Oʻzbek tilshunosligining qiyosiy-tarixiy bosqichlari

CC BY f
316-317
257
144
Поделиться
Турсунов, А. (2022). Oʻzbek tilshunosligining qiyosiy-tarixiy bosqichlari. Переводоведение: проблемы, решения и перспективы, (1), 316–317. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/translation_studies/article/view/6107
Акмаль Турсунов, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

Oʻzbek va chet  tillar kafedrasi dotsent v/b

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, qiyosiy tilshunoslik, komparativistika – tilshunoslikning qarindosh tillarni, yaʼni genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq tillarni oʻrganuvchi, ular oʻrtasidagi munosabatlarni aniqlovchi hamda ularning zamon va makon boʻyicha tadrijiy taraqqiyotini tavsiflovchi sohasidir. Til oilalarining, shu tizimlardagi ayrim tillar va elementlarning kelib chiqishini aniqlash, jumladan, tillar oʻrtasidagi genetik qarindoshlikni – ularning yagona bir manbadan kelib chiqqanligini aniqlash ham Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning maqsadlari doirasiga kiradi.


background image

315

O

ʻZBEK TILSHUNOSLIGINING QIYOSIY-TARIXIY

BOSQICHLARI

Tursunov Akmal Raxmatullayevich

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti O

ʻzbek va chet

tillar kafedrasi dotsent v/b


Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, qiyosiy tilshunoslik, komparativistika

– tilshunoslikning

qarindosh tillarni, yaʼni genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq tillarni oʻrganuvchi, ular oʻrtasidagi
munosabatlarni aniqlovchi hamda ularning zamon va makon boʻyicha tadrijiy
taraqqiyotini tavsiflovchi sohasidir. Til oilalarining, shu tizimlardagi ayrim tillar va
elementlarning kelib chiqishini aniqlash, jumladan, tillar oʻrtasidagi genetik qarindoshlikni
– ularning yagona bir manbadan kelib chiqqanligini aniqlash ham Qiyosiy-tarixiy
tilshunoslikning maqsadlari doirasiga kiradi.

Qiyosiy-

tarixiy tilshunoslikda qoʻllanuvchi qiyosiy-tarixiy metodning asosiy

tadqiqot usullari quyidagilardan tashki

l topgan: 1) tashqi (qiyosiy) tor maʼnodagi

qiyosiy tarixiy metod)

– qarindosh tillardagi genetik jihatdan teng, oʻxshash soʻz va

morfemalarni qidirib topish va qarindosh tillardagi natijalarini aniqlash;avlod tillarning
aniq morfemalarini tiklash qoidalar

ini tuzish; taqqoslanayotgan tillar oʻrtasidagi

mosliklar tizimini (fonetika, morfologiya, sintaksis, leksika, frazeologiyada) aniqlash
va shu asosda tillarning qarindoshligini belgilashdan iborat:2) ayrim olingan bir til
tizimida ushbu til tarixining anch

ailk bosqichlarida baʼzi bir elementlarning mavjud

boʻlganligi haqida aniq guvohlik beruvchi hodisalar va oʻzaro munosabatlarni
aniqlash; ayrim bir tildagi eng qadimiy shakllar bilan eng yangi shakllarni oʻzaro
taqqoslash; 3) oʻzlashma soʻzlar tahlilidan maʼlumotlar chiqarib olish; 4) toponimika
materiallaridan maʼlumotlar chiqarib olish va boshqalar Amalga oshirilgan til
tizimining barcha tomonlarini: fonologiya, morfonologiya, morfologiya, leksika,
qisman sintaksisni qamrab oladi.

O‘zbek tilshunosining qiyosiy-tarixiy tilshunoslik tarixini qayta tiklashda asosiy

tadqiqot vositasi sifatida qiyosiy tarixiy metoddan foydalanadi; tadqiqotning eng
umumiy shakli

– qiyosiy-tarixiy grammatikalar va etimologik lugʻatlar tuzishdan iborat.

Qiyosiy-tarixiy tilshunosli

k tavsifiy yoki sinxronik tilshunoslik, meʼyoriy va umumiy

tilshunoslikka qarshi turib, ularni inkor etadi; shu bilan birga, u bir qancha
masalalarda tavsifiy tilshunoslik bilan ham, umumiy tilshunoslik bilan ham oʻzaro
aloqada, bogʻliqliqda boʻladi.

Tillarni tarixiy taraqqiyotsiz qiyoslash, tarixiy qiyoslashdan farqli ravishda,

qarindosh va noqarindosh tillarni chogʻishtirish deb ataladi.

Dastlab yevropaning antik davrida (yunon va lotin tillarini chogʻishtirish),

qadimiy Hindistonda XI-XII-asrlar Sharq ti

lshunosligida (M.Koshgʻariy va

M.Zamaxshariy lugʻatlarida qarindosh va noqarindosh tillar lugʻaviy birliklarning
chogʻishtirilishi) mavjud boʻlgan. Chogʻishtirma tilshunoslik XVII-XVIII-asrlarda
Yevropadagi va dunyoning boshqa mintaqalaridagi turli-tuman qarindosh tillar
boʻyicha tadqiqot materiallarining toʻplana borishi bilan yanada rivojlanadi va Qiyosiy-
tarixiy tilshunoslikning paydo boʻlishiga zamin hozirlaydi.


background image

316

Qiyosiy-

tarixiy tilshunoslikning, eng avvalo, uning magʻzi boʻlmish qiyosiy-

tarixiy grammati

kaning paydo boʻlishini odatda XVII-asr oxirida yevropalik

tilshunoslarning sanskrit bilan tanishuvlariga bogʻliq deb hisoblaydilar. Qiyosiy-tarixiy
tilshunoslikka asos soluvchi asarlar XIX-asrning I-choragida maydonga keldi. Nemis
tilshunosi F. Boppning

“Sanskrit tilining tuslanish tizimi haqida va uni yunon, lotin,

fors va german tillaridagi tuslanish tizimiga qiyoslash

” “Sanskrit, zand (avesto),

arman, yunonlotin, litva, eski slavyan, got va nemis tillarining qiyosiy grammatikasi

asarlari hamda daniyalik olim R.K. Raskning

“Qad. shimol tili sohasidagi tadqiqot yoki

island tilining kelib chiqishi

” asari qiyosiy tilshunoslik sohasidagi dastlabki jiddiy

tadqiqotlardir.

Qiyosiy-

tarixiy

tilshunoslikka

maʼlum

hissa

qoʻshib,

tilshunoslik

metodologiyasiga tarixiylik tushunchasini kiritadi. Rus tilshunosi A.X. Vostokov
oʻzining “Slavyan tili haqida mulohazalar” nomli asari Dobrovskiy esa “Qadimgi
slavyan tili grammatikasi

” asarlari bilan Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning tarmogʻini

asoslab, uni rivojlantirdilar.

Hind yevropa tillari qarindoshligini oʻrganish va german tillarini tadqiq qilishdan

tashqari XIX-asrning II-yarmidan boshlab slavyanshunoslik, boltiqshunoslik,
romanshunoslik

(romanistika),

eronshunoslik,

keltshunoslik,

hindshunoslik,

somshunoslik (semitologiya) ham Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning keng rivojlangan
sohalari hisoblanadi.

Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik XIX-asrning oxiri XX-asr boshlarida, asosan,

Germaniya, AvstroVengriya va Skandinaviya mamlakatlarida rivojlangan boʻlsa,
keyingi paytlarda bu

tilshunoslik Rossiya AQSH, Gʻarbiy Yevropa, Finlyandiya,

Shvetsiya, Vengriya, Yaponiya, Hindiston va boshqa mamlakatlarda ham taraqqiy
etila boshladi. Turkiyzabon davlatlarda ham Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikka qiziqish
kuchayib bormoqda, qarindosh va noqar

indosh tillarni oʻzaro qiyosiy oʻrganishga,

lugʻaviy, morfologik birliklarning tarixiy shakllarini aniqlashga eʼtibor berilmoqda.
Xususan,

Oʻzbekistonda

oʻzbekqoraqalpoq,

oʻzbekturkman,

oʻzbekqozoq,

oʻzbektojik, oʻzbekrus tillarini, Qozogʻistonda qozoqoʻzbek, qozoqmoʻgʻul tillarini
qiyosiy oʻrganish boʻyicha muayyan izlanishlar olib borilgan.

Tillarning o

ʻzaro munosabatini oʻrnatish lugʻat, grammatika va fonetika

ma’lumotlarining yigʻindisiga asoslanadi. Tillarning qarindoshligi ularning tizimli
moddiy o

ʻxshashligida namoyon boʻladi, ya’ni bu tillarda morfema va soʻzlarning

koʻrsatkichlari tuzilgan materialning oʻxshashligida, aniqrogʻi, muntazam tovush
moslashuvlari bilan bogʻliq holda oʻrganiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Sossyur F. de. Umumi

y tilshunoslik kursi / Tilshunoslik bo‘yicha ishlar. M.,

1987-yil.

2. Giyom G. Teretik tilshunoslik tamoyillari. M., 1992-yil.
3. Asr oxiridagi lingvistik tadqiqotlar. M., 2000 yil
4. Qoduxov V.I. Tilshunoslikka kirish.

– M.: Ma’rifat, 1987. – B. 291.

5. Reformatskiy A.A. Tilshunoslikka kirish.

– M.: Aspect-press, 2007. –

B. 536.

Библиографические ссылки

Sossyur F. de. Umumiy tilshunoslik kursi / Tilshunoslik bo'yicha ishlar. M 1987-yil.

Giyom G. Teretik tilshunoslik tamoyillari. M., 1992-yil.

Asr oxiridagi lingvistik tadqiqotlar. M., 2000 yil

Qoduxov V.L Tilshunoslikka kirish. - M.: Ma’rifat, 1987. - B. 291.

Reformatskiy A.A. Tilshunoslikka kirish. - M.: Aspect-press, 2007.B. 536.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов