O‘zbek va ingliz tillarida yuklamalarning qiyosiy tadqiqi

CC BY f
371-373
75
53
Поделиться
Хайдаров, Б. (2022). O‘zbek va ingliz tillarida yuklamalarning qiyosiy tadqiqi. Переводоведение: проблемы, решения и перспективы, (1), 371–373. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/translation_studies/article/view/6148
Бекзод Хайдаров, Qo'qon Davlat Pedagogika Instituti

 magistranti

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Hozirgi o‘zbek tilidagi barcha so‘zlar leksik-semantik, morfologik va sintaktik tamoyiliga tayangan holda so‘z turkumlariga ajratilgan. So‘zlarning leksik-semantik, morfologik va sintaktik tamoyiliga ko‘ra guruhlarga ajratilishiga so‘z turkumlari deyiladi


background image

370

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA YUKLAMALARNING

QIYOSIY TADQIQI

Xaydarov Bekzod Shaxobidinovich,

Qo‘qon DPI magistranti


Hozirgi o‘zbek tilidagi barcha so‘zlar leksik-semantik, morfologik va sintaktik

tamoyiliga tayangan holda so‘z turkumlariga ajratilgan. So‘zlarning leksik-semantik,
morfologik va sintaktik tamoyiliga ko‘ra guruhlarga ajratilishiga so‘z turkumlari
deyiladi. Shunga ko‘ra so‘zlar quyidagi 2 guruhga bo‘linadi:

1.

Mustaqil so‘zlar:

Ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish. Mustaqil holda leksik

ma’no ifoda eta oladigan, biror morfologik shaklda kelib, gap bo‘lagi vazifasini
bajaradigan so‘zlarga mustaqil so‘zlar deyiladi.

2.

Mustaqil bo‘lmagan so‘zlar:

y

ordamchi so‘zlar,

m

odal so‘zlar, undov va

taqlid so‘zlar

Yordamchi so‘zlar

: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklamalar. Ular leksik ma’no ifoda

etmaydi va gap bo‘lagi vazifasini bajarmaydi. So‘z va gaplar orasidagi munosabatni
belgilaydigan yoki ularga qo‘shimcha ma’no qo‘shadigan so‘zlarga yordamchi so‘zlar
deyiladi.

Modal so‘zlar

. So‘zlovchining aytilayotgan fikrga bo‘lgan turli munosabatni

bildiradigan so‘zlar deyiladi. Modal so‘zlar yuklamalar singari modal ma’no ifodalash
uchun xizmat qiladi, lekin yuklamadan farqli ravishda gapda gap bo‘lagi, butun bir
gap tarzida kela oladi. Modal so‘zlar biror so‘zning atamasi emas.

Undov va taqlid so‘zlar.

Undov so‘zlar so‘zlovchining his-hayajonini, buyruq-

xitobini bildirsa, taqlid so‘zlar turli tovush, shu’la-harakat, holat kabilarga tovush orqali
taqlidni bildiradi. Undov va

taqlid so‘zlar gap bo‘lagi sifatida ham qo‘llaniladi. Lekin,

mustaqil so‘zlar kabi biror hodisaning atamasi, nomi bo‘la olmaydi. Shuning uchun
undov va taqlid so‘zlar ham alohida guruhni tashkil etadi.

Yordamchi so‘zlarga ko‘makchilar, bog‘lovchilar va yuklamalar kiradi.

Yordamchi s

o‘zlarning funktsional belgisi “bog‘lash”dir. Shu belgi asosida ko‘makchi,

bog‘lovchi, yuklamalar so‘z va gaplarni bir-biriga bog‘lash uchun xizmat qiladi.

So‘z yoki gapga qo‘shimcha qism sifatida qo‘shilib keluvchi va ularga

qo‘shimcha ma’no yuklashga yordam beruvchi birliklar “yuklamalar” deb ataladi.

O‘zbek tilida yuklamalar grammatik ma’no anglatib, leksik ma’no

anglatmasada, oltita ma’noviy guruhga bo‘linadi. Yuklamalar ayrim so‘zlarga (ya’ni,
gap bo‘laklariga) yoki gapga qo‘shilganda anglatadigan ma’nolariga, ko‘rinishi va
yozilishiga qarab bir-

biridan farqlanuvchi oltita ma’no turidan iborat. Ularni so‘z va

qo‘shimcha ko‘rinishida bo‘lishi, so‘zga qo‘shilib, ba’zilari so‘zdan chiziqcha
yordamida ajratib yozilishi 1-jadvalda keltirilgan.

Ingliz tilida yuklamalar quyidagi guruhlar

ga bo‘linadi:

1. Ayiruv-chegaralov yuklamalari (Limiting particles);
2. Kuchaytiruvchi yuklamalar (Intensifying particles);
3. Inkor yuklamasi (Negative particle);
4.

Fikrni to‘ldirishga chorlovchi yuklama (Аdditive particle);

5. Ingliz tilida biriktiruvchi yoki umumlashtiruvchi (Connecting particles).


background image

371

Bu yuklamalar turi 2-jadvalda keltirilgan.
Ayiruv-chegaralov yuklamalari (

Limiting particles) faqat va yolg‘iz, shunchaki

ma’nolarida qo‘llanib, gapdagi ma’lum so‘zni ajratib, chegaralab ko‘rsatishga xizmat
qiladi.

Masalan: “Jane

only

wants to visit her sister”.

1-jadval

O‘zbek tilidagi yuklamalar

№ Ma’no turlari

Mazmun

mohiyati

va vazifasi

Ko‘rinishiga ko‘ra turlari

Yozilishiga ko‘ra turlari

So‘z

yuklamalar

Qo‘shimcha

yuklamalar

So‘zga

qo‘shib

yoziladigan

yuklamalar

So‘zdan

so‘ng (-)

qo‘yib

yoziladigan

Yuklamalar

1.

So‘roq-taajjub

yuklamalari

-

-

mi,-chi,-a,-

ya

-

mi

-

chi,-a,

-ya

2.

Kuchaytiruv-

ta’kid

yuklamalari

axir, hatto,

hattoki,

nahot,

nahotki,

ham,

g‘irt

-u, -yu,

-ku, -da, -oq,

-yoq

-oq, -yoq

-u, -yu,

-ku, -da

3.

Aniqlov

yuklamasi

naq, xuddi,

qoq

-ki, -kim

-ki, -kim

-

4.

Ayiruv-

chegaralov

yuklamasi

Faqat

(yolg‘

iz

)

-gina

(-kina,

qina)

-gina

(-kina,

qina)

-

5.

Imkor

yuklamasi

na-na,

hech, sira

-

-

-

6.

Gumon

yuklamasi

-

-dir

-dir

-


(Tarjimasi: “Jeyn

faqat

singlisini ziyorat qilishni xohlaydi”).

Kuchaytiruvchi yuklamalar (Intensifying particles) hatto, hattoki, nahotki, axir,

ham ma’nolarida qo‘llaniladi. Masalan: “Jane has

just

to buy flowers”. (Tarjimasi:

“Jeyn

axir

gul sotib olishi kerak”).

Fikrni to‘ldirishga chorlovchi yuklama fikrni to‘ldirish uchun yana nima qo‘shish

mumkinligini so‘rash uchun qo‘llaniladi. Shuning uchun u qatnashgan gaplardan
so‘ng ko‘pincha so‘roq belgisi (?) qo‘yiladi. Masalan: How

else

did you speak to?.

(Tarjimasi: “ Siz y

ana

qanday gaplashdingiz?” ).

Inkor yuklamasi hech, sira, yo‘q ma’nolarida qo‘llaniladi. Masalan: “There was

not a single car available for rent”. (Tarjimasi: “Ijaraga olinadigan birorta ham
mashina

yo‘q

edi

”).


background image

372

2-jadval

Type of Particle

Particle

Limiting particles

Only

just

but

alone

merely

solely

barely, etc.

Intensifying particles

Simply

just

only

yet

quite
even

still

exactly

right

precisely

Additive particle

Else

Negative particles

No

not

never

Connecting particles

Too, also

as well, either


Biriktiruvchi yoki umumlashtiruvchi yuklamalar o‘zbek tilida yo‘q. O‘zbek tilida

bunday yuklama turi na...na shaklida uchraydi. Masalan: “Neither he nor I liked the
game”. (Tarjimasi: “O‘yin na unga, na menga yoqdi”).

O‘zbek tilida yuklamalar ko‘rinishiga ko‘ra ham so‘z, ham qo‘shimcha

ko‘rinishida mavjud bo‘lsa, ingliz tilida ular faqat so‘z ko‘rinishida uchraydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Turniyozov N., Rahimov

A. O‘zbek tili. Ma’ruzalar matni. Samarqand, 2006.

2. Hajiyev I. The Status of Particles in Modern English. International Journal of

Computers. Issue 4, Volume 3, 2008.

Библиографические ссылки

Turniyozov N., Rahimov A. 0‘zbek tili. Ma’ruzalar matni. Samarqand, 2006.

Hajiyev I. The Status of Particles in Modern English. International Journal of Computers. Issue 4, Volume 3, 2008.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов