Globalizatsiya sharoitida milliy tillar rivojlanishining ayrim muammolari

CC BY f
318-320
50
37
Поделиться
Колдашев, А. (2022). Globalizatsiya sharoitida milliy tillar rivojlanishining ayrim muammolari. Переводоведение: проблемы, решения и перспективы, (1), 318–320. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/translation_studies/article/view/6109
Акрамжон Колдашев, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Filologiya fanlari nomzodi Ingliz tilini o‘qitish metodikasi 1-kafedrasi professori 

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Globalizatsiya jarayonlari har tomonni qamrab oladigan xarakterga ega bo‘lgani uchun uni turli xil ilmlar o‘rganaveradi. Shunisi ham e’tiborga loyiqqi, bu ilmlarning har qaysisi muammoning o‘ziga tegishli qismini o‘rganish bilan cheklanmay, shu ilmga tegishli tushunchalar tizimidan ham foydalanadi. Shuning uchun ham hozirga qadar “globallashtirish” tushunchasining hamma tomondan e’tirof qilingan yagona ta’rifi ishlab chiqarilgani yo‘q [5. P. 116].


background image

317

GLOBALIZATSIYA SHAROITIDA MILLIY TILLAR

RIVOJLANISHINING AYRIM MUAMMOLARI

Qo‘ldashev Akramjon Maxmudovich

Filologiya fanlari nomzodi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tilini

o‘qitish metodikasi 1-kafedrasi professori


Globalizatsiya jarayonlari har tomonni qamrab oladigan xarakterga ega

bo‘lgani uchun uni turli xil ilmlar o‘rganaveradi. Shunisi ham e’tiborga loyiqqi, bu
ilmlarning har qaysisi muammo

ning o‘ziga tegishli qismini o‘rganish bilan

cheklanmay, shu ilmga tegishli tushunchalar tizimidan ham foydalanadi. Shuning
uchun ham hozirga qadar “globallashtirish” tushunchasining hamma tomondan e’tirof
qilingan yagona ta’rifi ishlab chiqarilgani yo‘q [5. P. 116].

Ayrim hollarda tillarning o‘lishini shu tilda so‘zlashuvchilar ham tezlashtiradi. Bu

hodisa “lingvistik o‘z joniga qasd qilish” deyiladi. Oxirgi 10 yillikda Pokistonning o‘zida
Baluj, Gujarat, Domaaki, Kalasha, Pxamura kabi tillarning o‘lib ketishi kuzatildi [4. P. 8].
Til bobidagi globallashuv ham, yuzaki qarashda ko‘ringanidek, unchalik ham beozor
hodisa emas. Ingliz tilining gegemonligi bugunning o‘zidayoq Yevropada bir xil tarzda
qabul qilinayotgani yo‘q. Mutaxassislar BMTning rasmiy tillari sifatida qabul qilingan
fransuz, nemis va boshqa tillarning tarqalish zonalari torayib borayotganini xavotirlik
bilan ta’kidlamoqdalar. Globallashuv jarayonining rivojlanib borishi, ayniqsa kichik
tillarning tiklanishiga, tub aholining asosiy ommasining ehtiyojlariga muvofiq
o‘tkaziladigan ta’lim va madaniyat sohasidagi islohotlarga g‘oyatda salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Hozir jahonda Valliy, Bask, Katalan, Shotland, Gayel tilida so‘zlovchi
xalqlar o‘z tillarining taraqqiyotini istab kurash olib bormoqda [2. P. 118].

Masalan, irland t

ilida so‘zlashuvchilar soni 10 ming kishini tashkil qiladi, xolos.

Ingliz tili Irlandiyada iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan gullab

– yashnash vositasi. Buning

zaruriy shartlaridan biriga aylanib qoldi. Hozirda irland tili zamondan orqada
qolganlik, savodsizl

ikning belgisi bo‘lib qoldi [2. P. 120].

Biz, o‘zbekistonliklarni birinchi navbatda o‘zbek tilining taqdiri qiziqtirishi tabiiy,

chunki globallashuv jarayoni o‘zbek tilini chetlab o‘tmasligi tayin. O‘zbek tilining ulkan
jarayondan omon qolishi, o‘z mavqeyini yo‘qotmasligi va aksincha funksional jihatdan
rivojlana borishi faqatgina shu tilda so‘zlovchilarga va mamlakatimizda til bo‘yicha
davlat siyosatini belgilovchi ma’sul shaxslarga bog‘liq.

Hozirgi o‘zbek adabiy tili asrlar davomida qo‘llanib kelgan yagona o‘zbek tili

taraqqiyotining yuqori, milliy til shakli bo‘lib, davlat va ijtimoiy tashkilot, fan va maktab,
matbuot va badiiy adabiyot, xullas, o‘zbek millatining ilmiy-madaniy tilidir. Ushbu til
millatning jonli so‘zlashuv tili asosida vujudga kelgan bo‘lib, shu xalqning yagona
yozuv tizimi va talaffuzida o‘z in’ikosini topdi, o‘sdi va rivojlandi.

XX asrda o‘zbek xalqining yagona milliy tili har tomonlama o‘sdi va yuksaldi,

uning fonetik tizimiga ma’lum darajada o‘zgarishlar kiritildi – unlilar tarkibi
i

xchamlashdi, undoshlar tarkibiga ba’zi bir yangi fonemalar kelib qo‘shildi, tilning

lug‘at tarkibi yangi so‘z va iboralar hisobiga boyidi, so‘z ma’nolari kengaydi, eskirib
qolgan so‘zlar iste’moldan chiqib ketdi, o‘zbek tilining grammatik qurilishi
takomillashdi [2. P. 101].


background image

318

O‘zbek milliy adabiy tili turli oqimlarga qarshi prinsipial kurashda o‘sdi,

mustahkamlandi va voyaga yetdi. Ular hozirgi kunda mavjud har bir o‘zbek shevasiga
mustaqillik berib, har bir mahalliy sheva negizida alohida-alohida adabiy til tuzishni,
mahalliy shevalar zaminida vujudga kelgan adabiy tillarda alohida gazeta, jurnallar
chiqarish va kitoblar nashr etishni, shu yo‘l bilan “shevalar avtonomiyasiga” keng yo‘l
ochib berishni taklif qildilar.

Ammo bu unsurlar qanchalik urinib ko‘rmasin, ular o‘zlari o‘ylagan niyatlariga

yetolmadilar va muvaffqiyat qozona olmadilar. Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili
o‘zining asosiy taraqqiyot izidan og‘ishmay borib, yagona milliy madaniyatning
umumiy oqimi va yuksalishi yo‘lida o‘zining barcha imkoniyatlarini yuzaga chiqarib,
rivojlanib ketdi.

O‘zbek tilining grammatik qurilishida baynalminal so‘zlarning morfologik

tarkibiga mos ravishda ba’zi bir grammatik shakllar – so‘z yasovchi yangi affikslar,
so‘z birikmalari, gapda so‘zlarning erkin tartibda qo‘llanishi va gap qurilishining ba’zi
bir yangi turlari vujudga keldi. Shu bilan birga o‘zbeklar yurti, madaniyati, urf-odati,
kiyim-

kechagi, va turmush tarzi haqidagi turli tushuncha, so‘z va atamalar jahon

tillariga rus tili orqali keng tarqaldi. O‘zbekcha so‘zlar ruscha talaffuzi orqali ingliz,
nemis, fransuz tillariga va ulardan jahonning boshqa tillariga yoyildi.

Hozirgi zamon o‘zbek milliy adabiy tili milliy madaniyatning rivoji yo‘lida o‘sdi

va o‘z taraqqiyotining yuqori pog‘onasiga erishdi. O‘zbekiston olimlari, shoir va
adiblari, tarjimon va matbuot xodimlari hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilining rivojiga
katta hissa qo‘shdilar; xususan, respublikaning markaziy matbuoti adabiy til
taraqqiyotida muhim rol o‘ynadi. Hozirgi zamon o‘zbek milliy adabiy tili yagona adabiy
talaffuz me’yorlari, yagona ilmiy-texnik terminlar, hamma mahalliy o‘zbek
shevalarining ba’zi bir grammatik shakllarini birlashtiruvchi va umumlashtiruvchi
asoslarni vujudga keltirdi.

Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilining rivojlanish yo‘li: 1) uning yagona

umummillat tili va mahalliy shevalarga munosabati, 2) tayanch va yetakchi o‘zbek
shevalarining fonetik tizimi, 3) umumhalq tili lug‘at tarkibining son va sifati, doirasi va
mazmuni, 4) grammatik qoidalarning hajmi va mohiyati, 5) turli uslubiy vositalarga
ko‘ra belgilanadi.

Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilining xususiyati uning tovush tizimida voqe

bo‘lgan yangiliklarning o‘zlari bilangina cheklanmaydi.

Mustaqil O‘zbekiston xalq xo‘jaligining hamma sohalarida o‘zbek xalqi ijtimoiy-

iqtisodiy eri

shgan yutuqlariga bog‘liq holda o‘zbek tilining lug‘at tarkibi boyidi.

Xalqning moddiy farovonligi sog‘liqni saqlash va xalqning madaniy-ma’naviy
saviyasini yanada oshirish ishlari, maktab va maorif, ilm va fan, adabiyot va san’at,
ta’lim jarayonida turli zamonaviy axborot va ta’lim texnologiyalarni yanada
rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan so‘z va iboralar paydo bo‘ldi.

Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan holda quyidagilarni umumiy xulosa tarzida

aytish mumkin.

1)

Globallashuv jarayonini o‘zbek tiliga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sir

va oqibatlarini avvaldan chuqur o‘rganib shunga mos til siyosatini ishlab chiqilishi va
aniq bir strategiya belgilanishi kerak.

2) Globallashuv jarayonida tilning omon qolishini belgilovchi asosiy omil bu

tilning funksional ko‘lamini kengaytirishdir, chunki til har qanday mexanizm kabi
ishlashi kerak, agar ishlamasa u yaroqsiz holga keladi. Aniqroq qilib aytganda, agar


background image

319

odamlar o‘zbek tilida gaplashmasa, badiiy asar yaratmasa, ilmiy asar yozmasa,
davlat hujjatlari chop etilmasa, maktabda ta’lim olib borilmasa, o‘zbek tili biz yuqorida
eslatib o‘tgan baluj tili, gujarat tili, damaaki tili, kalasha tili va boshqa tillar kabi sekin
asta

o‘lik tilga aylanishi hech gap emas.

3)

Globallashuvning asosiy atributlaridan bo‘lgan turmush tarzi, kiyinish

madaniyati, musiqa-

san’at, fan-texnika yutuqlari, tanavvul qiladigan narsalarning

birligi, o‘xshashligini rivojlangan mamlakatlardan o‘zlashtirsa bo‘ladi, ammo lekin
milliy-

ma’naviyat va tilni qurbon qilishga shoshilmaslik kerak. Chunki globallashuv

sharoitida til millatning o‘zligini saqlab qoluvchi yagona atributiga aylanib qoladi.

4)

Xorijiy tillarni o‘rganish kerak, mayli, har bir fuqaro 3-4 ta chet tilini bilsin,

jahon kezganda ulardan ravon, qiyinchiliksiz foydalansin, xorijliklarda ijobiy taassurot
qoldirsin, lekin o‘zbek tiliga bo‘lgan munosabat o‘zgarmasin, uni mensimay, buzib,
turli varvarizmlar va sheva unsurlari bilan gapirishga hech ki

mning haqqi yo‘q.

5)

Globallashuvning barcha ijobiy momentlaridan to‘la foydalanish va ijtimoiy-

iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotining bu bosqichida oddiy xalqqa mos
keluvchi va to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, ularning til madaniyatini, muloqot madaniyatini
oshirish, jahon tillari va ularning taraqqiyoti haqida ob’yektiv ma’lumotlar berish
ularning lingvistik savodini oshirish sohasida o‘zbek filolog olimlari va tillar
o‘qituvchilari o‘z oldiga qo‘yilgan ma’suliyatning naqadar ulkan ekanligini
tushu

nishlari va mos ravishda shu yo‘lda olib borayotgan ishlarini jahon andozalariga

muvofiq ravishda ijro etmoqlari kerak. Globallashuvning asosiy talabi ham shu.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI:

1.

Лингвистический энциклопедический словарь. М.: СЭ, 1990. – С. 860.

2.

Швейцер А.Д. Современная социолингвистика. М.: ИМО, 1998. –

С. 230.

3.

Qo‘ldasheva Sh.A. O‘zbek tili talaffuz tizimida umumturkiy divergent va

konvergent belgilar evolyut

siyasi. // So‘z san’ati halqaro jurnali. 5 jild, 2-son.

Toshkent, 2022.

– B. 99–107.

4. The Times. 2005, January 24.

– P. 8.

5.

To‘rayev V.A. Insoniyatga globallashuv tahdidlari. // Jahon adabiyoti, 2003,

noyabr.

– B. 116–120.

Библиографические ссылки

Лингвистический энциклопедический словарь. М.: СЭ, 1990. - С. 860.

Швейцер А.Д. Современная социолингвистика. М.: ИМО, 1998. -С. 230.

Qo'ldasheva Sh.A. O'zbek tili talaffuz tizimida umumturkiy divergent va konvergent belgilar evolyutsiyasi. // So'z san’ati halqaro jurnali. 5 jild, 2-son. Toshkent, 2022. - B. 99-107.

The Times. 2005, January 24. - P. 8.

ToTayev V.A. Insoniyatga globallashuv tahdidlari. // Jahon adabiyoti, 2003, noyabr. - B. 116-120.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов