Maqolada shifobaxsh Momordika o'simligini botanikasi, morfologiyasini bilish orqali bu o'simlik bilan yaqindan tanishamiz. Bundan tashqari ushbu maqolada Dorivor momordikaning kelib chiqish tarixi ham o'rin olgan.
Bugungi kunda mamlakatimizda ilmiy tadqiqot institutlariga ham alohida e’tibor berilmoqda. Shu maqsadda ularning bugungi ahvoli va salohiyatini bilish, kelajak rejasini tuzishning muhim jihati hisoblanadi. Biz bu tadqiqot ishimizda Akademik M.Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutiga qarashli Charxin ilmiy-tajriba stansiyasining oxirgi uch yilda ko‘chatchilik sohasida amalga oshirilgan ishlarini statistik tahlil qildik. Qilingan tahlil natijasiga ko‘ra, bu tajriba stansiyasida asosan uzum ko‘chatlari yetishtirilib bundan tashqari olma, o‘rik, olxo‘ri va shaftoli ko‘chatlarining ham salmog‘i biroz yuqoriligi kuzatildi. Uzum ko‘chatlari 2019 yilgiga nisbatan 2021 yilda qisman o‘sganligini kuzatdik. Olma ko‘chatlarida esa 2020 va 2021 yillarda Fudji, Pink Ledi va Flamingo kabi navlarning ko‘chatlari ham yetishtiriliayotganli ma’lum bo‘ldi.
Ushbu maqolada kivining xalq xo’jaligidagi ahamiyati, kelib chiqishi, tarkibidagi faol moddalar va ularning inson organizmiga foydali xususiyatlari haqida ma’lumotlar berilgan.
Usbu maqolada olma ko‘chatlarini yetishtrishda payvandtaglarning ahamiyati haqida adabiyotlar tahlili keltirilgan.
Maqolada momordika yetishtirish va uning dorivorlik xususiyatlarini o'rganish orqali undan xalq xo'jaligida foydalanish yo'llari yoritib berilgan.
Nok o„zining nafis hidi va ta‟mi bilan xalqimiz dasturxonida o„ziga xos o„ringa
ega. Ushbu maqolada mamlakatimizda bugungi kunga qadar qilingan ilmiy tadqiqotlar va adabiyotlar tahlili olib borildi. Unga asosiy tushunchalar shundan iboratki, nok hosildorligi bo„yicha olmadan keyin turuvchi mevali daraxt hisoblansa, boshqa o„rinlarda nok navlari haqida ma‟lumotlar keltirilgan.
Olma mevalarining fiziologik o’zgarishi, olma mevalarida sodir bo’ladigan fiziologik o’zgarishlarini to’g’ri boshqargan holda sifatli meva olish uchun zamin yaratadi. Ushbu maqolada olma mevasida changlanishdan keyingi sodir bo’ladigan fiziologik jarayonla haqida so’z yuritilgan.
Oʻrik Oʻzbekistonda ertapishar va shirin taʼmga ega muhim isteʼmol qilinadigan danakli mevalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada Samarqand viloyatida yetishtiriladigan o„riklarning asosiy ekin maydonlari va ekilib kelinayotgan navlari haqida so„z yuritiladi. Ushbu maqolada Samarqand viloyati statistik ma'lumotlaridan foydalanilgan. Kuzatilgan ma‟lumotlar natijalari shuni ko‟rsatdiki, o„rik ekiladigan maydonlarda deyarli quyidagi navlari, ya'ni "Mayskiy", "Berton", "Vengerka" va "Ispolenskiy" navlari ekilishi kuzatildi.
Maqolada Pushti toifi uzumining saqlanuvchanligi va saqlash usullari haqida umumiy maʼlumotlar berilgan.
Ўрик ўзининг бебаҳо таъми, эрта баҳорда биринчи мевалардан бўлиб пишиб етилиши ва мамлакатимиз сурпасининг безаги сифатида ажралиб турувчи мевалардан биридир. Ушбу мақолада ўрик навларининг фенологик
фазалари, сифат кўрсаткичлари, ҳосилдорлиги, касаллик аломатларини баллар билан баҳоланиш кўрсаткичлари ва шу каби бошқа маълумотлар кузатилди. Унга кўра келтирилган баъзи ўрик навлари 4-5 мартдан ва баъзиларида 14-15- мартдан куртак ѐзилиши кузатилди.
Ушбу тадқиқот Ишида шафтолининг турли навларини фенологик кузатувлари касалликлар кенг тарқалган даврларда 2018 йилдан 2020-йилгача кузатилган. Олинган натижалар шуни кўрсатадики шафтолининг Фесей ва Окосухи навларидан ҳосилдорлик яхши бўлиб унда мос равишда 11.6 кг/д ва 14.6 кг/д бўлганлиги кузатилган.
