She’riy tarjimada shakl va ohang masalalari

CC BY f
374-376
79
27
Поделиться
Султонова, Д. (2022). She’riy tarjimada shakl va ohang masalalari. Переводоведение: проблемы, решения и перспективы, (1), 374–376. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/translation_studies/article/view/6149
Дилдора Султонова, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiм

 magistratura bo‘limi Qiyosiy tilshunoslik va lingvistik tarjimashunoslik yo‘nalishi 2-kurs talabasi.

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Tarjima odatda oddiy so‘zlar yig‘indisi sifatida ko‘rinishi mumkin. Biroq, uning zamirida kitobxon uchun, bir qarashda kishi anglashi qiyin bo‘lgan murakkab jarayon yotadi. Qolaversa, tarjima jarayonining o‘ziga xos jihatlari borki, bu tarjimondan ko‘proq mahorat va ma’suliyatni talab etadi.


background image

373

SHE’RIY TARJIMADA SHAKL VA OHANG MASALALARI

Sultonova Dildora Halim qizi

O‘zDJTU magistratura bo‘limi Qiyosiy tilshunoslik va lingvistik tarjimashunoslik

yo‘nalishi 2-kurs talabasi

.


Tarjima odatda oddiy so‘zlar yig‘indisi sifatida ko‘rinishi mumkin. Biroq, uning

zamirida kitobxon uchun, bir qarashda kishi anglashi qiyin bo‘lgan murakkab jarayon
yotadi. Qolaversa, tarjima jarayo

nining o‘ziga xos jihatlari borki, bu tarjimondan

ko‘proq mahorat va ma’suliyatni talab etadi. Uni yanada izlanishga, qayta va qayta
tahlil qilib, so‘zning nozik jihatlarini olib chiqishga majbur qiladigan leksik, grammatik
hamda stilistik bo‘yoqdorlik kabi bir qator muammolar ustida bosh qotirishga undaydi.
Buning sababi biror-bir tildan ixtiyoriy olingan bir matnni boshqa bir tilga tarjima
qilishda til bilish ko‘nikmalarining o‘zigina kifoya qilib qolmaydi. Badiiyat ilmida
tarjimon tarjima masalalarini to

‘laqonli anglabgina qolmasdan, birmuncha ijodkorlik

qobiliyatiga ham ega bo‘lmog‘i lozim. Badiiy asarni tarjima qilishda iste`dod, ilhom
kabi mavhum unsurlarning roli beqiyosdir. Shu bois, tarjimaning boshqa turlari
(sinxron, ilmiy-texnikaviy, siyosiy-publisistik, axbarot-analatik materiallar tarjimasi)
bilan shug‘ullanuvchi tarjimonlar tarjimaning eng murakkab hamda o‘ta nozik turi
hisoblanmish badiiy tarjimaga har doim ham qo‘l urishga botina olmaydilar. Ilmiy
matnlar tarjimasida kitobxonga muayyan xabarning asosiy mazmunini yetkazib
berish tarjimaning maqsadini tashkil etsa, badiiy tarjimada va ayniqsa uning yuragi
bo‘lmish she’riy tarjimada asar muallifining ichki kechinmalari hamda ruhiyatini asl
holicha saqlab qolish uning asosiy maqsadi hisoblanadi.

M

a’lumki, tarjima ham muayyan darajada tarjimonning ijod mahsuli

hisoblanadi. Yetuk tarjimon Erkin Vohidov aytganidek: “Ilhomsiz yaratilgan har
qanday asar, sevgisiz olingan bo‘saga o‘xshaydi”. Haqiqatdan ham muhabbatsiz
olingan o‘pich qanchalar sovuq va yoqimsiz bo‘lsa, ilhomsiz yaratilgan asar ham
shunchalik jozibasizdir. She’riy tarjimada tarjima qilinayotgan matn mazmuni
saqlanibgina qolmasdan, uning ohangdorligiga ham katta ahamiyat qaratilishi lozim
bo‘ladi. Bu holat esa o‘z o‘rnida tarjimondan ulkan mahorat hamda shoirlikdan bir
muncha xabardor bo‘lishlikni talab etadi. Negaki, ba’zi so‘z yoki so‘z birikmalarini asl
holicha tarjima qilishning imkoni bo‘lmaydi. Bunda she’r misralardagi o‘zaro
qofiyadorlikni saqlab qolish mushkul bo‘lib qoladi. Yoki aksincha, qofiya saqlanib
qolinganda undagi ruhiyatni tarjima tiliga to‘laqonli ko‘chirib o‘tish masalasi tug‘iladi.
She’riy tarjimaning asl murakkabligi ham shundadir.

Quyida bir ijod namunasining tahliliga o‘tamiz.
Bolalik hech chegara bilmas,
Samokat yeladi oyoq ostida.
Nay navosi yangrashdan tinmas,
Kumush sharlar uchish qasdida.
Tark etmaydi seni umrbod,
Sho‘ng‘isang-da zaminu ko‘kka.
Uni qo‘msab eslaysan bot-bot,


background image

374

Kirsa hamki yoshing elikka.
Hatto so‘nggi manzilga tomon,
Mungli xonish qilib boradi.
Kaleydaskop va temir nayning,
Ohanglari bag‘ring yoradi.
Inglizcha tarjimasi:
The Childhood is now fully fledging,
The mini scooter is taking us away
An iron pipe’s tune is so touching
A foil ball is tinting silvery grey
From all of these, you can’t escape
You may fall deep, or fly so high
It is the childhood, what I can say?
It’s everlasting, I say thereby.
And even there, where coffin lies
Through years of sad and bitter life
Kaleidoscope sings the tune of glass
There is still tune of the iron pipe
Tarjimada ko‘rinib turibdiki, bunda aynan so‘zma-so‘z tarjima emas, balki,

o‘zaro ohangdorlik saqlangan holda, tarjimaning adekvat usulidan foydalanilgan ya’ni
misralar ma’nosi chiqarib berilgan. Qofiyadorlik asliyatda (a,b,a,b barcha bandda)
tarjimada ham xuddi shu ( a,b,a,b) shaklda qolgan.

Dastlabki misralar tarjimasida antonomik usuldan foydalanilgan ya’ni,
“Bolalik hech chegara bilmas” misrasi “The Childhood is now fully fledging-

bolalik to‘liq shakllangan” kabi tarjima qilingan.

2-

misrada adekvat usuli qo‘llanilgan va ma’no to‘liq saqlanib qolingan:

“Samokat yeladi oyoq ostida” ingliz tilida “The mini scooter is taking us away-
Miniskuter bizni olib ketmoqda ” deb berilgan.

3-

misra “Nay navosi yangrashdan tinmas” “An iron pipe’s tune is so touching”

deb tarjima qilinib, ingliz tilida metonimik usulda o‘zgartirilgan va ma’no saqlanib
qolingan.

4-

misra “Kumush sharlar uchish qasdida” “A foil ball is tinting silvery grey”

tarzda berilgan bo‘lib, grammatik transformatsiyaning omission- tushirib qoldirish turi
qo‘llanilgan ya’ni “uchish qasdida” iborasi tushirilib, o‘rniga “tinting silvery grey-
kumush rangga kiradi ” so‘z birikmasi ishlatilgan.

She`rning qolgan bandlarida ham shu kabi tarjima usullari qo‘llanilgan

(adekvat,

antonomik, metonomik, tushirib qoldirish, qo‘shish va so‘zma-so‘z tarjima).

Tahlillardan ko‘rinib turibdiki, haqiqatdan ham she`riy tarjima o‘ta murakkab

jarayon hisoblanadi. Tarjimani san’at darajasiga ko‘tarish uchun avvalo adabiyotni,
she’riyatni ixlos, muhabbat, fidoyilik bilan bilish va sevish kerak. She’riy tarjimada esa
faqatgina til bilish ko‘nikmalariga tayanibgina qolmasdan balki, ilhom, qolaversa,
tug‘ma iste’dod bo‘lishi ham muhim unsur ekanligini chuqur anglab yetmog‘imiz
zarur.


background image

375

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Odilova

G. “She’riy tarjima ko‘ngil ishi”. T: O‘zbekiston adabiyoti va san’ati.

2013. 8-soni.

2.

Sariyev Sh. Adabiyot fanidan yaxlit o‘quv- didaktik majmua. T: Sharq. – 2015

– B. 447.

3.

G‘afurov I, Mo‘minov O, Qambarov N. Tarjima nazariyasi. T: Tafakkur

bo‘stoni. 2012. 217-b.

4.

Zayniyev B. «Dildan to‘kilgan durlar ». T: Navro‘z 2018.92 b.

5. Xolbekova Begoyim tarjimalari.

Библиографические ссылки

Odilova G. “She’riy tarjima ko'ngil ishi”. T: O'zbekiston adabiyoti va san’ati. 2013. 8-soni.

Sariyev Sh. Adabiyot fanidan yaxlit o'quv- didaktik majmua. T: Sharq. - 2015 - B. 447.

G'afurov I, Mo'minov O, Qambarov N. Tarjima nazariyasi. T: Tafakkur bo'stoni. 2012. 217-b.

Zayniyev B. «Dildan to'kilgan durlar ». T: Navro'z 2018.92 b.

Xolbekova Begoyim tarjimalari.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов