Surxondaryo viloyatidagi relyef bilan bog‘liq joy nomlari | Устойчивое развитие и наука: новые исследования для новых решений

Surxondaryo viloyatidagi relyef bilan bog‘liq joy nomlari

CC BY f
18-20
2
Поделиться
Жураев, Е. (2024). Surxondaryo viloyatidagi relyef bilan bog‘liq joy nomlari . Устойчивое развитие и наука: новые исследования для новых решений, 1(1), 18–20. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/sustainability-and-science/article/view/32503
Ерали Жураев, Президентская школа в Термезе
учитель географии
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu tezisda Surxondaryo viloyatidagi kelib chiqishiga ko'ra relyef bilan bog'liq joy nomlari haqida batafsil ma'lumot berilgan. Unda biz Surxondaryo viloyatining joy nomlari xususiyatlari, shakllanishi, hozirgi holati haqida ma’lumotlarni bilib olishimiz mumkin. Viloyatda ko'plab joy nomlari relyef bilan bevosita bog'liq ekaniga guvoh bo'lasiz.


background image

«Устойчивое развитие и наука:

новые исследования для новых решений»

18

SURXONDARYO VILOYATIDAGI RELYEF BILAN BOG‘LIQ JOY

NOMLARI

Jurayev Erali Xoliyar o‘g‘li

Termiz shahridagi Prezident

maktabi geografiya fani o‘qituvchisi

eralijurayev0615@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu tezisda Surxondaryo viloyatidagi kelib chiqishiga ko‘ra

relyef bilan bog‘liq joy nomlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Unda biz

Surxondaryo viloyatining joy nomlari xususiyatlari, shakllanishi, hozirgi holati

haqida ma’lumotlarni bilib olishimiz mumkin. Viloyatda ko‘plab joy nomlari relyef

bilan bevosita bog‘liq ekaniga guvoh bo‘lasiz.

Kalit so‘zlar

: tog‘, oronim, tuman, joy, qishloq, nom, tepa, chuqur

KIRISH

Viloyat t

oponimlari tarkibida oronimlar salmoqli o‘rin egallaydi,

shuningdek orooykonimlar, orogidronimlarning hosil bo‘lishida ham ularning

o‘rni katta. Hudud oronimlarida o‘ziga xos orografik va oronimik terminlar joy
nomlarida faol qo‘llanilgan bo‘lib, toponimik

pozitivlik qonuniyati asosida juda

ko‘plab joy nomlari hosil bo‘lgan. Joy nomlarida relyef xususiyatini aks ettiruvchi

Jarqishloq, Jarobod, Tepaqo‘rg‘on, Chuqurqishloq singari toponimlar tarixiy

nomlar sanalib, bular xalqimizning nom qo‘yishdek nozik masa

lalarga alohida

e’tibor bilan qaraganliklaridan dalolat beradi. Viloyat hududida oronim sifatida

shakllangan nomlarning oykonimga o‘tishi ko‘proq kuzatiladi.

Dahna (forscha-tojikcha)

tog‘liklar nutqida ko‘p ma’nolarga ega bo‘lib,

daraning tor, ensiz, si

qiq joyi, daraga kirish yo‘lining boshi, daraning boshlanish

yo tugash nuqtasi, tor jilg‘aning o‘zani qisqa joyi, ariqning mayda shaxobchalarga

bo‘lingan joyi, band va h.k. (Nafasov T., 1993, 2009) sifatida joy nomlarida ishtirok
etgan bo‘lib, dahna, dahan

a, dagana shaklida toponimlar hosil qiladi, hamda aksar

hollarda oronim va gidronimlarda faol qo‘llaniladi. Dahana (Denov tumani),

Dahnaijom (Denov tumani), Qoradahana, Qiyakamar (Boysun tumani) yuqoridagi

sifatlarni o‘z nomida muhrlagan.

Buni 1-

rasm ma’lumotlari orqali ham ko‘rish

mumkin.


background image

«Устойчивое развитие и наука:

новые исследования для новых решений»

19

1-

rasm: Surxondaryo viloyati oronimlarining tumanlar bo‘yicha

taqsimlanishi.

Manba:

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlari asosisda muallif tomonidan

tuzilgan.

Ushbu ma’lumotlariga ko‘ra Surxondaryo viloyatida

joy nomlarining katta

qismini relyefning muhim belgilarini anglatuvchi tepa, tosh, jar, tog‘ va boshqa bir

qancha terminlar faol qo‘llanilgan. Masalan, tepa qo‘shimchali toponimlar

44 marta, jar qo‘shimchali toponimlar 13 marta takrorlangan.