Suv resurslari cheklangan hududlarda ekilgan yosh olma daraxtlari o'sishning dastlabki bosqichlarida qiyinchiliklarga duch keladi. Namlikni etarli darajada iste'mol qilmaslik ko'pincha yosh daraxtning o'sishini to'xtatadi va uning keyingi o'sishiga ta'sir qiladi. Ushbu tadqiqotda biz yarim kuchli Marubakaido (Ma) (Malus prunifolia “Ringo”) va mitti Jm7 (“Marubakaido” × M.9) ildizpoyalarining o'zaro ta'sirini, suv bilan ishlov berishni (tuproqdagi suv miqdori 50% va 70%) va. yosh "Miyabi Fuji" olma daraxtlarida tuproq bilan ishlov berish (suvni ushlab turuvchi moddalar) va bu o'zaro ta'sir quruq iqlim sharoitida ularning o'sishiga qanday ta'sir qiladi. Kurtaklar, poya va ildizlarning rivojlanishi tahlil qilindi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, ildizpoya va suv va tuproq bilan ishlov berishning o'zaro ta'siri umumiy kurtaklar uzunligiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi (p <0,01), ildizpoya va tuproq bilan ishlov berishning o'zaro ta'siri eng yuqori uch kurtakning uzunligiga (p<0,05) va magistralning yangi vazni (p <0,05). Bundan tashqari, suv va tuproq bilan ishlov berishning o'zaro ta'siri asirlarning yangi vazniga ta'sir qilishi aniqlandi (p <0,05). Ushbu tadqiqot shuni ko'rsatdiki, suv resurslari cheklangan hududlarda yosh olma daraxtlarining o'sishiga 70% va 50% suv bilan to'yinganligini ta'minlash va yarim kuchli Ma va mitti Jm7 ildizpoyalariga payvand qilingan yosh daraxtlar uchun tuproqni ushlab turish muolajalarini ta'minlash orqali yordam berish mumkin. . Bu hududlarda yetishtiruvchilar qaysi ildizpoyadan foydalanishni, tuproqqa qanday suvni saqlash muolajalarini kiritish mumkinligini, shuningdek, qo'llanilishi kerak bo'lgan suv miqdori haqida o'ylashlari kerak.
Bugungi kunda unabi mevali daraxti O‘zbekistonda ham butun dunyoda keng ishlab chiqarilmoqda. Uning oziq-ovqat va tibbiy tavsifi ko'p yetishtiriladigan va yig'ib olinadigan asosiy qiymatdir. Ushbu tadqiqot stimulyatorlar va o'sish usullarining unabi pitomniklarini ishlab chiqarishga ta'sirini o'rganmoqda. Tajriba davomida olingan natijalar shuni ko'rsatdiki, Hosilin bilan davolash qimmatroq va o'sishda mantiqiy emas.
Uzumning xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada Samarqand viloyatida jami ishlab chiqarilgan uzum miqdorini 2015-2021 yillardagi statistik kuzatuvlarini tumanlar kesimida tahlildan o‘tkazdik. Kuzatilgan
tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki ilk boshda Bulung‘ur tumani uzum yetishtirish bo‘yicha peshqadam tuman hisoblangan bo‘lsa, Urgut tumani 2018-yildan buyon uzum yetishtirish bo‘yicha oldingi o‘rinlarda kelmoqda. Samarqand viloyatida 2021-yilda 387 910 tonna uzum ishlab chiqarilgan.
Zaytun o‘simligini mamlakatimizda o‘stirishda bugungi kunda bir qancha muammolarga duch kelinmoqda (sovuq urushi, o‘sish kuchini pastlig va hako zolar). Zaytun o‘simligini o‘stirishdan oldin uni botanikasi va fiziologiyasi haqida yetarlicha ma’lumotlarga ega bo‘lish bu o‘simlikni yaxshi o‘stira olish uchun zamin yaratadi.
Shuni hisobga olgan holda ushbu maqolada Zaytun o‘simligining botanikasi va fiziologiyasi haqida adabiyotlarda berilgan ma’lumotlar asosida tahlillar keltirib o‘tilgan.
Ekish vaqti har qanday qishloq xo'jaligi ishlarining odatiy qismidir. Tuproq namligi muammosi bo'lgan suv bilan ta'minlangan hududlarda alohida ahamiyatga ega. Qish oylarida bu hududlarda odatda yangi ekilgan daraxtlardagi suv miqdorini etarli darajada ushlab turish uchun etarli miqdorda yog'ingarchilik mavjud. Biroq, yozda va kuzning boshida yog'ingarchilik juda kam bo'ladi. Bu yosh daraxtlarga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ushbu tadqiqotda, odatda ekish sodir bo'ladigan bahorda ekilganlarga nisbatan qishda ekilgan olma daraxtlarining ildiz o'sishi va yuqori qismlaridagi o'zgarishlarni aniqlash uchun o'lchovlar olib borildi. Buning uchun Marubakaido (Ma) (Malus prunifolia 'Ringo') va M.9 ildizpoyalariga payvand qilingan bir yoshli "Miyabi Fuji" yanvardan maygacha tekshirildi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, mart oyidan (o'rtacha ildiz uzunligi mart oyiga qadar ikki sm dan kam) maygacha (o'rtacha ildiz uzunligi 10 sm dan uzun) ikkala ildiz uchun ildiz o'sishi keskin o'zgargan. Bundan tashqari, magistral namlik vaqt o'tishi bilan ortdi (yanvarda 51,8% va M.9da may oyida 56,1%). Yosh olma daraxtlarida ildiz o'sishi sodir bo'lgan bo'lsa-da, ildiz suvining so'rilishi ildiz o'sishidan oldin yoki bir vaqtning o'zida boshlanganmi, noma'lum. Qishki yog'ingarchilik natijasida hosil bo'lgan tuproq namligi tufayli ildiz o'sishi yaxshi rivojlangan. Tadqiqotda foydalanilgan daraxtlarda qoniqarli ildiz o'sishi va daraxt namligining o'zgarishini aniqladik, bu bizga qishki bo'lmagan oylarda suv resurslari cheklangan joylarda qishki ekishni tavsiya qilishimizga olib keldi.
Maqolada qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanishni tashkil etishning zamonaviy muammolari keltirilgan. Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish amaliyotining kamchiliklari va qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqarish tizimining funksiyalari tarkibi aniqlandi. Qishloq xo‘jaligidan foydalanishning asosiy muammolarini zaif agrar siyosati, yerni boshqarish tizimining yo‘qligi, yerni boshqarishning ayrim funksiyalarining rivojlanmaganligi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy ba’zasining zaifligi, agrobiznesning jiddiy xavflari deb atashadi. Yerdan foydalanishni tashkil etish muammolarini hal qilish bo‘yicha takliflar asoslanadi qishloq xo‘jaligi maqsadlari: qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqarishning samarali tizimini tiklash; yerni boshqarishning asosiy funksiyasi sifatida yerni boshqarishni loyihalash amaliyotini tiklash imkoniyatini ta’minlash; yerlarning holatini samarali monitoring qilish va yer fondidagi sifat o‘zgarishlarini baholash tizimini yaratish; qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini moliyaviy qo‘llab quvvatlash, belgilangan yer massivlaridan oqilona foydalanish; qishloq xo‘jaligining investitsion jozibadorligini oshirish.
Бугунги кунда мавзули карта ва планларни яратиш, уларни қайта ишлаш, маълумотлар базаларини шакллантириш, интегрaциялаш ҳамда визуаллаштириш каби ишлар ГАТ технологиясининг асосий мақсадли вазифаларидан бири деб қабул қилинди. Электрон демографик карталарини тузишда маълумотларини тўплаш, уларга мувофиқ маълумотлар базасини шакллантириш ишлари ArcGis, MapInfo, Panorama, GeoDraw, GeoGraph, Atlas Gis, Win Gis, ArcInfo ва бошқа дастурлар асосида олиб борилмоқда. Ушбу мақолада электрон карталарини тузишда маълумотлар тўплаш ва унда замонавий методлардан фойдаланиш, фазовий маълумотларни ГАТларда интегрatsiялаш ҳамда ижтимоий-иқтисодий карталарни тузиш ишлари юзасидан фикр-мулоҳазалар келтирилган.
Hozirda yerlarni monitoring qilish kartalarini tuzish yer bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sohalarda hususan, qishloq xo‘jaligida juda katta ahamiyatga egadir. Yerlarni monitoring qilish kartalarini kartografik komponent qoidalari asosida tuzish lozim.
There are several programs of geographic information systems, which are enriched with new improved versions from year to year. Even with the connection to the internet through these programs, the possibilities of carrying out many cartographic works are increasing. For example, it is important to create interactive dynamic maps on different topics. At present, the process of obtaining an intensive - interactive map for moving and changing objects in the spheres of population and population service is character. Maps of the population are necessary for ensuring and satisfying the practice of the national economy, culture and social development. According to the content of the maps of the population, the settlement of the population and its location are divided into maps, demographic, ethnographic anthropological and socioeconomic maps. In this article, opinions on the role of modem GIS technologies in the formation of attributive data and obtaining results and geolocation work on the database are given in the compilation of demographic maps based on the data of the last years.
Мақолада статистик, ҳисоб-китоб, илмий мушоҳада таҳлил ва ҳулосалаш усулларини қўллаган ҳолда мамлакатнинг суғориладиган қишлоқ хўжалиги ерларидан фойдаланиш самарадорлигини тубдан оширишда, турли сабаблар билан қишлоқ хўжалиги айланмасидан чиқиб кетган ерларни қайтаришда катта иқтисодий имконятларга эга бўлган кластерларнинг ўрни ва рўли назарий жиҳатдан кўрсатиб берилган; республика раҳбарияти ва ҳуқуқий томонидан турли йўналишлардаги агрокластерларни ташкил этиш ва ривожлантиришга доир қабул қилинган норматив ҳужжатларга асосланган ҳолда бундай тузилмаларни жойларда мувофақиятли фаолият юритаётганлиги аниқ манбаларга таянган ҳолда эътироф этилмайди; жойларда фаолият юритаётган пахта-тўқимачилик кластерлари ўзларининг иқтисодий ва молиявий имконятларидан фойдаланганлари ҳолда қишлоқ хўжалиги айланмасидан чиқиб кетган экин ерларини қайтариш бўйича кейинги йилларда амалга оширилаётган тадбирларининг бераётган аниқ самаралари ёритилган; бундай тизимни мамлакатда янада ривожлантириш бўйича ҳозирга қадар сақланиб қолаётган муаммолар ҳамда уларнибартараф этиш зарурлиги аниқ манбалар негизида кўрсатиб берилган.
Ушбу мақолада фойдаланилмаётган ўрмон хўжалиги ерларини қайта фойдаланишга киритиш заруррати ҳақида ёритилган. Тошкент вилояти мисолида фойдаланилмаётган ўрмон фонди ерлари таҳлил қилинган.
Ushbu maqolada yer resurslarini boshqarish bilan bog‘liq ko‘plab muammolar to’grisida fikr yuritilgan. Yer resurslarini boshqarish nafaqat tadbirkorlar, investorlar, klasterlar, dehqon va fermer xo‘jaliklarining yerlardan samarali foydalanishiga, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarish raqobatdoshligini va eksport salohiyatini oshirish kabi eng muhim ustuvor masalalarni yechish kabi bir qator muommolar batafsil yoritilgan.
Ўзбекистонда тегишли институционал асослар ва етарли даражада ишлайдиган тартибга солиш тизимига эга кўчмас мулк бозорини яратиш мамлакатдаги ишбилармонлик муҳити ва иқтисодиётдаги инвестиция фаоллигига бевосита таъсир кўрсатадиган энг муҳим вазифалардан биридир.
Yer yuzasida o'zgarishlarni aniqlashning aniqligi
inson va tabiat hodisalari o'rtasidagi munosabatlar va o'zaro ta'sirlarni tizimlari (GIS) erdan foydalanish va er qoplamining o'zgarishi haqida aniq ma'lumot berish imkoniyatiga ega. Ushbu maqolada biz erdan foydalanish va er qoplamining o'zgarishini aniqlash uchun qo'llaniladigan asosiy usullarni o'rganamiz. O'n bitta o'zgarishlarni aniqlash texnikasi ko'rib chiqiladi. Tegishli adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, eng ko'p qo'llaniladigan usullar tasniflashdan keyingi taqqoslash va asosiy komponentlar tahlilidir. Tasniflashdan keyingi taqqoslash ikki sana o'rtasidagi atmosfera va sensor farqlarining ta'sirini minimallashtirishi mumkin. Tasvirni farqlash va tasvirni nisbatlashni amalga oshirish oson, lekin ba'zida ular aniq natijalarni bermaydi. Gibrid o'zgarishlarni aniqlash ko'plab texnikaning afzalliklaridan to'liq foydalanadigan foydali texnikadir, lekin u murakkab va boshqa usullarning xususiyatlariga bog'liq, masalan, nazorat ostida va nazoratsiz tasniflash. O'zgarishlar vektor tahlilini amalga oshirish qiyin, ammo u o'zgarish yo'nalishi va hajmini ta'minlash uchun foydalidir. So'nggi paytlarda o'zgarishlarni aniqlashda sun'iy neyron tarmoqlar, chi kvadrat, qarorlar daraxti va tasvir sintezi tez-tez ishlatib kelinmoqda. Masofaviy zondlash ma'lumotlari va GISni o'zgarishlarni aniqlashga integratsiyalash bo'yicha tadqiqotlar ham ko'paydi. lekin u o'zgarishlarning yo'nalishi va hajmini ta'minlash uchun foydalidir. So'nggi paytlarda o'zgarishlarni aniqlashda sun'iy neyron tarmoqlar, qarorlar daraxti va tasvir sintezi tez-tez ishlatib kelinmoqda. Masofaviy zondlash ma'lumotlari va GISni o'zgarishlarni aniqlashga integratsiyalash bo'yicha tadqiqotlar ham ko'paydi.