O‘zbek tilini xorijiy til sifatida online usulida o‘qitish: aqsh indiana universiteti misolida

  • Indiana Universiteti Central Eurasian Studies Department Dunyo Mamlakatlarini O‘rganish Instituti School of Global and International Studies Markaziy Yevro-Osiyo Fakulteti Indiana University
CC BY f
427-429
34
32
Поделиться
Малик, Х. (2022). O‘zbek tilini xorijiy til sifatida online usulida o‘qitish: aqsh indiana universiteti misolida. Переводоведение: проблемы, решения и перспективы, (1), 427–429. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/translation_studies/article/view/6180
Ходжаев Малик, Indiana Universiteti Central Eurasian Studies Department Dunyo Mamlakatlarini O‘rganish Instituti School of Global and International Studies Markaziy Yevro-Osiyo Fakulteti Indiana University

USA O‘zbek Tili Katta O‘qituvchisi 

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o‘zbek tiliga, uning tarixi, madaniyati, qadimgi yodgorliklarini o‘rganishga qiziquvchi xorijliklarning soni oshdi va oxirgi yillarda yanada oshib bormoqda. AQSh mutaxassis va talabalari O‘zbekistonni O‘rta Osiyoning tarixiy markazi sifatida biladilar.


background image

426

O‘ZBEK TILINI XORIJIY TIL SIFATIDA ONLINE USULIDA

O‘QITISH: AQSH INDIANA UNIVERSITETI MISOLIDA

Malik Hodjaev

Senior Lecturer in Uzbek AQSh, Indiana Universiteti Central Eurasian Studies

Department Dunyo Mamlakatlarini O‘rganish Instituti School of Global and

International Studies Markaziy Yevro-Osiyo Fakulteti Indiana University, USA

O‘zbek Tili Katta O‘qituvchisi


AQSH-

DA O‘ZBEK TILI

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o‘zbek tiliga, uning tarixi,

madaniyati,

qadimgi yodgorliklarini o‘rganishga qiziquvchi xorijliklarning soni oshdi

va oxirgi yillarda yanada oshib bormoqda.

AQSh mut

axassis va talabalari O‘zbekistonni O‘rta Osiyoning tarixiy markazi

sifatida biladilar.

Aksariyat xorijlik talaba va mutaxassislar o‘zbek tilini akademik yil davomida va

intensiv

ravishda qisqa muddatli kurslarda o‘rganadilar. AQShning Indiana, Ohayo,

Harvard, Michigan, Arizona, Vashington, Kolumbiya, Chikago, Ayova va boshqa bir
necha universitet hamda til

o‘rgatish markazlarida o‘zbek tili akademik yil davomida

o‘qitiladi. Shu bilan birgalikda Indiana, Arizona va Viskonsin universitetlarida yozgi

o‘zbek tilini intensiv o‘rgatish kurslari tashkil etilib kelinmoqda.

Indiana universitetida 35 yildan buyon yozda va akademik yil davomida O‘rta

Osiyo tillarini o‘rgatish kurslari tashkil etilib kelinmoqda. Shu bilan birgalikda Indiana
universitetida 2003-yildan beri akademik yil davomida Ohayo, Michigan, Ayova,
Chikago va boshqa (Big Ten)

Katta O‘ntalik universitetlar talabalariga o‘zbek tilini masofada o‘qitish tashkil

etilgan. Oxirgi 20 yil davomida esa Indiana universitetining talabalari akademik yilda

o‘zbek tilini to‘rt (Introductory, Intermediate, Advanced, ADLS) bosqichda o‘rganib,
olgan bilimlarini ilmiy

izlanish, tarjimonlik va boshqa sohalarda qo‘llamoqdalar.

Universitetni bitirib, magistrlik va 2 doktorlik diplomlarini olgan yosh

amerikaliklar AQSh Dav

lat Departamenti, O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi,

Nodavlat tashkilotlar va boshqa turli sohalarda ishlamoqdalar.

O‘zbek tilini xorijliklarga o‘rgatishda ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rgatish ilg‘or

tajribasidan foydalaniladi. Ingliz tilini xorijiy

til sifatida o‘rgatish metodikasi yuz yillar

davomida rivojlanib

kelgan va zamonaviy metodik qo‘llanmalar, darsliklar, audio-

video, multimedia o‘quv qo‘llanmalari va online o‘qitish platformalari yaratilgan.

O‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishni samarali tashkil etish uchun zamonaviy

darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlar va online platformalarni yaratish lozim. Ushbu

sohada Indiana universitetining (CelCAR) O‘rta Osiyo tillar markazida muayyan ishlar
amalga oshirilmoqda.

Ushbu markazda o‘zbek, uyg‘ur, tojik va pushtu tillarini o‘qitish bo‘yicha

“Introductory” va“Intermediate” bosqichlari uchun zamonaviy darslik, audio-video,

multimedia qo‘llanmalari va testlar yaratilgan. Ushbu ishlar xorijliklarning o‘zbek tilini

o‘rganishga bo‘lgan talablarini qondirish, o‘zbek tili va madaniyatini amerikaliklarga
tanitish imkoniyatlarini oshiradi.

Talabalarning kursda o‘qishlari qimmat bo‘lib, qaysi xorijiy tilni o‘qishni

tanlashlari ixtiyoriydir.


background image

427

Ular talabchan, ko‘plari bir necha xorijiy tillarni biladi. Ayrimlari O‘zbekiston

tarixi va

madaniyatini o‘qigan yoki O‘zbekistonda bo‘lgan. O‘qituvchi o‘zbek tili va

adabiyoti, ingliz tili

hamda zamonaviy o‘qitish metodikasining bilimdoni bo‘lishi bilan

birga O‘zbekiston tarixi, madaniyati, geografiyasi va davlat siyosatini ham yaxshi
bilishi kerak.

Mavjud kirill alifbosidan lotin alifbosiga o‘tish davrini hisobga olgan holda ikki

alifbo o‘qitiladi.Birinchi kurs (Introductory) davomida asosan lotin alifbosidan
foydalaniladi. Amerikalik talabalar birinchi haftaning

oxirida o‘zbek tilida o‘zlari haqida

oddiy ma’lumotlarni komputerda yozishni o‘rganadilar.

Ikkinchi (Intermediate), uchinchi (Advanced) va to‘rtinchi (ADLS) kurslarida

asosan kirill alifbosida yozilgan darslik, ilmiy kitoblar va adabiy asarlar, internet

m

ateriallari va o‘zbekcha filmlardan foydalaniladi. Ushbu yuqori kurslarni

bitirgan talabalar turli mavzularda erkin muloqot qila oladilar va yoza oladilar.

AQSH-

DA O‘ZBEK TILINI ONLINE USULIDA O‘QITISH 3

2016 yildan boshlab Indiana universitetining (CelCAR

) O‘rta Osiyo Tillari

Markazida o‘zbek va boshqa tillarni o‘qitishning“online”platformasini yaratish va
o‘qituchi-professorlarni malakasini oshirish bo‘yicha loyihalar ustida ishlar boshlandi.
2017 yildan boshlab o‘zbek tilini birinchi (Introductory) kursini online o‘qitish amalga
oshirildi va AQSh-

ning Katta O‘ntalik Universitetlaridan tashqari hamma shtatlardan

xohlovchilarga o‘zbek tilini ZOOM platformasida o‘rganish imkoniyatlari yaratildi.

Kovid Pandemiyasi sabably “online” o‘qitish sohasida misli ko‘rilmagan

darajada rivojlanish

boshlandi. Indiana universitetida zudlik bilan “online” o‘qitish

bilan tanish bo‘lmagan o‘qituvchi professorlar uchun online malaka oshirish kurslari
tashkil etildi va texnik yordam ko‘rsatish tizimi yaratildi. Indiana universiteti moddiy
texnik baza va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha AQSh-da
yetakchi universitetlardan hisoblanadi. Indiana universitetida 72 ta

xorijiy til o‘qitiladi.

Xorijiy tilni online usulida o‘rgatish boshqa fanlarni (matematika, tarix,

adabiyot…) ona tilida o‘rgatishdan farq qiladi va o‘qituvchidan quyidagi ishlarni tashkil
qilish talab qilinadi:

1. Online til o‘rgatishning samarali dastur va rejasini tuzish
2. Kerakli texnik jihozlar va internet aloqa, texnik bilim va ko‘nikmalar
3. Muloqot ko‘nikmalarini hosil qilish mashqlarini tuzish
4. Talabalar bilimini tekshirish va plagiarizmni oldini olish
5. Mustaqil o‘rganish uchun materiallar tayyorlash
Hozirgi vaqtda til o‘rgatishning asinxron va sinxron usullari mavjud. To‘liq

asinxron usulida til

o‘rgatishni tashkil etish nihoyatda murakkab jarayon hisoblanadi.

Shuni hisobga olib, Yevro

Osiyo fakultetida hozirgi vaqtda o‘zbek va boshqa xorijiy

tillar “Gibrid” (Hybrid) usulida o‘qitiladi. Misol uchun: birinchi (Introductory) kursida
talabalar haftada 5 soat, 50 daqiqadan Kanvas (Canvas) va Zum (Zoom)
platformasidan foydalanib dars o‘qishadi. Talabalar haftada 3 soat sinxron darslarda
Zum orqali o‘qituvchi bilan birga o‘rganadilar va qolgan 2 soat darslarda asinxron
usulda Canvasda joyla

ngan audio, video va boshqa o‘quv materiallardan foydalanib,

mustaqil o‘rganadilar. Asinxron darslarning samaradorligi o‘quv materiallarining
sifatiga

bog‘liq.

Sinxron va asinxron darslardan tashqari hamma o‘zbek tilini o‘rganadigan

talabalar haftada bir marta ( 50 daqiqa) suhbat darslariga qatnashadilar. Suhbat
darslarida Zum platformasidan

foydalanib, AQSh va O‘zbekistonda yashayotgan jonli

til vakillari bilan birgalikda o‘tkaziladi.


background image

428

Xorijiy tilni online o‘qitganda, ananaviy sinfxonada erishiladigan natijaga

erishish mumkinmi?-

degan savol tug‘iladi. Javob: Ha, mumkin, lekin ush bu natijaga

erishish uchun nihoyatda ko‘p mehnat va vaqt sarflash kerak. Shu bilan birga texnik
resurslar, samarali darslik, audio, video,

multimedia o‘quv materiallarini yaratish

kerak.

O‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitish – bu yangi rivojlanayotgan soha va ushbu

sohada ingliz va boshqa xorijiy tillarni o‘qitish tajribasidan foydalanib, ko‘p ishlarni
amalga oshirish kerak!

Muallif haqida qo‘shimcha ma’lumot

Malik Aliyevich H

odjaev 2002 yilda Indiana universitetiga o‘zbek tili

o‘qituvchisi (Uzbek

Language Lecturer) vazifasiga ishga qabul qilingan. Undan

oldin Samarqand viloyat til

markazining direktori va ingliz tili o‘qituvchisi,

Viloyat ingliz tili o‘qituvchilari assosiasiyasi

rahbari bo‘lib ishlagan. Tanlovdan

o‘tishiga ingliz tilini o‘qitish, til o‘rgatishni samarali

tashkil etish, zamonaviy til

o‘rgatish metodikasi va ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha

ko‘p yillik

tajribasi, Isroil, Avstriya, Buyuk Britaniya va AQSh-dagi bir necha
universitetlarda

malaka oshirish kurslariga qatnashganligi sabab bo‘lgan. U

o‘zbek tilidan to‘rt bosqichda saboq berish bilan birgalikda “O‘zbek tilini
xorijliklarga intensiv o‘rgatish metodikasi ”va“ O‘zbek tilini xorijiy til sifatida
online usulida o‘qitish” boyicha ilmiy izlanish olib bormoqda.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов