Ingliz tilidan o‘zbek tiliga badiiy asar tarjima qilinganda estetikaning tutgan o‘rni

CC BY f
410-411
230
10
Поделиться
Хасанова, А. (2022). Ingliz tilidan o‘zbek tiliga badiiy asar tarjima qilinganda estetikaning tutgan o‘rni. Переводоведение: проблемы, решения и перспективы, (1), 410–411. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/translation_studies/article/view/6169
Азиза Хасанова, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Tarjimonlik fakulteti 3-bosqich talabasi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Dunyoda tillar ko‘p. Shular qatori shu tillarning so‘z boyligi ham bisyordir. Har bir xalq o‘z davrida so‘z mulkining sultonlariga ega bo‘lganlar. Xususan, o‘zbek xalqida buyuk ajdodimiz Alisher Navoiy, rus xalqida A.S. Pushkin, ingliz xalqida Shekspir, tatarlarda Abdula To‘qay va boshqalar. Bu buyuk insonlarning asarlarini o‘qir ekanmiz so‘zlarni naqadar o‘z o‘rnida ishlatganini hamda badiiy, jozibador, bo‘yoqdor so‘zlar topa olish san’atiga ega bo‘lganliklarini ko‘rib tan bermaslikning iloji yo‘q, albatta.


background image

409

INGLIZ TILIDAN O‘ZBEK TILIGA BADIIY ASAR TARJIMA

QILINGANDA ESTETIKANING TUTGAN O‘RNI

Xasanova Aziza Begmurza qizi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti 3-bosqich talabasi


Dunyoda tillar ko‘p. Shular qatori shu tillarning so‘z boyligi ham bisyordir. Har

bir xalq o‘z davrida so‘z mulkining sultonlariga ega bo‘lganlar. Xususan, o‘zbek
xalqida buyuk ajdodimiz Alisher Navoiy, rus xalqida A.S. Pushkin, ingliz xalqida

Shekspir, tatarlarda Abdula To‘qay va boshqalar. Bu buyuk insonlarning asarlarini

o‘qir ekanmiz so‘zlarni naqadar o‘z o‘rnida ishlatganini hamda badiiy, jozibador,

bo‘yoqdor so‘zlar topa olish san’atiga ega bo‘lganliklarini ko‘rib tan bermaslikning iloji

yo‘q, albatta.

Chet el yozuvchi, shoirlarining nodir va noyob asarlarini tarjima qilishda

dastlab, ular foydalangan so‘zlarning ma’nosini bilish va aslida nima demoqchi

bo‘layotganini qalb hamda tafakkurimiz orqali seza olishimiz kerak.

Tarjima estetikasi

– bu tarjimaning ya’ni tarjima qilingan asarning barcha

insonlarga nafaqat yoshlarga balki keksalarga ham bir xil usulda o‘z so‘zlarini jozibali,

ifodali va lo‘nda qilib yetkazib berish san’atidir. Tarjima estetikasining o‘zi ham

quyidagi metodlarga bo‘linadi:

1.

To‘g‘ri tanlov;

To‘g‘ri tanlov orqali biz quyidagi jarayonlarni amalga oshiramiz.
1) Asarning, hikoya yoki romanning odob-axloq qoidalariga mos kelishi.
2) Barcha turdagi asardan ham insonga

xos bo‘lgan fazilatlarni, tarbiyaviy

jihatlarni topa bilish.

3) Asarning kitobxon yoshiga mosligi va bu uchun tavsiyalar.

Tarjima estetikasiga nazar tashlaydigan tashlaydigan bo‘lsak har qanday asar

ham aslida tarjima qilish uchun loyiq topilmaydi. Zeroki, mafkuraviy jihatdan

yoshlarning ongini buzadigan, yoshlarning tarbiyasiga salbiy ta’sir qiladigan

shuningdek ularni buzg‘unchilik, talon-tarojlik, fahsh kabi ishlarga undaydigan

asarlarni tarjima qilish badiiy estetikaga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi.Bunday asarlarning
tarjimasi kelajakda yoshlarning aqlini, ongini, hamda tafakkurini yemirib boradi.

1. Har qanday janrdagi asardan ham tarbiyaviy jihat topa bilish;

Yuqoridagi jihatlarni o‘zida mujassam etgan holda asarlar ham turli xil

guruhlarga bo‘linadi.

1) Dedektiv.
2) Fantastik.
3) Romantik.
4) Sarguzasht.
5) Tragedik.
Bu turlarning barchasidan yuqorida qayd etilgan xislatlarni topa olishimiz kerak.

Xususan, Artur Konan Doylning “Sherlok Xolms” asaridan inson atrofdagi barcha
narsalarga nisbatan diqqat

e’tiborli bo‘lishni, vaziyatni to‘g‘ri baholay olishni o‘rganadi.

Ilmiy asar yoki badiiy asar bo‘lishidan qat’iy nazar inson uchun yangi ma’lumot, yangi

olam kashf qilish uchun ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qila olishi kerak.

3.Tarjimonning bilim saviyasi;


background image

410

Tarjimon tarjima jarayoning vositachisigina bo‘lib qolmasdan uni kitobxonlar

ongiga aslida yozuvchi nimani nazarda tutayotganligini ham yetkazib berishi kerak.
Ingliz tilida ko‘pgina sinonim so‘zlar mavjud. Ushbu so‘zlarni to‘g‘ri tanlay olish ham
tilmoch

ning vazifadir. Fikrimizning dalili sifatida quyidagilarrni aytishimiz mumkin: “hi”,

“hello”, “ how do you do ?”, “how are you ?” so‘zlari o‘zbek tilida “Assalomu alaykum”
so‘ziga to‘g‘ri keladi. Biroq ingliz tilida salomlashish shakllari o‘zbek tilidagiga
nisbatan turlichadir. Ingliz tilida rasmiy holatlarda tanimagan insonlar uchun “how do
you do?”, “hello”, “Nice to meet you”, kabi salomlashish shaklarini ishlatsak tanigan
bilgan kishilarga nisbatan umumiy salomlashishda “hi”, “hello”, “how are you”
shak

llaridan foydalaniladi. Darhaqiqat, rahbarga nisbatan “Hi boss” deb murojaat

qilish noodatiydir. Bunda rahbarga bo‘lgan hurmat ma’nosi yo‘qoladi.

Sinonimdek ko‘ringan sifatlarni ham aslida o‘zaro almashtirib bo‘lmasligi

mumkin. Demak, “beautiful” – go‘zal, “handsome” – kelishgan, “lovely” – ko‘rkam,
“pretty” – suluv so‘zlari bir ma’noda kelsa ham, turlicha qo‘llanadi. Ular kelishgan –
erkaklarga, otlarga, mebel qismlariga nisbatan, ko‘rkam – ayol kishiga, gullarga
nisbatan, go‘zal- neytral so‘z bo‘lib, ko‘plab kontekstda qo‘llanishi mumkin. So‘zlar
o‘zining yangi va eskirganligiga ko‘ra bir insonga qaratilgan bo‘lsa ham ular orasida
hissiy bo‘yoqda farq bo‘ladi. Masalan: “father”, “daddy”, “dad”, “pop” so‘zlari leksik
birliklar, ularning barchasi oldingi av

loddan bo‘lgan qarindosh kishini ifodalaydi. “Ota”

– “father” so‘zi hurmatni “adajon” – “daddy” – yaqinlikni ifodalaydi. Insonlar ko‘pincha
so‘zlami denotativ ma’nosiga e’tibor berib qolmay, ularni hissiy bo‘yoqdorligiga ham
qarashadi.

FOYDALANILGAN ADABI

YOTLAR RO‘YXATI:

1. O.

Mo‘minov, A. Qo‘ldoshev, O‘. Xoshimov “English for translators” (ingliz tili

darsligi) T.:

– 2005.

2. G‘aybulloh as-Salom “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” T.: – 2003.
3. Solijonov

J.K. “Diplom ishi” Termez – 2006.

4. www.lingvomaster.ru/files.
5. www.study-english.info.
6. www.ziyo.uz.

Библиографические ссылки

О. Mo'minov, A. Qo'ldoshev, О'. Xoshimov “English for translators” (ingliz till darsligi) T.: - 2005.

G'aybulloh as-Salom “Tarjima nazariyasi va amaliyoti" T.: - 2003.

Solijonov J.K. “Diplom ishi” Termez - 2006.

www.lingvomaster.ru/files.

www.study-english.info.

www.ziyo.uz.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов