Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Expression of ideas of religious tolerance in the politico-
legal views of Zahiriddin Muhammad Babur
Olim KHUSANBAEV
1
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2024
Received in revised form
15 December 2024
Accepted 20 January 2025
Available online
25 February 2025
The article describes the ideas of religious tolerance in the
politico-legal views of Zahiriddin Muhammad Babur, in
particular of the pillars of Islam and its main schools based on
the work of
“Mubayyin”, Sharia norms, views of the ruler in
relation to representatives of different religions. Issues of the
importance of ideas of religious tolerance in the upbringing of
the younger generation are also described.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss1-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
religion,
Islam,
religious tolerance,
belief,
Sharia norms,
sects,
views,
doctrine.
Zahiriddin
Muhammad
Boburning
siyosiy-huquqiy
qarashlarida diniy bag‘rikenglik g‘oyalarining ifodalanishi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
din,
Islom dini,
diniy bag‘rikenglik,
e’tiqod,
shariat normalari,
mazhablar,
qarashlar,
ta’limot
.
Maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning siyosiy-huquqiy
qarashlarida diniy
bag‘rikenglik g‘oyalari, xususan “Mubayyin”
asari asosida islom dini ahkomlari va uning asosiy mazhablari,
shariat normalari, turli din vakillariga nisbatan hukmdorning
qarashlari bayon etilgan. Shuningdek, yosh avlodni
tarbiyalashda diniy bag‘rikenglik g‘
oyalarining ahamiyati
masalalari bayon etilgan.
1
Professor, Tashkent State University of Law. E-mail: o.xusanbayev@tsul.uz
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
74
Выражение
идей
религиозной
толерантности
в
политико
-
правовых
взглядах
Захириддина
Мухаммеда Бабура
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
религия,
Ислам,
религиозная
толерантность,
вера,
нормы шариата,
школы (мазхабы),
взгляды,
учение
.
В статье изложены идеи религиозной толерантности
в политико
-
правовых взглядах Захириддина Мухаммеда
Бабура, в частности, основанные на работе «Мубаййин»
столпы Ислама и его основные школы (мазхабы), нормы
шариата, взгляды правителя о представителях различных
религий, а также раскрыты вопросы о важности идей
религиозной толерантности в воспитании подрастающего
поколения.
Bobur podshoh sifatida o‘zi asos solgan saltanat o‘g‘li va kelgusi vorislari
tomonidan yana ham taraqqiy topishiga, avlodlari uning ezgu ishlarini davom ettirishiga
ishongan va ularga nafaqat Hindistonday buyuk mamlakatni, balki davlatni boshqarish
sohasida Amir Temur va boshqa temuriy podshohlarning saltanat borasidagi tajribalarini
hamda o‘zining bu boradagi siyosiy qarashlari bilan boyitilgan davlatchilik sohasidagi
boy merosini ham qoldirgan.
Ma’lumki, o‘rta asrlarda davlat boshqaruvida hukmdorning diniy e’tiqodi uning
fuqarolari nazarida muhim ahamiyat kasb etgan. Boburiylar sulolasining barcha vakillari
imon-
e’tiqodi butun, insofli hamda adolatli bo‘lganliklari uchun Hindist
on xalqi nazarida
yuksak hurmat qozonganlar.
Ushbu saltanatning asoschisi bo‘lgan mohir sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin
Muhammad Bobur ham diniy e’tiqodi mustahkam va imoni butun hukmdor bo‘lgan.
Umrining kattagina qismi jangi jadallarga to‘la holda o‘tgan bo‘lsa ham, u hamisha pok va
halol yashashga intilar, besh vaqt namozni kanda qilmas, aql-zakovatining beqiyosligi va
diniy ilohiy bilimlarining teranligi bilan olimu
–
ulamolar hamda din peshvolari o‘rtasida
katta obro‘ qozongan edi.
U dindoshlarig
a va din ulamolariga hamisha hurmat e’tibor
bilan qarab, ularning izzatini joyiga qo‘yardi.
[1]
Bizningcha, fanning turli xil sohalari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar,
ommabop maqola va risolalarda Bobur ijodi, uning harbiy va davlat boshqaruvidagi
mahorati, dunyoqarashining barcha qirralari ro‘y
-
rost va to‘la yoritib berilgan, deb
bo‘lmaydi. Jumladan, Boburning din va diniy bag‘rikenglik haqidagi qarashlariga, so‘fiylik
ta’limotiga, xususan, naqshbandiylik tariqati hamda uning yirik vakili Xoja A
hror Valiyga
bo‘lgan munosabatlari masalasiga ham bu tadqiqotlarda kamroq e’tibor berilgan.
Manbalardan ma’lumki, Bobur Markaziy Osiyodagi yirik tasavvuf namoyondasi,
temuriylarning piri, naqshbandiya tariqatining ko‘zga ko‘ringan yirik ulamolaridan
bo‘lmish Xoja Ahror Valiy qalamiga mansub bo‘lgan “
Risolai volidiyya
”
asarini turkiy tilga
tarjima qilgan. Boburning Xoja Ahror Valiy shaxsiyatiga va tariqatiga e’tiqodi juda kuchli
bo‘lgan. Bu ulug‘ zot Bobur dunyoqarashi va e’tiqodining shakllanishida muhim o‘rin
tutibgina qolmay, uning ta’limoti Boburning yetuk va adolatparvar podshoh bo‘lishida
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Boburning shariat farzlarining bayoniga bag‘ishlangan “Mubayyin” asarini
yaratishi, uning yuksak iste’dod va e’tiqod egasi ekanligidan
dalolat beradi. Shu bilan
bir qatorda, u xurofot bilan haqiqat o‘rtasidagi chegarani aniq fahmlay bilgan,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
75
ular o‘rtasidagi farqni chuqur anglagan. Bobur g‘olibona yurishlari davomida fath etgan
yurtlar xalqining tavof etadigan muqaddas qadamjolariga, ziyoratgohlari va mozorlariga
hurmat-
e’tibor bilan qaragan, ularning oyoqosti qilinishi yoxud tahqirlanishiga sira yo‘l
qo‘ymagan.
Bobur boshqa mazhab va dinlar vakillariga ham xolisona muomala qilib, ularning
diniy e’tiqodi kamsitilishiga yoxud ularga boshq
a din vakillari tomonidan tazyiq
o‘tkazilishiga sira yo‘l qo‘ymas edi. U o‘g‘li Nasiriddin Muhammad Humoyunga atalgan
maktubida shunday deb yozgan:
“...Ey farzand! Hindiston mamlakati turli mazhablardan iborat. Subhonollo taolo
haqqi senga buyurildiki, har bir mazhabga pok qalb bilan qaragin, har bir mazhab va
tariqatga adolatli bo‘l. Xususan, sigirni qurbon qilishdan saqlanginki, bu Hindiston
xalqining qalb ardog‘i va bu viloyat ahli podshohga yaxshi nazar bilan bog‘lanadi.
Podshoh farmonig
a bo‘ysungan xalqni xarob qilmagin. Adolatni ixtiyor qilgin. Shunda
shoh raiyatdan, raiyat shohdan xotirjam bo‘ladi. Islomning taraqqiyoti ehson tig‘i bilan
yaxshiroqdir, zulm tig‘i bilan emas. Ahli sunnat va shialarning ikir
-
chikirlaridan ko‘zingni
yum. C
hunki islomga qarshilar bor. Turli e’tiqoddagi xalqlarni teng tutginki, shunda
saltanat turli tashvishlardan xoli bo‘ladi. Hazrat Sohibqiron Amir Temurning ish
yuritishlari doimo yodingda bo‘lsin. Shunda davlating ma’mur va puxta bo‘ladi…”
[2]
Bobur islom
dagi sunniy mazhabiga mansub bo‘lib, o‘z taqdirini Allohdan ko‘rardi.
Uning diniy qarashlaricha: “Allohning xohishisiz hech ish bo‘lmaydi. Taqdirimizni
Allohning karamiga topshirib, o‘zimiz olg‘a intilmog‘imiz lozim”. Biroq u diniy
jaholatparastlikka yo‘l qo‘ymasdi. Bobur zarurat bo‘lganda shia mazhabidagilar bilan
ham hamkorlik qilib ketaverar edi. Shuning uchun ham sharoit taqozo etganda bu
mazhabdagi Eron shohi Ismoiy Safaviy bilan sulh tuzgan edi. Albatta, Hindistonda
hukmronlik qilgan paytda mahalliy hindlar diniga nisbatan murosasizlik qilgan holatlar
ham bo‘lgan, lekin bu faqat jang paytlaridagina sezilar edi, xolos.
Ma’lumki, Bobur Rona Sanga va Medini Raoning hind askarlariga qarshi jihod e’lon
qilib, dushman qo‘shinlari ustidan g‘alab qozongan va o‘zini “G‘oziy”, deb e’lon qilgan edi.
U musulmonlardan olinadigan “tamg‘a” solig‘ini bekor qilib, “Atodxyaya” deb ataladigan
va mahalliy hindlar Avliyo Ramaning tug‘ilgan joyi sifatida ziyorat qiladigan joyga masjid
qurdirgan. Bobur ushbu chora-tadbirlarni
o‘z musulmon askarlarini ilhomlantirish uchun
kurash holatidagi paytlardagina qo‘llagan. Shuning uchun ham uning asosiy quroli din
emas, balki siyosat edi. Tinch hayot davrida u hindlarni ta’qib etmasdi. Hind tarixchisi
A.L. Srivastavaning tan olishicha,
Boburning o‘z qo‘l ostidagi mahalliy hindlarga bo‘lgan
munosabati undan avvalgi Dehli sultonlarining ularga bo‘lgan munosabatlaridan yomon
emas edi.
Hind tarixchilaridan biri S.R.
Sharma: “Boburning bironta hind ibodatxonasini
buzgani yoki hindlarni ularni
ng diniy e’tiqodiga ko‘ra ta’qib qilganining biron
-bir asorati
ko‘rinmaydi”
[3]
–
deb, boshqa bir hind tarixchisi Tripati esa: “Yaqin va O‘rta Sharqdagi
shialar va G‘arbdagi sunniylar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan raqobatlar bilan taqqoslaganda bu
ishlarning hec
h qanday ahamiyati yo‘q”,
–
deb yozgan. [4]
Boburning dinga bo‘lgan munosabati va bu boradagi qarashlarini o‘rganish
-uning
siyosiy va huquqiy qarashlarining mohiyatini anglab olishga yordam beradi. Chunki o‘rta
asrlarda musulmon davlati podshohining yoki har qanday mutafakkirining qarashlari
albatta, mazkur din doirasidan chetga chiqmagan. Bobur ham o‘zining davlat boshlig‘i
sifatidagi ijtimoiy-
iqtisodiy, ma’muriy
-harbiy faoliyatida asosan islom diniga asoslanib
harakat qilgan va buni doim o‘zi ta’kidlab o‘tgan. Shuning uchun uning davlatchilik
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
76
faoliyatida shariat meyorlarini o‘zi tomonidan tashkil etilgan buyuk saltanatni, xususan, ko‘p
millatli va turli xil dinlarga amal qiluvchi Hindistondek ulkan mamlakatni boshqarishda
qanday qo‘llaganligini tahlil qil
ish, muhim tarixiy va amaliy ahamiyatga ega.
Boburning ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga, diniy-huquqiy qarashlariga islom dinini
qanday ta’sir o‘tkazganligini aniqlash ham alohida nazariy ahamiyatga ega.
Ma’lumki, Boburning islom dini farzlari, shariat ahkomlariga bo‘lgan munosabati
uning “Mubayyin” va “Boburnoma” kabi asarlarida o‘z ifodasini topgan.
“Mubayyin” asarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, Bobur nafaqat islom dini
e’tiqodi bilan bog‘liq asosiy masalalarni, iymon ruknlarini puxta egallagan, shu b
ilan
birga, u e’tiqodli musulmon sifatida ularni qanday bajarish shartlarining ikir
-
chikirlarigacha bayon qilgan. Bobur uchun muhimi ushbu masalalar bo‘yicha ma’lum
bilimga ega bo‘lish emas, balki ularga amalda rioya qilishdir.
“Mubayyin” asarining isloms
hunoslikdagi yana bir ahamiyati shundaki, u islom
xuquqshunosligi hisoblangan fikh ilmi uchun XVI asrda turkiy tilda yaratilgan muhim
manbalardan biridir.
Boburning din va diniy bag‘rikenglik to‘g‘risidagi qarashlarini tahlil qilar ekanmiz,
shuni ta’kidlab o‘tmoq zarurki, Bobur Movarounnahr islom ilohiyotchiligining asoslarini,
uning yirik vakillarining asarlarini, ularning mazmun-mohiyatini, xususan, Imom
Buxoriyning “Al
-
jome’ as –sahih” va Burhonuddin Marg‘inoniyning “Hidoya” asarlarini
yaxshi bilganligi
ni ko‘rsatib o‘tishimiz joiz. "Boburnoma"dagi quyidagi satrlar ham buni
isbotlaydi: “...Temurbekdin burun Temurbekdek ulug‘ podshoh Samaraqandni poytaxt
qilg‘on emastur... Eli tamom sunniy va pok mazhab va mutasharri’ va mutadayyin eldur.
Hazrati Risolat sallolohu alayhi va sallam zamonidin beri ul miqdor aimmayi
islomkim, Movarounnahrdin paydo bo‘lubtur, hech viloyattin ma’lum emaskim, muncha
paydo bo‘lmush bo‘lg‘ay. Shayx Abu Mansurkim, aimmayi kalomdindur, Samarqandning
Moturid otliq mahallasidindur. Aim
mayi kalom ikki firqadur, birni “moturidiya” derlar,
birni “ash’ariya”. Moturidiya Shayx Abu Mansurg‘a mansubdir. Yana sohibi "Sahihi
Buxoriy" Xoja Ismoil Xartanak ham Movarounnahrdindur, yana sohibi “Hidoya”kim,
Imom Abu Hanifa mazhabida. “Hidoya”din mu’tabarroq kitobi fiqh kam bo‘lg‘ay,
Farg‘onaning Marg‘inon otliq viloyatidindur, ul ham doxili Movarounnahrdur...”
[5]
Boburning dinga bo‘lgan munosabatini tahlil qilar ekanmiz, uning islom diniga
qaysi yo‘nalish va qaysi mazhab nuqtai –
nazaridan yondoshganligini aniqlashimiz ham
muhimdir. Ma’lumki, Bobur Movarounnahrni shayboniylardan qaytarib olish uchun
safaviylar bila
n ittifoq tuzishga, siyosiy maqsadlarni ko‘zlab, ularga ayrim yon
bosishlarga majbur bo‘lgan edi.
Bobur sunniyliqdagi to‘rt mazhab: xanbaliya, shofiiyya, molikiyya, hanafiyya
mazhablari imomlarini tan olgan holda, hanafiyya mazhabi musulmonchilik farzlarini ado
etishda ancha yengilliklar yaratganligini alohida ko‘rsatib o‘tadi. Haqiqatan ham,
ko‘pchilik o‘rta asr dinshunos olimlari hamda hozirgi davr diniy ulamolari va
islomshunos tadqiqotchilar ham buni e’tirof etadilar.
Boburning din sohasidagi qarashlar
ida o‘sha davrning hukmron ta’limoti bilan
umumiy jihatdan yaqin bo‘lsa ham, shu bilan birga, uning qarashlari an’anaviy
dinshunoslikdan ma’lum darajada farq kiladi. Biz buni “Mubayyin”ning “Ishorat anga
-kim
ahl-i qibla takfiri joiz ermas-
tur”, deb nomlang
an qismida yaqqol sezishimiz mumkin.
Boburning fikricha, chin musulmonlik o‘z toat
-
ibodatini, e’tiqodini, taqvosini
namoyishkorona ko‘z
-
ko‘z qilmasdan, boshqalarni u yoki bu gunoh uchun kofirlikda
ayblamasdan, har bir kishining solih yoki osiyligini yolg‘
iz Alloh hukmiga havola
qilishdur.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
77
Uning “Mubayyin” asari islomshunoslik, huquqshunoslik,
tarixshunoslik va falsafa
kabi boshqa qator soha tadqiqotchilari uchun qimmatli manba bo‘la oladi.
Boburning islom farzlarini bajarish, shariat ahkomlariga rioya qilishga oid shaxsiy
amaliy faoliyatiga kelsak, uning mustahkam iymon-
e’tiqodli, taqvoli musu
lmon
bo‘lganligiga hech qanday shubha yo‘q.
Shuningdek, uni podshoh sifatida o‘z mamlakatida shariat normalarini qat’iylik
bilan qo‘llaganligiga ham ishonch hosil qilamiz. Bunga uning “Boburnoma”, “Mubayyin”
kabi asarlaridan, she’rlaridan, uning hayotiga oid ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan o‘rta
asr manbalaridan ko‘plab dalillar keltirish mumkin. Bobur hind rojasi Rano Sango bilan
jang qilish oldidan, butun lashkar va ayonlari oldida may ichishni man qilish haqida
farmon beradi. Bu farmonda shunday deyil
adi: “…Bu orzu va bu osoyishtalik to‘la
-
to‘kis
oxiriga yetgandan keyin, olam bo‘ysunishi lozim bo‘lgan farmon ijro sharafiga erishdiki,
tinch sahlangan mamlakatda (xudo ofat va xavflardan omon qilsin) mutlaqo hech bir
kishi ichkilik ichishga urinmasin, uni hosil qilishga tirishmasin, ichkilik yasamasin,
sotmasin va olmasin, o‘zida sahlamasin, eltmasin va keltirmasin: “Ichkilikdan qochinglar,
shoyadki, najot topsangizlar”
[6].
Boburning bu boradagi mazkur qarashlari qo‘shinda va mamlakatda muayyan
barqarorl
ikka erishishga xizmat qilgan va bu g‘oyalar hozirgi kunda ham o’z dolzarbligini
yo’qotmagan hamda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Shuni ham alohida e’tirof etish lozimki, Bobur xurofiy tushuncha va urf odatlarga
tanqidiy yondoshadi. Insonlarni aldaydigan, ularning ongini buzadigan, turli xiyla-
nayrang bilan moddiy manfaat ko‘radigan mutaassib va qallob kimsalarning faoliyatini
qat’iyan taqiqlaydi: “Dedilarkim, G‘aznining kentlarida bir mazor bordurkim, salavot
aytg‘och, qabr mutaxarrik bo‘lur. Borib muloh
aza qilildi, qabrning tebrangani mahsus
bo‘ldi. So‘ngra ma’lum bo‘ldukim, mujovirlarning tazviri ekandur. Qabrning ustig‘a bir
jul’ya yasabturlar, har zamon jul’yaga tegadurlar, jul’ya tebrangach, qabr tebrangandek
maxsus bo‘ladur. Nechukkim, kemaga kirmag
an el kemaga kirgach sohil mutaharrik
maxsus bo‘lur. Buyurdumkim, mujovirlar jul’yadin yiroq turdilar, bir necha salovot
ayttilar, qabrda harakate mahsus bo‘lmadi. Buyurdumkim, jul’yani buzub, qabrning
ustida gunbaz qildilar. Mujovirlarni bu harakattin tah
did bila man’ qilildi”.
[7]
Zahiriddin Muhammad Bobur
ning din va diniy bag‘rikenglik to‘g‘risidagi
qarashlari haqidagi fikr-
mulohazalarni yakunlar ekanmiz, xulosa tariqasida shuni e’tirof
etish joizki, u islom dini asoslarini yaxshi o‘zlashtirgan, shariat
qoidalariga doimo rioya
qilgan hamda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik haqidagi ilg‘or g‘oyalarni ilgari
surgan buyuk davlat arbobi va fiqhshunosdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Сотимов Ғ. Бобурийлар давлати бошқарувида дин //
Hidoyat. -2001. -
№2. –Б.30.
2.
Бобур З.М. Бобурнома.
-
Т.:Шарқ,
-2002. -
Б.331.
3.
Шарма Л.П. Бобурийлар салтанати: Ингл. тилидан тарж.
-
Т.: Маънавият, 1998. –
Б.22.
4.
Шарма Л.П. Бобурийлар салтанати: Ингл. тилидан тарж.
-
Т.: Маънавият,
1998.
–
Б.23.
5.
Шарма Л.П. Бобурийлар салтанати: Ингл. тилидан тарж.
-
Т.: Маънавият,
1998.
–
Б.24.
6.
Бобур З.М. Бобурнома.
-
Т.:Шарқ,
-2002.
–
Б.59.
7.
Бобур З.М. Бобурнома.
-
Т.:Шарқ,
-2002.
–
Б.269.
