RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA AKMEOLOGIYA FANI TARIXI HAQIDA

Annotasiya

Ushbu tezisda akmeologiya fanining shakllanish va rivojlanish tarixi, uning asosiy nazariy yondashuvlari hamda zamonaviy raqamli ta’lim muhitidagi talqinlari tahlil etilgan. Akmeologiya fanining psixologiya, pedagogika va shaxs rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqligi, shuningdek, insonning professional yetuklikka erishish jarayonidagi o‘rni yoritilgan. Raqamli ta’lim muhiti akmeologik yondashuvni yangi bosqichga olib chiqib, talaba va o‘qituvchining interaktiv, moslashuvchan va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida yuqori natijalarga erishish imkonini berishi asoslab berilgan. Tadqiqotda raqamli texnologiyalar yordamida akmeologiya fanini o‘qitish va amaliyotga tatbiq etishning afzalliklari, shuningdek, bu jarayonda yuzaga keladigan metodik va pedagogik masalalar tahlil qilingan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
18-21

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Aralova , D. . (2025). RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA AKMEOLOGIYA FANI TARIXI HAQIDA. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(22), 18–21. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/135546
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu tezisda akmeologiya fanining shakllanish va rivojlanish tarixi, uning asosiy nazariy yondashuvlari hamda zamonaviy raqamli ta’lim muhitidagi talqinlari tahlil etilgan. Akmeologiya fanining psixologiya, pedagogika va shaxs rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqligi, shuningdek, insonning professional yetuklikka erishish jarayonidagi o‘rni yoritilgan. Raqamli ta’lim muhiti akmeologik yondashuvni yangi bosqichga olib chiqib, talaba va o‘qituvchining interaktiv, moslashuvchan va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida yuqori natijalarga erishish imkonini berishi asoslab berilgan. Tadqiqotda raqamli texnologiyalar yordamida akmeologiya fanini o‘qitish va amaliyotga tatbiq etishning afzalliklari, shuningdek, bu jarayonda yuzaga keladigan metodik va pedagogik masalalar tahlil qilingan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

18

RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA AKMEOLOGIYA FANI TARIXI

HAQIDA

Aralova Dilafruz Dushaboy qizi

Guliston davlat universiteti tayanch doktaranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.16926947

Annotatsiya.

Ushbu tezisda akmeologiya fanining shakllanish va

rivojlanish tarixi, uning asosiy nazariy yondashuvlari hamda zamonaviy raqamli
ta’lim muhitidagi talqinlari tahlil etilgan. Akmeologiya fanining psixologiya,
pedagogika va shaxs rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqligi, shuningdek, insonning
professional yetuklikka erishish jarayonidagi o‘rni yoritilgan. Raqamli ta’lim
muhiti akmeologik yondashuvni yangi bosqichga olib chiqib, talaba va
o‘qituvchining interaktiv, moslashuvchan va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim
jarayonida yuqori natijalarga erishish imkonini berishi asoslab berilgan.
Tadqiqotda raqamli texnologiyalar yordamida akmeologiya fanini o‘qitish va
amaliyotga tatbiq etishning afzalliklari, shuningdek, bu jarayonda yuzaga
keladigan metodik va pedagogik masalalar tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

akmeologiya, raqamli ta’lim muhiti, professional yetuklik,

shaxs rivojlanishi, pedagogik innovatsiyalar, interaktiv ta’lim.

Akmeologiya — insonning kasbiy va shaxsiy rivojlanish jarayonida eng

yuqori cho‘qqilarga erishish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan sifatida XX asrning
ikkinchi yarmida shakllandi. U dastlab psixologiya, pedagogika, falsafa va
sotsiologiya fanlari kesishgan nuqtada paydo bo‘lib, keyinchalik mustaqil ilmiy
yo‘nalishga aylandi. Akmeologiya fanining tarixiy taraqqiyoti davomida inson
faoliyatining turli sohalarida professional yetuklikka erishish, ijodiy salohiyatni
ro‘yobga chiqarish va shaxsiy imkoniyatlarni maksimal darajada rivojlantirish
masalalari markaziy o‘rinni egalladi.

Bugungi globallashuv va texnologik taraqqiyot sharoitida raqamli ta’lim

muhiti akmeologiya fanini o‘qitish va tadqiq etishda yangi imkoniyatlar
yaratmoqda. Raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonini yanada interaktiv,
moslashuvchan va shaxsga yo‘naltirilgan shaklga keltirib, ilmiy-nazariy
bilimlarni keng auditoriyaga tezkor yetkazish, shuningdek, amaliy ko‘nikmalarni
masofaviy sharoitda shakllantirish imkonini beradi.

Shu nuqtayi nazardan, raqamli ta’lim muhitida akmeologiya fanining

tarixini o‘rganish nafaqat ilmiy-nazariy ahamiyatga ega, balki zamonaviy
pedagogik amaliyot uchun ham dolzarbdir. Bu yo‘nalish o‘qituvchi va talabalar
o‘rtasida yangi turdagi hamkorlik madaniyatini shakllantiradi, kasbiy rivojlanish
sur’atini oshiradi va shaxsning har tomonlama kamolotini ta’minlashga xizmat
qiladi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

19

Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, har qanday taraqqiy

etgan davlatning muvafaqqiyatini belgilab beruvchi omillardan biri
pedagoglarning ijodkorlik faoliyatlarini yuqori “cho‘qqi”larga olib chiqish bilan
uzviy bog‘liq. Pedagoglarning tabiatini o‘zgartiradigan, ular shaxsini tarkib
topishiga ta’sir qiladigan muhim fanlardan bir – bu pedagogik akmeologiya
fanidir. Aniqlanishicha, inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi kuchli
omil – inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishi
hodisasidir. Ma’lumki, inson shaxsi juda murakkab psixologik fenomen bo‘lib, u
kishining individual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida
asta-sekin tarkib topadi. Shu bois ham, akmeologiya – shaxsning rivojlanish va
komillikka erishish jarayonini o‘rganuvchi maxsus fan hisoblanadi.

Akmeologiya fani tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, akmeologiyani

“kamolot yoki voyaga yetganlik psixologiyasini” bildiruvchi tushuncha sifatida
Ribnikov tomonidan 1928-yilda fanga kiritilgan.

Ushbu fanni asoschilari N.V.Kuzmina, A.A.Bodalev, A.A.Derkach,

A.P.Sitnikov, V.N.Tarasova, D.I.Tixomirov, L.D.Fokina va boshqa olimlar
hisoblanadi.

Ushbu fanning asoschilaridan biri A.A. Bodalev akmeologiyani ikki jihatdan

izohlaydi: inson taraqqiyoti psixologiyasining eng muhim bosqichi (kamoloti)
sifatida va o‘ziga xos fan sifatida. Akmeologiyaning predmeti kasbiy faoliyat
ko‘nikmalarini oshirish omillari va uni shakllantirishning turli shartlari hamda
bosqichlari hisoblanadi[2].

N.V. Kuzmina va A.A. Derkach akmeologiyani mustaqil tadqiqot sohasiga

ega bo‘lgan fan sifatida e’tirof etadilar va akmeologiyani psixologiya fanlari
tizimiga kiritib bo‘lmasligining bir qancha sabablarini keltirib asoslaydi.
Psixologiya fanlari o‘zining o‘ziga xosligi bo‘yicha analit xususiyatga ega bo‘lib,
akmeologiya bilan birgalikda ob’ektlarning oldindan ko‘ra olish natijasi
yaxlitligini o‘rganadi[3].

N.V. Kuzmina va D.I. Tixomirov kabi olimlar akmeologiyani ilmiy fanlar

majmuasi sifatida belgilaydi, uning o‘rganish ob’ekti insonning o‘zini o‘zi
rivojlantirish dinamikasi, o‘zini o‘zi boshqarishini akmeologiyaning axborot
bazasi ularning “texnologik qismida” fanning barcha sohalari - ya’ni ma’lum bir
fan yoki mutaxassislik muammolarini muvaffaqiyatli hal qilish uchun qanday
harakat qilish kerakligi haqidagi savolga bevosita javob beradigan bilimlar tizimi
sifatida talqin qiladi[2].

Rus olimlaridan yana biri A.P. Sitnikovning so‘zlariga ko‘ra,

akmeologiyaning boshqa fanlardan eng muhim farqi bu uning tadqiqot predmeti


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

20

sifatida kasbiy mahorat va unga ta’sir qiluvchi omillarni maqsadli tanlash va shu
asosda kasbiy mahoratni oshirish tizimlarini takomillashtirishdir.

Boshqacha qilib aytganda, akmeologiya “Kasbiy faoliyatni uning

mahsuldorligi nuqtai nazaridan o‘rganadi, kasbiy mukammallik cho‘qqilarini
takomillashtirish va erishish uchun qonuniyatlarni, omillarni ochib beradi. Shu
sababli, o‘z tadqiqotining ma’lum bir sohasini tavsiflovchi akmeologiyaning
markaziy toifasi - bu akmeologiya fanining konseptual apparatini tashkil etuvchi
mahsuldorlik, faoliyat samaradorligi yoki mahorat tushunchalari orqali
ochiladigan o‘ziga xos jarayon professionalligi toifasi sifatida tushuniladi[4].

Akmeologiyaning asoschilaridan biri V.N.Tarasovaning fikriga ko‘ra,

«akmeologiya - bu murakkab faoliyat ko‘rsatadigan ob’ektlarning sifatli
o‘zgarishi haqidagi fan. «Akme» atamasi o‘zini o‘zi rivojlantirish predmetiga
aylangan ob’ektning intensiv rivojlanishi davrida sifatning eng yuqori namoyon
bo‘lishini anglatadi[6].

Zamonaviy ilm-fanda insoniy yuksakliklarning «akme» kategoriyasi bilan

bog‘liq bir necha talqinlari mavjud. Jumladan, birinchi, «akme» — bu qisqagina
hayot kesimini qamrab olsada, ko‘p qirrali holat bo‘lib, insonning har doim
jamiyatda qanchalik o’z o’rniga ega ekanligi, uning biror-bir soha mutaxassisi
sifatida olib borayotgan salmoqli faoliyati, shaxs sifatida esa uni o’rab turganlar
bilan olib borgan ijtimoiy aloqasida qanchalik boy yoki qashshoqligi, turmush
o‘rtoq va ota-ona sifatida tayyorlik darajasi bilan bir qatorda yaxshi tomonga
o‘zgara olish darajasi va eng yashirin ezgu qobiliyatlarini ham ko'rsata olish
darajasiga ham bog‘liqdir[5]- deb ta’kidlaydi.

Akmeologiya fanining shakllanish va rivojlanish tarixi insonning

professional va shaxsiy yetuklikka erishish jarayonini chuqur o‘rganishga
qaratilgan bo‘lib, u pedagogika va psixologiya bilan uzviy bog‘liqdir. Zamonaviy
raqamli ta’lim muhiti ushbu fan imkoniyatlarini kengaytirib, ilmiy bilimlarni
yetkazish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ijodiy rivojlanishni qo‘llab-
quvvatlash uchun yangi sharoit yaratadi.

Raqamli texnologiyalar yordamida akmeologik yondashuv interaktivlik,

moslashuvchanlik, individual yondashuv va tezkor ma’lumot almashinuvi kabi
afzalliklarni ta’lim jarayoniga olib kiradi. Bu esa o‘qituvchi va talabaning o‘zaro
hamkorlik darajasini oshiradi, kasbiy rivojlanish sur’atini tezlashtiradi hamda
ta’lim samaradorligini yuqori pog‘onaga ko‘taradi.

Shunday qilib, raqamli ta’lim muhiti akmeologiya fanini nafaqat tarixiy

tajriba nuqtayi nazaridan boyitadi, balki uni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlarini


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

21

kengaytirib, shaxsning har tomonlama kamolotini ta’minlashda muhim omil
sifatida namoyon bo‘ladi.

Foydalanilgan dabiyotlar

1.Бодалев А.А. Акмеология как научная дисциплина. - М.: РАО, 1993. - 31с.
2.Бодалев А.А. Вершина в развитии взрослого человека: характеристики и
условия достижения. - М.: 1998. С. 5.
3.Деркач А.А., Кузьмина Н.В. Акмеология: пути достижения вершин
профессионализма. - М.: РАО, 1993. C 46.
4.А.П.

Ситников

Акмеологический

тренинг.

Теория,

методика,

психотехнологии. М.: «Технологическая школа бизнеса», 1996. 16-17 с.
5.Тарасова В.Н. Методологические основы акмеологического подхода к
повышению качества образовательного процесса // Акмеология , научная
сессия. - Под ред. Н. В. Кузьминой, А.М.Зимичева. - СПб.: Санкт-
Петербургская Акмеологическая Академия, 1997. - 318с
6.Тарасова В.Н. Методологические основы акмеологического подхода к
повышению качества образовательного процесса // Акмеология , научная
сессия. - Под ред. Н. В. Кузьминой, А.М.Зимичева. - СПб.: Санкт-
Петербургская Акмеологическая Академия, 1997. - 318с

Bibliografik manbalar

Бодалев А.А. Акмеология как научная дисциплина. - М.: РАО, 1993. - 31с.

Бодалев А.А. Вершина в развитии взрослого человека: характеристики и условия достижения. - М.: 1998. С. 5.

Деркач А.А., Кузьмина Н.В. Акмеология: пути достижения вершин профессионализма. - М.: РАО, 1993. C 46.

А.П. Ситников Акмеологический тренинг. Теория, методика, психотехнологии. М.: «Технологическая школа бизнеса», 1996. 16-17 с.

Тарасова В.Н. Методологические основы акмеологического подхода к повышению качества образовательного процесса // Акмеология , научная сессия. - Под ред. Н. В. Кузьминой, А.М.Зимичева. - СПб.: Санкт- Петербургская Акмеологическая Академия, 1997. - 318с

Тарасова В.Н. Методологические основы акмеологического подхода к повышению качества образовательного процесса // Акмеология , научная сессия. - Под ред. Н. В. Кузьминой, А.М.Зимичева. - СПб.: Санкт- Петербургская Акмеологическая Академия, 1997. - 318с