Relyef shak

llaridan aholi maskanlariga eng ko‘p qo‘yiladigan nom tepa

termini bilan bog‘liq. Qadimda ajdodlarimiz ko‘proq mudofaa, xavfsizlik nuqtai

nazaridan ya’ni, dushman xavfini ancha uzoqdan bilish yoki boshqalarni bu

haqida ogohlantirish maqsadida yashash manzilgohlarini tepalar yaqinida barpo

etganlar. Surxondaryo viloyatida tepa so‘zi qatnashgan bir nechta toponim

mavjud. Ko‘ltepa va Qaritepa shular jumlasidandir. Shuni qayd etish kerakki

tumandagi Qaritepa toponimining nomi mahalliy sheva bilan bog‘liq bo‘lib

qadimiy, eski ma’nosida, ya’ni vaqt jihatidan oldin yaratilgan, yoki yonidagi

tepalarga nisbatan oldin bunyod etilgan ma’nosini anglatadi.

Viloyatning toponimiyasida tosh, sang kabi orografik termin bilan bog‘liq

toponimlar ham ko‘p uchraydi. Ularning as

osiy qismini nurash natijasida hosil

Denov

19%

Sho'rchi

15%

Jarqo'rg'on

14%

Qumqo'rg'on

11%

Sariosiyo

10%

Boysun

10%

Angor

7%

Oltinsoy

4%

Uzun

4%

Muzrabot

3%

Qiziriq

2%

Bandixon

1%

SURXONDARYO VILOYATI ORONIMLARINING TUMANLAR

BO'YICHA TAQSIMLANISHI


background image

«Устойчивое развитие и наука:

новые исследования для новых решений»

20

bo‘lgan relyef shakllari bilan bog‘liq toponimlar tashkil etadi. Odamtosh, Qo‘ytosh,

Teshiktosh kabi nomlarni misol sifatida ko‘rsatish mumkin.

Toponimikada geografik obyektlarning ko‘rinishi xususiyatidan kelib

chiqqa

n nomlar ham ishlatiladi, xususan Beshpanja, Og‘zikeng, Ichaksirt,

Tumshiqcho‘qqi va boshqa nomlar shu usul bilan paydo bo‘lgan. Viloyatimizda

bunday nomlar atigi bir joyda uchraydi, Sho‘rchi tumanida Oqtumshuq nomli

aholi manzilgohi mavjudligi aniqlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Ahmadaliyev Y.I. Toponimika va geografik terminshunoslik.

Farg‘ona,

2018

2.

Суперанская А.В. Что такое топонимика? М.: Наука, 1984.

3. Do

simov Z., Egamov X. Joy nomlarining qisqacha izohli lug

ati.

Toshkent: O

qituvchi, 1977.

4. Hasanov H,H. Geografik nomlar imlosi.

Toshkent: Fan, 1962.

5. Hakimov Q. Toponimika darslik.

–T.: Mumtoz so‘z, 2016. 386

-b.

6. Jurayev E.X. Names of geographical places related to professions in

Surkhandarya

region.

Golden

Brain,

1(2),

187-192.

2023.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7555851

7. Jurayev E.X. Is learning place names into grouphs the most important

task. Scholar, 1(1), 22-28. https://doi.org/10.5281/zenodo.7548612

8.

Jurayev Erali, & Muzropov Sherzod. (2022). QUMQO‘RG‘ON QUMD

AN

QILINGAN QO‘RG‘ONMI?. RESEARCH AND EDUCATION, 1(2), 198–

204.

https://zenodo.org/record/6595279#.YpZClB4Sw0M

9. Mirakmalov M.T. Geografiyada toponimika.

T.: 2008. -80-b.

10. Nafasov T. Surxondaryo toponimiyasi. TerDU xabarlari, 2009.

Библиографические ссылки

Ahmadaliyev Y.I. Toponimika va geografik terminshunoslik. - Farg'ona, 2018

Суперанская A.B. Что такое топонимика? M.: Наука, 1984.

Do'simov Z., Egamov X. Joy nomlarining qisqacha izohli lug'ati. -Toshkent: O'qituvchi, 1977.

Hasanov H,H. Geografik nomlar imlosi. -Toshkent: Fan, 1962.

Hakimov Q. Toponimika darslik. -T.: Mumtoz so'z, 2016. 386-b.

Jurayev E.X. Names of geographical places related to professions in Surkhandarya region. Golden Brain, 1(2), 187-192. 2023. https://doi.org/10.5281/zenodo.7555851

Jurayev E.X. Is learning place names into grouphs the most important task. Scholar, 1(1), 22-28. https://doi.org/10.5281/zenodo.7548612

Jurayev Erali, & Muzropov Sherzod. (2022). QUMQO'RG'ON QUMDAN QILINGAN QO'RG'ONMI?. RESEARCH AND EDUCATION, 1(2), 198-204. https://zenodo.Org/record/6595279#.YpZClB4Sw0M

Mirakmalov M.T. Geografiyada toponimika. - T.: 2008. -80-b.

Nafasov T. Surxondaryo toponimiyasi. TerDU xabarlari, 2009.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов