Logistik terminlarning leksik xususiyatlari

CC BY f
404-406
93
110
Поделиться
Хасанова, А. (2022). Logistik terminlarning leksik xususiyatlari. Переводоведение: проблемы, решения и перспективы, (1), 404–406. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/translation_studies/article/view/6164
Акида Хасанова, O‘zbekiston Davlat Jahon Tillar Universiteti

 magistranti

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Logistik terminlarning leksik xususiyatlari deganda ularning ya’ni terminlarning asl ma’nolarini tushuniladi. Shunday ekan, keltirilgan terminlar quyidagicha ma’nolarga ega:PU – pick up – yukni olish manzili Del – delivery – yukni yetkizish manzili Ingliz tilida ham o‘zbek tilida ham logistika sohasiga oid so‘zlar barchasi bir xil terminlardan foydalanib ish olib boriladi. O‘zbek logistikasidagi so‘zlar ingliz logistikasi bn bir xilligining asosiy sababi, ingliz logistik terminlarning ommalashib ketganligi desak bo‘ladi.


background image

403

LOGISTIK TERMINLARNING LEKSIK XUSUSIYATLARI

Xasanova Aqida Raximjon qizi

O‘zbekiston Davlat Jahon Tillar Universiteti magistranti


Logistik terminlarning leksik xususiyatlari deganda ularning ya’ni terminlarning

asl ma’nolarini tushuniladi. Shunday ekan, keltirilgan terminlar quyidagicha
ma’nolarga ega:

PU

– pick up – yukni olish manzili

Del

– delivery – yukni yetkizish manzili

Ingli

z tilida ham o‘zbek tilida ham logistika sohasiga oid so‘zlar barchasi bir xil

terminlardan foydalanib ish olib boriladi. O‘zbek logistikasidagi so‘zlar ingliz
logistikasi bn bir xilligining asosiy sababi, ingliz logistik terminlarning ommalashib
ketganlig

i desak bo‘ladi.

O‘zbek tili ilmiy terminologiyasida terminlaming uch turi farqlanadi:
1) tarixiy-

an’anaviy terminlar. Ushbu turga taalluqli leksemalar juda qadimdan

termin vazifasida qo‘llanib keladi va o‘zbek terminologiyasining o‘zagini tashkil qiladi.
Masalan, to ‘siq, yulduz, soliq, kirim, pul, oldi-sotti, so ‘roq, tomir (tib. arteriya), oqsillar
(tib. belok, belki), isitma (tib. lixoradka) singari ko‘pgina terminlar shular sirasidandir;

2)

terminologik tizimning boyishiga bois bo‘lgan nisbatan yangi termin-

o‘zlashmalar: skaner, sayt, karate, Internet auksion, tomografiya, spektr, respirator,
psixolingvistika, pragmatika, lingvokulturologiya, semema, parodontoz, bakteriya,
videotelefon, katapulta, radiolokator, tatami, pley-off, gravatizatsiya, spagetizatsiya,
transgender, freym, geshtalt, konsept, disskurs, lemmatizatsiya va sh.k.;

3)

o‘zbek tili so‘z yasovchi qoliplari negizida hosil qilingan terminlarni ikki

guruhga taqsimlash mumkin: a) ona tili materiallari negizida paydo bolgan tenminlar:
bog‘lovchi, to‘ldiruvchi, kesim, tenglik, qayta saylov, to‘lov, boshqaruv, bo‘g‘ilish (tib.
as

fiksiya), titrash (tib.trepetaniya), boshqarma, yasama ('til. derivat), qo‘nish, qurilma,

ko‘chish (til. transpozitsiya), suzg‘ich, yutgich (harbj, ikkilamchi bozor; qo‘shimcha
qiymat solig‘i, terma jamoa va sh.k.; b) o‘zlashmalar ishtirokida yuzaga kelgan
terminlar: raketaeltgich (raketanosets), avtomobilsozlik (avtomobilostroyeniye),
raketasozlik (raketostroyeniye), eshelonlashtirish (eshelonirovaniye), shturmchi
(shturmovik), shifrlash (s h i f

г о v a n i у e ), kompyuterlashtirish (kompyuterizatsiya),

kateterlash (kateterizatsiya), bombaqidirgich (bomboiskatel), dzyudochi (dzyudoist),
signalchi (signalist; signalshik), minalashtirish(minirovaniye), dislokatsiyalash
(dislokatsiya) va sh.k.

Logistika sohasiga oid terminlarni termin

– o‘zlashmalar guruhiga kiritish

mumkin bo‘ladi.

Bir nechta logistik terminlarni ko‘rib chiqamiz.
– PU, pick up
– DEL, delivery
– RC, rate confirmation
– BOL, Bill of Lading
– POD, proof of delivery.


background image

404

Boshqa tillarda kuzatilgani kabi o ‘zbek tili terminologik leksikasi asl o‘zbekcha

(turkcha), o‘zlashma (sug‘dcha, xitoycha, arabcha, forscha – tojikcha, m o‘g‘ulcha,
ruscha-baynalmilal), sodda, oddiy, barcha tomonidan kunda ishlatiladigan va
azaldan qo‘llanishda bo‘lgan umumadabiy til so‘z yasash modellari hamda termin
yasas

h qoliplari asosida shakllangan. Shuni alohida urg‘ulash kerakki, o ‘zbek tilining

hozirgi soha terminologiyasi sistemasida nisbatan ancha keyin yuzaga chiqqan
terminlar safida qadimgi turkiy til, eski turkiy til va eski o‘zbek adabiy tilida qayd
etilgan leksik birliklarning mavjudligi muhim ahamiyatga molikdir. Ijtimoiy-iqtisodiy va
sotsial-siyosiy jabhalarga doir hodisa va tushunchalami ifodalovchi ijtimoiy-siyosiy va
sotsial-

iqtisodiy terminologiya xalq kundalik hayotida sodir bo‘luvchi turfa voqea va

ho

disalar bilan yaqindan bog‘langan. Davlatning siyosiy-ma’muriy qurilishi, tashqi

siyosiy faoliyati, ijtimoiy tuzilishi va sinfiy tabaqalanishi, jamiyat a’zolariaro savdo-
moliyaviy munosabatlar bilan mustahkam aloqaga ega ijtimoiy-siyosiy va sotsial-
iqtisodiy terminologiya tizimidagi leksik-semantik guruhlarga kiruvchi termin hamda
termin-

birikmalar o‘zbek tili lug‘at tarkibini to‘ldirigan va boyitgan.

Terminologiyaga kiritilgan umumadabiy leksik birliklarning ma’lum qismi o‘z

ma’nosini saqlab qolgan holda ishlatiladi: ildiz, suv, shamol, dengiz, daiyo, oy,
quyosh, bug‘doy, tol, uzum, shimoljanub, yet: ayg‘ir, baliq va sh.k. Bu o‘ta keng
qamrovli leksika qatlami bo‘lib, mavzu jihatdan jamiyat, inson, tabiat, ekologiya,
hayvonot (fauna) va o‘simlik dunyosi (flora) bilan mustahkam aloqada bo‘lgan. Qayd
etilgan so‘zlar keng umumadabiy hamda o‘z navbatida, tor, maxsus sohaga
taalluqlidir. Mazkur so‘zlarning ifodalanuvchisi va ifodalovchisi turli sohalarda mos
tushadi, ammo ular ma’no obyekti, axborot ko‘lami, mazmun-ma’no turi bilan
farqlanadi. Umumadabiy leksikaning boshqa bo‘lagi yuz bergan ma’noviy o‘zgarish
oqibatida terminlar safiga o‘tadi. Qoidaga ko‘ra, umumadabiy tildan terminologik
tizimga olingan so‘zlar muayyan ilmiy tushunchani ifodalash uchun xoslanadi, ilmiy
termin maqomiga ega bo‘ladi. Masalan, o‘zbek tili texnik terminologiyasi tizimida
detallar, mexanizmlar, mashina qismlari hamda turli buyum-asboblarni anglatish
uchun xoslangan k

о‘z, oyoq, qadam, barmoq, qo ‘Itiq, to‘siq, qobirg‘a, og‘iz, tirnoq,

quloq, pichoq, quti, taroq, qozon, qoshiq, panja, musht, tuynuk, til, tish singari so‘zlar
talay miqdorni tashkil qiladi. Ilmiy matnlarda bu so‘zlar o‘zlarining birlamchi
(denotativ) m a’nosini yo‘qotib, yakka ma’noli ilmiy terminga aylanadi. Ushbu maxsus
tushunchalarni atash usuli an’anaviy, obyektiv hamda juda sermahsul hisoblanadi.
Yangi terminlarni hosil qilish hisobiga mavjud ehtiyojlarni qondirish mushkul kechgan
hollarda majburiy chora sifatida til lug‘at fondidagi so‘zlarga murojaat etiladi. Mazkur
guruhga tegishli so‘z-ot va termin-otlar har xil denotatlarini ifodalashi bilan o‘zaro farq
qiladi. Ba’zi bir leksik birliklar misolida maxsus ma’noning shakllanish jarayonini
kuzatish mumkin.

Umumilmiy leksika tarzida kuch fizika, texnika, harbiy ish, iqtisodiyot,

huquqshunoslik sohalarida “qudrat”, “kuchlar, qo‘shinlar”, “quvvat, qonuniy huquqqa
egalik” kabi ma’nolarni ifodalashga xizmat qilmoqda – iroda kuchi; Yerning tortish
kuchi; ish//ishchi kuchi; mamlakatning harbiy kuchlari; yangi qonun kuchga kirdi va
sh.k. Umumadabiy leksik birlikning terminlashuv jarayoni natijasida omonimlashish
sodir bo‘ladi, ya’ni yangi ifodalanmish uchun ilgaridan ma’Lum bo‘lgan qobiqdan
foydalaniladi. Mana shunday usulda, masalan, burun, qo‘l, barmoq kabi terminlar
shakllang

an.Terminologik

lug‘atlarning

salmoqli

ulushini

tashkil

qiluvchi

transterminlar o ‘z ifodasini shuningdek, izohli, ensiklopedik hamda tarjima (umumiy


background image

405

va xususiy) lug‘atlarda ham topadi. Terminologik leksika va umumadabiy leksika o
‘rtasidagi munosabat ikki yoqlama kechadi. Terminlarning umumadabiy leksika
doirasiga o ‘tishi ham ikki belgiga ega: a) bir qism terminlar umumiy kundalik hayotga
o ‘zlarining denotativ m a’nosida kiradi – kompyuter, internet, kosmos, kosmik kema,
kosmik apparat, SMS, bayonnoma, mavze, viloyat, tuman, fermer, birja, deputat,
fakultet, audit, depozit, biznes, megabayt, investor va sh.k.; b) boshqa guruh
terminlar tub ma’noviy o‘zgarishlar bilan o‘zlashtiriladi. Masalan, botanikada
qollanuvchi bo‘tako‘z (“vasilek priplyusnutiy, vasilek siniy”) termini umumadabiy tilda
ham “ulkan chiroyli ko‘zlar” ko‘chma m a’noni, ham katta chiroyli ko‘zli erkak yoki ayol
kishini anglatadi.4

Logistia sohasida uchraydigan copy yoki noted kabe terminga aylanb ulgurgan

so‘zlar esa o‘z ma’nolarini yo‘qotgan holda tushunarli deb tushuniladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. https://www.gramota.net/articles/issn_1997-2911_2020_5_40.pdf.
2. Verbitskaya M.V. Logistikada atamalarni tarjima qilish xususiyatlari. M.,

2004.

– S. 2-7.

Библиографические ссылки

https://www.gramota.net/articles/issn_1997-2911_2020_5_40.pdf.

Verbitskaya M.V. Logistikada atamalarni tarjima qilish xususiyatlari. M., 2004. - S. 2-7.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов