384
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI NUTQ LEKSIK
BIRLIKLARINING SEMANTIK VA FUNKSIONAL
XUSUSIYATLARINI QIYOSIY TAHLIL QILISH
Madiyorova Madinabonu Azimboy qizi
O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti magistranti
Semantik xususiyat ko‘pincha til birliklarining onomasiologik va semantik
birlashmasidir. Semantik xususiyat, odatda, nutqning turli qismlaridan so‘zlarni
birlashtiradi. Bu uning birinchi alomatidir. Biroq ushbu toifadagi so‘zlarning umumiy
xususiyatga ega
bo‘lishi kerak, bu ajralmas sema deb nomlanadi. Bu semantik
xususiyatning birinchi ajralmas birlikda ko‘rib chiqilgan ikkinchi xususiyatidir. Shunga
asoslanib, ta’kidlash mumkinki, semantik xususiyat tilning tarkibiy kichik tizimi sifatida
mavjud va uning
birliklari qo‘shimcha qiymatlari kompleksi va bir maydonning
boshqasiga nisbatan o‘rnini belgilaydigan qiymatlar tufayli mavjuddir. Har qanday
tilning lug‘ati tarkiban bir butun bo‘lib, unda har bir so‘z o‘zining semantik tuzilishi va
boshqa so‘zlar bilan aloqasi tufayli muayyan o‘rinni egallaydi.
Leksik-
semantik ko‘rsatkich sifatida sinonimiya ham namoyon bo‘ladi, u
semalar takrorlanishi (semantik reduplikatsiya) hisobiga gradatsiyani hosil qiladi:
“Take whatever you need”, I yelled. Don’t you always? I thought, my old anger and
ecstasy rising up as unavoidably as a knee jerking when the doctor’s hammer hits.
(Jennifer Weiner, Best friends forever); Bundan boshqa, uning Anvarga uchrashmay
namoyishkor chiqib ketishi, qandaydir yana bir ma’noni anglatgandek ham bo‘lar edi.
Ra’noning yuzidagi qayg‘u belgilari yo‘qolib, uning o‘rnini g‘azab va jazava alomatlari
oldi (Abdulla Qodiriy, Mehrobdan chayon). Keltirilgan misolda ikki yadroviy semaning
takrorlanishini kuzatish mumkin: “belgining katta darajasi” semantik xususiyat va
“g‘azablanganlik” semasining birgalikda ular “quturish” va “jazava” sinonimik otlar
semantikasida namoyon bo‘ladi (“g‘azablanishning eng yuqori darajasi”). So‘zlarning
funksional xususiyatlari qatorlarga tizilishi ma’lum bir belgi (asos, oppozitsiya belgisi)
zaminida sodir bo‘ladi. Masalan, “ko‘kimtir” belgisi asosida “ko‘kish – moviy”. Shuning
uchun o‘xshash belgilar asosida hosil qilingan bir yoki bir necha so‘z turkumiga
mansub semantik qatorlarni ajratish mumkin.
Ingliz tilidagi nutq le
ksik birliklarni o‘rganishimiz jarayonida ular asosan
aniqlovchi yoki kesim vazifasida qo‘llanishiga, o‘zbek tilida esa gapda sifatlovchi
aniqlovchi sifatida namoyon bo‘lishiga guvoh bo‘ldik. Oddiy darajadagi sifat
komponentlaridan takib topgan frazemalarn
i tahlil qiladigan bo‘lsak, misol ucun “big
mouth” – og‘zida gap turmaydigan, gullab qo‘yadigan va maqtanchoq ma’nolarida
qo‘llanilsa, o‘zbek tilidagi “katta og‘izog‘zi katta” – iborasi soxta kibr havoli,
maqtanishni yaxshi ko‘radigan kishilarga nisbatan qo‘llaniladi.
“An old chestnut” iborasi ilk bora XIX asrda Angliya va Amerikada mashxur
bo‘lgan, Uilyam Daymond qalamiga mansub “Broken Sword” asaridagi ikki qahramon
o‘rtasidagi suhbatda tilga olingan bo‘lib, hozirda yeski, ko‘p marotaba aytilgan va
zerika
rli bo‘lib qolgan hazil va hikoyalarga nisbatan ishlatiladi. O‘zbek tilida uning
muqobili sifatida “siyqa gap, siyqasi chiqqan hazil” – ko‘p qo‘llangan, ishlatilaverib
ko‘ngilga urgan, me’daga tekkan (gap, so‘z, ibora va sh.k) iborasi o‘zbek xalqining
og‘zaki va yozma nutqida qo‘llanilishini qiyidagi misolda ko‘rishimiz mumkin.
“Podshohni amri vojib, – dedi alloma, siyqa eski gapni ishlatishga majbur bo‘lib”.
385
“Thick skin” – “Terisi qalin” uncha- muncha gap kor qilmaydigan, beti qattiq. I don’t
worry about what he says- I have a very thick skin. Menga uning nima deganlari qiziq
yemas-
mening terim juda qalin. “Thin skin” – “Terisi yupqa” uncha-muncha gapni
ko‘tara olmaydigan. If you have thin skin, you’ll never survive in politics. Agar sen
shunaqa tering yuqa
bo‘lsa siyosat olamida tirik qola olmaysan. “A blind alley” –
“Boshi berk ko‘cha” iborasi yo‘lini, ilojisini toppish qiyin bo‘lgan mushkul ahvol;
noaniq, tumanli, oxiri ko‘rinmagan, foydasiz ish ma’nolarini anglatadi. Sooner or later
they will have to realize that this is a blind alley and that they need to rethink their
own strategies. Ertami kechmi ular boshi berk ko‘chada ekanligini anglashi va o‘z
strategiyalarini qayta ko‘rib chiqishlari kerak.
Ingliz va o‘zbek tilidagi leksik semantik xususiyatlarni tahlil qilarkanmiz, o‘zbek
tilidagi muqobillarining hammasida leksik va funksional xususiyatlar ishtirok etgan.
“Blood is thicker than water” birligida thicker so‘zi qiyosiy darajada ishlatilgan bo‘lib
so‘zma-so‘z “qon suvdan quyuqroq” deb tarjima qilinadi. Ingliz millatiga mansub
kishilar oilaviy rishtalar boshqa munosabatlardan ustunligini ko‘rsatuvchi mazkur
birlikning o‘zbek tilidagi ekvivalenti sifatida “et bilan tirnoq”, “etni tirnoqdan ajratib
bo‘lmas” birligi o‘z nutqimizda ko‘p bora uchraydi. Morfologik jihatdan turli so‘z
turkumlaridan tuzilgan bo‘lsada, semantic jihatdan bir ma`noni ifodalaydi.
Qondoshlik, jigarchilik, bir ota-
onaning farzandlari o‘rtasidagi mehr-muhabbat
rishtalari o‘zbek millatida qanchalik qadrlansa, ingliz madaniyashunosligida ham
o‘ziga xos o‘rni borligini ushbu birlik misolida anglashimiz mumkin.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ingliz va o‘zbek tilidagi leksik semantik va funksional
xususiyatlar tilning barcha asosiy qatlamlari va matnda ifodalanadi.Har ikki tildagi belgi-
holat
anglatuvchi leksemalar darajalanishidagi o‘xshash va farqli jihatlarni tahlil qilish
uchun o‘zbek va ingliz tillaridagi ko‘k rangining semantik qatorlarini qiyoslaymiz: O‘zbek
tilida: havorang → moviy → ko‘kish → ko‘k → to‘q ko‘k-feruza. Ingliz tilida: arctic →
skyt/teal/cerulean/sapphire → cobatl → azure/admiral → blue/navy. Ko‘rinib turibdiki,
semantik qatorda o‘zbek tilida beshta a’zo, ingliz tilida ham beshta a’zo bo‘lsa-da, bir-
biriga juda yaqin, ammo predmetlarga nisbatan qo‘llanilishidagina farqlanuvchi ko‘k
rangning variantlari ko‘proq. Ya’ni birinchi a’zo ikkita so‘z orqali, ikkinchi a’zo to‘rtta so‘z
orqali, beshinchi a’zo ikkita so‘z orqali ifodalanmoqda. Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki,
ingliz tilidagi ko‘k rangning faqatgina lug‘atlarda berilgan sinonimlari, ma’nodoshlari
(tezaurus) orqali hosil qilingan semantik qatorlar o‘zbek tilidagi ko‘k rangning semantik
qatoridan yuqorida tahlil qilingan jihatlari bilan farq qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. Abduazizov A. (2010). Tilshunoslik nazariyasiga kirish. Toshkent: Sharq.
2. Bazarov
O. (1997). Oʻzbek tilida darajalanish. Fil. fan. dok. dis. avtoref.
(16-b.). Toshkent.
3. Boldyrev N.N. (2001). Kognitivnaya semantika (65 s.) Tambov.
4. Djumabayeva J.Sh. (2007). Turli tizimli tillarda leksik va stilistik
graduonomiya. Monografiya (126 b.). Toshkent.
5. Gak V.G. (1971). Semanticheskaya struktura slova.
Mоskva: Nauka.
6. Hojiyev
A. (1966). Oʻzbek tilidagi koʻmakchi fe’llar (188 b.). Toshkent.
7. Kibrik A.A. (1994). Kognitivniye issledovaniya po diskursu. Voprosy
yazykoznaniya, 5.
8. Kolshanskiy G.V. (1965). Logika i struktura yazyka (ss. 51-62). Moskva: Nauka.