ABDULLA QODIRIY ASARLARIDA QO‘LLANILGAN ANTROPONIMLARNING LINGVOKULTUROLGIK XUSUSIYATLARI

Abstract

mazkur maqolada antroponimlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, tasnifi, badiiy matn tarkibida bajaradigan vazifalari, xalq milliy madaniyatidagi o‘rni, ma’no ifodalay olish nuqtayi nazaridan o‘ziga xos ahamiyati borasidagi mulohazalar berilgan.

Universal science research jurnali
Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Cho‘liyev , R. (2025). ABDULLA QODIRIY ASARLARIDA QO‘LLANILGAN ANTROPONIMLARNING LINGVOKULTUROLGIK XUSUSIYATLARI. Journal of Universal Science Research, 3(1), 7–12. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/64205
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

mazkur maqolada antroponimlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, tasnifi, badiiy matn tarkibida bajaradigan vazifalari, xalq milliy madaniyatidagi o‘rni, ma’no ifodalay olish nuqtayi nazaridan o‘ziga xos ahamiyati borasidagi mulohazalar berilgan.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

7

ABDULLA QODIRIY ASARLARIDA QO‘LLANILGAN

ANTROPONIMLARNING LINGVOKULTUROLGIK XUSUSIYATLARI

Cho‘liyev Ruhillo Abdullayevich

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD)

Annotatsiya:

mazkur maqolada antroponimlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari,

tasnifi, badiiy matn tarkibida bajaradigan vazifalari, xalq milliy madaniyatidagi o‘rni,
ma’no ifodalay olish nuqtayi nazaridan o‘ziga xos ahamiyati borasidagi mulohazalar
berilgan.

Kalit so‘zlar:

onomastika, antroponimlar, laqablar, taxalluslar, ong, tafakkur,

tarix, madaniyat.

Аннотация:

В статье рассматриваются антропонимы, их видовые

характеристики, классификация, функции, которые они выполняют в составе
художественного текста, их роль в национальной культуре народа, а также их
особое значение с точки зрения выражения смысла.

Ключевые слова:

ономастика, антропонимы, прозвища, псевдонимы,

сознание, мышление, история, культура.

Abstract:

this article provides considerations on anthroponyms, their specific

characteristics, classification, functions they perform in the structure of a literary text,
their place in the national culture of the people, and their specific significance in terms of
expressing meaning.

Keywords:

onomastics, anthroponyms, nicknames, pseudonyms, consciousness,

thinking, history, culture.

Tildagi so‘z va atamalarning paydo bo‘lishidagi birinchi bosqich onomosiologik

jarayon sanaladi. Onomastika ma’lum bir tildagi atoqli otlarning mazmunini ifoda etadi.
U ma’lum davrdagi tilning tarkibidagi atoqli otlar hisoblanadi. Antroponimlar ma’lum bir
shaxsga qo‘yilgan atoqli nomlar sifatida qaraladi. Antroponimlarning ta’rifining
keltirilishi hozirga qadar faqat bir tomonlama qaralish natijasida yuzaga kelganligini


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

8

kuzatish mumkin. Antroponim sifatida shaxslarga qo‘yilgan nomlarni lingvokulturologik
juhatdan turlicha tasniflash mumkin.

Ma’lum bir nom aniq bir shaxs yoki shaxslar tomonidan aniq bir subyektga

qo‘yiladi, bu nom aksariyat hollarda atash birligi vazifasini bajaradi, xolos, uning
semantik jihatlari nazarda tutilmaydi, bu esa antroponimlarni leksik birlik sifatida
qaralmasligiga sabab bo‘lmoqda. Bunday birliklar o‘z va o‘zlashma qatlamga oid bo‘lishi
mumkin.

Turg‘un, Mahkam, Kalvak, Toshpo‘lat, O‘sar, Salim , Murod , Orif , Samad ,

Abdulhakim

kabi qator nomlarni keltirishimiz mumkin. Quyida antroponimlar haqida

keltirilgan ta’rif va mulohazalarga e’tibor qarataylik. “Antroponimiyalar — odamlarning
shaxsiy yoki meros qilib olingan individual belgilar sifatida nutqda ishlatiladigan
so‘zlardir. Ular tilning leksik tarkibining ajralmas qismi bo‘lib, “jamiyat ongini uning
to‘liq hajmida aks ettirish va ifodalashning yagona vositasi”dir Demak, antroponimlar
har qanday shaxsning individual shaxsiy belgilarini o‘zida jamlar ekan, u qandaydir
ma’no va vazifada maqsadni amlga oshirishda xizmat qilishi kerak. Ijtimoiy borliqda
tug‘ilgan bolaga ma’lum bir nom berish uning hayotiy holatiga ta’sir etmasligi mumkin.
Masalan, Umid deb nomlangan bola ulg‘aygach, bunday nomga xos biron bir belgila ega
bo‘lmasligi ham mumkin. Islomiy nom berilgan bola voyaga yetgach, mutlaqo o‘zga din
vakili ham bo‘lishi mumkin, bu shaxsning qanday ijtimoiy, siyosiy, mafkuraviy borliqda
yashashiga aloqador bo‘ladi, albatta, Biroq badiiy asar tarkibidagi antroponimlar haqida
bunday fikr yuritib bo‘lmaydi, chunki yzoiladigan asarda ijodkorning maqsadi muhim
ahamiyat kasb etadi. Antroponimning badiiy asardagi lingvomadaniy belgisining bir
necha izohlarini keltirish mumkin.

Millatning uzoq davr mobaynidagi qadriyatlari sanalgan nomlarning qo‘llanilishi,

bu o‘z navbatida shu millat vakili bo‘lgan o‘quvchida ham tushunarlilik hissining yuzaga
kelishiga asos bo‘ladi. Jumladan, “Uloqda” hikoyasida Turg‘un, Mahkam, Salim, Murod,
Eson, Sobir kabi qator ismlarda ham milliy madaniyat, ham ijodkorning badiiy maqsadi
aks etib turadi. Uloqni xush ko‘ruvchi bu bola tutumida mustahkam, turg‘un,
o‘zgarmasdir, akasining ismida ham shunday semik xususiyatlar jamlangan. Yetuk
chavandozlarning nomi sifatida berilgan Salim va Murod so‘zlarida ham antroposentrik
qarash to‘liq amal qiladi.

“Salim[a.-sog‘lom, butun,shikastlanmagan; haqiqiy, to‘g‘ri] 1.km. Sog‘lom

odam; sog‘-salomat, to‘rt muchasi but kishi.

Aqli(yoki fikri) salim 1)to‘liq, tiniq aql; 2)aqli raso, miyasi butun odam/


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

9

2 Salim(erkaklar ismi).” Boshqa ismlar haqida ham shunday izohlarni

keltirishimiz mumkin, asardai chavandoz yetik, komil, boshqalardan bu sohada ancha
ilg‘or ekanligi anglashiladi,a yni shu ma’noni ifodalash uchun ham shu nom qo‘llanilgan.
Esonboy ismi asarda contrast yarata olgan, bu nomni keltirish orqali, asardagi voqealar
rivojidagi vazityat nuqtayi nazaridan istalgan bir shaxs, u qanday nomga ega bo‘lishidan
qat’i nazar kutilmagan holatlardan mufofaza etilmasligiga ishora qilgan. Badiiy matnda
har qanday qo‘llangan so‘zga ma’lum bir semantik va lingvomadaniy yuk mavjud bo‘ladi.

Rivojlanish va faoliyat yuritish xususiyatlari tufayli odamlarning shaxsiy ismlari

jamiyatning turli davrlaridagi ongini boshqa til birikmalariga nisbatan yanada to‘liq va
mutaxassis tarzda aks ettiradi.

“Ong — bu fikrlashning mazmuni. Ong — bu jamiyatning shaxsiy va umumiy

amaliyoti, umumlashtirilgan va aks ettirilgan shaklda, ya’ni tushunchalar shakliy holatida
bo‘ladi. Jamiyat ong — bu jamiyat mavjudligini jonli aks ettirish, insoniyatning ruhiy
taraqqiyot darajasining umumiy xususiyati, tarixan belgilangan bir davrdagi umumiy
xususiyatdir”.

Milliy antroponimiya jamiyatning ijtimoiy tashkiloti, iqtisodiy taraqqiyoti,

madaniyati va etnografiyasi haqida keng ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Milliy shaxsiy ismlar tizimining informativligi, uning o‘tgan davrlarni aks

ettirishdagi qobiliyati tarixiy jihatdan o‘rganilganida ancha oshadi.

Turkiy tillar doirasida antroponimlarni o‘rganish jarayoni XIX asr oxiri XX asr

boshlarida boshlangan deb aytilsa-da, aslida bu XI asrda dastlabki tadqiqot sifatida
Mahmud Koshg‘ariyning “Devon ul-lug‘otit turk” asari yuzaga kelgan, keyingi davrlarda
yaratilgan turkiy lug‘atlarda ham antroponimlarning izohi keltirilganligini kuzatish
mumkin. Jumladan, Abulg‘ozi Bahodirxonning “Shajarayi turk va shajarayi tarokima”
asarida ham bir nechta turkiy antroponimlar izohi keltirilgan.

Abdulla Qodiriy o‘z asarlarida antroponim birliklar sifatida kishi ismlaridan

tashqari ellikdan ortiq taxalluslarni ham qo‘llaydi. Muntazam taxalluslar miqdori 36 tani
tashkil etadi. Taxalluslarni ham shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin: o‘zgaruvchan va
o‘zgarmas kabi.

Valixo‘ja, G‘ulomshayx, boyvachcha, yigit, komissiya, Azimboyvachcha,

ko‘mirchi, attor, og‘a-ini, qassobliq, qandolatchi, o‘qig‘uchi, talaba, muxbir,
Dumbul

(KUI); ushbu birliklar tarkibidagi

yigit, ko‘mirchi, og‘a-ini, o‘qig‘uchi

kabilar sof

turkiydir,

Valixo‘ja, attor, talaba, muxbir

arabcha,

G‘ulomshayx, boyvachcha,


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

10

Azimboyvachcha, qassobliq, qandolatchi

so‘zlari qorishiq,

Dumbul

esa forsiy birlik

hisoblanadi.

Taxallus sifatida ishlatilgan Dumbul so‘zining izohiga e’tibor berilsa, ijodkorning

bu nomni qo‘llashdan ko‘zlagan maqsadi bir qadar oydinlashgandek bo‘ladi:

Dumbul [f-to‘liq pishmagan don, dukkak] 1 Donli ekinlar, mevalarning ta’m kirib

qolgan, lekin hali yetilib pishmagan holati.

2 Hali qotmagan, sutmi-qatiq bo‘lib qolgan(don haqida)
3 ko‘chma Aqlsizroq, tentaknamo, devonasifat. Dumbul odam.
4 Hayot tajribasi bo‘lmagan; xom, g‘o‘r.
5 ko‘chma Mazmunan pishiq-puxta emas, qiyomiga yetmagan. Dumbul

asar.(OTIL, 662).

“Ay, xuday urg‘anlar”, “Po‘stkallasi”, “Qishloqqa qopingni o‘gir” kabi asarlarida

Dumbul, “Azob bo‘sag‘asida – yig‘i-sig‘i kechasi”da Julqunboy Dumbulboy o‘g‘li, “It
urushdirish ishlari”da Dumbulboy o‘g‘li, “Chiqib bozor aro poshshoyi tanga, kirib o‘lturdi
ketkan jon-tanga…” asarida Dumbul devona, “Mahkamayi shar’iyada holva-talqon
masalasi”da Domla Dumbul taxalluslaridan foydalanadi. “Jadid adabiyoti
namoyandalari” rukni ostida chop etilgan Abdulla Qodiriy asarlarida keltirilgan qirq
sakkizta asarda Julqunboy taxallusini qo‘llangan. Hajviy asarlar satirik va yumoristik kabi
turlarga bo‘linadi. Abdulla Qodiriy yashagan ijtimoiy-mafkuraviy muhit juda ham
murakkab ekanligi hammamizga ma’lum. Shunday tahlikali paytda davrning muhim
muammolarini ko‘tarib chiqish uchun hajviy asarlardan foydalanish hamda ularni
yaratgan muallifning turli hajviyona taxalluslarni qo‘llashi ham tabiiy, ham samarali
yo‘ldir. Abdulla Qodiriyning o‘tkir satirik hajviyotida inson va jamiyat o‘rtasidagi
munosabatlarni ifodalashda ijodkor bu taxallusini qo‘llashdan asl maqsadi nima
ekanligini bir qadar tahlil qilish mumkin. Adib o‘zining hali shakllanmagani, yetuk
fikrlarga ega emasligiga ishora qilyaptimi yohud jamiyatdagi keskin o‘zgarishlarni o‘zida
singdira olmayotganiga, hazm qila olmayotganiga ishorami, yoki kishilik olamining ora
yo‘lda qolgan ijtimoiy muhitning umumlashgan tasvirini bermoqchimi, buni bir qadar
tafakkur qilish qiyin emas. Har qanday ijodkor o‘z ijodiy individuali zamirida
umumlashma mohiyatni jamlashga intiladi. Abdulla Qodiriy o‘z asarlari orqali bunga
erisha olgan deb bemalol aytish mumkin.

Abdulla Qodiriy kichik prozaik asarlarining yaratilishi ijtimoiy-siyosiy

o‘zgarishlar davriga to‘g‘ri kelganligi uchun antroponimlarning qo‘llanilishidagi holat


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

11

ham turlicha bo‘lgan. Asar voqealari XX asr boshida va birinchi choragida sodir
bo‘lganligi sababli aksar qahramonlar tarixiy shaxslar hisoblanadi, shuning uchun tarixiy
shaxslarning nomlari sifatida

Sheralixon, Xudoyorxon, Mallaxon

kabi hukmdorlarning,

Muhammad Sharif otaliq, Salimsoqbek, Azizbek, Normuhammad qushbegi, Shodmon
o‘roq, Mirza Ahmad qushbegi, Mallaxon, Qushdodho

kabi beklarning,

Musulmonqul,

Mulla

Alimqul,

Yoqubbek

singari

xonlik

davridagi

maldorlarning,

asarlar

qahramonlarining nomlari sifatida

Turg‘un, Mahkam, Kalvak mahzum, Toshpo‘lat tajang,

O‘sar

kabi asosiy qahramonlarning,

Salim chavandoz, Murod chavandoz, Orif sarkor,

Samad hakim, Abdulhakim qori

ma’lum kasb-hunar bilan shug‘ullanuvchi shaxs

nomlarini,

Samad hakim, Yusuf, Sayidxo‘ja, Yusufxo‘ja, Muhamad Karim

tarzidagi oddiy

xalq vakillari ismlarini keltiradi.

Kichik prozaik asarlarda, xususan, “Kalvak maxzumning xotira daftaridan”,

“Toshpo‘lat tajang nima deydi?” asarlarida shaxsning bajaradigan mashg‘uloti, uning turli
xil xususiyatlariga qahramonning munosabatini ifodalash uchun laqablar qo‘llangan:

Orif

sarkor, Salim chavandoz, Murod chavandoz, Mirsalim dukchi, Azim shayton, Nabi
qizilbosh, Mirxoliq qiyshiq, Shoolim cho‘loq, Aziz yakanchi, Eshonxo‘ja gupchak,
Ne’mon bujur, Mahkam tentak va h.k.

Har bir nom va u bilan birga keltirilgan izohlovchi tarzidagi birliklar obrazlarning

bajaradigan vazifasi, ularning individual belgilarini ochib berishga xizmat qiladi.
Izohlovchi sifatida keltirilgan

sarkor, chavandoz, tegirmonchi, dukchi, yakanchi

kabi

birliklar obrazlarning bajaradigan vazifasi bilan birga xalqimizning ijtimoiy-maishiy
madaniyatining qirralarini ham ochib berishga xizmat qiladi.

Qizilbosh, shayton, qiyshiq,

cho‘loq, tentak, bujur, gupchak

kabi laqablar obrazlarning psixologik belgilari asosida

ma’naviy qiyofdalarini ochib berishga yordam beradi.

Bundan tashqari Abdulla Qodiriy asarlarida talmeh tarzida keltirilgan mashhur

shaxslarning(

Fir’avn, Go‘ro‘g‘li sulton, Yusuf),

din bilan bog‘liq(

Jabroil),

ijodkorlarning

ism va taxalluslari(

Hofiz, So‘fi Olloyor),

yangi davrda –ov orqali hosil qilingan

nomlar(

To‘ychiboyev, Zuhurov, G‘oziyev, oldorov, Sultonov),

shakli o‘zgartirilgan

holatda berilgan nomlar

(Lilim (Lenin). Mikolay (Nikolay))

ham keltirilganki bular ham

asarlar yozilgan davrdagi madaniy hayotning qay holatda kechganligi haqida xabar beradi.

Bundan ko‘rinadiki, Abdulla Qodiriy antroponimlarni qo‘llash jarayonida, odatda,

ma’lum bir maqsadni ko‘zlagan holda amalga oshirgani uning yuksak so‘z san’atkori


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

12

ekanligini anglatadi. Bu bilan o‘sha davrdagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy
hayotning qay yo‘yinda kechganligi oydinlashadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.Qodiriy A. “She’rlar, hikoyalar, ocherklar, drama, hajviya va kichik asarlar”. T.:

Zabarjad Media, 2022.

2.Бегматов Э. Ўзбек тили антропонимикаси. – Тошкент: Фан, 2013.

– 264 б.

3. Серебренников Б.А. Язык как общественное явление.

Общее

языкознание. Формы существования, функции, история языка

. М., 1970, стр. 420.

4.Tурдибеков М. Абулғози Баҳодирхоннинг “Шажарайи турк” асари

ономастикаси. Филол. фан. номз. ... дисс. – Т.: 2001. – Б. 11.

5.Подольская Н. Словарь русской ономастической терминологии. М.:

Наука,1988. – С. 128.

6.Ўзбек тилининг изоҳли луғати. I-V. – Тошкент, 2006-2008. Тошкент, I.

2006. – 680 б.; Тошкент, II. 2006. – 672 б.; Тошкент, III. 2007. – 688 б.; Тошкент, IV.
2008. – 608 б.; Тошкент, V. 2008. – 592 б.

7. Зыбковец В. Ф. Дорелигиозная эпоха. -М.: 1959, стр. 119.

References

Qodiriy A. “She’rlar, hikoyalar, ocherklar, drama, hajviya va kichik asarlar”. T.: Zabarjad Media, 2022. 2.Бегматов Э. Ўзбек тили антропонимикаси. – Тошкент: Фан, 2013. – 264 б. 3. Серебренников Б.А. Язык как общественное явление. ≪Общее языкознание. Формы существования, функции, история языка≫. М., 1970, стр. 420. 4.Tурдибеков М. Абулғози Баҳодирхоннинг “Шажарайи турк” асари ономастикаси. Филол. фан. номз. ... дисс. – Т.: 2001. – Б. 11. 5.Подольская Н. Словарь русской ономастической терминологии. М.: Наука,1988. – С. 128. 6.Ўзбек тилининг изоҳли луғати. I-V. – Тошкент, 2006-2008. Тошкент, I. 2006. – 680 б.; Тошкент, II. 2006. – 672 б.; Тошкент, III. 2007. – 688 б.; Тошкент, IV. 2008. – 608 б.; Тошкент, V. 2008. – 592 б. 7. Зыбковец В. Ф. Дорелигиозная эпоха. -М.: 1959, стр. 119.