan yasalgan bo‘lib, “quyoshdan yaralgan” ma’nosini bildiradi.

Xvorazmliklar m. a. II ming yillikda Erondan ko‘chib kelgan qadimgi eroniy kelgindilar va

mahalliy turkiy qabilalarning qorishuvidan kelib chiqqan.

Xvorazmshoh tabiatan zaif odam edi, shuning uchun uning ukasi Xvorazmda

xohlagan ishini qilar edi. U qo‘l ostidagilardan kimda chiroyli cho‘ri, yaxshi ot yoki

qimmatbaho narsa borligini bilib qolsa, odam yuborib, uni tortib olar edi. Kimning
chiroyli qizi, singlisi yoki xotini borl

igini bilsa ham o‘ziga tortib olar edi. Shunday qilib, u

istagan narsani o‘ziniki qilar va xohlagan odamni hibsga olardi. Hech kim unga qarshilik


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

4 (2025) / ISSN 2181-1415

62

ko‘rsata olmas edi. Xvorazmshoh ham unga e’tiroz bildira olmas edi. Xvorazmshoh uzoq

vaqt bunga chidab yurdi,

oxiri sabr kosasi to‘lib, Qutayba ibn Muslimga xat yozdi va uni

Xvorazmga taklif etdi. U Marvga Qutaybaga Xvorazm shaharlarining 3 ta oltin kalitini
yubordi va ukasi Xurrazodni ham unga topshirishini aytdi, lekin bu haqida

atrofidagilardan hech kimga og‘iz

ochmadi. Shundan keyin 93/711-12-yilda Qutayba

as-

Sug‘dga yurishga chiqqani haqida ovoza tarqatdi, lekin aslida u qo‘shini bilan

Xvorazmga yo‘l oldi. Xvorazmshoh ham o‘zining odamlarini tinchlantirib, ularga Qutayba

Xvorazmga kelmasligi va as-

Sug‘dga ketganini ta’kidladi. Ular bundan tinchlanib, o‘zlarini

xavfsizlikda ekanligiga ishondilar va sergaklikni yo‘qotib, aysh

-ishratga berildilar. Shu

vaqt Qutayba qo‘shini bilan Hazorasbga kelib, Balx daryosining yoqasida to‘xtadi.

Xvorazmshoh ham daryoning narig

i qirg‘og‘iga kelib, al

-

Fil shahrida to‘xtadi. Ular

o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida sulh tuzildi. Unga ko‘ra, xvorazmshoh

Qutaybaga 10 ming bosh qul, pul va mol-mulk berish, Qutayba esa xvorazmshohga uning

dushmani bo‘lgan Hamjird hukmdoriga

qarshi yordam ko‘rsatish majburiyatini oldi.

Qutayba shu zahoti Hamjirdga ukasi Abd ar-

Rahmonni qo‘shin bilan yubordi. Abd

ar-

Rahmon Hamjirdga borib, uning hukmdori bilan jang qildi va uni o‘ldirib, yerlarini

bosib oldi. Keyin u yerdan Qutaybaning oldiga 4 ming asir bilan qaytdi. Qutayba ularning
hammasini qatl etishni buyurdi. Keyin Qutayba xvorazmshohning ukasi Xurrazod va u

bilan birga bo‘lgan odamlarning hammasini ushlab, xvorazmshohga topshirdi.

Xvorazmshoh ularni qatl etdi, ularning mol-mulklarini esa musodara qilib, Qutaybaga
topshirdi. Qutayba al-Fil shahriga kirib, xvorazmshohdan sulhda kelishilgan hamma

narsalarni qabul qilib oldi. Shundan so‘ng, Qutayba Hazorasbga qaytdi. Aytishlaricha,
Qutayba Xvorazmdan hammasi bo‘lib 100 ming bosh qul olib ke

tdi va Samarqandga

yurish qildi [17]. Ibn A

samga ko

ra, Xvorazm podshohi Jang

on (

ناغنج

) Qutayba ibn

Muslimga 100 ming bosh qul berdi [18].

Yuqoridagi ma’lumotlarda Xvorazm poytaxti Kotning chekkasida joylashgan

qadimgi al-Fil shahri nazarda tutilgan. Bu shahar bir-birining ichida joylashgan 3 ta

qal’adan iborat bo‘lib, ular balandligi bo‘yicha farq qilgan va bir

-birining ustida

joylashgan. Eng baland yerdagi ichki qal’ada podshohlarning qasrlari qurilgan [19].

Endi Fil qal

asi haqidagi manbalarda uchraydigan fikrlarga to

xtalsak. al-Fil (

ليفلا

)

yoki al al-Fir (

ريفلا

)

qadimgi Xvorazm poytaxti Kot shahrining chekkasida joylashgan

qal’aning nomi. Beruniy keltirgan ma’lumotga ko‘ra, Iskandar Zul

-Qarnayn yil hisobi

bo‘yicha 616

-

yilda, ya’ni mil. IV asrning boshlarida qadimgi Xvorazm podshohi Afrig‘ning

o

g

li taxtga o

tirganda, al-Fir (

ريفلا

) qal

asining eng baland yerida o

ziga qasr qurdirgan. Bu

qal

a Xvorazmning bosh shahri (Madina), ya

ni Kot (

ثاك

) shahrining chekkasida

joylashgan bo‘lib, paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan. U bir

-birining ichida joylashgan 3 ta

qal’adan iborat bo‘lib, ular balandligi bo‘yicha farq qilgan va bir

-birining ustida

joylashgan. Eng baland yerda podshohlarning qasrlari qurilgan. Qadimgi al-Yamanda

San’o‘ shahridagi G‘umdon qal’asida ham at

-

tubba‘ podshohlarining qasrlari xuddi

shunday joylashgan. Manbalarda Fil qal’asining mustahkamligi, egallash qiyinligi haqida
ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, “Xorazmshoh yo‘lga chiqib, dary

oning narigi tomonidagi

Fil shahriga tushdi. Bu uning mamlakatining eng fath qilishi mushkul shahri edi. Qutayba

esa daryoni kesib o‘tmadi. Xorazmshoh xabar yuborib, o‘n ming bosh, josuslik qilish, mol

berish va Homjirdga qarshi unga yordam berish sharti b

ilan tinchlik so‘radi, Qutayba

ham uning bu taklifini qabul qildi” [20].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

4 (2025) / ISSN 2181-1415

63

Kot shahridagi al-

Fir qal’asi 10 mil dan ham ko‘proq masofadan ko‘rinib turgan.

Uni Jayhun daryosining suvi har yili oz-ozdan yuvib, asta-

sekin yo‘q qilgan va Iskandar yil

hisobi bo‘y

icha 305-

yilda, ya’ni mil. 993

-yilda undan hech narsa qolmagan. Bu

ma’lumotlardan ayon bo‘ladiki, al

-Fil (al-

Fir) qal’asi eng baland yerda joylashgan ichki

qal’a bo‘lgan. Lekin boshqa manbalarda ham al

-

Balozuriy singari bu 3 ta qal’aga nisbatan

madina (

يدم

ةن

) yoki mado

in (

نئادم

) atamasi qo

llanilgan. 93/711-12-yilda xvorazmshoh al-

Fil shaharlarining 3 ta oltin kalitlarini Marvga Qutayba ibn Muslimga yubordi [21].
Shuningdek, al-Fil bilan birga Vabil (

ليبو

) nomli yer ham qayd etilgan [22]. Ehtimol, bu

al-F

il qal’asidan pastroqda joylashgan ikkinchi qal’aning nomi bo‘lishi mumkin. Ibn

Xordadbehning ma

lumotiga ko

ra, al-Fil (

ليفلا

) Xvorazmning poytaxti bo

lib, Balx daryosi,

ya’ni Amudaryoning ikkala qirg‘og‘ida joylashgan [23]

. Ibn al-Fakih Xvorazm

poytaxtining nomini Bil (

ليب

) shaklida keltirgan va daryoning o

ng tomonida joylashgan

deb ko‘rsatgan. Keyinchalik esa bu shahar al

-Mansura deb atalgan. Yoqut al-Hamaviy

yanglishib, bu ma’lumotni Xvorazmning o‘rta asrlardagi poytaxti al

-

Jurjoniya, ya’ni

Gurganj (ho

zirgi Urganch) shahriga taalluqli deb bilgan. Ibn Havqalning ma’lumotiga

ko

ra, Xvorazmning qadimgi poytaxti Kos Darxosh (

شاخرد ثاك

) deb atalgan. Bu shahar

kuhandiz va madinadan iborat bo‘lgan. Uning jome masjidi va bozorlari shaharning

madina qismida joyl

ashgan. Uning bozorlari katta va qulay, savdosi esa chaqqon bo‘lgan.

Shaharning o

rtasidan Xarkrur (

روركرخ

) nomli daryo oqib o

tgan, shahar shu daryoning

ikki tomonida joylashgan, bo‘yiga 1/3 farsax, eniga ham 1/3 farsax maydonni egallagan.

Bu shaharni daryoning suvi yuvib ketgan. Keyin odamlar uning yonida yangi shahar

qurganlar. Shunday qilib, manbalardagi ma’lumotlardan ayon bo‘ladiki, Xvorazmning
qadimgi poytaxti bo‘lgan shahar Fil (Fir, Bil) deb atalgan. Uni suv yuvib ketgandan keyin,

uning yoniga yangi shahar qurilgan va Kot deb atalgan. Shuning uchun ayrim manbalarda

Kot shahri Fil (Fir, Bil) deb ham atalgan. Bu nomning asosida sug‘dcha fyr yoki f’yr –

“kengaytirmoq”, “cho‘zmoq” fe’li yotgan bo‘lishi mumkin [24]

. Lekin bizningcha, bu nom

Amu, Xiva, Ko

t, Choch, Chag‘on va boshqa ko‘p nomlar singari juda ham qadimiy

lingvistik qatlamga mansub bo‘lib, eroniy yoki turkiy tillarga aloqasi yo‘q.

Rivoyatga ko‘ra, sharqning bir qudratli hukmdori o‘zining mamlakatidagi

400 kishidan g‘azablanib, ularni yerning eng chekkasiga, ya’ni odamlar yashaydigan

yerdan 100 farsax uzoqlikda joylashgan yerga olib borib tashlashni buyurdi. Shunda
ularni Xvorazmga olib keldilar va bu yerdagi 400 ta turk qizlarini ularga xotin qilib
berdilar. Shuning uchun ularning tabiatida tu

rklarga xos jihatlar ko‘p. Keyinchalik bu

yerda Kot shahri vujudga kelgan va Xvorazmning poytaxti bo‘lgan [25]. O‘rta fors
(pahlaviy) manbalarida keltirilgan rivoyatga ko‘ra, Xvorazm (Xvārazm) poytaxtini
Yahudiy o‘g‘li Narse (Narsēh Yahūtakān) qurdirgan [26]. Ilk o‘rta asrlardagi Kot
shahrining xarobalari hozirgi Beruniy shahrining yonida joylashgan bo‘lib Shobboz (to‘liq

nomi Shoh Abbos Vali) deb ataladi.

at-

Tabariy keltirgan ma’lumotga ko‘ra, Qutayba xvorazmshohning ukasini va

xvorazmshohga qarshi bo‘lgan

larning hammasini unga topshirdi. Xvorazmshoh ularning

hammasini qatl etdi, ularning mol-mulklarini musodara etib, Qutaybaga yubordi [27]. Ibn

A’samga ko‘ra, Xurrazod akasining Qutayba bilan bitim tuzgani haqida xabar topib, uni

o

ldirishga ahd qildi. U shahardan chiqib, Fanak (

كنف

) nomli yerda to

xtadi. Qutayba ham

qo‘shini bilan unga yaqin yerga keldi. Ular o‘rtasida jang boshlanganda, Jang‘on
Qutaybaga Xvorazm poytaxtining 2 ta shahrini topshirdi va uning qo‘shiniga kelib
qo‘shildi. Xurrazod 3

-shaharda q

oldi va o‘zi Qutayba oldiga odam yuborib, o‘zi uchun


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

4 (2025) / ISSN 2181-1415

64

omonlik so‘radi. Qutayba unga: “Akang senga omonlik bersa, men ham beraman”,

dedi.

Xurrazod “Akamdan omonlik so‘raguncha jangda halok bo‘lganim yaxshi”,

dedi va

jangga kirishdi. Xurrazod asirga olinib, Qutayba oldiga olib kelindi va Qutayba uni

o‘ldirdi. Keyin Jang‘on unga “Xurrazod bilan birga menga qarshi bo‘lganlarning
hammasini ham o‘ldirishingni istayman”, –

dedi. Qutayba ularning hammasini to‘plab,

Jang‘onga topshirdi va Jang‘on ularni o‘ldirdi.

Keyin ularning mol-mulkini olib, Qutaybaga

berdi. Qutayba ularning 1/5 qismi (xums) ni al-Hajjojga yubordi, qolganlarini esa

askarlarga bo‘lib berdi [28]. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, Qutayba ukasi Abdurrahmonni

Xorazmshohga doimiy ravishda urush ochib turgan Homjird ustiga yubordi.

Abdurrahmon u bilan jang qilib, Homjirdni o‘ldirdi va uning yurtini egalladi. Qutayba bir
tarafdan Abdurrahmon u yerliklardan asir olgan to‘rt ming kishini o‘ldirishni buyurdi,

boshqa tarafdan esa Xorazmshohga ukasini va unga qarshi chiqqanlarni topshirdi.

Xorazmshoh ularni o‘ldirib, ularga tegishli mollarni Qutaybaga topshirdi.

Tabariyda bu voqealar ancha batafsil yoritilgan bo‘lib, quyidagi ma’lumotlarni

ko

rish mumkin:

Maliki Xvorazm (

مزراوخ

)ning odi

(ismi)

Chig

on (

ناغيچ

) erdi. Va barodari

bor erdikim, odi Xovarzad (yoki Xurzod (

دازروخ

)) erdi va bu barodari Chig

ong

a g

alaba

qilur erdi. Va har vaqt eshitibki, falon yo‘l bila podshohg‘a kanizak va yo markabi
keltiradurlar deb ul kishi yuborib o‘ldirib kelturar erdi.

Va agar bir uning sohibjamol qizi

va yo xotuni va yo hamsherasi (

هريشمه

) bo

lsa onga kishi yuborib kelturar erdi va hech

kishi oni mahn qila bilmas erdi. Vaqtiki Malik Chig‘ong‘a arz aytsalar: onga aytur erdiki

man oning bila tob qilmaydurman. Vaqtiki, bu

kordor o‘zig‘a tortdi, Chig‘on toqat tuta

bilmadikim mundin ziyoda sabr qilg‘oy. Nochor kishi yuborib shahri Xvorazmg‘a
chorladi. Va Xvorazmning xazinalarining kalitlarini Qutaybag‘a topshurdi. Bu shart bilaki
agar barodarimni o‘ldursangiz har ne disangiz qabul tutg‘ayman va bu so‘zdin hech kimni
ogoh qilmayman. Va bu elchi Qutaybaning qoshig‘a bordikim vaqti g‘azot erdi. Qutayba
lashkarni jabdug‘ini dast qilib shahri Sug‘dg‘a borurg‘a niyati azm qilg‘on

holati erdi.

Xalqg‘a mahlum qildikim

,

Sug‘dg‘a borurmiz. Ersa Malik Chig‘onning elchisi qaytib

javobini yetkurdi. Bas,

Xovarzadni firib bila ogoh qildilarki, Qutayba Sug‘dg‘a borurg‘a

azm durust qilibdur. Ersa Xovarzad yoronlarini jam qilib, aydiki, Qutayba Qal’ai Sug‘dg‘a

azm qilibdurmish. Sizlar oning jang

idin amiyn bo‘ldingizlar. Xolo

(hozir)

vaqti bahordur,

sharob ichurg‘a va shodliq qulurg‘a mashg‘ul bo‘lg‘aymiz. Ayni g‘aflatda erdilar, banogoh

Qutayba Hazorasb (

بسارازه

)g

a keldi. Va bu shahridurkim Xvorazmdin. Ammo, Xvorazm

uch shahardur, ulug

shahri madina al

-

Fildur. Va vaqtiki Qutayba yetib erdi xvorazmiylar

maliki Chig‘onning qoshig‘a keldilar va onga aydilarkim emdi

(endi)

tadbir nadur, Chig‘on

aydi: barodarim Xovarzadning qoshig‘a boring ersa, bular Xovarzadning qoshig‘a

bordilar. Va aydilar: Qutayba

kelibdur, bizlarni halok qilurg‘a o‘xshaydur. Muni

(Buni)

nechuk qilmoq kerak, Xovarzad ul tadbirki Ch

ig‘on qilib erdi. Ondin ogoh bo‘lib,

xohladiki, Chig‘onni o‘lturgay. Qutaybaning vahmidin va lashkaridin qo‘rqub, toqat qila
bilmadikim, Chig‘onni o‘ltur

gay. Va xalqni jam qilib, madinat al-

Filga kelib, omade bo‘ldi.

Malik Chig‘on Hazorasb va yana bir shaharni Qutaybag‘a topshirib, oning qoshig‘a bordi.

Ammo, Xovarzad hayratda qoldi va aydiki, man biladurmankim, emdi ulki, kerak va lekin
qatlini dustroq tu

tadurmankim, saningdek yoronlar barodarimg‘a buyunsung‘ay deb,

jangg‘a omade bo‘lib, shahardin tashqari chiqdi. Qutaybaning lashkarig‘a giriftor bo‘lib,
oni Qutaybaning lashkarig‘a kelturdilar va Qutaybaning yonig‘a kelturdilar. Qutayba
aytdi: nechuk ko‘ra

dursan onki xudoyi taolo on sanga nechuk qildi. Xovarzad aydi:

ayyuhal amir menga malomat qilmag‘il, shamshirni ul jihatdin qo‘lg‘a oldimkim, to


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

4 (2025) / ISSN 2181-1415

65

maning va saning oramizda hukm qilg

ay va lekin shamshir mani sanga giriftor (

راتفرك

)

qildi. Qutayba aydi: ando

g‘ bo‘lurki, umid tutg‘onni topursan. Bas, ilgari kelturub, boshini

tanidin judo qildilar. Malik Chig‘on aydi: ayyuhal amir, hanuz maning aytg‘onimni
qilmading. Qutayba aydi: nechuk xohlaydursan. Chig‘on aydi: andog‘ xohlaydurmanki, har

kishiki oning bila

hamrohdurlar, alarni ham o‘lturgaysan. Qutayba aydi: hammani jam

qilib, manga bergil, ersa Malik Chig‘on barodarining yoronlarini jam qilib, Qutaybag‘a
kelturdi. Qutayba alarni ham o‘lturdi va bularning moli g‘animatlarini qo‘lg‘a kelturdi.

Ammo, Chig

on shart qilg

on erdiki, Qutaybag

a yuz banda (

هدنب

) va yuz ming jomi(

ماج

)

libos bergay. Bu shartlarig‘a vafo qildi. Qutayba madinat al

-

Filg‘a kirib, bu mollarni qo‘lg‘a

oldi. Chig‘onning qissalarini muxtasar qilubdur, toki biz ham tamom qilduq. Bas, malik

Chig

on Qutaybadin iltimos qildiki, Jom va jar (

رج و ماج

) shaharlarining podeshohlarig

a

ham yoriy berib alarni ham dafh qilg‘aysizlar. Va bu podeshohlar kelib, Chig‘ong‘a ozor

berur erdilar. Bas, Qutayba barodari Abdurahmonni yuborib, alar bila jang qilib, alarni

o‘lturub, to‘rt ming asir bila Qutaybaning qoshig‘a keldi. Qutayba farmon qildi, toki
asirlarning hammalarini o‘lturdilar. Ondin so‘ng qaytib Marvg‘a keldi” [29]

.

At-

Tabariyga ko‘ra, Qutayba Fil shahriga kirib, xvorazmshohdan sulhda

kelishilganlarni

qabul qilib oldi. Keyin u Hazorasbga qaytdi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra,

Qutayba Xvorazmdan 100 ming bosh qul olib ketdi [30]

. Ibn A’samga ko‘ra, Xvorazm

podshohi Jang

on (

ناغنج

) Qutayba ibn Muslimga maktub yozib, unga 100 ming bosh qul va

kelishilgan mol-

mulklarni tayyorlab qo‘ygani haqida xabar berdi

[31].

At-

Tabariy keltirgan ma’lumotga ko‘ra, Qutayba Xvorazmdan keyin Marvga

qaytmasdan Samarqandga yurish qildi, chunki sug‘dlar

sulhni buzib, arablarga jizya

to‘lamay qo‘ygan edilar. U bilan birga Samarqandga buxoroliklar va xvorazmliklar ham
borib, Samarqand ahliga qarshi jang qildilar [32]. Ibn A’samga ko‘ra, al

-Hajjoj Qutaybaga

maktub yozib, unda “Biz Xvorazmni fath etib, uning

boyliklari, xazinalari va o‘ljalarini

qo‘lga kiritdik. Endi Samarqandga borib, ularning yeri, uylari va boyliklariga merosxo‘r
bo‘laylik”, –

dedi. Qutayba al-

Hajjojning maktubini askarlarga o‘qib berdi. Shundan keyin

u yo‘lga chiqib, Samarqand yoniga kelib to‘xtadi [33].

Xulosa qilib aytganda, arablar tomonidan Xorazm hududiga 2 bosqichda harbiy

yurishlar tashkil etiladi.

Birinchi bosqich, asosan, talonchilik maqsadida bo‘lib, arablar

bilan shartnoma imzolanishi hamda katta miqdorda o‘lpon to‘lanishi bilan

yakunlanadi.

Ikkinchi boshqichda ikki harbiy yurish amalga oshiriladi. Birinchisi 711

712-yillarda

xorazmshoh Chag‘on iltimosi bilan amalga oshirilgan, uning ukasi Xurzod o‘ldirilib,

xorazmliklar islomni qabul qiladi, lekin xorazmliklarning harbiy kuchi sindirilmaydi.

Ikkinchi yurishda, Beruniy ma’lumotlariga ishonsak, tahminan 714

-

yilda, Farg‘ona va

Toshkent yurishlaridan oldin uyushtiriladi va xorazmliklar islomdan chiqqani uchun
jazolanib, Askajmuk ibn Azkojvor Xorazmga hukmdor etib tayinlanadi.

Ibn al-

Asirga ko‘ra, Qutaybaning Xorazmda qoldirgan urush qo‘mondoni Iyos ibn

Abdulloh ojiz kishi edi. U yerning xaraj yig‘uvchi omili esa Muslimning ozod qilingan quli

Ubaydulloh ibn Ubaydulloh edi. 714-

yil boshida Xorazm ahli Iyosning zaifligini ko‘rib

unga qar

shi birlashdilar. Ubaydulloh Qutaybaga maktub yozganidan so‘ng, Qutayba ukasi

Abdullohni u yerga omil qilib yubordi va Iyos hamda Hayyon an-Nabatiyga yuztadan
qamchi urishni buyurdi. Abdulloh Xorazmga yaqinlashganda Iyosga xabar yuborib uni

qo‘rqitdi. U es

a chekinib ketdi. Abdulloh kelib Hayyonni tutib, unga qamchi urib,

sochlarini tiqirlatib oldirdi. Keyin Qutayba Mug‘ayra ibn Abdulloh bilan birga Xorazm
ustiga askar yubordi. Xorazmliklar buni eshitib, tayyorgarlik ko‘rdi. Mug‘ayra ularga yetib


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

4 (2025) / ISSN 2181-1415

66

kelganda, X

orazmshoh o‘ldirgan kishilarning farzandlari undan ajralib: «Biz senga

yordam bera olmaymiz», deyishdi. Xorazmshoh esa turklar yurtiga qochdi. Mug‘ayra
kelib, ba’zilarini o‘ldirdi, ba’zilarini asirga oldi. Qolganlar u bilan jizya to‘lash sharti bilan

tinch

lik qildilar. Mug‘ayra keyin Qutaybaning huzuriga qaytdi, Qutayba uni Nishopurga

omil qilib tayinladi [34].

Boshqa mintaqalarda bo‘lgani singari Xorazmdan ham iqtidori bor, sarkardalik

salohiyati bo‘lgan shaxslar xalifalik xizmatiga qabul qilingan. Shulard

an biri Astarxon al-

Xorazmiy hisoblanadi. Uning nomi hijriy 147-yil (m. 764

765) voqealarida esga olinadi.

Ibn al-

Asirda quyidagi ma’lumotlar keltirilgan: “Bu yilda Astarxon al

-Xorazmiy

turklardan iborat qo‘shin bilan Armaniston atrofiga hujum qilib, talon

-taroj qildi,

musulmonlar va zimmiylardan ko‘p kishilarni asirga oldi va Tifliska kirdi. Harb ibn
Abdulloh o‘sha paytda ikki minglik qo‘shin bilan Mosulda xoriyjiylar bo‘lgan joyda edi.

Mansur turklar bilan urushish uchun Jabroil ibn Yahyo va Harb ibn Abdullohni yubordi.

Jangda Jabroilning qo‘shini mag‘lub bo‘ldi, Harb ibn Abdulloh va Jabroilning askarlaridan
ko‘p kishi halok bo‘ldi” [35]. Yuqorida tilga olingan xorazmlik haqida tarixiy manbalarda
aniq ma’lumotlar yo‘q. U katta ehtimol bilan xalifalik xizma

tiga kirgan xorazmshohlar

avlodidan bo‘lsa kerak.

XULOSA

Umuman olganda, Xorazmda arablarning dastlabki hukmronligi beqaror

hisoblangan. Bunga Xorazmning geografik joylashuvi ham muhim o‘rin tutgan. Hijriy

110-yilda. (mil. 728) Xorazm shimolida,

hozirgi Qorqolpag‘iston Respublikasi Nukus

tumani hududidagi Kerder shahri va uning atrofida qoʻshni ko‘chmanchi turkiy qabilalar
tomonidan qoʻllab

-

quvvatlangan qoʻzgʻolon koʻtariladi, biroq qo‘zg‘alon uyushmagan

holda tashkil etilgaligi sababli oʻsha yili

yoq bostirialdi. Ushbu voqeadan keyin siyosiy

vaziyat nisbatan barqarorroq bo‘ldi. Qadimgi sulola vakillari 995

-yilga qadar xalifalikning

cheklangan vassallari sifatida Xorazm ustidan hukmronlik qilishda davom etdilar.

Xorazm hukmdorlarining arablar istilo

siga qarshi kurashi o‘rta asr Markaziy Osiyo

tarixida muhim o‘rin tutadi. Bu qarshiliklar faqatgina harbiy to‘qnashuvlar bilan emas,

balki siyosiy ittifoqlar, mahalliy boshqaruvni mustahkamlash va diniy mustaqillikni
saqlab qolish orqali olib borilgan. Arablar istilosi nihoyatida Xorazm xalifalikka

bo‘ysunsa

-

da, bu hududdagi qarshiliklar xalqlarning o‘z erkinligi, madaniyati va dini

an'analarini saqlab qolishga bo‘lgan qat'iy intilishidan dalolat beradi. Ushbu tarixiy davr

Xorazm aholisining irodasi, siyosiy ongining shakllanishi va mustaqillikka intilishi nuqtai
nazaridan alohida ahamiyatga egadir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

Ataxodjayev A.M., Zamonov A.T., Xalmuminov U.R., Maxammadiyev A.T.,

Ismoilov A.I., Abdusodiqov S.Z. O‘zbekiston

tarixi. I qism. Darslik.

Toshkent: Bayoz,

2024.

B. 515.

2.

Беруний. Танланган асарлар. –

Тошкент: Фан, 1968. –

Б. 71.

3.

Беруний. Танланган асарлар. –

Тошкент: Фан, 1968. –

Б. 71.

4.

Ibn el-Athiri. Chronicon quod perfectissimum inscribitur, ed.C.J.Tornberg vol.I-

XIV, Upsaliae et Lugduni Batavorum, 1851-1876. IV. 82.

5.

Ibn el-Athiri. Chronicon quod perfectissimum inscribitur, ed.C.J.Tornberg vol.I-

XIV, Upsaliae et Lugduni Batavorum, 1851-1876. IV. 90.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

4 (2025) / ISSN 2181-1415

67

6.

Ibn el-Athiri. Chronicon quod perfectissimum inscribitur, ed.C.J.Tornberg vol.I-

XIV, Upsaliae et Lugduni Batavorum, 1851-1876. IV. 91-92.

7.

Ibn el-Athiri. Chronicon quod perfectissimum inscribitur, ed.C.J.Tornberg vol.I-

XIV, Upsaliae et Lugduni Batavorum, 1851-1876. IV. 92.

8.

История ат

-

Табари. –

Ташкент, 1987. –

С.50.

9.

Ibn el-Athiri. Chronicon quod perfectissimum inscribitur, ed.C.J.Tornberg vol.I-

XIV, Upsaliae et Lugduni Batavorum, 1851-1876. IV. 82;

Abū Muḥammad 'Abd Allāh ibn

Muslim Ibn Qutayba. Kitab al-

ma’arif. 1996. IX. –

P. 177.

10.

Al-Balazuri. Liber expugnationis regionum, auctore Imamo Ahmed ibn Jahja ibn

Djabir al-Belol, quem a codice Leidensi et codice Musei Britannici ed. M.J.de Goeje,
Lungduni Batavorum, 1866.

P. 413; Sachau Ed. Zur geschichte und chronologie von

khwarizm.

Wien, 1873.

P. 31-32.

11.

История ат

-

Табари. –

Ташкент, 1987. –

С.50.

12.

Хорезм в истории государственности Узбекистана // Отв. ред. Э.В.

Ртвеладзе, Д.А. Алимова. –

Ташкент, 2013. –

C. 102.

13.

Ibn el-Athiri. Chronicon quod perfectissimum inscribitur, ed.C.J.Tornberg vol.I-

XIV, Upsaliae et Lugduni Batavorum, 1851-1876. IV. 147.

14.

История ат

-

Табари. –

Ташкент, 1987. –

С.98.

15.

Abu Muhammad Ahmad ibn A‘tham al

-Kufi. Kitab al-Futuh / Ed. by Sayyid

‘Abdul Wahab Bukhari (First Edition). I –

VIII volumes. Hyder- abad: Osmaniya

University, 1388 1390

1390/1968. 1970. VII.

P. 235.

16.

Sachau Ed. Zur geschichte und chronologie von khwarizm.

Wien, 1873.

P.

31-32.; Chavannes E. Documents sur les Tou-

kiue (Turks) occidentaux // Сборник

трудов Орхонской экспедиции, вып. 6. СПб., 1903.

P. 409.; Abu Djafar Mohammed

ibn Djarir at-Tabari, Annales / Ed. M.J. de Goeje, I

III series. Lugduni Batavorum:

E.J.Brill, 1964. II.

1236-2141.

17.

Abu Djafar Mohammed ibn Djarir at-Tabari, Annales / Ed. M.J. de Goeje, I

III

series. Lugduni Batavorum: E.J.Brill, 1964. II.

1236-2141.

18.

Abu Muhammad Ahmad ibn A‘tham al

-Kufi. Kitab al-Futuh / Ed. by Sayyid

‘Abdul Wahab Bukhari (First Edition). I –

VIII volumes. Hyder- abad: Osmaniya

University, 1388 1390

1390/1968. 1970. VII.

P. 235.

19.

Abu Muhammad Ahm

ad ibn A‘tham al

-Kufi. Kitab al-Futuh / Ed. by Sayyid

‘Abdul Wahab Bukhari (First Edition). I –

VIII volumes. Hyder- abad: Osmaniya

University, 1388 1390

1390/1968. 1970. VII.

P. 236.

20.

Ibn el-Athiri. Chronicon quod perfectissimum inscribitur, ed.C.J.Tornberg vol.I-

XIV, Upsaliae et Lugduni Batavorum, 1851-1876. IV. 147.

21.

Abu Muhammad Ahmad ibn A‘tham al

-Kufi. Kitab al-Futuh / Ed. by Sayyid

‘Abdul Wahab Bukhari (First Edition). I –

VIII volumes. Hyder- abad: Osmaniya

University, 1388 1390

1390/1968. 1970. VII.

P. 236.

22.

Abu Djafar Mohammed ibn Djarir at-Tabari, Annales / Ed. M.J. de Goeje, I

III

series. Lugduni Batavorum: E.J.Brill, 1964. II.

1281.

23.

Ибн Хордадбех. Книга путей и стран / Пер. с араб., коммент., иссл., указ. и

карты Н. Велихановой. Баку: Элм, 1986. –

C. 66.

24.

Лурье П.Б. Историко

-

лингвистический анализ согдийской топонимии /

Дисс. ... к. филол. н. СПб.: ЛО ИВ РАН, 2004. –

C. 200


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

4 (2025) / ISSN 2181-1415

68

25.

Abu ‘Abdallah Mohammad ibn Ahmad Shamsaddin al

-Moqaddasi. Descriptio

Imperii moslemici / Ed. M.J. de Goeje, BGA, pars 3. Lugduni Batavorum: E.J.Brill, 1967.

P.

285-286.

26.

Markwart J. A Catalogue of provincial capitals of Eran- shahr / Pahlavi text,

version and commentary. Roma, 1931.

Р

. 11.

27.

Abu Djafar Mohammed ibn Djarir at-Tabari, Annales / Ed. M.J. de Goeje, I

III

series. Lugduni Batavorum: E.J.Brill, 1964. II.

1239.

28.

Abu Muhammad Ahmad ibn A‘tham al

-Kufi. Kitab al-Futuh / Ed. by Sayyid

‘Abdul Wahab Bukhari (First Edition). I –

VIII volumes. Hyder- abad: Osmaniya

University, 1388 1390

1390/1968. 1970. VII.

P. 235-236.

29.

1229. 585 A

30.

Abu Djafar Mohammed ibn Djarir at-Tabari, Annales / Ed. M.J. de Goeje, I

III

series. Lugduni Batavorum: E.J.Brill, 1964. II.

1237.

31.

Abu Muhammad Ahmad ibn A‘tham al

-Kufi. Kitab al-Futuh / Ed. by Sayyid

‘Abdul Wahab Bukhari (First Edition). I –

VIII volumes. Hyder- abad: Osmaniya

University, 1388 1390

1390/1968. 1970. VII.

P. 235.

32.

Abu Djafar Mohammed ibn Djarir at-Tabari, Annales / Ed. M.J. de Goeje, I

III

series. Lugduni Batavorum: E.J.Brill, 1964. II.

1241-1244.

33.

Abu Muhammad Ahmad ibn A‘tham al

-Kufi. Kitab al-Futuh / Ed. by Sayyid

‘Abdul Wahab Bukhari (First Edition). I –

VIII volumes. Hyder- abad: Osmaniya

University, 1388 1390

1390/1968. 1970. VII.

P. 239.

34.

Ibn el-Athiri. Chronicon quod perfectissimum inscribitur, ed.C.J.Tornberg vol.I-

XIV, Upsaliae et Lugduni Batavorum, 1851-1876. IV. 168.

35.

Ibn el-Athiri. Chronicon quod perfectissimum inscribitur, ed.C.J.Tornberg vol.I-

XIV, Upsaliae et Lugduni Batavorum, 1851-1876. V. 268.

References

Ataxodjayev A.M., Zamonov A.T., Xalmuminov U.R., Maxammadiyev A.T., Ismoilov A.I., Abdusodiqov S.Z. O‘zbekiston tarixi. I qism. Darslik. – Toshkent: Bayoz, 2024. – B. 515.

Беруний. Танланган асарлар. – Тошкент: Фан, 1968. – Б. 71.

Беруний. Танланган асарлар. – Тошкент: Фан, 1968. – Б. 71.

Ibn el-Athiri. Chronicon quod perfectissimum inscribitur, ed.C.J.Tornberg vol.I-XIV, Upsaliae et Lugduni Batavorum, 1851-1876. IV. 82.

Ibn el-Athiri. Chronicon quod perfectissimum inscribitur, ed.C.J.Tornberg vol.I-XIV, Upsaliae et Lugduni Batavorum, 1851-1876. IV. 90.

Ibn el-Athiri. Chronicon quod perfectissimum inscribitur, ed.C.J.Tornberg vol.I-XIV, Upsaliae et Lugduni Batavorum, 1851-1876. IV. 91-92.

Ibn el-Athiri. Chronicon quod perfectissimum inscribitur, ed.C.J.Tornberg vol.I-XIV, Upsaliae et Lugduni Batavorum, 1851-1876. IV. 92.

История ат-Табари. – Ташкент, 1987. – С.50.

Ibn el-Athiri. Chronicon quod perfectissimum inscribitur, ed.C.J.Tornberg vol.I-XIV, Upsaliae et Lugduni Batavorum, 1851-1876. IV. 82; Abū Muḥammad 'Abd Allāh ibn Muslim Ibn Qutayba. Kitab al-ma’arif. 1996. IX. – P. 177.

Al-Balazuri. Liber expugnationis regionum, auctore Imamo Ahmed ibn Jahja ibn Djabir al-Belol, quem a codice Leidensi et codice Musei Britannici ed. M.J.de Goeje, Lungduni Batavorum, 1866. – P. 413; Sachau Ed. Zur geschichte und chronologie von khwarizm. – Wien, 1873. – P. 31-32.

История ат-Табари. – Ташкент, 1987. – С.50.

Хорезм в истории государственности Узбекистана // Отв. ред. Э.В. Ртвеладзе, Д.А. Алимова. – Ташкент, 2013. – C. 102.

Ibn el-Athiri. Chronicon quod perfectissimum inscribitur, ed.C.J.Tornberg vol.I-XIV, Upsaliae et Lugduni Batavorum, 1851-1876. IV. 147.

История ат-Табари. – Ташкент, 1987. – С.98.

Abu Muhammad Ahmad ibn A‘tham al-Kufi. Kitab al-Futuh / Ed. by Sayyid ‘Abdul Wahab Bukhari (First Edition). I – VIII volumes. Hyder- abad: Osmaniya University, 1388 1390 – 1390/1968. 1970. VII. – P. 235.

Sachau Ed. Zur geschichte und chronologie von khwarizm. – Wien, 1873. – P. 31-32.; Chavannes E. Documents sur les Tou-kiue (Turks) occidentaux // Сборник трудов Орхонской экспедиции, вып. 6. СПб., 1903. – P. 409.; Abu Djafar Mohammed ibn Djarir at-Tabari, Annales / Ed. M.J. de Goeje, I – III series. Lugduni Batavorum: E.J.Brill, 1964. II. – 1236-2141.

Abu Djafar Mohammed ibn Djarir at-Tabari, Annales / Ed. M.J. de Goeje, I – III series. Lugduni Batavorum: E.J.Brill, 1964. II. – 1236-2141.

Abu Muhammad Ahmad ibn A‘tham al-Kufi. Kitab al-Futuh / Ed. by Sayyid ‘Abdul Wahab Bukhari (First Edition). I – VIII volumes. Hyder- abad: Osmaniya University, 1388 1390 – 1390/1968. 1970. VII. – P. 235.

Abu Muhammad Ahmad ibn A‘tham al-Kufi. Kitab al-Futuh / Ed. by Sayyid ‘Abdul Wahab Bukhari (First Edition). I – VIII volumes. Hyder- abad: Osmaniya University, 1388 1390 – 1390/1968. 1970. VII. – P. 236.

Ibn el-Athiri. Chronicon quod perfectissimum inscribitur, ed.C.J.Tornberg vol.I-XIV, Upsaliae et Lugduni Batavorum, 1851-1876. IV. 147.

Abu Muhammad Ahmad ibn A‘tham al-Kufi. Kitab al-Futuh / Ed. by Sayyid ‘Abdul Wahab Bukhari (First Edition). I – VIII volumes. Hyder- abad: Osmaniya University, 1388 1390 – 1390/1968. 1970. VII. – P. 236.

Abu Djafar Mohammed ibn Djarir at-Tabari, Annales / Ed. M.J. de Goeje, I – III series. Lugduni Batavorum: E.J.Brill, 1964. II. – 1281.

Ибн Хордадбех. Книга путей и стран / Пер. с араб., коммент., иссл., указ. и карты Н. Велихановой. Баку: Элм, 1986. – C. 66.

Лурье П.Б. Историко-лингвистический анализ согдий¬ской топонимии / Дисс. ... к. филол. н. СПб.: ЛО ИВ РАН, 2004. – C. 200

Abu ‘Abdallah Mohammad ibn Ahmad Shamsaddin al-Moqaddasi. Descriptio Imperii moslemici / Ed. M.J. de Goeje, BGA, pars 3. Lugduni Batavorum: E.J.Brill, 1967. – P. 285-286.

Markwart J. A Catalogue of provincial capitals of Eran- shahr / Pahlavi text, version and commentary. Roma, 1931. – Р. 11.

Abu Djafar Mohammed ibn Djarir at-Tabari, Annales / Ed. M.J. de Goeje, I – III series. Lugduni Batavorum: E.J.Brill, 1964. II. – 1239.

Abu Muhammad Ahmad ibn A‘tham al-Kufi. Kitab al-Futuh / Ed. by Sayyid ‘Abdul Wahab Bukhari (First Edition). I – VIII volumes. Hyder- abad: Osmaniya University, 1388 1390 – 1390/1968. 1970. VII. – P. 235-236.

585 A

Abu Djafar Mohammed ibn Djarir at-Tabari, Annales / Ed. M.J. de Goeje, I – III series. Lugduni Batavorum: E.J.Brill, 1964. II. – 1237.

Abu Muhammad Ahmad ibn A‘tham al-Kufi. Kitab al-Futuh / Ed. by Sayyid ‘Abdul Wahab Bukhari (First Edition). I – VIII volumes. Hyder- abad: Osmaniya University, 1388 1390 – 1390/1968. 1970. VII. – P. 235.

Abu Djafar Mohammed ibn Djarir at-Tabari, Annales / Ed. M.J. de Goeje, I – III series. Lugduni Batavorum: E.J.Brill, 1964. II. – 1241-1244.

Abu Muhammad Ahmad ibn A‘tham al-Kufi. Kitab al-Futuh / Ed. by Sayyid ‘Abdul Wahab Bukhari (First Edition). I – VIII volumes. Hyder- abad: Osmaniya University, 1388 1390 – 1390/1968. 1970. VII. – P. 239.

Ibn el-Athiri. Chronicon quod perfectissimum inscribitur, ed.C.J.Tornberg vol.I-XIV, Upsaliae et Lugduni Batavorum, 1851-1876. IV. 168.

Ibn el-Athiri. Chronicon quod perfectissimum inscribitur, ed.C.J.Tornberg vol.I-XIV, Upsaliae et Lugduni Batavorum, 1851-1876. V. 268.