Turizm sohasiga oid terminlarni tarjima qilishning nazariy muammolari

CC BY f
464-466
84
81
Поделиться
Абдуллаева, Ф. (2022). Turizm sohasiga oid terminlarni tarjima qilishning nazariy muammolari. Переводоведение: проблемы, решения и перспективы, (1), 464–466. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/translation_studies/article/view/6199
Феруза Абдуллаева, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

 Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlim boshligʻi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Dunyoda turizm yoʻnalishida roʻy berayotgan jarayonlarning globallashuvi va integratsiyasi mamlakatimizning turizm sohasini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarishga turtki boʻldi


background image

463

TURIZM SOHASIGA OID TERMINLARNI TARJIMA QILISHNING

NAZARIY MUAMMOLARI

Abdullayeva Feruza Suyunovna

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy innovatsion ishlanmalarni

tijoratlashtirish boʻlim boshligʻi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori.


Dunyoda turizm yoʻnalishida roʻy berayotgan jarayonlarning globallashuvi va

integratsiyasi mamlakatimizning turizm sohasini sifat jihatdan yangi bosqichga
koʻtarishga turtki boʻldi.

O

‘zbekiston turizim sohasida ulkan salohiyatgan ega

bo`lgan davlat qatorida turadi. Bugungi kunda mamlakatimiz

betakror tabiati,

go`zal dam olish zonalari imkonlaridan foydalanib, yangi turistik

yo

‘nalishlari

ziyorat turizimi, ekologik, ma’rifiy, etnogarafik, gastranomik turizm va bu

sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga va kadrlar masalasiga alohida
e’tibor qaratishimiz zarur. Turizim sohasi – milliy iqtisodiyotga yuqori daromad
keltirayotgan eng istiqbolli tarmoqlardan biri hisoblanadi.

“Mamlakatimizning

chet davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlash va xorijda
respublikamizning iqtisodiy imkoniyatlarini keng targ`ib qilish orqali uning xalqaro
nufuzini yanada oshirish, investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirish, turizm sohasini
yanada rivojlantirish iqtisodiy sohadagi

ustuvor vazifalarimizdan biri hisoblanadi”. Bu

oʻz navbatida, turizm sohasining taraqqiy etishi, mazkur sohada faol qoʻllaniladigan
turizm sohasiga oid terminlar tizimini ilmiy ham amaliy jihatdan yanada atroflicha
tadqiq qilish zaruratini yuzaga chiqardi. Bugungi kunda mamlakatimizda turizm
sohasiga oid terminologiya rivojlanish bosqichida

boʻlib, bu jarayonda xalqaro

muloqotning butun dunyoda tan olingan vositasi sanalgan ingliz tili turizm
terminologiyasi muhim rol oʻynamoqda. Turizm sanoatining taraqqiyoti tarjima va
madaniyatlararo muloqot bilan uzviy bogʻliq. Turizmning oʻziga хos хususiyati – bir
qator sanoat yoʻnalishlariningning birlashishi: mehmonхona sanoati, restoran
biznesi, kredit va moliya tashkilotlari hamda koʻngilochar sohalar shular
jumlasidandir.

“Turizm nafaqat hududlarni oʻrganish balki, uning yaralish va oʻzgarish

jarayonini aks ettiruvchi madaniy tizimdir

”. Turizm sektori – jahon iqtisodiyotining

uchinchi eng foydali sektori hisoblanadi.

Bugungi kunda turistik terminologiya tizimi turizm sohasiga oid tizimlar

lingvistikasi yoʻnalishini vujudga keltiradi. Mazkur tushunchalarning barcha sohalarga
kirib kelishi terminologiya oldiga insoniyat ehtiyojlari uchun izohli va tarjima lugʻatlarini
yaratishni taqozo qiladi. Bunday lugʻatlarda tarjima orqali soʻz yasalishi va qiyosiy
tarjima orqali turizm sohasiga oid terminologik bir

liklarinig turli tizimli tillardagi oʻziga

xos lingvistik xususiyatlari aks ettiriladi.

Terminlarning yildan yilga oʻzgarishi va

yangi terminlarning paydo boʻlishi

fan,

ta’lim, ishlab chiqarish va innovatsiya

sohalarining

taraqqiyoti bilan uzviy bogʻliqdir. Tabiiy holda sohalarning

taraqqiyoti

turli

soha

mutaxasislarining

shu

soha yutuqlaridan keng foydalanishi sababli terminlarga boʻlgan e‘tibor
ortmoqda

va yangi terminlar paydo boʻlmoqda. Boshqa xorijiy tillardagi turli

sohalarga doir terminlarimavjud boʻlgan ilmiy matnlarni oʻzbek tiliga tarjima


background image

464

qilish jarayonida yoki aksincha

boʻlganda turli xil muommolar paydo boʻladi.

Bugungi kunda ilk muommolardan bi

ri qaysi tildan tarjima qilnayotgan boʻlsa

shu

matndagi terminning ma‘nosiga mos terminni boshqa tildan tarjima

qilishda topib boʻlmay qoladi. Bu katta qiyinchilik tugʻdiradi. Bundan avval
kichik bir masalaga toʻxtalib oʻtish mumkin, oʻzbek tiliga boshqa tillardan
(ingliz tili) ilmiy ishlarda uchraydigan

terminlarni tarjima qilish uchun oʻzbek

tilida yaratilgan sohaviy terminlarga oid qoʻllanmalar mavjud emas, boʻlsa ham
toʻliq emas, bu esa tarjimon va til oʻrganuvchilari uchun terminlarni tarjima
qilishda

katta muommolarga sabab boʻladi. Fikrimizcha, yuqoridagi masalalar

orqali bu uchinchi muommo paydo boʻlmoqda, bu muommo shuki, boshqa
tildan tarjima qilinayotgan termin

ona tilimizda shu

soʻzga mosi topilmagandan

soʻng boshqa xorijiy soʻzni oʻz holicha (kalka) qabul qilinmoqda va oʻsha soʻzni
tarjimasini ona

tilda koʻradigan boʻlsak notoʻgʻri ma‘no bermoqda. Bugungi

kunda sohaga terminlarni tarjim qilishdagi muhim muammo deb hisoblash
mumkin.

Soʻzlarning bir tildan boshqa tilga kirishi va singishi, shunchaki oddiy

jarayon emas, balki murakkab lingvistik va ijtimoiy-

tarixiy sharoitlar bilan bogʻliq

qonuniyatdir. Tildan tilga soʻz oʻzlashishi uchun avvalo, real sharoit lozim. Bunday
sharoit tillarning oʻzaro hamkorligi, ya’ni tillar orasidagi aloqalardir. Turizm sohasiga
oid terminlar yoki matnlarni oʻzbek tilida ifodalashda quyidagi tarjima usullaridan
foydalanilgan:

– kalkalash: toʻliq kalka va yarim kalka;
– ekvivalent tarjima;
– transliteratsiya;
– izohli tarjima.
Kalkalash oʻziga xos murakkab jarayon boʻlib, unda asosan 3 ta hodisa

kuzatiladi:

A) oʻzga til ishtiroki;
B) oʻz element ishtiroki;
D) oʻzga til elementi ishtiroki.
Birinchi hodisaning mohiyati kalkalanuvchi materialning oʻz til emas, oʻzga

tilniki ekanligidir. Ikkinchi hodisa oʻzga materialning oʻz qatlami imkoniyati asosida
kalkalashdir. Uchinchi hodisa oʻzga materialning oʻzga til soʻzlari bilan berilishidir
[8. B. 94

–95].

Kalkalash usulida turizm sohasiga oid terminlarning tarjimasi

Toʻliq kalkalash

Yarim kalkalash

oʻzlashma

terminning

ma’nosigina saqlanib qoladi, inglizcha
tovush jihati butunlay yoʻqoladi

terminlar tarkibi oʻzlashma va oʻz

materialdan iborat boʻladi

Housekeeper

(англ.)

-

заведующий

гостиничным

хозяйством;

programme of excursions (англ.)

-

экскурсионная программа


Transliteratsiya yoʻli bilan tarjima qilish – tarjima jarayonida terminning

semantikasi, strukturasi va shakli ham oʻzlashtiriladi. Masalan:camping – kemping,
гаtel – ротел.


background image

465

Ingliz tilida

“area” soʻzi quydagi ma’nolarga ega:1) a part of а country, town; 2)

a part of a house office, garden; 3) a particular subject, range of activities

– и в

сочетании “catchment area” выступает в новом значении “an area from which the
majority of users of an attraction, facility or service are drawn

”: If your airport is a

destination for VFR, include data on the numbers of people, catchment area, where
they are coming from or going to.

Ekvivalentli tarjimada tarjimaning muvofiq yoki mos ma’nolarini oʻgiriladi.

Masalan:cancellation fee

,

affinity group.

Turizm sohasiga oid tizimni mos kelmasligi natijasida muqobilsiz terminlar,

ya’ni muqobilsiz termin birligiga oʻzga davlat turizm sohasiga oid diskursida mavjud
boʻlmagan realiyalarni kiritish mumkin. Izohli tarjima asliyatdagi biror soʻz yoki soʻz
birikmaning tarjima qilinayotgan til leksikasida varianti yoki ekvivalenti mavjud
boʻlmagan holatda, tarjima jarayonida uning izohi, ya’ni ushbu birlik ifoda etayotgan
tushunchaning tasviri qoʻllanilganda foydalaniladi. Тurizm terminologiyasini turli
tillarga tarjima qilish masalalariga qiziqish turizm sohasiga oid terminlarining doimiy
ravishda takomillashib borishiga xizmat qilmoqda.

Terminlarning yildan yilga

oʻzgarishi va yangi terminlarning paydo boʻlishi

fan,

ta’lim, ishlab chiqarish va

innovatsiya sohalarining

taraqqiyoti bilan uzviy bogʻliqdir.

Turizm sohasiga oid

terminlarini tarjima qilish muammolarini oʻrganishning dolzarbligi, asosan, хalqaro
aloqalarning rivojlanishi, mahalliy va хorijiy kompaniyalar oʻrtasidagi hamkorlikni
kengaytirish, shuningdek, ushbu sohada professional kadrlarni tayyorlash bilan
bogʻliq.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1. Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O

‘zbekiston davlatini birgalikda

barpo etamiz.

– Toshkent: O`zbekiston, 2017. – B. 7.

2.

Исакова Е.М. Дискурс туризма и его составляющие // Иностранные

языки: лингвистические и методические аспекты. 2016. – № 36. – С. 278–284.

3. Kadirbekova

D.X. Ingliz va o‘zbek tillarida axborot texnologiyalari

terminologiyasining lingvistik xususiyatlari. Monografiya.

– Toshkent: fan va

texnologiya,

–2016. – Б. 128.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik 0‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O'zbekiston, 2017. - B. 7.

Исакова E.M. Дискурс туризма и его составляющие // Иностранные языки: лингвистические и методические аспекты. 2016. - № 36. - С. 278-284.

Kadirbekova D.X. Ingliz va o'zbek tillarida axborot texnologiyalari terminologiyasining lingvistik xususiyatlari. Monografiya. - Toshkent: fan va texnologiya, -2016. - Б. 128.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов