Scientific analysis of personnel activity of Internal Affairs Bodies

Abstract

This article analyzes the personnel activity of Internal Affairs Bodies, considers the reforms implemented in our country in this area, considers the opinions of legal scholars on personnel training, and presents proposals and recommendations developed by the author.

Source type: Journals
Years of coverage from 2020
inLibrary
Google Scholar
HAC
elibrary
doi
 
CC BY f
113-120
57

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Eshimbetov, G. (2025). Scientific analysis of personnel activity of Internal Affairs Bodies. Society and Innovation, 6(1), 113–120. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss1-pp113-120
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article analyzes the personnel activity of Internal Affairs Bodies, considers the reforms implemented in our country in this area, considers the opinions of legal scholars on personnel training, and presents proposals and recommendations developed by the author.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Scientific analysis of personnel activity of Internal Affairs

Bodies

Gulomjon ESHIMBETOV

1

Ministry of Internal Affairs of the Republic of Karakalpakstan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2024

Received in revised form

15 December 2024

Accepted 20 January 2025

Available online

25 February 2025

This article analyzes the personnel activity of Internal Affairs

Bodies, considers the reforms implemented in our country in

this area, considers the opinions of legal scholars on personnel

training, and presents proposals and recommendations

developed by the author.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss1-pp

113-120

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

personnel,

personnel policy,

authority,

management,

Internal Affairs Bodies,

personnel potential.

Ichki ishlar organlarining kadrlar bilan ishlash

faoliyatining ilmiy tahlili

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

kadr,

kadrlar siyosati,

hokimiyat,

boshqaruv,

ichki ishlar organlari,

kadrlar salohiyati.

Ushbu maqolada ichki ishlar organlarining kadrlar bilan

ishlash faoliyati tahlili amalga oshirilgan bo‘lib, bu borada

yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar, kadrlarni tayyorlashda

huquqshunos olimlar fikr-mulohazalari mulohaza qilingan

bo‘lib, muallif tomonidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Научный анализ кадровой деятельности органов

внутренних дел

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

кадры,

кадровая политика,

власть,

управление,

органы внутренних дел,

кадровый потенциал.

В данной статье проведен анализ деятельности органов

внутренних дел по работе с кадрами, рассмотрены

реформы, осуществленные в нашей стране в этой сфере,

а также мнения ученых

-

правоведов о подготовке кадров.

Автором разработаны предложения и рекомендации.

1

Deputy Minister, Ministry of Internal Affairs of the Republic of Karakalpakstan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

1 (2025) / ISSN 2181-1415

114

Odatda “kadr” deganda ma’lum bir yo‘nalish bo‘yicha, aniq mutaxassislikka, bilim va

tajribaga ega bo‘lgan, ayni paytda ma’lum bir jamoada ishlaydigan shaxslar tushuniladi

[1].

O‘zbek tilining izohli lug‘atida “Kadr so‘zi

(fr.kadres

shaxsiy tarkib

)

korxona,

muassasa va sh.k.ning maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan xizmatchi, ishchi va xodimlari”

[2]

deb izoh berilgan.

O‘zbekiston Milliy ensiklopediyada “Kadrlar (frans. kadre –

shaxsiy tarkib)

1) korxona, muassasa, firma, hissadorlik jamiyatlari, banklar, kasaba uyushmalari va

jamoat tashkilotlarida malakali xodimlarning asosiy tarkibi”

[3] deya ifodalangan.

Yuridik ensiklopediyada ham yuqoridagi ifodalangan mazmunda kadrlar (frans.

kadre

shaxsiy tarkib)

tashkilot xodimlarining asosiy (shtatga oid) tarkibi; barcha

doimiy xodimlaridir [4] deb yoritilgan.

“Kadrlar”ni mutaxassis kadrlar, rahbar kadrlar va boshqaruv kadrlariga ham

bo‘lish mumkin. Mutaxassis kadrlar deganda aniq yo‘nalishidagi mutaxassislikka ega

davlat hokimiyati va boshqaruvining muayyan sohasida ishlayotgan kadrlar nazarda
tutiladi. Aynan mutaxassis kadrlar bazasidan rahbar va boshqaruv kadrlari zaxirasi
shakllantiriladi [5].

Shaxsning kadr sifatida shakllanish bosqichi umumiy o‘rta ta’lim maktablari,

akademik litseylar va kollejdan boshlanadi. Kadrlarning asosiy kontingenti litsey va

kollejlarda, to‘liq oliy ma’lumotli kadrlar esa oliy ta’lim tizimining bakalavriat va

magistratura bosqichlarida tayyorlanadi. Yuqori ilmiy salohiyatli, malakali kadrlarni
tayyorlash doktorantura tizimi orqali amalga oshiriladi [6].

Kadrlar siyosatini to‘g‘ri olib borilishi har qanday davlatda barcha sohalarni

barqaror tarzda faoliyat yuritishi va bu sohalarni bosqichma-bosqich rivojlanib borishini
kafolatlashga xizmat qiladi.

Kadrlar siyosa

ti haqida so‘z borganda, albatta kadrlarni tayyorlash, kadrlarni

tanlash, kadrlarni joy-

joyiga qo‘yish, kadrlar salohiyati, kadrlar zaxirasi kabi

tushunchalarning ham mazmun-

mohiyatini yoritib o‘tish maqsadga muvofiq

[7].

Mavzuga taalluqli asosiy tushunchalarni tahlil qilish masalasiga to‘xtaladigan

bo‘lsak, avvalambor, kadrlar siyosati nima degan savolga yеchim topish muhim

hisoblanadi. Mazkur tushunchaga siyosatchi, sotsiolog va huquqshunos olimlar

o‘zlarining turli xil qarashlari orqali o‘z fikrlarini bildirishga harakat qilishgan. Jumladan,

V.A.

Nefedov: “Kadrlar siyosati deganda davlatning kadrlar salohiyatini shakllantirish va

undan oqilona foydalanish strategiyasidir [8]

”, –

deya ushbu tushunchani qisqa va aniq

ifodalashga harakat qilgan.

N.I.

Pitsik: “Kadrlar siyosati hokimiyat va boshqaruv tizimidagi kasbiy faoliyatning

еtakchi tarkibiy qismlaridan biri, shaxsiy munosabatlarning konsepsiyasidir

[9]

”, –

deydi.

I.A.

Shentyabina esa: “Kadrlar siyosatining ma’nosi va maqsadi kadrlar salohiyatini

maksimal darajada aniqlash uchun shart-

sharoitlarni ta’minlashdan iborat, shu jumladan

boshqaruv sub’ektining maqsadlariga erishish uchun, chunki har qan

day kadrlar siyosati

sub’ektning maqsadlari uning ob’ekti maqsadlariga muvofitq bo‘lganda samarali bo‘lishi

mumkin [10]

”, –

deb fikr bildiradi.

K.Yu.

Poldnev: “Kadrlar siyosati –

hokimiyat va boshqaruv organlarida ijtimoiy

hodisa sifatida ongli ravishda tartibga solinadigan ijtimoiy jarayon, davlat hokimiyati

organlarida kadrlar potensialining ko‘payishini ta’minlashning maqsadli va yuqori

darajada tashkil etiladigan vositadir [11]

”, –

deydi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

1 (2025) / ISSN 2181-1415

115

J.Q.

Yusubov: “Kadrlar siyosati –

kasbiy salohiyat va undan oqilona foydalanish

jarayonini boshqarish, kadrlar bilan ishlash, ya’ni personalni boshqarishdagi asosiy
yo‘nalish va ustuvorliklarni aniqlash strategiyasidir

[12]

”, –

degan ta’rifni keltirib o‘tadi.

V.A.

Yaskov: “Kadrlar siyosati, avvalo, strategik va taktik chiziqlarni belgilash,

xodimlarni tanlash, joy-

joyiga qo‘yish va tarbiyalashning ilmiy tamoyillarini aniqlash,

kadrlar bilan ishlash maqsadi v

a vazifalarini, shakl va usullarini, yo‘nalishlarini,

xarakterini, mamlakatning muayyan davrning o‘ziga xos tarixiy sharoitida kadrlarga
qo‘yiladigan talablarni aniqlash

[13]

”, –

deb fikr bildirish orqali mazkur tushunchani

kengrok yoritib bergan.

V.R.

Vesnin esa: “Kadrlar siyosati kadrlar bilan ishlashning asosiy yo‘nalishlarini,

uning shakllari va usullarini belgilovchi nazariy qarashlar, g‘oyalar, talablar, tamoyillar

tizimi [14]

”, –

deb kadrlar siyosatining mazmun-

mohiyatini umumiy ko‘rinishda ochib

berishga harakat qilgan.

A.Ya.Kibanov ham: “Kadrlar siyosati –

bu inson faoliyatining barcha sohalarida

kadrlar bilan ishlashning maqsadlari, vazifalari, shakllari va usullarini belgilashga
qaratilgan boshqaruvning asosiy darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining
bilimlari, qarashlari, tamoyillari, usullari va amaliy chora-tadbirlari tizimi [15]

”, –

deya

umumiy ta’rif bergan.

M. Dos

ы

mbek

tomonidan ushbu tushunchaga: “Kadrlar siyosati –

bu davlat organi,

tashkilot va ijtimoiy guruhlarning mehnat salohiyatini oshirish uchun amaldagi qonun
hujjatlarga muvofiq kadrlarni tanlash, qabul qilish, joylashtirish, tayyorlash va ulardan
foydalanish or

qali kadrlar bilan ta’minlashga qaratilgan kadrlar faoliyatini amalga

oshirish bo‘yicha umumiy siyosatning ajralmas qismidir

[16]

”, –

deb aniqroq ta’rif

berishga harakat qilingan.

T.S.

Jumanov: “Kadrlar siyosati –

bu d

avlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlardan

biri bulib, davlatning kadrlarni tanlash, dabul dilish, tayyorlash, ularni joylashtirish va

kadrlar bilan ta’minlash borasidagi faoliyatidir”, –

deb anid va lunda ta’rif bergan.

Yuqoridagi ta’riflardan umumiy xulosa qiladigan bo‘lsak, kadrlar siyosati davlat

siyosati darajasidagi muhim masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi, mamlakatning ertangi
kuni, rivoji, jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni aynan malakali kadrlarga bog‘liq bo‘ladi.

Shu bois, kadrlarni xolisona, ochiq va shaffof tarzda tanlash, ularni professional darajada
tayyorlash, joy-

joyiga qo‘yish hamda kadrlar barqarorligini ta’minlash masalasi kadrlar

siyosatining asosiy mezoni bo‘lib hisoblanadi.

Kadrlar siyosati haqida so‘z borganda, albatta, mazkur tushunchaning uzviy bo‘lagi

hisoblangan kadr, ularni tayyorlash, tanlash, joy-

joyiga qo‘yish, kadrlar salohiyati, kadrlar

zahirasi kabi tushunchalarning ham mazmun-

mohiyatini yoritib o‘tish maqsadga

muvofiq [17] [18].

O‘zbekiston o‘z istiqlolini qo‘lga kiritgach ishni hayotimizning barcha sohalarida

qat’iy tartib va intizom o‘rnatishdan, rahbar kadrlarni joy

-

joyiga to‘g‘ri qo‘yishdan, ularga

nisbatan talabchanlikni oshirishdan boshlaga

n. O‘sha davrlarda respublikamizda ilm

-fan

va ta’lim sohasining moddiy

-texnik bazasi, kadrlar tarkibi achinarli ahvolga tushib qolgan

edi [19].

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi avvalambor

yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun
mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bevosita
bog‘liq

[20].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

1 (2025) / ISSN 2181-1415

116

Istiqlolning dastlabki yill

aridan yurtimizda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash,

jamoat tartibini saqlash vazifalariga ustuvor ahamiyat berilayotgani Prezidentimiz

Shavkat Mirziyoev tomonidan alohida ta’kidlanmoqda. Bu esa o‘z navbatida profilaktika,

tezkor-

qidiruv, tergov, yo‘l

harakati xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, qo‘riqlash, patrul

-post

xizmatlari, alohida vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadlari qayta tashkil etilganida,
ichki ishlar organlarining moddiy-texnika bazasi muntazam mustahkamlab
borilayotganida namoyon b

o‘lmoqda

[21].

Dunyoda yuzaga kelayotgan xavf-xatar va tahdidlar, avvalo, xalqaro terrorizm, diniy

ekstremizm, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, yoshlar o‘rtasida xalqimizga yot g‘oyalar

tarqalishining tobora kuchayi

b borayotganligi ichki ishlar organlari oldiga o‘z vaqtida

ularning oldini olish va ularga barham berish bo‘yicha yangi vazifalarni qo‘ymoqda.

Bu borada mamlakat Prezidenti Sh.M.Mirziyoev fikr bildirib, keyingi yillarda ichki

ishlar organlari faoliyatida t

o‘planib qolgan jiddiy kamchilik va muammolar ushbu

vazifalarni samarali bajarishda to‘siq bo‘lmoqda. Xususan:

birinchidan,

respublika, o‘rta va quyi bo‘g‘indagi bo‘linmalar o‘rtasida asosiy vazifa

va funksiyalar aniq taqsimlanmagani har bir xodimning faol

iyati ustuvor yo‘nalishlarini

va ishning pirovard natijasi uchun shaxsiy javobgarligini belgilashni qiyinlashtirmoqda;

ikkinchidan,

amaldagi tashkiliy-shtat tuzilmalari kuch va vositalardan oqilona

foydalanishni ta’minlamayapti, oqibatda markaziy va o‘rta bo‘g‘inning ba’zi xizmatlarida
еtarli ish hajmi bo‘lmay turib, keragidan ham ortiqcha shtat birliklari saqlanib turgan bir
paytda, quyi bo‘linmalar zimmasiga haddan ziyod xizmat vazifalari yuklanishiga olib

kelmoqda;

uchinchidan,

ichki ishlar organlari mansabdor shaxslari, shu jumladan profilaktika

inspektorlarining aholi bilan muloqoti yo‘lga qo‘yilmagan, fuqarolar bilan muomala

madaniyati pastligicha qolmoqda, aholining eng muhim muammolarini hal etish borasida

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organla

ri va fuqarolik jamiyatining boshqa

institutlari bilan samarali hamkorlik ta’minlanmayapti;

to‘rtinchidan,

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzaki ko‘rib

chiqilmoqda, ularda ko‘tarilayotgan masalalar har tomonlama chuqur tahlil

qilinmayapti,

murojaatlarga rasmiyatchilik uchungina javob berilayotgani fuqarolarning noroziligini

keltirib chiqarmoqda, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga

va boshqa tashkilotlarga shikoyat bilan murojaat etishga majbur qilmoqda;

beshinchidan,

ichki ishlar organlari mansabdor shaxslarining aholi oldida hisobot

berib borishining ta’sirchan tizimi, ularning faoliyati ustidan jamoatchilik, parlament va

deputatlik nazoratining samarali mexanizmlari joriy etilmagan, bu esa xodimlarning

zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishi uchun mas’uliyatini oshirish

imkonini bermayapti;

oltinchidan,

huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha ishlar

asosan, sodir etilgan g‘ayriqonuniy qilmishlarning oqibatlariga

qarshi kurashishdan

iborat bo‘lib qolmoqda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularni sodir etish

sabablari va shart-

sharoitlarini chuqur tahlil qilish, aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha

tizimli va samarali chora-

tadbirlar ko‘rilmayapti;

ye

ttinchidan,

o‘sib kelayotgan avlodni buzg‘unchi g‘oyalardan himoya qilishga,

yoshlar jinoiy faoliyatga, avvalambor, terrorizm va diniy ekstremizmga jalb etilishining

oldini olishga еtarlicha e’tibor qaratilmayapti, ichki ishlar organlarining tarbiyaviy o‘rni

sezilmayapti;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

1 (2025) / ISSN 2181-1415

117

sakkizinchidan,

ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va

ularning malakasini oshirish tizimi hozirgi talablarga javob bermaydi, poraxo‘rlik va

xizmat mavqeini suiiste’mol qilish holatlari hamon uchrab turibdi;

to‘qqizin

chidan,

eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tizimga joriy

etish, ichki ishlar organlarini zamonaviy vositalar va asbob-uskunalar bilan jihozlash

darajasi qoniqarsizligicha qolayotganini ta’kidlab o‘tdi

[22].

Mazkur muammolardan kelib chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan ichki ishlar

organlari tizimini isloh qilishning quyidagi eng muhim yo‘nalishlarini belgilab berdi:

birinchidan,

ichki ishlar organlarini aholiga o‘z vaqtida va sifatli yordam

ko‘rsatadigan, har bir xodimi tomonidan “Xalq manfaatlariga xizmat qilish”ni o‘z xizmat

burchi deb biladigan ijtimoiy yo‘naltirilgan professional tuzilmaga aylantirish;

ikkinchidan,

zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarni, bajarilayotgan ishlar muhimligi

va ko‘lamini e’ti

borga olgan holda ichki ishlar organlari barcha darajadagi

bo‘linmalarining vazifa va funksiyalarini aniq belgilash hamda taqsimlash, tashkiliy

-shtat

tuzilmasini maqbullashtirish, kuch va vositalardan oqilona foydalanish;

uchinchidan,

xalq bilan aniq maqsa

dni ko‘zlab o‘tkaziladigan tizimli muloqotni

ta’minlash, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa

institutlari bilan yaqin hamkorlikni rivojlantirish, aholining eng muhim muammolari hal

etilishiga har tomonlama ko‘makla

shish;

to‘rtinchidan,

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil

etishning sifat jihatidan mutlaqo yangi tartibini o‘rnatish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va

hal etishga yuzaki va rasmiyatchilik bilan yondashuvlarga chek

qo‘yish, fuqarolarning

huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun vakolat doirasida barcha

vositalarni ishga solish;

beshinchidan,

ichki ishlar organlari mansabdor shaxslarining aholi oldida

muntazam hisobot berib borishi tizimini, qilingan ishlarga baho berishning aniq

mezonlarini, shuningdek ularning faoliyatida qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha

jamoatchilik, parlament va deputatlik nazoratining samarali mexanizmlarini joriy etish;

oltinchidan,

avvalo, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va shart-

sharoitlarini o‘z vaqtida bartaraf etish, aholining barcha qatlamlari huquqiy madaniyatini

oshirish, ularda qonunga hurmat, qonun buzilishining har qanday ko‘rinishiga

murosasizlik tuyg‘usini singdirish yo‘li bilan huquqbuzarliklarning b

arvaqt profilaktikasi

va oldi olinishini ta’minlash;

ye

ttinchidan,

voyaga еtmaganlar va yoshlarni Vatanga muhabbat, vatanparvarlik,

milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan

avlodni terrorizm, diniy ekstremizm,

zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya

qilishga qaratilgan tizimni rivojlantirish;

sakkizinchidan,

ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va

ularning malakasini oshirish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish hamda yanada

takomillashtirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishiga olib kelayotgan sabab

va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

to‘qqizinchidan,

ichki ishlar organlari barcha bo‘linmalarining faoliyati yanada

samarali bo‘lishini ta’minlaydigan zamonaviy axb

orot-kommunikatsiya texnologiyalarini

keng joriy etish;

o‘ninchidan,

ichki ishlar organlari faoliyatining moddiy-

texnika ta’minotini yanada

yaxshilash, xodimlarning samarali ishlashi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish,

ularni xizmat turar joylari bila

n ta’minlash

[1].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

1 (2025) / ISSN 2181-1415

118

O‘tgan davr mobaynida ichki ishlar organlari tizimini takomillashtirish borasida

keng ko‘lamli islohotlarlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ichki ishlar organlarining

mahallalarda

jamoat

tartibini

saqlash,

fuqarolar

xavfsizligini

ta’minlash,

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun tashkil etilgan

quyi bo‘g‘inini rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha salmoqli ishlar qilindi.

Kadrlar siyosatini samarali amalga oshirishda ichki ishlar organlari xodimlarining

kasbiy va jangovar tayyorgarligini takomillashtirish bilan bog‘liq masalalar alohida

ahamiyatga ega. Ichki ishlar organlari xodimlari bugungi kunda ko‘plab nostandart

vaziyatlarga duch kelmoqdalar, ularni hal qilish ba’zan ko‘p jihatdan ularning

vatanparvarligi va kasbiy mahoratiga, qonunga qat’iy amal qilgan holda harakat qilish

qobiliyatiga bog‘liq. Ichki ishlar organlari xodimlarining ushbu va boshqa zarur

fazilatlarini shakllantirish Ichki ishlar vazirligi tizimida kasbiy va jangovar

tayyorgarlikning samarali tizimi bilan ta’minlanishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI

:

1.

М.У.Атамуратов. Ўзбекистонда раҳбар ва бошқарув кадрлар тизимининг

модернизatsiялашиш жараёни. Cиёсий фанлар бўйича фалсафа доктори (PhD)

диссертaцияси –

Т., 2018.

18-

бет

.

2.

Ўзбек

тилининг

изоҳли

луғати

: 80000

дан

ортиқ

сўз

ва

сўз

бирикмаси

.

К /

Таҳрир ҳайъати: Т. Мирзаев (раҳбар) ва бошқ. –

Т., 2006. –

522 б.

3.

Ж.Қ.Юсубов. Ўзбекистонда давлат хизмати соҳасида кадрлар тайёрлаш

тизимининг такомиллаштирилиши. Cиёсий фанлар бўйича фалсафа доктори (PhD)

диссертaцияси –

Т., 2018. 46

-

бет.

4.

Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. К ҳарфи.“Ўзбекистон Миллий

энциклопедияси” давлат илмий нашриёти. –Т., 2006. –

479 б., М.Ю. Тихомиров, Л.В.

Тихомирова. Юридическая энциклопедия. Изд. 5, доп. переработ. –

Москва, 2006. С. 398.

5.

Ахмедов Х.А. Ислом Каримов асарларида раҳбар кадрлар тайёрлашнинг

ижтимоий

-

сиёсий масалалари. Сиёсий фанлар номзодлиги илмий даражасини

олиш учун ёзилган диссертaцияси

.

Тошкент, 2006. –

Б.250., Равшанов Ф.

Ўзбекистон Республикасида раҳбар кадрлар танлаш асослари. Сиёсий фанлар

доктори илмий даражасини олиш учун диссертaцияси

.

Тошкент, 2009. –

Б.358.

6.

Ж.Қ. Юсубов Ўзбекистонда давлат хизмати соҳасида кадрлар тайёрлаш

тизимининг такомиллаштирилиши. Cиёсий фанлар бўйича фалсафа доктори (PhD)

диссертaцияси

Т., 2018. 46

-

бет.

7.

Савчук Д. Социальные технологии в становлении кадрового потенциала

системы государственного управления. Автореф. дис на соиск. учен. степ. докт. соц.

наук. –

СП.: 2017. –

35 с., Федорченко С. Трансформация государственной кадровой

политики в политической системе современной России. Автореф. дис на соиск.

учен. степ. канд. полит. наук. –

М.: 2008. –

26 с.

8.

В.А.Нефедов. Кадровая политика как фактор национальной безопасности:

региональный аспект. Автореферат диссертации на соискание учёной степени

кандидата политических наук. М., 2009. 48

-

с.

9.

Н.И.Пицик. Государственная кадровая политика в органах власти и

управления как социальный институт. Автореферат диссертации на соискание

учёной степени доктора социологических наук. М., 2006. 56

-

с.

10.

И.А.Шентябина. Кадровая политика в сфере государственной гражданской

службы субъекта Федерации как социально

-

управленческая деятельность на примере

Приволжского федерального округа. Автореферат диссертации на соискание учёной

степени кандидата социологических наук. М., 2005. 47

-

с.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

1 (2025) / ISSN 2181-1415

119

11.

К.Ю.Полднев. Социальная сущность государственной кадровой политики

в органах власти и управления. Автореферат диссертация на соискание учёной
степени кандидата социологических наук. М., 2004. 48

-

с.

12.

Ж.Қ.Юсубов. Ўзбекистонда давлат хизмати соҳасида кадрлар тайёрлаш

тизимининг такомиллаштирилиши. Сиёсий фанлар буйича фалсафа доктори (PhD)
диссертatsiяси

-

Т., 2018. 46

-

бет.

13.

М. Досымбек. Правовые и организационные основы кадровой политики

министерства юстиции и внутренних дел Монголии. Автореферат диссертация на
соискание учёной степени кандидата юридических наук. М., 2021. 35

-

с., Х.Х.Лойт.

Государственная кадровая политика в России и ее реализация в органах
внутренних дел: Ист. И орг.

-

правовой аспект., Н.И.Пицик. Государственная

кадровая политика в органах власти и управления как социальный институт.
Автореферат диссертация на соискание учёной степени доктора социологических
наук. М., 2006. 35

-

с.,

14.

Веснин В.Р. Управление персоналом: учебник для вузов / В. Р. Веснин. –

М.: TK ВЕЛБИ, Проспект, 2009.

-

240 с.

15.

А. Я.Кибанов. Управление персоналом. Учебное пособие / А.Я. Кибанов. –

М.: КноРус, 2015. –

208 с.

16.

М. Досымбек. Правовые и организационные основы кадровой политики

министерства юстиции и внутренних дел Монголии. Автореферат диссертации на
соискание учёной степени кандидата юридических наук.

М., 2021. 35

-

с.

17.

Савчук Д. Социальные технологии в становлении кадрового потенциала

системы государственного управления. Автореф. дис на соиск. учен. степ. докт. соц.
наук. –

СП.: 2017. –

35 с., Федорченко С. Трансформация государственной кадровой

политики

в политической системе современной России. Автореф. дис на соиск.

учен. степ. канд. полит, наук. –

М.: 2008. –

26 с.

18.

Ж.Қ.Юсубов. Узбекистонда давлат хизмати сохасида кадрлар тайёрлаш

тизимининг такомиллаштирилиши. Сиёсий фанлар буйича фалсафа доктори (PhD

)

диссертaцияси –

Т., 2018. 46

-

бет.

19.

И.А.Каримов. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. Тошкент –

“Ўзбекистон” –

2011. 432 б., Қуранбоев Қ.Қ. Давлат бошқарув кадрлари тизими:

шаклланиш ва ривожланиш муаммолари (Сиёсий

-

ижтимоий жиҳатлари). Сиёсий

фанлар доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертaция. –

Тошкент,

2008.

Б.250.

20.

Қаранг: Конституция –

эркин ва фаровон ҳаётимиз, мамлакатимизни

янада тараққий эттиришнинг мустаҳкам пойдеворидир. Президент Шавкат
Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 25
йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси // Халқ сўзи. –

2017.

8 дек.

21.

Қаранг: Инсон манфаатларини таъминлаш учун аввало унинг ҳуқуқ ва

эркинликлари, осуда ва фаровон ҳаёти ҳимоя қилинмоғи керак // Халқ сўзи.

2017.

10 фев

22.

Қаранг: Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й.,

15-

сон, 243

-

модда, 37

-

сон, 982

-

модда; Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий

базаси, 07.06.2018 й., 06/18/5456/1316

-

сон; 11.12.2019 й., 06/19/5892/4134

-

сон;

17.03.2021 й., 0

6/21/6188/0216-

сон.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

1 (2025) / ISSN 2181-1415

120

23.

Қаранг: Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й.,

15-

сон, 243

-

модда, 37

-

сон, 982

-

модда; Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий

базаси, 07.06.2018 й., 06/18/5456/1316

-

сон; 11.12.2019 й.,

06/19/5892/4134-

сон;

17.03.2021 й., 06/21/6188/0216

-

сон.

References

М.У.Атамуратов. Ўзбекистонда раҳбар ва бошқарув кадрлар тизимининг модернизatsiялашиш жараёни. Cиёсий фанлар бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертaцияси – Т., 2018. 18-бет.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати: 80000 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси. К / Таҳрир ҳайъати: Т. Мирзаев (раҳбар) ва бошқ. – Т., 2006. – 522 б.

Ж.Қ.Юсубов. Ўзбекистонда давлат хизмати соҳасида кадрлар тайёрлаш тизимининг такомиллаштирилиши. Cиёсий фанлар бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертaцияси – Т., 2018. 46-бет.

Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. К ҳарфи.“Ўзбекистон Миллий энциклопедияси” давлат илмий нашриёти. –Т., 2006. – 479 б., М.Ю. Тихомиров, Л.В. Тихомирова. Юридическая энциклопедия. Изд. 5, доп. переработ. – Москва, 2006. С. 398.

Ахмедов Х.А. Ислом Каримов асарларида раҳбар кадрлар тайёрлашнинг ижтимоий-сиёсий масалалари. Сиёсий фанлар номзодлиги илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертaцияси. – Тошкент, 2006. – Б.250., Равшанов Ф. Ўзбекистон Республикасида раҳбар кадрлар танлаш асослари. Сиёсий фанлар доктори илмий даражасини олиш учун диссертaцияси. – Тошкент, 2009. – Б.358.

Ж.Қ. Юсубов Ўзбекистонда давлат хизмати соҳасида кадрлар тайёрлаш тизимининг такомиллаштирилиши. Cиёсий фанлар бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертaцияси – Т., 2018. 46-бет.

Савчук Д. Социальные технологии в становлении кадрового потенциала системы государственного управления. Автореф. дис на соиск. учен. степ. докт. соц. наук. – СП.: 2017. – 35 с., Федорченко С. Трансформация государственной кадровой политики в политической системе современной России. Автореф. дис на соиск. учен. степ. канд. полит. наук. – М.: 2008. – 26 с.

В.А.Нефедов. Кадровая политика как фактор национальной безопасности: региональный аспект. Автореферат диссертации на соискание учёной степени кандидата политических наук. М., 2009. 48-с.

Н.И.Пицик. Государственная кадровая политика в органах власти и управления как социальный институт. Автореферат диссертации на соискание учёной степени доктора социологических наук. М., 2006. 56-с.

И.А.Шентябина. Кадровая политика в сфере государственной гражданской службы субъекта Федерации как социально-управленческая деятельность на примере Приволжского федерального округа. Автореферат диссертации на соискание учёной степени кандидата социологических наук. М., 2005. 47-с.

К.Ю.Полднев. Социальная сущность государственной кадровой политики в органах власти и управления. Автореферат диссертация на соискание учёной степени кандидата социологических наук. М., 2004. 48-с.

Ж.Қ.Юсубов. Ўзбекистонда давлат хизмати соҳасида кадрлар тайёрлаш тизимининг такомиллаштирилиши. Сиёсий фанлар буйича фалсафа доктори (PhD) диссертatsiяси-Т., 2018. 46-бет.

М. Досымбек. Правовые и организационные основы кадровой политики министерства юстиции и внутренних дел Монголии. Автореферат диссертация на соискание учёной степени кандидата юридических наук. М., 2021. 35-с., Х.Х.Лойт. Государственная кадровая политика в России и ее реализация в органах внутренних дел: Ист. И орг.-правовой аспект., Н.И.Пицик. Государственная кадровая политика в органах власти и управления как социальный институт. Автореферат диссертация на соискание учёной степени доктора социологических наук. М., 2006. 35-с.,

Веснин В.Р. Управление персоналом: учебник для вузов / В. Р. Веснин. – М.: TK ВЕЛБИ, Проспект, 2009. -240 с.

А. Я.Кибанов. Управление персоналом. Учебное пособие / А.Я. Кибанов. – М.: КноРус, 2015. – 208 с.

М. Досымбек. Правовые и организационные основы кадровой политики министерства юстиции и внутренних дел Монголии. Автореферат диссертации на соискание учёной степени кандидата юридических наук. М., 2021. 35-с.

Савчук Д. Социальные технологии в становлении кадрового потенциала системы государственного управления. Автореф. дис на соиск. учен. степ. докт. соц. наук. – СП.: 2017. – 35 с., Федорченко С. Трансформация государственной кадровой политики в политической системе современной России. Автореф. дис на соиск. учен. степ. канд. полит, наук. – М.: 2008. – 26 с.

Ж.Қ.Юсубов. Узбекистонда давлат хизмати сохасида кадрлар тайёрлаш тизимининг такомиллаштирилиши. Сиёсий фанлар буйича фалсафа доктори (PhD) диссертaцияси – Т., 2018. 46-бет.

И.А.Каримов. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. Тошкент – “Ўзбекистон” – 2011. 432 б., Қуранбоев Қ.Қ. Давлат бошқарув кадрлари тизими: шаклланиш ва ривожланиш муаммолари (Сиёсий-ижтимоий жиҳатлари). Сиёсий фанлар доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертaция. – Тошкент, 2008. – Б.250.

Қаранг: Конституция – эркин ва фаровон ҳаётимиз, мамлакатимизни янада тараққий эттиришнинг мустаҳкам пойдеворидир. Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 25 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси // Халқ сўзи. – 2017. – 8 дек.

Қаранг: Инсон манфаатларини таъминлаш учун аввало унинг ҳуқуқ ва эркинликлари, осуда ва фаровон ҳаёти ҳимоя қилинмоғи керак // Халқ сўзи. – 2017. – 10 фев

Қаранг: Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 15-сон, 243-модда, 37-сон, 982-модда; Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 07.06.2018 й., 06/18/5456/1316-сон; 11.12.2019 й., 06/19/5892/4134-сон; 17.03.2021 й., 06/21/6188/0216-сон.

Қаранг: Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 15-сон, 243-модда, 37-сон, 982-модда; Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 07.06.2018 й., 06/18/5456/1316-сон; 11.12.2019 й., 06/19/5892/4134-сон; 17.03.2021 й., 06/21/6188/0216-сон.