422
XITOY TILI TA’LIMIDA TANDEM TARJIMA METODIDAN
FOYDALANISH
Shasaidova Lola Shamaksudovna
O‘zDJTU, PhD
Tilni kommunikativ yondashuv asosida o‘rgatish davrida, tarjima ta’limning
ajralmas qismi sifatida e‘tirof etiladi. Shuning uchun pedagogik amaliyotda
tarjimanining turli samarali usullaridan foydalanishni taqozo etmoqda. Bu usullardan
biri, o‘rganilayotgan tilning til sohiblari bilan bevosita muloqotda o‘rganishni nazarda
tutuvchi tandem tarjima metodidir.
Tandem atamasi ingliz tilidan olingan bo‘lib, birin-ketin joylashtirish, ya’ni bir hil
mashinalar yoki ularning qismlarini birin-ketin, bir chiziq
bo‘ylab joylashtirish
ma’nolarini anglatadi. Chet tilini o‘qitishda Tandem metodi – turli tillarda so‘zlashuvchi
ikki kishining juftlik bilan ishlash orqali tilni o‘rganishiga qaratilgan. Masalan, xitoy tilini
o‘zbek tilida so‘zlashuvchi o‘zbek tilini o‘rganayotgan xitoylik bilan tandemda ya’ni
hamkorlikda o‘rganishi tushuniladi.
Tandem usuli 20-asrning 60-yillarida Germaniyada nemis-fransuz talabalari
hamkorligidagi ta’lim asosida shakllangan. Tandem ta’lim atamasi esa 1971-yilda
Yevropada paydo bo‘lib, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi til markazlarida keng qo‘llanila
boshladi. Keyinchalik, Yevropa universitetlarida birinchi tandem kurslari paydo bo‘ldi.
1992
–1994-yillarda Internetda xalqaro tandem tarmog‘ini yaratish bo‘yicha ishlar
boshlandi.
Ayni paytda t
urli universitetlarda ko‘plab tandem markazlari, shuningdek,
Internet saytlari mavjud bo‘lib, chet tillarini o‘rganishda tandem juftliklarini yaratish
uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Buning uchun talabalar Tandem Internet
ilovasidan ro‘yxatdan o‘tishlari, bu jarayonda o‘z qiziqishlari, sevimli mashg‘ulotlari,
tilni o‘rganish maqsadlari va ideal tandem hamkori haqida yozishlari kerak.
Foydalanuvchilar bir-birlari bilan matnli va ovozli xabarlar orqali muloqot qilishlari,
audio va video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishlari mumkin. Ilova foydalanuvchilarning
shahsiy manfaatlari kafolatlangan bo‘lib, hamjamiyatda tijorat takliflari, mahsulotlar,
xizmatlar yoki ijtimoiy tarmoqlarni reklama qilish taqiqlanadi. Bugungi kunga kelib,
Tandem til almashishi uchun xizmat qiladigan eng yirik hamjamiyatga aylandi.
Ma’lumki lisoniy va madaniyatlararo muloqot kompetentsiyasi e-tandemga
o‘xshash, ammo kamroq chegaralangan onlayn chat vositasida muloqot qilish orqali
ham rivojlanadi. Tabiiyki, ifoda shakllarini ekvivalentini lisoniy va madaniyatlararo
qiyoslash, ko‘pincha yuqoridagi faoliyat natijasida yuzaga keladi va bu o‘z navbatida
tarjima qobiliyatini rivojlantirishda juda mos keladi. Biroq, asosi ikki tomonlama
tarjima faoliyatidan iborat “Tandem tarjima” yoki “Tandem ta’lim”ga asosiy e‘tibor
qaratilgan tadqiqotlar barmoq bilan sanarli.
Tandem tarjima bo‘yicha Avstraliya tajribasini kuzatadigan bo‘lsak, Avstraliya
mintaqaviy universiteti xitoy mutaxassisligi dual ta’lim (DE) ya’ni kampus va
masofaviy ta’lim yo‘nalishi 3/4-kurs talabalari uchun ishlab chiqilgan. O‘quv rejasi 3ta
parallel olib boriluvchi qismdan iborat bo‘lib, birinchidan, xitoy va ingliz tillari
tarjimasidagi muammolar, tarjima qilish texnikasi bo‘yicha haftalik darslarni o‘qish,
423
muhokama qilish va
jumlalar darajasidagi mashqlarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchidan, bir
abzas yoki undan kattaroq bo‘lgan hajmdagi autentik matnlarni tarjima qilish
mashqlarini, individual va onlayn tandem tarjima topshiriqlarini qamrab oladi. Har bir
tarjimaga refleksif sharhlar talab qilinadi. Uchinchidan, tarjima manbalari tekshiriladi
va baholanadi. U onlayn ta’limni boshqarish tizimi (LMS) orqali talabalarga taqdim
etilgan
. Bunda talabalar xitoy tilida so‘zlashuvchi L1 guruh va xitoy tili o‘rganuvchi L2
guruhga bo‘linib, juftlikda onlayn amaliyot olib boradilar. Har bir juftlik bitta mavzuli
matnlar to‘plamini tanlaydi. Har bir toʻplam har bir tilda bittadan, 275 belgili ikkita
matndan iborat. Mavzu doirasidagi matnlarni asosan jurnalistika veb-saytlaridan
olinadi. Tarjima jarayonida juftliklar LMSda taqdim etilgan maxsus onlayn makonda
sinxron suhbat rejimi va asinxron muhokama rejimdan foydalanishlari kerak. Bu 2
rejimda ham hamkorlikdagi faoliyat natijasini yozuv shaklida qoldirish mumkin. Har
bir talaba o‘z tarjimasini veb sahifa bo‘limga joylashtiradi va individual sharh qoldirishi
kerak bo‘ladi.
Tandem tarjimasini baholashda vazifalarni bajarish ta’lim maqsadini amalga
oshirishga qaratilishi, ya’ni natijaga emas, ko‘proq jarayonga e‘tibor qaratilishi
inobatga olinadi.
Bunda quyidagi vazifalarni bajarilishi talab qilinadi: qo‘shma
tarjimalar taqdim etish; har bir juftlikda muhokama va hamkorlikda suhbat yoki
munozaralarni aks ettiruvchi forum maydonlarida sharhlar taqdim etish va h.k.
Har bir sharh to‘rtta mezon bo‘yicha baholanadi: tarjima talablarga muvofiqligi;
munozarada qatnashganligi va hamkorlik isboti; kommunikativ va madaniyatlararo
muloqot natijalari; tarjima jarayoni va tushunchalarga havolalar. Bunda qo‘shma
tarjimalar baholanmaydi, lekin boshqa bosqichlarda individual yozma tarjimalar
topshirishlari kerak bo‘ladi.