Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Issues Concerning the Organization of Physics Education
Based on the STEAM Approach
Kurbonboy KHOLIKOV
1
, Markhabo KULIYEVA
2
, Nilufar KAYTAROVA
3
,
Shakaroy MAMATOVA
4
Uzbekistan-Finland Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2024
Received in revised form
15 December 2024
Accepted 20 January 2025
Available online
25 February 2025
This article focuses on the organization of physics education
in general education schools based on the STEAM approach,
which aims to increase students' interest in science, technology,
engineering, creativity, and mathematics. Literature on the
challenges of implementing the STEAM approach in the
educational process and experiences in addressing them abroad
were analyzed from the perspective of teachers' requirements
for educational outcomes. Based on the analyzed data,
information is provided on utilizing the STEAM approach to
develop students' competencies in applying knowledge gained
during physics lessons to practical situations.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss1-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
project work,
STEAM approach,
practice,
competence.
STEAM yondashuv asosida fizika ta’limini tashkil etish
masalalari haqida
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
loyiha ishlari,
STEAM yondashuv,
amaliyot,
kompetensiya.
Ushbu maqola umumta’lim maktablarida STEAM yondashuvi
asosida fizika ta’limini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan
bo‘lib, bu yondashuv o‘quvchilarda fan, texnologiya,
muhandislik, ijodkorlik va matematikaga qiziqishni oshirishga
qaratilgan. STEAM yondashuvini ta’lim jarayoniga tadbiq etish
muammolari va ularni hal qilish tajribasiga oid xorijda olib
borilayotgan ishlarga doir adabiyotlar o‘qituvchilarning ta’lim
natijalariga qo‘yiladigan talablar nuqtai naza
ridan tahlil qilindi.
1
Associate Professor, Uzbekistan-Finland Pedagogical Institute. E-mail: xoliqov1978@mail.ru
2
Associate Professor, Uzbekistan-Finland Pedagogical Institute.
3
Student, Uzbekistan-Finland Pedagogical Institute.
4
Student, Uzbekistan-Finland Pedagogical Institute.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
92
Tahlil
qilingan
ma’lumotlar
asosida
fizika
fanidan
o‘quvchilarning fizika darslarida olgan bilimlarini amaliyotda
qo‘llash kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida STEAM
yondashuvdan foydalanishga oid ma’lumotlar berilgan.
О вопросах организации обучения физике на основе
подхода STEAM
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
проектная работа,
STEAM-
подход,
практика,
компетентность.
Статья посвящена вопросам организации обучения
физике в общеобразовательных школах на основе подхода
STEAM, который направлен на повышение интереса
учащихся к науке, технике, инженерному делу, творчеству
и
математике.
Проанализирована
литература
по
проблемам применения STEAM
-
подхода в образовательном
процессе и опыт их решения с точки зрения требований к
образовательным результатам педагогов. На основе
проанализированных данных дана информация по
использованию подхода STEAM в целях развития
компетенций применения знаний учеников на практике.
KIRISH
Yosh avlodda ijodiy fikrlash hamda tadqiqotchilik qobiliyatini shakllantirishga
yordam beruvchi yondashuvlardan biri STEAM yondashuv hisoblanib, tadqiqotchilar
ushbu yondashuvni yuqoridagi vazifalarning eng maqbul yechimi deb hisoblashmoqda.
STEM atamasi ilk bor AQShda maktab dasturiga kiri
tilgan bo‘lib, u o‘quvchilarning ilmiy
-
texnika yo‘nalishlarida kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan. STEM so‘zini
harflab izohlansa S
–
science (tabiiy fanlar), T
–
technology (texnologiya), E
–
engineering
(muhandislik ishi), M
–
mathematics (ma
tematika) ma’noni beradi. STEAM yondashuvi
–
texnika va tabiiy fanlar, muhandislik, matematika va san'atni bog‘laydigan o‘qitishning
innovatsion usuli hisoblanadi [5]. Keyinchalik STEM yo‘nalishining turli xil o‘zgarishlari
paydo bo‘ldi, masalan STEAM (“A”
–
art / san’at) va STREAM (“R”
–
robototexnika).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018
-yil 5-
sentyabrdagi “Xalq ta’limi
tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi
№
PP
–
3931-son qarori bilan
tasdiqlangan “2018–
2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasi
xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora
-
tadbirlar dasturi”ning
II-
bo‘lim, 11
-
bandida: Umumiy o‘rta ta’limning yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv
dasturlarini takomillashtirish va shu bilan birga STEAM (fan, texnologiya, muhandislik,
san’at va matematika) metodlarini bosqichma
-bosqich amaliyotga joriy etish belgilab
berilgan [1, 2].
ADABIYOTLAR TAHLILI
Maktab ta’limining asosiy maqsadi bilimlarni o‘rgatish va uni tafakkur
va ijodiy
jarayonda qo‘llashdir. STEAM ta’limi olingan bilimlarni haqiqiy ko‘nikmalar bilan
birlashtirishni o‘z ichiga oladi. Natijada, o‘quvchilarning g‘oyalari nafaqat ularning yodida
qoladi, balki ularni hayotda amalga oshirishda asqatadi [4].
Hozirda
STEAM yondashuv Osiyoning bir qator davlatlarida ta’lim jarayonida faol
qo‘llanilmoqda. Xitoyda voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida so‘rov
natijalari shuni ko‘rsatdiki, xitoylik ota
-
onalar amerikaliklardan farqli o‘laroq, ushbu
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
93
yondashuvn
i o‘z farzandlari ta’limida innovatsion komponentni rivojlantirish uchun juda
dolzarb deb bilishadi. Xitoylik oilalarda matematika va kompyuter fanlarining
ahamiyatini atigi 9%, AQShda esa 52% muhim deb hisoblaydi. Innovatsion muammolarni
hal qilishda ijodiy yondashuvlarning rolini oshirish xitoyliklarning 45 foizi uchun,
AQShda 18 foizi uchun dolzarb vazifa sifatida qaraladi. Bu esa Xitoy ta’lim tizimining
rivojlanishida AQSh maktablaridan farqli o‘laroq, STEAM yondashuvdan ancha faol
foydalanmoqda [3].
Ushbu yondashuv Singapurda rivojlanishning yuqori darajasiga yetdi. Yigirma yil
avval Singapurni o‘zgartirish tashabbusi dasturi ishga tushirilgan edi. Uning asosiy
maqsadi shahar-
davlatni global ijodkorlik, innovatsiyalar va san’at markaziga aylantirish
edi
. Singapurning davlat boshqaruv tizimi ta’lim tizimini har bir o‘quvchida o‘zining
ijodiy fazilatlarini rivojlantirishi uchun o‘zgartirishga qaratilgan. Shunday qilib,
innovatsion fikrlash qobiliyatiga ega yosh iqtidorli mutaxassislarga ijodiy komponent
yordamida iqtisodiy siyosatni isloh qilish imkoniyati beriladi.
Dunyoning turli mamlakatlarida STEAM yondashuvdan foydalanish tajribasi shuni
ko‘rsatadiki, amaliy mashg‘ulotlar nazariy darslar kabi dolzarb hisoblanadi. Sinfdagi
klassik maktab ta’limi tez o‘z
garuvchan dunyoga mos kelmaydi. Shu sababli, bu
yondashuvning o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘quvchilar nafaqat aqliy qobiliyatlari,
balki qo‘llari bilan ham ko‘plab fanlarni o‘rganish dunyosiga sho‘ng‘ishadi. Ular bu
bilimlarni o‘zlari oladilar va darho
l undan foydalanadilar. Kundalik hayotda turli xil
hayotiy muammolarga duch kelganda, turli fanlardan olingan bilimlarga tayanib,
birgalikda ishlash orqali murakkab masalalarni hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlarini
tushunadilar.
Metodologik darajada, n
azariy ko‘nikmalarga ega bo‘lish va texnologik masalalarni
hal qilishdan tashqari, STEAM yondashuvi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
–
o‘quvchilarning guruhda ishlash ko‘nikmalarini egallashi;
–
konstruktiv tanqid qilishni va o‘z fikrlarini himoya qilishni o‘rganish;
–
taqdimot ko‘nikmalarini egallash;
–
noaniqlik sharoitida g‘oyalarni yaratishni o‘rganish;
–
mahsulotni yaratish va ilgari surish uchun dizayn va marketing tamoyillarini
qo‘llash;
–
faoliyatning turli sohalarida texnologiyalardan foydalanishning ijodiy salohiyatini
ro‘yobga chiqarish [5].
Fizika fanini o‘qitish jarayonida STEAM loyihalardan foydalanish
dars jarayonida
yoki darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida amalga oshiriladi. Bunday mashg‘ulotl
ar
jarayonida o‘quvchilar guruhlarga ajratiladi va har bir guruh a’zosini
ng alohida vazifasi
belgilab beriladi.
Har bir o‘quvchi loyiha ishiga o‘z hissasini qo‘shadi [6].
1. Vazifalar yechimini qidiradi;
2. Xom ashyoni hisoblaydi;
3. Model yaratadi;
4. Bajariladigan ishlarning algoritmini tuzadi va taqdimot qiladi;
5. Chiroyliligiga va reklamabopligiga e’tibor beradi.
NATIJALAR
Misol tariqasida “Arximed kuchi. Jismlarning suzish shartlari” mavzusida “Plastilin
qayig‘i” STEAM loyihasini bajarib, eng
yuqori tashish qobiliyatiga ega plastilindan
qayiqcha yasashni keltirib o‘tishimiz mumkin [7].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
94
Materiallar:
plastilin bo‘lagi, suv solingan idish, tangalar, elektron tarozi, chizg‘ich,
stakan.
Plastilin bo‘lagi
Suv solingan idish
Tangalar
Elektron tarozi
Stakan
Chizg‘ch
Loyiha davomida o‘quvchilarga plastilinning zichligini aniqlashga, plastilindan
parallelepiped shaklida qayiqni yasashga, matematik hisob-kitoblarni va nazariy
jihatdan, jismlarning suzuvchi shartlariga asoslanib, maksimal yuk tashish qobiliyatini
aniqlash topshirig‘i beriladi. So‘ngra olingan nazariy xulosani eksperimental ravishda
tekshiriladi.
Loyiha jarayoni.
1.
Plastilin bo‘lagini suvli idishga solib, cho‘kish yoki cho‘kmasligini aniqlang.
2.
Plastilinning cho‘kish yoki cho‘kmaslik sababini tushuntiring. Buning uchun tarozi
va stakandan foydalaning va plastilin zichligini aniqlang. Natijalarni jadvalga yozing.
m, g
V
1
, с
m
3
V
2
, с
m
3
V, с
m
3
ρ=m/V,
g
/с
m
3
ρ,
kg/m
3
2. Qayiq yasash jarayoni.
Plastilindan qayiq yasang. Matematik hisob-kitoblarni soddalashtirish uchun,
plastilin bo‘lagini parallelepiped shaklda oling.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
95
Tajriba qiling va qayiqning suzib ketishiga ishonch hosil qiling.
3.
Nazariy hisoblash. Matematik hisob-kitoblarni bajaring jismlarning suzish
shartlari asosida nazariy jihatdan Plastilin qayiqning maksimal yuk tashish qobiliyatini
aniqlang.
Qayiq massasi
M= (g)
Uzunligi
a= cm
Eni
b= cm
Balandligi
с
= cm
Suvning zichligi
ρ
0
=1 g/cm
3
.
Formulani kiriting:
Natija:
𝑚
𝑦𝑢𝑘
𝑛𝑎𝑧𝑎𝑟𝑖𝑦
=
4.
Eksperimental tadqiqot natijalari. Nazariy hisoblashlarda olingan natijani tajriba
yo‘li bilan olingan natija bilan taqqoslang. Buning uchun qayiqni suvga tushiring va unga
tangani yuk
sifatida qo‘ying.
Natija:
𝑚
𝑦𝑢𝑘
𝑒𝑘𝑠𝑝
=
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa o‘rnida shuni qayd etish mumkinki,
STEAM yondashuvi maqsadi
–
fizika
fani va tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida ilg‘or xorijiy tajribani qo‘llash, STEAM
yondashuvlar asosida tabiiy va aniq fanlarni o‘rganish, darslar jarayonida fanlararo
bog‘lanishni tashkil etish va shu asosda o‘quvchilarni fanni o‘rganishga qiziqtirish, ta’lim
-
tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim,
ko‘nikma va malakalarni muntazam yangilash, mustaqil amaliy faoliyatda qo‘llash,
malaka talablari asosida ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
STEAM yondashuv asosida fizika darslarini tashkil etish o‘quvchilarning
4K ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi. O‘quvchilar ushbu
loyihani bajarish jarayonida o‘quvchilar topshiriqni bajarish yo‘llarini birgalikda
izlashadi, bu jarayonda bir-
biri bilan muloqotda bo‘lishadi, loyihani muvaffaqiyatli
topshirishga harakat qilishadi.
Shunday qilib, an’anaviy maktab ta’limi tizimi bilan taqqoslaganda, STEAM
yondashuvi tajribalar o‘tkazish, modellarni
qurish, mustaqil ravishda ijodiy ishlarni
yaratish va o‘z g‘oyalarini haqiqatga aylantirishga qaratilgan. Natijada, o‘quvchilar
o‘z faoliyatining mahsulini oladilar, bu ular uchun juda muhim hisoblanadi.
Ular o‘z mehnatlari natijasini ko‘rishadi. Ushbu ta’lim yondashuvi o‘quvchilarga nazariya
va amaliyotni uyg‘unlashtirish imkonini beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018
-yil 5-
sentyabrdagi “Xalq ta’limi
tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”
PQ
–
3931-sonli Qarori.
2.
Григорьева Ж.В. Организация исследовательской деятельности учащихся
по
физике. Молодой учёный. Ежемесячный научный журнал № 12 (59) / 2013.
3.
Анисимова Т.И. Подготовка педагогов для STEAM
-
образования /
Т.И.Анисимова, Ф.М.Сабирова, О.В.Шатунова // Высшее образование сегодня.
–
2019.
–
С. 31
–
35.
4.
Хачатурьянц, В.Е. Использование
элементов STEAM
-
образования в
межпредметной интеграции биологических знаний школьников на базе
создаваемой в России сети Кванториумов / В.Е.Хачатурьянц, А.В.Теремов //
Европейский союз ученых.
–
2021.
–
№ 1.
–
С. 56
-60.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
96
5.
Анисимова, Т.И. STEAM
-
образование как инновационная технология для
Индустрии 4.0 / Т.И.Анисимова, О.В.Шатунова, Ф.М.Сабирова // Научный диалог.
–
2018.
–
№ 11.
–
С. 322
-332.
6.
Q.Xoliqov, B.Amirullayeva,
“Umumiy o‘rta ta’limda STEAM yondashuvi”
,
O‘quv
-uslubiy majmua, Samarqand-2021.
7.
https://sites.google.com/site/larionovanv/metodiceskaa-kopilka/stem
