Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Causes of juvenile suicide and characteristics of the
conditions that make it possible
Akhmad ISMAILOV
1
University of Public Security of the Republic of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2023
Received in revised form
15 July 2023
Accepted 25 July 2023
Available online
15 August 2023
This article describes the causes of juvenile suicide and the
characteristics of the conditions that make it possible. In
addition, the article analyzes the opinions of scientists about the
reasons for the suicide of minors and the conditions that made
it
possible
and
gave
relevant
suggestions
and
recommendations.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss6/S-pp423-430
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
juveniles,
suicide,
causes,
factors,
conditions,
crime,
responsibility,
punishment,
family conflicts,
behavior.
Voyaga yetmaganlarni o‘z joniga qasd qilishning kelib
chiqish sabablari va uning imkon bergan shart-
sharoitlarning xususiyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
voyaga yetmaganlar,
o‘z joniga qasd qilish,
sabablar,
omillar,
shart-sharoitlar,
jinoyat,
javobgarlik,
jazo,
oilaviy nizolar,
xulq-atvor.
Mazkur maqolada voyaga yetmaganlarni o‘z joniga qasd
qilishning kelib chiqish sabablari va uning imkon bergan shart-
sharoitlarning xususiyatlariga doir masalalar bayon etilgan.
Bundan tashqari, maqolada voyaga yetmaganlarni o‘z joniga
qasd qilishi sabablari va shart-sharoitlariga doir olimlarning
fikr va mulohazalari tahlil etilib, tegishli taklif va tavsiyalar
berilgan.
1
Independent applicant, the University of Public Security of the Republic of Uzbekistan. E-mail: forishim@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
424
Причины подросткового суицида и характеристика
условий, обуславливающих его возможность
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
несовершеннолетние,
самоубийство,
причины,
факторы,
условия, преступление,
ответственность,
наказание,
семейные конфликты,
поведение.
В данной статье описаны причины подросткового
суицида и характеристика условий, делающих его
возможным. Кроме того, в статье проанализированы
мнения и суждения ученых о причинах суицида
несовершеннолетних и условиях, которые сделали его
возможным, также даны соответствующие предложения и
рекомендации.
Voyaga yetmaganlarni o‘z joniga qasd qilishining oldini olishda avvalo uning sodir
etilishi sabablari va unga imkon beradigan shart-sharoitlarini aniqlash hamda ularni
bartaraf etish choralarini ko‘rish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu boisdan bu borada bugungi kunda ichki ishlar organlari oldida voyaga
yetmaganlarni o‘z joniga qasd qilishi
sabablarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish
kabi murakkab vazifalar turganligini his etish mumkinki, ammo ularni boshqa davlat
organlari, jamoat tuzilmalarining yordamisiz amalga oshirish mumkin emas.
Voyaga yetmaganlarni o‘z joniga qasd qilishining
sabablari va unga imkon bergan
shart-sharoitlar haqida fikr yuritishdan avval umuman olganda jinoyatning sababi nima
degan savolga javob berish maqsadga muvofiq sanaladi.
Bu borada ko‘pgina olimlar
o‘zlarining fikr
-
mulohazalarini bildirib o‘tishgan. Jumladan, P.F.
Bulaselning fikriga ko‘ra,
salbiy iqtisodiy, mafkuraviy, madaniy, tarbiyaviy, tashkiliy, boshqaruv, ijtimoiy-
psixologik omillar majmui jinoyatchilikka sabab bo‘la
di [1. S. 217.].
L.I. Spiridonovning fikricha, jinoyatchilikning alohida sabablari mavjud emas,
uning ta’kidlashicha, ayni bir maxsus hodisalar har xil sharoitda turli ijobiy yoki salbiy
oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Kriminologiyaning vazifasi jamiyatda mavjud
noantagonistik ruhdagi qarama-qarshiliklar odamlarning ijtimoiy xossalarida namoyon
bo‘lib, ularning u yoki bu darajadagi salbiy xulq
-atvoriga qanday turtki berishini
aniqlashdan iboratdir [2. S. 46.].
Voyaga yetmaganlarni o‘z joniga
qasd qilishning sabablari haqida professor
M.D.
Shargorodskiyning fikrini keltirib o‘tish joiz, ya’ni “O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga
yetkazishning shunday sabablari borki, mazkur sabablar bo‘lmasa, ushbu jinoyat mavjud
bo‘lishi mumkin emas.
Ammo ushbu h
olatlarning har birini baholashga o‘ziga xos
ravishda yondashish kerak, chunki bir holatda jinoiy motivlarni yaratish imkoniyati
paydo bo‘lsa, boshqasida esa ob’yektiv haqiqatga aylanish imkoniyati mavjud. Shunday
ekan, ba’zi holatlar shart
-
sharoit, ba’zil
ari esa sababdir. Boshqacha aytganda mazkur
jinoyatning sabablari bu
–
sub’yektlarning uni sodir etish manfaatlari va motivlari paydo
bo‘lishiga olib keladigan faol kuch vazifasini o‘taydi”
[3. S. 209.].
Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish
sabablari “qulay” sharoitlarda o‘z joniga qasd qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga
yordam beradigan omillarning mavjudligi aniqlab olinadi.
Uning o‘z joniga qasd qilishga
moyilligi shaxsning uni shunday idrok etish va baholashga tayyorligi bilan belgilanadi
[4. S. 5.].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
425
Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatda o‘z joniga qasd qilishning sabablari, odatda o‘z
joniga qasd qilish faktidan keyin aniqlanadigan holatlardir. Boshqacha qilib aytadigan
bo‘lsak, motiv (o‘z joniga qasd qilish to‘g‘risida) o‘z joniga qasd qilishga yordam beradi,
o‘ylash va qaror qabul qilishga undaydi, sabablar, o‘z navbatida, o‘z joniga qasd qilish
uchun “vosita” bo‘lib xizmat qiladi.
Bu borada Ye.V.Buryakovskaya shunday degan: “O‘z joniga qasd qilish har doim
h
am motivning ko‘rinishiga ergashmaydi, motivatsiya
–
o‘zgaruvchan miqdor, sabab
–
qaytib kelmaydigan nuqtadir”
[5. S. 122.].
Ko‘pgina olimlar o‘z joniga qasd qilishning quyidagi sabablari sifatida oilaviy
nizolar, kasbiy faoliyatni amalga oshirish bilan bo
g‘liq nizolar, moddiy farovonlikning
pasayishi yoki yo‘qolishi (iqtisodiy sabablar), shaxsning o‘z
-
o‘zidan nafratlanishi,
jismoniy holati, kasallik va hokazolarni keltirib o‘tishadi.
Ayrim adabiyotlarda o‘z joniga qasd qilish sabablari sifatida
shaxsning yomon illatlari
(giyohvandlik, alkogolizm va boshqalar) mavjudligidan deb yondashilgan [6. S. 367.].
Bundan tashqari, o‘z joniga qasd qilish xatti
-
harakatlarining quyidagi o‘ziga xos
belgilari mavjudligi qayd etilgan: 1) xulq-atvor (jamiyatdan begonalashish); 2) kognitiv
(boshqalardan kelib chiqadigan dushmanlik hissi); 3) hissiy (nomutanosiblik, norozilik);
4) kommunikativ [7. S. 50.].
Ko‘rinib turibdiki, ikki hodisa, ya’ni o‘z joniga qasd qilish va o‘zini o‘zi o‘ldirish
darajasiga yetkazish o‘rtasida to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud. Jabrlanuvchiga jismoniy
yoki ruhiy azob berish uning o‘z joniga qasd qilish to‘g‘risida aniq qaror qabul qilishiga
olib keladi. Tadqiqotda ilgari surilgan sud amaliyoti misollarida o‘z joniga qasd qilish
aybdor t
omonidan jabrlanuvchiga nisbatan jabrlanuvchiga muttasil ravishda salbiy ta’sir
ko‘rsatishdan keyin ham, bir martalik o‘zaro ta’sirida ham bo‘lishi mumkin.
Ye.K.
Volkonskaya o‘z joniga qasd qilishning quyidagi sabablarini aniqlaydi: tibbiy
(turli deviant k
o‘rinishlar: alkogolizm, giyohvandlik, ruhiy kasalliklar va buzilishlar va
boshqalar), psixologik (uzoq muddatli travmatik holat, ma’naviy travma va boshqalar),
iqtisodiy (ishsizlik, moliyaviy muammolar va boshqalar), ijtimoiy (ijtimoiy himoyasizlik
va boshqalar), shaxsiy (shaxsiy nizolar, shu jumladan oiladagi kelishmovchiliklar va
boshqalar), maishiy (beqarorlik va boshqalar), kriminologik (shaxs sha’ni va qadr
-
qimmatiga tajovuz va boshqalar), genetik (irsiyat bilan bog‘liq)
[8. S. 114
–
121.].
Fikrimizcha
bunday tasnif, ortiqcha bo‘rttirib yuborilgandek go‘yo. Sababi, biz
yuqorida o‘z joniga qasd qilish motivlari va sabablari, ba’zi o‘xshashliklarga qaramay,
turli xil kelib chiqishi va turli bosqichlarda sodir bo‘lishini aniqlagan edik. Motiv
–
bu
potensia
l o‘z joniga qasd qilishning ichki ruhiy holati bo‘lib, u atrofdagi voqelikni
sub’ektiv
-
salbiy idrok etish va ichki ziddiyatni hal qilishda umidsizlikning paydo bo‘lishi
natijasida yuzaga keladi. Bundan tashqari, motivatsion soha situatsion xarakterga ega,
ya’ni o‘z joniga qasd qilish qarori o‘zgaruvchan qiymat hisoblanadi. O‘zini o‘zi o‘ldirish
darajasiga yetkazganda o‘z joniga qasd qilish sabablari aybdor tomonidan jabrlanuvchiga
nisbatan salbiy xarakterdagi noqonuniy tajovuzlar fonida rivojlangan jabrlanuvchining
psixo-emotsional holati hisoblanadi.
Voyaga yetmaganlarni o‘z joniga qasd qilishning kelib chiqish sabablari o‘z joniga
qasd qilish yoki unga urinish fakti bilan belgilanadi. Ma’lumki, ushbu jinoyatda jabrlanuvchi
mustaqil ravishda o‘z joniga qasd qiladi. Agar ushbu holatda jabrlanuvchining o‘limi sababi
aniqlanmaydigan bo‘lsa, o‘z
-
o‘zidan aybdorni javobgarlikka tortishning imkoni bo‘lmaydi
va tabiiy ravishda ushbu jinoyatning oldini olish choralarini ham belgilash borasida ishlar
oqsaydi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
426
Yuqor
idagilarga asoslangan holda, o‘z joniga qasd qilishning boshlang‘ich nuqtasi
sifatida potensial o‘z joniga qasd qilishning motivatsion sohasini o‘rganish uning asosiy
sababini aniqlashga yordam beradi degan xulosaga kelish mumkin. Shu nuqtai nazardan
tadqiqot doirasida birinchi navbatda jabrlanuvchini boshqaradigan motivlarga asosiy
e’tiborni qaratish lozim.
Voyaga yetmaganlarni o‘z joniga qasd qilishning oldini olishda avvalo uning sodir
etilishi sabablari va unga imkon beradigan shart-sharoitlarini aniqlash hamda ularni
bartaraf etish choralarini ko‘rish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan bu borada
bugungi kunda barcha sub’yektlar oldida bosqinchilik jinoyatlari sabablarini aniqlash
hamda ularni bartaraf etish kabi murakkab vazifalar turganligini his etish mumkinki,
ammo ularni boshqa davlat organlari, jamoat tuzilmalarining yordamisiz amalga oshirish
mumkin emas.
Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra o‘z joniga
suiqasd qilishning 800 ta sabablari mavjud ekan, ulardan eng ko‘
p uchraydiganlari:
36 foizi
–
noma’lum sabablarga ko‘ra;
19 foizi
–
jazodan qo‘rqish;
18 foizi
–
ruhiy kechinmalar;
18 foizi
–
turmush, uy tashvishlari;
6 foizi
–
ehtiroslarga berilish;
3 foizi
–
pul, mol-
mulk yo‘qotish.
Shulardan kelib chiqqan
holda, voyaga yetmaganlarni o‘z joniga qasd qilishning
asosiy sabablarini aniqlash lozimligidan kelib chiqib, bularga quyidagilarni keltirib o‘tishi
lozim:
Jismoniy baquvvat, navqiron ko‘rinishdan benuqson insonlarning o‘z joniga qasd
qilishiga nima sabab
bo‘lmoqda? Nega ular o‘zlarini osib, o‘lguncha dorilar ichishmoqda,
balandlikdan sakrab, mashinalarning tagiga o‘zlarini tashlamoqda?
Olingan tadqiqot materiallari tahlil etilganda quyidagi keltirilgan sabablar eng ko‘p
uchraydigan sabablar sifatida qaraladi.
Ishqiy munosabatlarning yakun topishi. Munosabatlarning bunday to‘gashi ko‘p
hollarda o‘spirinni ruhan jarohatlaydi.
Suyukli inson (oila a’zosi)ning vafotidan ham inson aziyat chekadi va o‘zini o‘zi
o‘ldirish darajasigacha olib borishi mumkin. Bundan tashqari, kuchli emotsional zo‘riqish,
tengqurlar tomonidan, o‘quv yurtidagi va ota
-onalar bosimi,
ko‘rimsizlik, muloqatning
yetishmasligi, ishonchsizlik, ajrimlar, sanalarda o‘z joniga qasd qilish, davolab
bo‘lmaydigan kasalliklar, nuqsonlar bilan bog‘liq
o‘z joniga qasd qilishlar ham uchraydi.
O‘smirlarda ijtimoiy muammolarning kelib chiqish sabablari:
• oiladagi nosog‘lom muhit;
• o‘smirlarning turli jinoiy guruhlarga qo‘shilib qolishi;
• o‘zini o‘zi noto‘g‘ri anglashi;
• o‘ziga nisbatan bo‘lgan bahosining o‘ta past yoki o‘ta yuqoriligi;
• nosog‘lom jinsiy rivojlanish;
• ijtimoiy rollarni noto‘g‘ri anglash va boshq.
O‘smirlarda suitsidal xulq
-
atvorning o‘zgacha ko‘rinishini kuzatamiz. O‘smirlar
orasidagi o‘zini o‘ldirishga urinish bolalarnikiga nisbatan ko‘p uchraydi, bunda ularning
oz qismigina o‘z maqsadiga erishadi. O‘smirlarda amalga oshirilib yakunlangan suitsidlar,
barcha suitsidal harakatlarning 1%dan oshmaydi. Bu o‘sha paytda su
itsidal xulq-atvor
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
427
namoyishkorona, shuningdek qo‘rqitish xarakteriga ega. A.Ye.Lichkoning ta’kidlashicha,
faqatgina 10% o‘smirlarda o‘zini o‘ldirishning haqiqiy istagi mavjud, 90% da esa bu
yordamga chaqiriq.
Bugungi kunda dolzarb muammolar qatoriga o‘z j
oniga qasd qilish muammosi ham
kiritilmoqda.
So‘nggi 15–
20-
yil davomida o‘z joniga qasd qilish holatlari o‘smirlar orasida
keskin ortishi bu muammo “yosharib” borishidan dalolat bermoqda. Butun Jahon Sog‘liqni
Saqlash hududiy boshqarmalarining ma’lumotlariga ko‘ra 15
-
24 yosh o‘rtasidagi
o‘smirlarning suiqasd holatlari 15 yilda 2 barobarga ko‘paygan. Bugungi kunda suitsid
dunyoda eng jiddiy muammolardan biri bo‘lib hisoblanadi. Suitsid –
butun dunyo uchun
global hamda fojiaviy muammodir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra dunyoda o‘z joniga qasd
qilib o‘layotganlar soni urushda vafot etganlardan ko‘pchilikni tashkil etadi.
Suitsid muammosining ko‘payib borishining asosiy sabablari sifatida quyidagilarni
ifodalash mumkin:
–
o‘smirlarda asosiy xayotiy pozitsiyanin
g susayishi;
–
ommaviy axborot vositalarining salbiy ta’siri;
–
o‘smirlarning deviant xulq atvorini o‘rganuvchi tashkilotlarning faoliyatini tahlil
etib boruvchi markazlarning mavjud emasligi;
–
oila, maktab, mahalla hamkorligi amaliy jihatlariga kamroq
e’tibor berilayotgani
[9. R. 528.].
Ota-onalarga maslahatlar
1. O‘smir yoshidagi farzandingizni eshita oling.
2. Uning qiziqishlari va shaxsiy fikri bilan o‘rtoqlashing.
3. Atrofidagi insonlar (do‘stlari, dugonalari bilan ) qiziqing.
4. Ular bilan maslahatlashing, maslahat soling.
5. Jismoniy rivojlanish davrida ularga kerakli maslahatlarni bering.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘smirlar psixologiyasining mohiyati va o‘ziga
xosligi shundaki, ularning ongi va psixologiyasi umuman moslashuvchan, beriluvchan,
ta’sirchan, ko‘plab axborotni o‘zlashtirishga qodir bo‘ladi. O‘smirlik davrida iqtisodiy va
siyosiy qarashlar, estetik dunyoqarash barqarorlik kasb etadi, o‘zligini anglashi, fikrlash
qobiliyati rivojlanadi. Estetik dunyoqarash bilan bog‘liq qoi
dalar, milliy urf-odatlar,
an’analar va qadriyat ham o‘smirlarning ijtimoiy psixologiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Suitsidning asosiy sababi jamiyat tashkil qilgan qadriyat va an’analar.
Sotsiologiyada har bir yosh davri o‘zining alohida psixologik xususiyatg
a egaligi bilan
belgilanadi [10]. Lekin jamiyat qaysi yoshda kimga qanday muomala qilish kerakligini
bilmaydi. Bolaga mana bundoq, o‘smirga esa mana bundoq gapirish kerak, degan
tushuncha mutlaqo mavjud emas. Jamiyat bolani shaxs sifatida tan olmaydi. Ular mutlaqo
eshitilmaydi. “Yo‘q, mumkin emas”, degan taqiq bizda juda kuchli. Nega aynan o‘tish
davrida suitsid holatlari ko‘p kuzatiladi? Chunki bitta shapaloq, bitta olib berilmagan
ko‘ylak, rad etilgan muhabbat ham o‘smirning o‘ta nozik ruhiyatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Bu davrda har bir ko‘riladigan film, o‘qiladigan kitob o‘ziga xos
xarakterga ega bo‘lishi kerak. Ammo aslida nima bo‘lyapti? U qanday axborotni qay
tarzda qabul qilayotganligi bilan hech kimning ishi yo‘q. O‘smirni ota
-onasi jerkiydi (ular
uning uchun kun bo‘yi ishlashgan, charchashgan, ularning ishidagi muammolar ham
sababchisi shu bola, u bo‘lmaganda ishlashmas edi, muammo ham bo‘lmasdi).
O‘qituvchining esa u bilan (yakka tartibda, individual) shug‘ullanishga vaqti yo‘q.
Sinflar
da 40 dan ortiq o‘quvchi o‘tiradi. Bunda bola bilan qanday qilib individual
shug‘ullanish mumkin?! Muammo kompleks ildiz otganmi, demak, uning yechimiga ham
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
428
majmuaviy yondashish kerak”. O‘smir yoshidagi avlodning o‘z hayotiga vaqtli nuqta
qo‘yishga urinish
i faqatgina kechaning yoki bugunning muammosi emas. Ertaga ham bu
mavzu o‘z
-
o‘zidan hal bo‘lib qolmaydi. Ammo bizga ayon bo‘lgan masalaning ayrim jihati
shu bo‘ldiki, qog‘oz va hisobotda bolaning “xo‘jayini”, unga qayg‘urishi lozim tashkilot,
instansiya va
sub’yektlar ko‘p, amalda ularning foydali ishi, natijasi yo‘qdek.
Bizning fikrimizcha, voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi jinoyatchilik, xususan ularning
suitsid sodir qilishi, ya’ni o‘z joniga qasd qilishida asosiy aybdor jamiyat va uning muhim
asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan oiladir. Oila tuzilishidan boshlab, uning faqat moddiy t
omoni
o‘ylanadi xolos, oila quruvchilar kimlar, ular qanchalik bir biriga mos, mustaqil hayotda
yashab ketishga qanchalik moslashgan bu haqda kam yoki umuman o‘ylanmaydi. Bundan
tashqari, ayrim psixologlarning fikricha suitsid holatining asosiy sabablari
–
o‘zgalarga
ta’sir o‘tkazish istagi, oiladagi kelishmovchilik, ota
-onaning xorijga ishlash uchun
ketganligi oqibatidagi sog‘inch, ishqiy munosabatlar, sodir etgan nojo‘ya qilmishidan
uyalish, sha’n va qadr
-qimmatning kamsitilishi kabi maishiy va hal etish
mumkin bo‘lgan
omillar ekanligini inobatga olsak, inson o‘z hayotini barbod qilishiga arzimaydi.
Ijtimoiy va kriminologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, odam turmish tarzidagi
o‘zgarishlar ko‘pincha ob’yektiv ijtimoiy sabablarga ega bo‘ladi. Bunday sharo
it
shaxsning xulqiga har taraflama salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bulardan biri axloqiy va
huquqiy qadriyatlardan chekinishdir. Ammo jinoyatni og‘ir sharoitda yashaydiganlar
bilan bir qatorda, maqbul sharoitda yashaydiganlar ham sodir etadilar. Ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlarning
ob’yektiv
ahamiyatiga
qaramay,
me’yoriy
munosabatlarning
shakllanishida shaxsning qadriyatlar tizimi va boshqa ijtimoiy-ruhiy omillar juda muhim,
hattoki hal qiluvchi rol o‘ynashi aniqlangan. Aynan shular shaxsning intellektual va
ruhiy-
axloqiy negizining shakllanishida ishtirok etadi. Keyinchalik bu negizga shaxsning
qonuniy yoki jinoiy-
g‘ayriaxloqiy xulq
-atvori asoslanadi. Chunki aynan shu yoshda
dunyoqarashning asoslari yuzaga keladi va xulq shakllanadi [11. B. 34
–
35.].
Shuni ha
m ta’kidlash o‘rinliki, o‘rganilayotgan jinoyatlarning bevosita sabablariga
ko‘pgina kriminologlar oilaviy
-
maishiy soha, o‘qish va ishda ta’magirlik motivatsiyasi
shakllanishi; mastlik, giyovandlik, qimor o‘yinlarining qurboniga aylanishida namoyon
bo‘ladi
gan va maishiy qiziqishlar, ehtiyojlar, odatlar deformatsiyasi; mikro muhitda
iste’mol qilish va egoistik hamda zo‘ravonlik muhitini kiritishmoqda [12
. S. 234.].
Suitsidning sabab va sharoitlari ijtimoiy, ya’ni jamiyat turmushi bilan bog‘liq
hisoblanadi. Ularni biz, umumiy jinoyatchilikning sabablari va sharoitlari (umumiy
sabablar), jinoyatlarning alohida turlari va guruhlari sabablari va sharoitlari (shaxsga
qars
hi jinoyatlar) hamda aniq jinoyatlarnig sabablari va sharoitlari sifatida o‘rganishimiz
zarur. Professor G.A. Avanesov jinoyatchilikning umumiy sabablarini jinoyatchilik
manbalari deb ataydi [13. S. 206
–
219.].
Adabiyotda yana shunday nuqtai nazar mavjudki, unga muvofiq, jinoyatlar
umumiy sabablari ildizi ijtimoiy taraqqiyotning ziddiyatlari, iqtisodiyot va ijtimoiy-
ma’naviy sohadagi noxush istiqbol, tarbiyaviy ishlardagi kamchiliklarda yotadi.
Yuqoridagi omillarni bartaraf etmay turib biz jamiyatda uchraydigan salbiy
holatlar, shu jumladan bosqinchilik jinoyatlarining oldini olishda natijalarga erishib
bo‘lmasligini anglashimiz lozim.
E. Dyukgeymning qarashlarini yoqlasak, inson hayoti jamiyatga tegishli, jamiyat
esa, o‘z navbatida, uning hayotini boshqara
di, aks holda, jamiyat tahqirlanadi, degan
xulosaga kelish mumkin. Albatta, bunday xulosalarni ma’qullash qiyin. Fikrimizcha, inson
o‘z hayotiga “xo‘jayin” emas. Chunki inson o‘z irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda dunyoga
keladi va irodasiga bog‘liq bo‘lmag
an holda uni tark etadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
429
Bundan tashqari, mazkur masala jamiyatga ham tegishli emas. Inson o‘z joniga
qasd qilganda o‘ziga tegishli bo‘lmagan huquqni qo‘lga kiritadi va diniy nuqtayi nazaridan
o‘g‘ir gunohga qo‘l uradi
[14. P. 3962.].
Yuqorida yoritilgan fikrlar va xulosalarga tayangan holda quyidagi tavsiyalarni
berish mumkin:
–
o‘smirlik yoshida bolalar o‘zlarini katta odamdek his qiladilar, shuning uchun
ularga mas’uliyatini bildirgan holda munosabatda bo‘lishi kerak;
–
o‘smirlar bu darvda shaxsiy hududlari bo‘lishiga intiladilar, shuning uchun ularga
alohida xona, buning imkoni bo‘lmasa shaxsiy narsalarini saqlaydigan joy ajratish juda
muhim;
–
o‘smirlar bilan doimiy tarzda do‘stona munosabatda bo‘lish kerak, bu munosabat
chin dildan amalga oshirilis
hi lozim, aks holda o‘smirlar buni sezadilar va himoya
mexanizmlarini ishga tushiradilar;
–
amaliyotchi psixologlar tomonidan ham o‘smirlar kayfiyatiga ijobiy ta’sir etuvchi
treninglarni o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqish natijasida shuni aytishimiz
lozimki, shaxs o‘z joniga qasd qilishga olib kelgan sabablarni aniqlash zarur bo‘ladi.
Bu esa qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishga katta ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Булацель, П.
Ф. Самоубийства с древнейших времен до наших дней. 2
-
е изд.
/ П. Ф. Булацель. СПб: тип. Д.В. Чичинадзе, 1900. –
217 с.
2.
Спиридонов Л.И. Проблема причинного комплекса преступности. –
М.,
1981.
–
46-
с.
3.
Курс советской криминологии: Предмет. Методология. Преступность и её
причины. Преступник. М.: Юрид. лит., 1985. –
С. 209.
4.
Бозров В.М., Костовская Н.В., Яворский А.А. Криминальный суицид
(психолого
-
психиатрические,
уголовно
-
правовые
и
процессуально
-
криминалистические аспекты): монография. –
М.: Юрлитинформ, 2015
–. С. 5.
5.
Буряковская
Е.В.
Уголовно
-
правовая
и
криминологическая
характеристика доведения до самоубийства. ДИС. степени к.ю.н. –
Санкт
-
Петербург2020 –
С.122.
6.
Войцех В.Ф. Суицидология. М.: Миклош, 2007. –
280 с.; Старшенбаум Г.В.
Аддиктология: психология и психотерапия зависимостей. М.: Когито
-
Центр, 2006. –
367 с. ва бош.
7.
Гусева И.С. Психологические маркеры суицидального поведения //
Виктимология. 2018. № 4 (18). –
С. 50.
8.
Волконская Е.К. Предупреждение доведения до самоубийства: уголовно
-
правовой и криминологический аспекты: дис. ... канд. юрид. наук: 12.00.08.
Академия права и управления ФСИН РФ. Рязань, 2011. С. 114
-121.
9.
S.S.Niyozova. Reasons for Suicide and the Issue of Responsibility. International
Journal of Pharmaceutical Research | Dec 2020 | Vol 12 | Supplementary Issue 3 p. 528.
10.
20.03.2019. 13589. kun.uz /
Жамият
.
Йўқотилаётган
авлод
:
нега
жамият
ўсмирларни
қўлдан
бой
беряпти
?
11.
Файзуллаева
В
.
Вояга
етмаганларнинг
жиноятолди
хулқ
-
атворини
ўрганишнинг
аҳамияти
. Qonun himoyas
ida, 2002, № 6 (78). –Б.34
-35.
12.
Криминология. М., 1992. –
С. 234.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
430
13.
Аванесов Г.А. Криминология. М., 1984. –С. 206
-219.
14.
Niyozova Salomat Saparovna. Strong Emotional Arousal (Effect) As A Criminal Law
Norm. The American Journal of Political Science Law and Criminology (ISSN
–
2693-0803)
Published: March 31, 2021 | Pages: 96-102 Doi:https://doi.org/10.37547/tajpslc/Volume 03
Issue p. 03-15.
15.
S.S.Niyozova. Prevention of Crime in the Family and the Role of Victimology in
the Republic of Uzbekistan. International Journal of Advanced Science and Technology
Vol. 29, No. 3, (2020), p. 3962.
16.
С.С. Ниёзова, А.Ю.Таджибаева. Объективные признаки вовлечения
несовершеннолетнего в антисоциальное поведение –
Заметки ученого, 2019 –
elibrary.ru.
