Vodiy hunarmandchiligida mato hamda metallga ishlov berish an’analari

Annotasiya

Ushbu maqola Farg‘ona vodiysi nomoddiy madaniy madaniy merosi, xalq hunarmandchiligi turlari va u bilan bog‘liq bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni, shuningdek hunarmandchilik haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Hunarmandchilikning vodiyda ravnaq topish tarixi, xalq orasida keng yoyilishi haqidagi ma’lumotlar keng va atroflicha yoritilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2020
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Usmonov, A. (2025). Vodiy hunarmandchiligida mato hamda metallga ishlov berish an’analari. Jamiyat Va Innovatsiyalar, 6(3), 135–143. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3-pp135-143
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqola Farg‘ona vodiysi nomoddiy madaniy madaniy merosi, xalq hunarmandchiligi turlari va u bilan bog‘liq bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni, shuningdek hunarmandchilik haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Hunarmandchilikning vodiyda ravnaq topish tarixi, xalq orasida keng yoyilishi haqidagi ma’lumotlar keng va atroflicha yoritilgan.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Traditions of fabric and metal processing in the

handicrafts of the valley

Akhrorjon USMANOV

1

Fergana State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025

Received in revised form

15 May 2025

Accepted 15 June 2025

Available online

25 June 2025

This article covers the intangible cultural heritage of the

Fergana Valley, types of folk crafts and the knowledge, skills

and qualifications associated with them, as well as

information about crafts. The history of the development of

crafts in the valley and their widespread spread among the

people is covered extensively and in detail.

2181-1415/© 2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3-pp135-143

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

pottery,

carpentry,

blacksmithing,

coppersmithing,

construction,

sewing,

weaving,

jewelry,

embroidery,

goldsmithing,

painting,

"atlas",

"jibaarqoq",

silk (kanaus).

Vodiy hunarmandchiligida mato hamda metallga ishlov

berish an’analari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

kulolchilik,

duradgorlik,

temirchilik,

misgarlik,

binokorlik,

tikuvchilik,

to‘quvchilik,

zargarlik,

Ushbu maqola Farg‘ona vodiysi nomoddiy madaniy

madaniy merosi, xalq hunarmandchiligi turlari va u bilan

bog‘liq bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni, shuningdek

hunarmandchilik haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Hunarmandchilikning vodiyda ravnaq topish tarixi, xalq

orasida keng yoyilishi haqidagi ma’lumotlar keng va

atroflicha yoritilgan.

1

Teacher, Fergana State University.

E-mail: a.usmonov1995@gmail.com


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 6 № 3 (2025) / ISSN 2181-1415

136

degrezlik, zardo‘zlik,

bo‘yoqchilik,

“atlas”,

“jibaarqoq”,

shoyi (kanaus).

Традиции обработки ткани и металла в ремеслах

долины

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

гончарное дело,

плотницкое дело,

кузнечное дело,

медное дело,

строительство,

шитье, ткачество,

ювелирное дело,

вышивка,

золотое дело,

живопись,

«атлас»,

«джибааркок»,

шелк (канаус).

В статье рассматриваются нематериальное культурное

наследие Ферганской долины, виды народных ремесел и

связанные с ними знания, умения и квалификации, а также

информация о ремеслах. Широко и всесторонне освещается

история развития ремесел в долине и их повсеместное

распространение среди народа.

КИРИШ

Jahondagi turli ilmiy markazlarda hunarmandchilikning madaniy, ijtimoiy-

iqtisodiy ahamiyatiga doir tadqiqotlar, xalqaro loyihalar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa,

hunarmandchilik bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar, urf-odat va marosimlar, ustoz-

shogird an’analari – bularning barchasi nomoddiy madaniy merosi bo‘lib, u yoki bu

mintaqaning tarixiy, milliy va madaniy xilma-xillik xususiyalarini ko‘rsatib berishda

muhim ahamiyat kasb etadi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda milliy hunarmandchilik sohasini rivojlantirishga

davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. “Milliy hunarmandchilikning ko‘p asrlik

an’analarini qayta tiklash hamda uni qo‘llab-quvvatlash, dunyo hamjamiyati o‘rtasida

targ‘ib qilishni kuchaytirish” vazifalari dolzarb masala sifatida kun tartibidan o‘rin oldi.

Hunarmandchilik nafaqat madaniy meros, balki nomoddiy madaniy meros sifatida rang-

barang elementlarga boydir. Nomoddiy madaniy meros obyektlarini o‘rganishda

etnologlarning tarixchilar, arxeologlar, san’atshunoslar, iqtisodchilar, turizm sohasi

vakillaridan o‘ziga xos jihatlari shundaki, ular dala-etnografik tadqiqotlar, og‘zaki tarix

asosida o‘rganish ishlarini olib borib, urf-odatlar, marosimlarning asl mohiyatini

tiklashda tarixiy-etnogrfik materiallarga e’tibor qaratadilar. Bu esa nomoddiy madaniy

meros obyektlarini asl mazmun mohiyatiga ko‘ra tiklash, rivojlantirish va muhofaza

etishda mavzuni etnologik aspektda o‘rganish samaradorligini namoyon qiladi.

Hunarmandchilik an’analarini tiklash, uni milliy qadriyat, turizm atributi sifatida

yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatning

qator qarorlari e’lon qilindi[1]. Natijada hunarmandchilik va uning unutilgan ba’zi

turlariga e’tibor qaratilishi va u bilan bog‘liq bilimlarning, marosim va urf-odatlarning

ham tiklanishiga olib keldi.

O‘zbekiston madaniy merosi tizimida Farg‘ona vodiysi hunarmandchilik an’analari

va u bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar alohida ahamiyatga molikdir.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 6 № 3 (2025) / ISSN 2181-1415

137

Hunarmandchilik turli ijtimoiy-tarixiy davrlar doirasida takomillasha bordi va turli

ixtisosliklar (kulolchilik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, toshtaroshlik,

o‘ymakorlik, kashtado‘zlik, ko‘nchilik, tikuvchilik, to‘quvchlik, zargarlik, degrezlik,

zardo‘zlik, bo‘yoqchilik, qayiqsozlik, tunukasozlik va boshqalar)ga ajraldi.

Hunarmandchilik qanday tabiiy resurslarning mavjudligiga qarab, masalan, paxta va pilla

bor yerda to‘qimachilik, sifatli xom ashyo bor yerda (masalan, Rishtonda) kulolchilik, jun

va teri ko‘p yerda to‘qimachilik va ko‘nchilik, shunga qarab kosibchilik va boshqa turlari

rivojlangan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Farg‘ona vodiysi hunarmandchilik ishlab chiqarishi o‘ziga xos hududiy

ixtisoslashuvga asoslangan. Masalan, hunarmandchilik tarixi va an’analari masalalari

bo‘yicha tadqiqot olib borgan S.T. Davlatovaga ko‘ra Marg‘ilon, Qo‘qon ipak ishlab

chiqarish, Beshariq matoga ishlov berish, Namangan teri-charm mahsulotlari ishlab

chiqarish, Rishton kulolchilik, Oyim (Jalaquduq), Dardak (Qo‘rg‘ontepa) qishloqlarida

poloslar, Marg‘ilonda abr matolari, Chust esa pichoq ishlab chiqarishga ixtisoslashgan .

Buni quyidagi statistik ma’lumotlarda ham ko‘rish mumkin. 1896 yilda Marg‘ilon,

Namangan, Qo‘qon uyezdlarida 600 ga yaqin ipak to‘quv do‘konlari mavjud bo‘lib, ularda

3165 ta usta faoliyat ko‘r¬satgan, 1910 yili Farg‘ona viloyatida 1387 ta ipak do‘koni

bo‘lib, unda 3065 ishchi xizmat qilgan [2] Demak bu hududlar ipakchilik, to‘qimachilik,

atlas va adras ishlab chiqarish va umuman Turkiston o‘lkasining o‘ziga xos tekstil

markazi bo‘lgan. Nomoddiy madaniy meros elementlari ham aynan ixtisoslashgan kasb-

korlarga ko‘ra rivojlangan.

Hunarmandchilik bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar, urf-odat va marosimlarni

nomoddiy madaniy meros sifatidagi xususiyatlarini ko‘rsatib berishda quyidagi tasnifiy

belgilardan foydalalanildi;

1. Tola va matolar bilan ishlash; 2. Metallga ishlov berish; 3. Yog‘ochga ishlov

berish; 4. Loy bilan ishlash.

Ushbu maqolamizda tola va matolar bilan ishlash hamda metallga ishlov berish

to‘g‘risida ma’lumotlar beramiz.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Tola va matolar bilan ishlash. Farg‘ona vodiysida Qo‘qon va Marg‘ilon o‘ziga xos

to‘qimachilik markazlari bo‘lgan. Marg‘ilonlik to‘quvchilar yaratgan ko‘pdan-ko‘p
mahsulot turlariga nafaqat ushbu shahar, balki qo‘shni qishloqlar, boshqa shaharlar,
mamlakatlar, dasht ahli orasida talab katta edi. Ular yaratgan mahsulotlar orasida ip
gazlamalar alohida o‘rin tutgan. Bu gazlamalar ichida aholining turli ijtimoiy qatlamlari
orasida karbas (bo‘z)ga ehtiyoj katta bo‘lgan.

Farg‘ona vodiysida to‘qimachilik qadimgi davrlardan rivojlangan bo‘lib, paxta, ipak

tolalari, jun asosiy xomashyo hisoblangan[3]. Yarim natural xarakterdagi har bir dehqon
xo‘jaligida paxta xom-ashyosi yetishtirilib, paxtadan chigitni ajratish, ip yigirish, libos
tikish, ularni kashtalash ayollarning[4], mato to‘qish erkaklarning mashg‘uloti
hisoblangan.

XVI asr muarrixi Fazlulloh ibn Ro‘zbexonning ta’biri bilan aytganda dasht ahliga

“kiyim va kafan»”, “ko‘ylak va kiyim zarur bo‘lib, ularning asosiy qismini karbas tashkil
qilib”, bu mahsulotlar O‘rta Osiyo shaharlaridan yetkazilar edi. Ip gazlamalar ichida chit
alohida o‘rin tutgan. Bu gazlamani ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan hunarmandlar
chitgarlar deb atalgan. Ular bir xil rangdagi bo‘z (karbas)ga turli ranglardagi gullarni
bosganlar. Qoliplar yordamida bo‘zga gul bosish ancha murakkab ish jarayoni bo‘lib, u


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 6 № 3 (2025) / ISSN 2181-1415

138

hunarmanddan katta mahorat talab etgan[5].

“Bunday shaharlardan biri Marg‘ilon bo‘lib, XIX asr boshlarida F. Nazarovning

ko‘rsatishicha, unda to‘qimachilik keng rivojlangan edi. “Shaharda turli fabrikalar
joylashgan bo‘lib, ularda fors parchalari, baxmallar va turli Osiyo gazlamalarini
tayyorlaydilar”, - deb qayd etadi F. Nazarov[6].

Marg‘ilonlik to‘quvchi-hunarmandlar, ipak gazlamalardan yana biri shoyi -

kanausni ham ishlab chiqarganlar. Marg‘ilonda bu gazlama “atlas” yoki “jibaarqoq”
nomlari ostida mashhur edi[7]. “Bu gazlamalar shoyi (kanaus), adras va beqasamdir.
Oxirgi ikkitasi yarim ipakdir, - deb yozadi A.Xoroshxin[8].

To‘quvchi-hunarmandlar, shuningdek, sallalar va belbog‘lar uchun ishlatiladigan

mayda ko‘k to‘rtburchak shakli tushirilgan ip gazlama – futa, sallalar sifatida
foydalanilgan oq rangdagi “xosa” deb atalgan gazmol turi va doka ham to‘qiganlar. Doka
ham xosaga o‘xshagan yupqa mato bo‘lib, XIX asr muallifi: “Xosa bilan dokaning farqi
gazlamaning enida edi; doka xosaga qaraganda yumshoqroq edi”, - deb qayd etadi[9].

Qo‘qon xonligi shaharlarida, xususan, Marg‘ilonda kiyim-bosh ishlab chiqarishga

ixtisoslashgan hunarmandchilik sohalari ham keng rivojlangan edi. Ko‘pdan-ko‘p
hunarmandlar shahar, qo‘shni qishloqlar, boshqa shaharlar, dasht ahli va ba’zi hollarda
ayrim mamlakatlar aholisi ehtiyojlarini qondiradigan mahsulotlar yaratganlar. Bunday
hunarmandlar jumlasiga bosh kiyim, xususan, do‘ppi tikuvchilar, oyoq kiyim tikuvchi -
kafshdo‘zlar, etikdo‘zlar va boshqalarni kiritish mumkin. Tikuvchi-hunarmandlar
tomonidan katta hajmlarda ishlab chiqarilgan kiyim-bosh turlari jumlasiga turli
matolardan tikilgan to‘nlar, ro‘mollar, qiyiqlar, dastro‘mollarni kiritish mumkin. Turli
matolar - ip va ipakdan tayyorlangan bu kiyim-boshga har xil ishlov berilgan. Ayniqsa
ro‘mollar, qiyiqlar, dastro‘mollar va do‘ppilarga kashtalar bilan bezak berishga katta
e’tibor qaratganlar. Bu ish bilan ko‘proq ayollar mashg‘ul bo‘lar edilar[10].

Farg‘ona vodiysida hunarmandchilik xususiyatlarini tadqiqotchi Z. Esonov yirik

qishloqlarda tovar shaklida va aksariyat maxsuloti ichki ehtiyoj uchun ishlab chiqarilgan
uy-hunarmandchiligi ko‘rinishida tasniflagan[11]. Namangan, Andijon, Qo‘qon, Marg‘ilon
kabi shaharlar va qishloqlarda shu darajada ko‘p bo‘z ishlab chiqarilganki, uni bo‘yashda
vodiylik hunarmandlar Toshkent chitgarlariga ham gul solish uchun yuborilgan.

Dehqon xo‘jaliklarida to‘qimachilik mahsulotlariga oddiy dastgohlarda ishlov

berilgan. Paxta tolasi chigitdan chig‘iriqda tozalangan. Vodiydagi tog‘li tojiklar paxtani
chig‘iriqdan o‘tkazishdan avval jun tolasi kabi savag‘ich bilan titib olgan. Piltalangan
paxta tolasi charxda ip qilib yigirilgan. Vodiyda charx turlicha shaklda[12] ya’ni tog‘ oldi
qishloqlarida chambaragi 8 ta, vodiy janubidagi Kaptarxona qishlog‘ida 2 ta yoki 4 ta,
Beshariqda esa 6 ta taxtachali qilib yasalgan.

Yigirilgan ipni tayyorlashning keyingi bosqichi uni bo‘yash bo‘lgan. XX asr

boshlarida Farg‘ona vodiysining Chodak, Uyg‘ur qishloqlarida o‘zbek, tojiklar ipni ko‘k,
zangori, qora, uyg‘urlar jigarrang, ko‘k, kulrangga bo‘yagan. Bo‘yalgan kalava iplar Sang,
Chodak, Chortoq, G‘urumsaroy, Yangiqo‘rg‘on va Bekobod qishloqlaridagi to‘quv dastgohi
- “do‘kon”larda to‘qilgan.

Qishloq hunarmandlari do‘konda bo‘z, olacha, qalami, karbas, so‘si, xosa alak kabi

matolarni to‘qigan. Vodiydagi Beshariq, Chortoq, Sang qishloqlarida mato to‘qishga
ixtisoslashgan to‘qimachilik mahallalari vujudga kelgan “Do‘konda” vodiyning
to‘qimachilari uy sharoitida atlas, daroi, shoxi kabi gazlamalarni mahorat bilan to‘qigan.

Farg‘ona vodiysida ipak gazlama tayyorlovchi markazlar xom-ashyo tayyorlash,


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 6 № 3 (2025) / ISSN 2181-1415

139

to‘qish, dastgohlarning tuzilishi, gazlama turlari, rangi va bezagiga ko‘ra ixtisoslashgan.
Masalan, Marg‘ilon uyezdidagi qishloqlar ipak ya’ni, atlas, shoyi, qalg‘ay, beqasam, abr
matolari bilan tanilgan.

Qishloq ipakchiligidagi hududiy xususiyatlar gazlamaning lokal xususiyatlarida

namoyon bo‘ladi. Masalan, vodiyning Marg‘ilon va Namangan uyezdi o‘zbeklari yarim
ipak beqasamni yashil-ko‘k yo‘lli moshrang yoki keng yashil va binafsharang yo‘lli
naqshda, Chortoq qishlog‘i keng yo‘lli beqasami, Chodak beqasam va poshshoyi matolari
bilan ajralib turgan. Ipak matolarning eng qimmatlisi atlas, Kosonsoy va Chortoqda shoxi,
xonatlas to‘qish rivoj topgan.

Metallga ishlov berish qadimdan Markaziy Osiyo, xususan, Farg‘ona vodiysida

rivojlanib kelgan bo‘lib, buni arxeologik topilmalar va o‘rta asr manbalaridagi
ma’lumotlar tasdiqlaydi[13]. Farg‘ona vodiysida qadimdan Tentaksoy, Kampirravot,
Supatepa va Tuyamo‘yin ruda konlari ma’lum bo‘lib, XX asrdan boshlab ushbu konlarda
ishlab chiqarish sanoat usulida yo‘lga qo‘yilgan.

Vodiylik metallsozlar uchun xomashyo Chotqol, Qurama tizmalaridagi Yorkent,

Chimyon, G‘ovasoy o‘zani konlaridan keltirilgan. G‘urumsaroy, Asht, Qo‘shtegirmon,
Shahrixon Kosonsoy, Chodak va Qorasuv qishloqlarida joylashgan qator temirchilik
ustaxonalarida metallga ishlov berilgan[14].

XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysida metallga ishlov berish bo‘yicha 19 ta

yo‘nalish mavjud bo‘lib, uy-ro‘zg‘or, qishloq xo‘jaligi, qurilish uchun kerakli bo‘lgan
buyumlar ishlab chiqarilgan va ularga talab katta bo‘lgan. Bundan tashqari duradgor,
kulol, muqovasoz, aravakash, soatsoz, tegirmonchi va boshqa kasb egalari uchun mehnat
qurollarini yasashda chilangarlar, rixtagarlar (Farg‘ona vodiysi) va degrezlarning xizmati
katta bo‘lgan. Farg‘onaliklarning metallni o‘yib ishlash usuli boshqa hududlardagidan
farqli ravishda yuza va aniq naqshlari bilan ajralib turgan. Marg‘ilonlik ustalar yasagan
o‘rdak shaklidagi oftoba boshqa viloyatlarda uchramaydi[15]

Farg‘ona vodiysi ustalari tomonidan birinchi bo‘lib metall buyumlarga arxitektura

yodgorliklarini tasvirlash usuli qo‘llanilgan. XIX asr oxirlarida ustalar saroy ko‘rinishi,
odamlar, afsonaviy jonzotlar ko‘rinishlarini tasvirlay boshlaganlar. Marg‘ilonning eng
sevimli bezagi bodom shakli bo‘lib, uni “qalampir” bezagi deb ataganlar. Ustalar
buyumning ikki tomoniga “qalampir” naqshini, bir qismiga esa xitoy xalq san’ati
usullarini eslatuvchi ajdarho tasviriga taqlid qilib bezak berganlar. Vodiylik kandakorlar
odatda mis kosa, choydish, choynak, oftoba, obdasta, samovar, barkash, sandiqcha, tovoq,
lagan, savri, satil, dastsho‘y, tufdon kabi buyumlarni tayyorlaganlar.

Farg‘ona vodiysining deyarli barcha shaharlari o‘zining zargarlik buyumlari bilan

dong taratgan. Bu yerda tilla bargak, bilakuzuk, uzuk, ziraklardan qashqar baldoq,
baldoq, burunga taqiladigan buloqi urf bo‘lgan. Ayollar uchun ko‘krak bezaklaridan –
zebigardon, bo‘yin tumor, qo‘ltiq tumor; bo‘yinga taqish uchun – marjon, nozik; boshga –
bodo-moy, taxiyado‘zi; belga – kalitboi, kamarband; sochga esa – tuf, chochpopuk kabi
bezaklar yasalgan.

Zargarlik buyumlarini yasashda ustalar feruza, marjon, dur, zumrad, sadaf, aqiq

(serdolik), yoqut kabi qimmatbaho va oddiy toshlardan foydalanganlar. Bezaklarni
tayyorlashda quyish, bolg‘alab yasash, hallash (oltin, kumush suvi yuritish), bosma, o‘yib
yasash kabi usullardan foydalanganlar.

Shaharlardan uzoqda joylashgan qishloq temirchilari mahsulotni tovar shaklida

emas balki, hamqishloqlar buyurtmasiga ko‘ra tayyorlagan. Bunda, buyurtmachi ustani


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 6 № 3 (2025) / ISSN 2181-1415

140

zarur xom-ashyosi bilan ta’minlagan. Agar temirchi o‘z xom-ashyosi hisobiga ishlasa, don
bilan haq olgan. Masalan, vodiy shimolidagi Sang qishlog‘i temirchisi kuzda yig‘ilgan don
hosilidan maxsus ulush, ya’ni “haqala” bilan ta’minlangan.

Temirchilik do‘konida usta oila a’zolari, shogirdlari bilan ishlagan. Temirchilik

buyumlarini mahorat bilan tayyorlashda vodiyda Asht qishlog‘i temirchilari tanilgan.
Jumladan, vodiy g‘arbidagi Beshariq bozorida Asht ustalari yasagan temir buyumlar
xaridorgir hisoblangan. Mazkur davrda Marg‘ilon uyezdi qishloqlarida ham temirchilik
rivojlangan bo‘lib, 1883 yilda uyezdda 13 ta temirchilik do‘koni faoliyat yuritgan[16].

Ayni damda ayrim temirchilik markazlarini ixtisoslashuvi yuz bergan bo‘lib, vodiy

shimolidagi Kosonsoy, janubidagi Chimyon, g‘arbidagi Qo‘shtegirmon, sharqidagi
Shahrixon temirchilik markazlari bunga misol bo‘la oladi. Masalan, Qo‘shtegirmon
temirchilari vodiyda mohir ketmon yasovchi hunarmand sifatida tanilgan. Ushbu
markazlarning lokal xususiyatlari tayyorlangan mahsulot qiyofasida aks etgan. Bunday
lokal jihatlarni shakllanishiga mintaqa geografik sharoiti, dehqonchilik an’analari ta’sir
etgan.

Vodiylik temirchilar o‘zlari yasagan buyumlarga turli shakldagi ya’ni, bodomcha,

yulduzcha, arab imlosi harflari, bedana iz kabi tamg‘alar qo‘ygan. Bunday tamg‘alarda
etnoslarning o‘ziga xos turmush tarzi, xususan, uning xo‘jalik-madaniy an’analari aks
etgan.

Mazkur davrda vodiyda pichoqchilik tarmog‘i ham rivoj topgan bo‘lib, arxeologik

topilmalar tarmoqni vodiyda qadimdan taraqqiy etganligini tasdiqlaydi. Keyinchalik
uning negizida vodiy shaharlari va Shahrixon hamda Qorasuv kabi qishloqlarida ushbu
tarmoq takomillashib borgan. Vodiydagi ba’zi qishloqlarda esa pichoqning alohida
turlarini tayyorlash an’analari ham yuzaga kelgan.

Vodiy pichoqchilik markazlarining mahalliy xususiyatlari uskunalarning o‘ziga xos

tuzilishi, mahsulot shakli, tayyorlanish uslubi va bezaklarida aks etgan. Qorasuv ustalari
pichoq yasashda alohida turdagi chilmixa parma nomli asbobni yaratgan. Vodiyda
pichoqning qayqi, to‘g‘ri, tolbargi, qozoqcha va qashqarcha kabi turlari tarqalgan.
Vodiydagi pichoqchilik markazlari Markaziy Osiyoda, o‘zining yuqori sifatli mahsulotlari
bilan ajralib turgan.

Vodiylik pichoqchi ustalar tig‘li asboblarni ham boshqa mintaqa ustalari singari

tayyorlagan. Vodiy pichoqchilik an’analari vodiy janubidagi qadimiy o‘troq, shimoliy-
sharqidagi cho‘l mintaqasi chorvador etnoslari pichoqchiligi asosida taraqqiy etib
borgan. Biroq, ayni vaqtda, mahalliy pichoq sifatini oshirish bilan bog‘liq ba’zi
etnohududiy jihatlar ham yuzaga kelgan. Masalan, Shahrixon va Qorasuv pichoqchilari
an’analarining shakllanishida har bir markaz uchun xos bo‘lgan xom-ashyo turi, ko‘p
asrlik an’analar va boshqa markazlar bilan sodir bo‘lgan etnomadaniy aloqalari ta’sir
ko‘rsatgan.

Vodiy ustalari pichoq yasashda qora-po‘lat, qurch, bayza, isfaxon va javdari kabi

sifatli po‘lat navlaridan foydalanganlar. Vodiyda bir necha xil bichimdagi pichoq
tayyorlansada, lekin eng mashhur namunasi bu tig‘i qayqi nusxa pichoq hisoblangan.
Hattoki, bunday nusxadagi pichoqlar Farg‘ona vodiydagi har bir markazda o‘zgacha
uslubda yasalgan.

Vodiylik ustalar pichoq tig‘ini tayyorlash paytida po‘lat sifatini saqlash uchun

o‘ziga xos “dilikaptar” yoki “kaptarbo‘yin” uslubini qo‘llagan. Bunda po‘lat oz-ozdan bir
necha marta sug‘orilgan, so‘ngra tig‘da kesuvchi qism pichoq dami ochilgan. Mazkur holat


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 6 № 3 (2025) / ISSN 2181-1415

141

pichoqchilikdagi eng muhim jarayon hisoblangan. Bu borada har bir ustada o‘ziga xos
usul mavjud bo‘lib, ushbu jarayon orqali usta pichoqning sifatli bo‘lishini ta’minlagan.
Masalan, Shahrixon ustalari pichoqni bir marta, Qorasuv ustalari esa bir necha marta
sug‘orib, zarur natijaga erishgan. Shundan keyin egov yordamida tig‘da soy-koma
ochilgan. Shahrixonda koma tig‘ni bir yonida, Qorasuvda esa ikki yonida ochilgan bo‘lib,
koma qosh vazifasini bajarib, pichoqning egiluvchanligini oshirgan.

Mazkur davrda vodiyning shaharlari bilan bir qatorda yirik qishloqlarida degrezlik

hunari ham rivojlangan. Ular omoch tishi, cho‘yan qozon va chiroq kabi mahsulotlarni
oddiy ustaxonalarda quyganlar. 1883 yilda Chust uyezdidagi qishloqlarda Mir Hoji
Sharipov, Holiq Muhammad Boboyev va Mir Bobo Sharipovga tegishli uchta cho‘yan
quyish ustaxonasi ishlagan.

Farg‘ona vodiysi qishloqlarida misgarlik ham rivojlangan. Chust va Qayroqqum

yodgorliklaridagi tadqiqotlar soha qadimiy G‘ovasoy, Novkat va Qora Mozor konlari
asosida yuzaga kelganligini tasdiqlaydi. Qishloq misgarlari choydish, choynak, lagan,
tovoq, ko‘za, xumcha, nosdon, chilim, siyohdon, karnay, nay, ba’zan ot abzali kabi
buyumlarni yasagan. Misgarlik vodiyning shimolidagi Kosonsoy, Chodak, Sang, Shahand,
sharqidagi Qorasuv, g‘arbidagi Bekobod qishloqlarida rivoj topgan bo‘lib, bunga turli
omillar ta’sir etgan.

Vodiy g‘arbidagi Beshariq, shimolidagi Chodak va Sang, sharqidagi Shahrixon va

Asaka qishloq hunarmandlari shunday bezaklarni tayyorlagan. Ular kichik sandon, kichik
ko‘ra, dahandam, rejja-qolip, kirya, gilbo‘ta, juptak, mangqol kabi asboblardan
foydalangan. Qo‘qon va Namangan uyezdlarining qishloq aholisi orasida feruza o‘rniga
rangli tosh qo‘yilgan kumush uzuk va ingichka kumush simdan tayyorlangan sirg‘alar
urfda bo‘lgan[18].

XIX – XX asr boshlarida Toshkent, Qo‘qon, Farg‘ona, Andijon, Samarqand, Buxoro

va Xiva ko‘nchilik markazlari hisoblangan. Hozir ham Toshkent, Farg‘ona, Qo‘qonda
ko‘nchilik buyumlaridan poyabzal, bosh kiyim, po‘stin, egar-jabduq va ot-abzallarini, suv
tashish uchun mesh, turli to‘rva, xalta, sandiqlar va boshqa uy-an¬jomlar, tuzdonlar,
kitob uchun muqovalar ishlab chiqaradilar.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Farg‘ona vodiysi aholisining hunarmandchilik bilan bog‘liq

bilim va ko‘nikmalari hamda urf-odat va marosimlari tizimini o‘rganish asosida bugungi
kunga qadar madaniyatning nomoddiy ko‘rinishi sifatida u yoki bu darajada saqlanib
kelayotgan an’analarni tiklash, rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Yurtimizda hunarmandchilikning rivojlanishi O‘zbekiston madaniyatini butun

dunyoga tanitdi. Respublika Prezidentining sohaga oid Farmoni bilan mustahkamlangan
xalq badiiy hunarmandchiligini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlanishi xalq sanʼati oldida keng istiqbolni ochib berdi. Xalq ustalari nomi
ulug‘landi.

Qolaversa, “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib

qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PQ-405-sonli
qarorda nomoddiy madaniy meros namunalarini

“tayyorlash – o‘rgatish – tiklash –

saqlash – ommalashtirish”

yaxlit uzliksiz tizim asosida rivojlantirishni Farg‘ona viloyati

hokimligi Madaniyat vazirligi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda Rishton
xalqaro kulolchilik markazi va Marg‘ilon shahridagi hunarmandchilik markazida tajriba
tariqasida sinab ko‘rish haqida bandlar kiritilgan..


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 6 № 3 (2025) / ISSN 2181-1415

142

Barcha hunarmandchilik maktablarini yanada rivojlantirish, ularni yo‘qolib ketishi

oldini olish, milliy madaniyatimizni saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega ekanligi
hisobga olinib, hunarmandchilik maktabi an’analarini “ustoz-shogird” orqali davom
ettirishni yo‘lga qo‘yish dolzarb masalalardan biriga aylandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI:

1. 2017 йил 17 ноябрдаги Ўзбекистон Президентининг ПФ 5242-сон

“Ҳунармандчиликни янада ривожлантириш ва ҳунармандларни ҳар томонлама
қўллаб-қувватлаш чора-тадбирлари тўғрисида”, 2018 йил 1 ноябрдаги ПҚ-3991-
сон “2019 йил 10-15 сентябрь кунлари Қўқон шаҳрида Халқаро ҳунармандчилик
фестивалини ўтказиш тўғрисида”, 2019 йил 28 ноябрдаги ПҚ-4539-сон
“Ҳунармандчиликни янада ривожлантириш ва ҳунармандларни қўллаб-қувватлаш
бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги фармон ва қарорлар

2. Пажитнов К. А. Очерки истории текстельной промышленности

дореволюционной России. – М., – 1958. – С. 28.

3. Спришевский В. Археологические раскопки в районе Чуста // Правда

Востока. – 1959. – №268. 21 ноябрь.; Заднепровский Ю. А. Древнеземледельческая
культура Ферганы. – М.: АН СССР, 1962. – С. 83.

4. Наливкин В. П., Наливкина М. В. Очерк быта ... – С.107.
5. Мукминова Р.Г. Очерки по истории ремесла Самарканда и Бухары в XVI в. -

Ташкент. 1976. - С. 66-67.

6.Назаров Ф. Записки о некоторых народах и землях средней части Азии. М.,

1968.1968. - С. 49

7. Гребенкин А. Ремесленная деятельность таджиков Зарафшанского округа

// Материалы для статистики Туркестанского края. Вып. 1. СПб., 1872. - С. 514

8. Хорошхин А. Очерки Кокана // Сб. ст., касающихся Турк. края А.П.

Хорошхина. СПб., 1876.- С. 43

9. Гребенкин А.Д. Ремесленная деятельность таджиков... - С. 513.
10. Агзамова Г.А. Марғилон ҳунармандчилиги тарихига оид айрим

маълумотлар// Марғилон шаҳрининг жаҳон цивилизацияси тарихидаги
ўрни//Марғилон шаҳрининг 2000 йиллик юбилейига бағишланган халқаро илмий
конференция материаллари. Тошкент-Марғилон. ЎзРФА “Фан” нашриёти. 2007. -
Б.116.

11. Эсонов З. XIX аср охири – XX аср бошларда Фарғона водийси қишлоқ

аҳолисининг ҳунармандчилиги. Тошкент, 2024. - Б.51.

12. Сухарева О. А. Пезднефеодальный город Бухара... – С. 69; Русайкина С. П.

Народы одежды таджиков Гармской области Таджикской ССР // СЭС. Ч. II. –
Москва, 1959. – С. 143; Таджики Дарваза и Каратегина. – М., 1966. – С. 215.

13.Массон М. Е. К истории добычи меди в Средней Азии. – М–Л, 1936; Ўша

муаллиф: К истории черной металлургии Узбекистана. – Ташкент: 1947. - С. 26.;
Заднепровский Ю. А. Древнеземледельческая культура Ферганы... - С. 81.;
Папахристу О. А. Черная металлургия Северной Ферганы (По материалам
археологического исследования городища Ахсикент IX – начало XIII вв) : Канд.
дисс. – М., 1985. - С. 34.

14. Гамбург Б. С. К характеристике орудий земледельцев Ферганский долины

и... – С. 112


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 6 № 3 (2025) / ISSN 2181-1415

143

15. Исмоилова Ж.Ҳ. ХIХ – ХХ асрларда Марғилонда ҳунармандчилик////

Марғилон шаҳрининг жаҳон цивилизацияси тарихидаги ўрни//Марғилон
шаҳрининг 2000 йиллик юбилейига бағишланган халқаро илмий конференция
материаллари. Тошкент-Марғилон. ЎзРФА “Фан” нашриёти. 2007. - Б.116.

16. Губаева С. С. Население Ферганской долины. – Ташкент: Фан, 1991. – С. 20
17. Пардаева И. Х. Ўзбек тилининг заргарлик терминологияси. Филол. фан.

номз..дисс. – Тошкент, 1994. – Б. 49–52.

18. Абдуллаев У. С. Фарғона водийсида этнослараро жараёнлар. – Т.: «Янги

аср авлоди». 2005. – Б. 232.

Bibliografik manbalar

йил 17 ноябрдаги Ўзбекистон Президентининг ПФ 5242-сон “Ҳунармандчиликни янада ривожлантириш ва ҳунармандларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш чора-тадбирлари тўғрисида”, 2018 йил 1 ноябрдаги ПҚ-3991-сон “2019 йил 10-15 сентябрь кунлари Қўқон шаҳрида Халқаро ҳунармандчилик фестивалини ўтказиш тўғрисида”, 2019 йил 28 ноябрдаги ПҚ-4539-сон “Ҳунармандчиликни янада ривожлантириш ва ҳунармандларни қўллаб-қувватлаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги фармон ва қарорлар

Пажитнов К. А. Очерки истории текстельной промышленности дореволюционной России. – М., – 1958. – С. 28.

Спришевский В. Археологические раскопки в районе Чуста // Правда Востока. – 1959. – №268. 21 ноябрь.; Заднепровский Ю. А. Древнеземледельческая культура Ферганы. – М.: АН СССР, 1962. – С. 83.

Наливкин В. П., Наливкина М. В. Очерк быта ... – С.107.

Мукминова Р.Г. Очерки по истории ремесла Самарканда и Бухары в XVI в. - Ташкент. 1976. - С. 66-67.

Назаров Ф. Записки о некоторых народах и землях средней части Азии. М., 1968.1968. - С. 49

Гребенкин А. Ремесленная деятельность таджиков Зарафшанского округа // Материалы для статистики Туркестанского края. Вып. 1. СПб., 1872. - С. 514

Хорошхин А. Очерки Кокана // Сб. ст., касающихся Турк. края А.П. Хорошхина. СПб., 1876.- С. 43

Гребенкин А.Д. Ремесленная деятельность таджиков... - С. 513.

Агзамова Г.А. Марғилон ҳунармандчилиги тарихига оид айрим маълумотлар// Марғилон шаҳрининг жаҳон цивилизацияси тарихидаги ўрни//Марғилон шаҳрининг 2000 йиллик юбилейига бағишланган халқаро илмий конференция материаллари. Тошкент-Марғилон. ЎзРФА “Фан” нашриёти. 2007. - Б.116.

Эсонов З. XIX аср охири – XX аср бошларда Фарғона водийси қишлоқ аҳолисининг ҳунармандчилиги. Тошкент, 2024. - Б.51.

Сухарева О. А. Пезднефеодальный город Бухара... – С. 69; Русайкина С. П. Народы одежды таджиков Гармской области Таджикской ССР // СЭС. Ч. II. – Москва, 1959. – С. 143; Таджики Дарваза и Каратегина. – М., 1966. – С. 215.

Массон М. Е. К истории добычи меди в Средней Азии. – М–Л, 1936; Ўша муаллиф: К истории черной металлургии Узбекистана. – Ташкент: 1947. - С. 26.; Заднепровский Ю. А. Древнеземледельческая культура Ферганы... - С. 81.; Папахристу О. А. Черная металлургия Северной Ферганы (По материалам археологического исследования городища Ахсикент IX – начало XIII вв) : Канд. дисс. – М., 1985. - С. 34.

Гамбург Б. С. К характеристике орудий земледельцев Ферганский долины и... – С. 112

Исмоилова Ж.Ҳ. ХIХ – ХХ асрларда Марғилонда ҳунармандчилик//// Марғилон шаҳрининг жаҳон цивилизацияси тарихидаги ўрни//Марғилон шаҳрининг 2000 йиллик юбилейига бағишланган халқаро илмий конференция материаллари. Тошкент-Марғилон. ЎзРФА “Фан” нашриёти. 2007. - Б.116.

Губаева С. С. Население Ферганской долины. – Ташкент: Фан, 1991. – С. 20

Пардаева И. Х. Ўзбек тилининг заргарлик терминологияси. Филол. фан. номз..дисс. – Тошкент, 1994. – Б. 49–52.

Абдуллаев У. С. Фарғона водийсида этнослараро жараёнлар. – Т.: «Янги аср авлоди». 2005. – Б. 232.